|
Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi Pdf ko'rish
|
bet | 161/266 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,29 Mb. | | #143747 |
Bog'liq 11-son PM Ped PsixoloMuhokama va natijalar. Bugungi axborot-komunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan
rivojlanayotgan, globallashuv va dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik
taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida ko‘zlangan natijalarga erishishda hal qiluvchi kuch
bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bosh maqsadimizdir. Chunki mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantiradigan kadrlar ta’lim muassasalarida o‘qib-ulg‘ayadi. Demak, sifatli ta’lim tizimi
sifatli kadrlarni, sifatli kadrlar esa rivojlangan, boy jamiyatni quradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
(YuNESKO, NENISEF) Xalqaro forumida qabul qilingan 2030-yilgacha ta’lim deklaratsiyasida “... ta’lim
sifatini oshirish va shaxsning butun umri davomida ta’lim olishini muvofiqlashtirish va monitoringini
o‘tkazish” e’tirof etilgan bo‘lib unda, malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayonida zamonaviy
bilim – tajribalar, ta’lim texnologiyasi, innovatsion va interfaol metodlar, ta’limning didaktik vositalari,
axborot texnologiyalaridan foydalanishning sifat va samaradorligini oshirish zarurati yuzaga kelganligi
aytilgan.
Jahon miqyosidagi ta’limda laboratoriya mashg’ulotlarini interfaol dasturiy vositalar hamda ularning
sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida qator,
ilmiy natijalar olingan, jumladan muammoli o‘qitishning interfaol ta’lim texnologiyalari ishlab chiqilgan
(Leiden University), laboratoriya mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari asosida bajarishda
o’qituvchilarning fikrlash tafakkurini rivojlantirishning interfaol dasturiy vositalari yaratilgan (Polish Society
For Himan Evolution Studics), o‘quv-metodik, ilmiy tadqiqot jarayonlarining integratsiya va differensiatsiya
ustuvorligi asosida modulli ta’lim tizimi ishlab chiqilgan (Center for Celiutar and Molceular Biology);
tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda xalqaro baholash dasturlari PISA (Programma for International
Student Assessment) dan foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan (Rossiya ta’limni rivojlantirish
strategiyalari instituti)[2].
Kreativlik bo‘lajak kasb ta’limi o’qituvchilari dunyoqarashi, birinchidan, kreativ faoliyat strategiyasini
ko‘rsatib beradi; ikkinchidan, natijalariga baho berishda ishonchli, tartibga soluvchi ko‘rsatkich bo‘lib
xizmat qiladi. Va, albatta, M.Plank bu borada haq bo‘lgan, u shunday deb ta’kidlaydi, tadqiqotchining
dunyoqarashi har doim uning kreativ yo‘nalishini belgilaydi. Kreativ qobiliyat rivojlanishi jarayonida juda
muhim vazifalarni bajaradi.
Ta’kidlash joizki, dunyoqarash bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari kreativ imkoniyatining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. B.S.Shayginaning “Ijodkorning dunyoqarashi tajribada asosiy omil, uning yetarli
ekanligi o‘qituvchilarining butun kreativlik xususiyatini yo‘qqa chiqarishi mumkin” – degan fikriga to‘la
qo‘shilish mumkin.
Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kreativlik xususiyati uchun yuqori darajali intellektual qobiliyat bilan
bir qatorda, har qanday kreativ faoliyatda maqsadga intilish va tashkilotchilik qobiliyati muhim hisoblanadi.
Bularni umumlashtirgan holda, bo‘lajak kasb ta’limi o’qituvchilarining boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish
qobiliyati sifatida aniqlash mumkin. Bo‘lajak kasb ta’limi o’qituvchilari kreativ qobiliyatlari intellekt
tarkibiy qismining mantiqiyligini ko‘rsatishi kerak.
Shаxsning kreаtivligi uning tаfаkkuridа, mulоqоtidа, his-tuyg‘ulаridа, muаyyаn fаоliyаt turlаridа
nаmоyоn bо‘lаdi. Kreаtivlik shаxsni yаxlit hоldа yоki uning muаyyаn xususiyаtlаrini tаvsiflаydi.
Shuningdek, kreаtivlik iqtidоrning muhim оmili sifаtidа аks etаdi.
|
| |