“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
151
Kasb ta’limi o‘qituvchilaridan laboratoriya mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida bajarishga
doir nazariy bilimni o‘zlashtirgan holda amaliy ishlarni bajarish va ulardan kreativ faoliyatda foydalanish
usullari - taqqoslash, guruhlash, tasniflash bir-biriga uyg‘unlashtirish, natijani olish. Laboratoriya
mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida bajarishda sifat o‘zgarishlar bo‘lajak kasb ta’limi
o’qituvchilari kreativ faoliyati natijalarida yuz beradi. Davrdan davrga o‘tgan sari bo‘lajak kasb ta’limi
o’qituvchilari mavhum, harakatsiz, atroflicha anglanmagan bilimlardan aniq, tushunilgan, harakatchan
bilimlarga qarab boradi.
Bilimlarni o‘zlashtirish quyi darajadan yuqori darajaga ko‘tariladi.
Kasb ta’limi o‘qituvchilaridan laboratoriya mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida
bajarish loyihasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan quyidagi topshiriqlar tizimi belgilab chiqildi:
1.Dastur, darslik, o‘quv-qo‘llanmalar, laboratoriya topshiriqlarining yo‘riqnomasining umumiy
tavsifnomasi bilan tanishish.
2.Kreativ faoliyatda laboratoriya mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida bajarishning asosiy
vazifalari majmuasi: o‘qitish, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarini belgilash.
3.Kreativ faoliyatda laboratoriya mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida bajarishning asosiy
bosqichlarini to‘g‘ri, aniq va izchillikda joylashtirish.
4.Kreativ faoliyatda laboratoriya mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida bajarishning har bir
bosqichi mazmunidagi asosiy o‘rinni ajratish.
5.Kreativ faoliyatda har bir bosqich uchun interfaol metodlarni, shuningdek, laboratoriya
mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida bajarish metod va vositalarini tanlash.
6.Kreativ faoliyatda laboratoriya mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida bajarishning har bir
bosqichi uchun uning yetakchi: umumsinfiy, kichik guruh va individual shakllarini tanlash.
7.Kasb ta’limi o’qituvchilarilari uchun vaqt me’yorlariga muvofiq uy vazifasining optimal hajmi va
mazmunini tanlash.
Kasb ta’limi o‘qituvchilaridan laboratoriya mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida bajarishda
darslarda muammoli vaziyatlar hosil qilish uchun uchraydigan qarama-qarshiliklar tipini aniqlash lozim.
Tadqiqot ishimizning ko‘rsatishicha, kasb ta’limi o‘qituvchilaridan laboratoriya mashg’ulotlarini axborot
texnologiyalari asosida bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun qarama-qarshiliklarning quyidagi
uch tipidan foydalanish mumkin:
1.Bo‘lajak kasb ta’limi o’qituvchilarilarning hayotiy mashg’ulotlari bilan o‘rganilayotgan bilimlari
orasidagi qarama-qarshilik.
2.Bilish jarayonidagi qarama-qarshilik. Boshqacha aytganda, o‘rganilgan bilimlari bilan yangi
o‘rganilayotgan bilimlari orasidagi qarama-qarshilik.
3.Obyektiv reallikning o‘zidagi qarama-qarshilik.
Laboratoriya mashg’ulotlari guruhlarda tashkil etilgan va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va
rivojlantirish uchun o‘rganilgan axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va
boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida faol va interaktiv shakllarda kompyuter sinfida,
sinfdan tashqari ish bilan birgalikda olib boriladi.Tajriba ishi jarayonida o‘quv intizomining asosiy nazariy
qoidalari ham tushuntiriladi va fanlararo aloqalar aniqlanadi.
Laboratoriya vazifalarini tayyorlash va bajarish paytida bo‘lajak kasb ta‘limi o‘qituvchilariga
Microsoft Office dasturiy ta’minotining ma’lumotnomalaridan, C ++ va HTML dasturlash tillaridan,
O‘zbekiston Respublikasining elektron hukumat tizimidan, tavsiya etilgan adabiyotlardan va raqamli ta’lim
manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Internetda va universitetning mahalliy tarmog‘ida joylashtirilgan
tegishli o‘quv materiallarini tarqatish tariqasida bo‘lajak kasb ta‘limi o‘qituvchilariga laboratoriya ishlari
bo‘yicha ko‘rsatmalarning oldindan elektron versiyalari beriladi, agar ular kerak bo‘lsa, mustaqil ravishda
kerakli miqdordagi qog‘ozga ko‘paytiriladi yoki flesh-xotirada saqlanadi.
Laboratoriya ishining zaruriy tarkibiy elementlari, bo‘lajak kasb ta‘limi o‘qituvchilarining mustaqil
faoliyatidan tashqari, shuningdek laboratoriya ishlari natijalarini muhokama qilishni tashkil etishdir. Har bir
laboratoriya tajribasi uchun ishning maqsadi, o‘quv vazifasini bajarish uchun ko‘rsatma va ko‘rsatmalar
berilgan, ba’zilari esa ushbu mavzuning asosiy nazariy qoidalarini o’z ichiga oladi.