Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Tahlil va natijalar. Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini modellashtirish metodologiyasi kasbiy va 
fuqarolik kasbiy ta’limni integratsiyalash, uning kasbiy ta’lim jarayonining rivojlanishini, bo‘lajak 
pedagoglarning ijodiy salohiyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishni ta’minlaydigan asosiy va 
variativ komponentlarini aniqlashga asoslangan. 
Tadqiqotning tushunchalar apparati va metodologiyasini aniqlagan holda, muallif V.G. Onushkin va 
Y.I. Ogarevlarning “uzluksiz ta’lim” atamasining talqiniga, ya’ni ushbu tushuncha hayotda 
mustahkamlangan reallikni emas, balki shakllangan ta’lim amaliyotining ijtimoiy samaradorligini oshirish 
uchun uni o‘zgartirish haqidagi g‘oyani aks ettirishi haqidagi fikrga qo‘shiladi. Muallif uzluksiz kasbiy 
ta’lim mohiyatini shaxslarni butun umri davomida va kasbiy faoliyatida kasbiy va shahsiy rivojlanishini 
muntazam ijodiy yangilash, takomillashtirish deb tushunadi. 
Uzluksiz kasbiy bilimlarni farqlaydigan belgilari quyidagilardan iborat: 
a) 
vaqt bilan bog‘liq xarakteri – ta’lim jarayonining uzluksizligi (bog‘langanlik, vorisiylik, 
integrativlik); 
b) mazmun bilan bog‘liq – uzluksiz kasbiy ta’lim jarayoni turli segmentlari, ta’lim jarayonining 
yaxlitligi; 
v) mohiyat bilan bog‘liq – ijodiy va shaxsiy salohiyatining izchil boyib borishiga qartilganlik. 
Kasbiy ta’limda uzluksizlik tushunchasini aniqlashda muallif ushbu tushunchaga A.M. Novikov 
bergan ta’rifga tayangan, u uning quyidagi uch obyektga (subyektga) yo‘naltirilganligini aniqlagan [2;52-b.] 
Kasbiy ta’limni o‘zlashtirish bilan birga o‘z-o‘ziga ta’lim berish bilan shug‘ullanayotgan, uzluksiz 
(vorisiylik asosida va parallel ravishda) ta’lim olayotgan shaxs (talabalar); 
ta’lim jarayonlari (ta’lim dasturlari), ular uzluksiz amalga oshirilib, talabalarni makon amal qilishining 
turli bosqichlarida va uning rivojlanishining turli pallalarida talabalarni ta’lim jarayonlariga jalb qiladi; 
hamkorlikdagi faoliyati uzluksiz kasbiy ta’limning makonini yaratadigan, talabalar jamoasida yuzaga 
keladigan ta’limiy ehtiyojlarni qondirish qobiliyatiga ega ta’lim dasturlarining o‘zaro aloqasi va vorisiyligini 
ta’minlaydigan o‘zaro bog‘liq ta’lim tashkilotlarining tarmog‘ini o‘z ichiga olgan makonning tashkiliy 
tuzilishi. 
Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini modellashtirishning tanlangan nazariy-metodologik asoslari 
shaxsning madaniy-ta’limiy makonda ko‘p o‘lchovli harakatini ta’minlaydi va bunday harakat uchun optimal 
shart-sharoitlar yaratadi. Tizim tashkil qiluvchi omil bo‘lib uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonining yaxlitligi 
hamda modellashtirilayotgan makonda quyi tizimlar va jarayonlarning integratsiyasi hisoblanadi. Bularni 
A.N.Nyudyurmagomedovaning uzluksiz pedagogik ta’lim misolidagi tadqiqoti tasdiqlaydi, bunday ta’lim 
asosini muallif “...OTMdan oldingi, OTMda va OTMdan keyingi pedagogik ta’limdagi uzluksiz va dinamik 
jarayonlar” tashkil qiladi deb belgilagan. 
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” tushunchasi polisemantik tushuncha sifatida tadqiq qilingan, uning mazmuni 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
- qamrovi bo‘yicha keng qamrovli, vaqt bo‘yicha individuallashgan, sur’atlari va yo‘nalganligi 
bo‘yicha har bir talabaga o‘z ta’lim trayektoriyasini amalga oshirish imkonini beradigan ta’lim (mazmunli 
yondashuv); 
talabaga ta’lim olish texnologiyasini tanlash imkoniyatini beradigan ta’lim olish texnologiyasi 
(protsessual yondashuv); 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
155 
- umumiy maqsadlar va vazifalar bilan birlashgan, mazmuni integratsiyalashgan va uning 
innovatsiyalarga qaratilganligi, uzluksiz ta’lim texnologiyalari tamoyillariga muvofiq qurilgan turli 
darajadagi vorisiylikka asoslangan kasbiy ta’lim dasturlari va ta’lim standartlari tizimi (tizimli yondashuv); 
shaxsning ta’limiy ehtiyojlarining rivojlanishi yo‘nalishini ochib beradigan va shaxs rivojlanishiga 
qaratilgan yaxlit tizimni amalga oshiradigan ijtimoiy institut sifatida ta’limga yangi metodologik 
yondashuvni aks ettiradigan ijtimoiy-pedagogik kategoriya. 
Tadqiqot mantig‘ida turli ta’lim shakllarida turli ta’limning daraja va yo‘nalishlarda uzluksiz parallel 
yoki ketma-ketlikda kasbiy ta’lim olish ochib beriladi, u kasbiy va ta’lim trayektoriyalarini almashtirish, 
nazariy qoidalar, tushunchalar apparatini, vorisiylik, integratsiyani amalga oshirish texnologiyalarini 
yangilash va boyitish imkonini yaratadigan uni amalga oshirishning yagona metodologiyasida 
birlashgan[3;28-b.]. 
Tadqiqot kontekstida uzluksiz kasbiy ta’lim jarayoni rasmiy (bizning tadqiqotda) ta’lim bilan birga 
amalga oshadigan formal (rasmiy), noformal (norasmiy) va informal (standart ta’lim muhitidan tashqaridagi) 
ta’limning mumkin bo‘lgan integratsiyasi sifatida ko‘rilgan. 
Uzluksiz kasbiy ta’lim yaxlit makonini yaratishga integrativ yondashuvni amalga oshirishda muallif 
uning afzalliklarini ta’minlaydigan quyidagi majburiy shartlarni aniqlagan: 
Ilmiy va kasbiy faoliyatning har xil turlariga kiritish uchun zarur bo‘lgan ta’limga ochiq va uzluksiz 
kirishni kafolatlaydigan asosiy bilim, ko‘nikma va malakalarni doimiy ravishda egallash va yangilash uchun 
integrativ tashkiliy-pedagogik va meyoriy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish.
Inson resurslariga (talabalar, o‘qituvchilar) bilim investitsiyalari hajmini, kasbiy ta’limga bo‘lgan 
talabni va talabalarning intellektual salohiyatini oshiradigan uzluksiz kasbiy ta’limning har qanday 
bosqichida xavf-xatarsiz kirish va chiqish imkoniyati.  
Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini modellashtirish metodologiyasini amalga oshirish samaradorligini 
ta’minlaydigan innovatsion ta’lim faoliyatini rivojlantirish. 
Talabalarga fuqaroviy mutaxassislikka ega bo‘lish individual trayektoriyasini tanlash va oliy ta’lim 
bilan bir vaqtda yangi malakalarga ega bo‘lish imkonini beradigan o‘quv-metodik ta’minot mazmunining 
integratsiyasi. 
Pedagogik olib borish (hamkorlik qilish), ustozlik qilish, tyutorlik qo‘llab-quvvatlash, maslahat berish 
va talabalar kasbiy-amaliy faoliyatini amalga oshirish, ta’lim olish imkoniyatlari, ilmiy va kasbiy o‘sish 
to‘g‘risida erkin ma’lumot olishni ta’minlashga qaratilgan o‘qituvchilarning ilmiy-kasbiy, psixologik-
pedagogik va kasbiy-sohaviy hamkorligining samaradorligi. 
Uzluksiz kasbiy ta’lim fenomenini tadqiq qilish amaliyotida muallif tomonidan Y.V.Bondarevskaya, 
V.F.Zeyer, D.M.Mallayev, G.V.Muxammetzyanova, A.M. Novikov, N.K. Sergeyev, Y.V. Tkachenkolar 
ilmiy maktablari doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar tajribasidan foydalanilgan, ular ilmiy faoliyatining 
mazmuni integratsiyalashgan bilim va ko‘nikma, kasbiy kompetensiyalar va o‘z-o‘zini rivojlantirish 
qobiliyatiga ega shaxsni shakllantirish metodologiyasidan iborat. Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini 
modellashtirish va uning amal qilishi davomida uning rivojlanish ichki salohiyati to‘plangan: vorisiylikka 
asoslangan innovatsion loyihalar ishlab chiqilgan, talabalarning qadriyatlarga yo‘nalganligini faol qayta 
anglash jarayoni sodir bo‘lgan. 

Download 4,29 Mb.
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish