Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Metodologik asos tahlili. Keyingi yillarda respublikada uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilish
unga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda umuta’lim maktablarida ta’lim berishning sifat va 
samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Ta’kidlash joizki, malaka oshirish 
jarayoni va bunda olinadigan tajribalar o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan, 
kompetensiyasini rivojlantiradigan muhim sharoit ekanligi shubhaga o‘rin qoldirmaydi. Shu bilan birgalikda 
prezidentimizning: “Agar rahbarlar, muallimlar Yangi O‘zbekistonga munosib harakatlar qilsa, 
farzandlarimizni davr talabiga munosib o‘qitishimiz mumkin. Xalqimiz bizga eng katta boyligini – 
zurriyodini ishonib beryapti, bu juda katta mas’uliyat. Shuni his qilib, o‘zimizni qiynab, maktabni isloh 
qilsak, kelajakka zamin yaratamiz”, – degan ta’kidlari, jumladan, davlatimiz rahbarining maktab 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
158 
o‘qituvchilarini yangi metodikalar asosida qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlanishini e’lon 
qilishi malaka oshirish jarayonini tubdan isloh qilish mavzusini yanada mustahkam g‘oyaga aylantirmoqda 
[6].
O‘qituvchini uzluksiz kasbiy rivojlantirishga shu nuqtayi nazardan qaralganda, o‘qituvchilarning 
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentliliklariga qo‘yilgan davlat talablari har bir fan kesimida alohida 
ko‘rsatilganligi, ushbu talablarni amalga oshirishda ularning ijodkorligi, tanqidiy fikrlashi, o‘z ustida 
ishlashi, kasbiy rivojlanishda, shaxsiy samaradorlikka erishishda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilayotgan bo‘lsa-
da, biroq ba’zan o‘qituvchining ruhiy barqarorligi, turli xarakterdagi o‘quvchilar bilan ishlay olishi – 
psixologik kompetentligi, pedagog xodimlar tomonidan olib borilayotgan ishlar ko‘lamida mas’uliyatni his 
etmaslik holatlaridan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. 
Shu o‘rinda uzluksiz kasbiy rivojlanish terminiga to‘xtalib o‘tsak, ushbu atama ta’lim oluvchilarning 
professional vazifalari doirasidagi bilim, ko‘nikma, malakalarini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi. 
Tadqiqot ishimiz misolida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining deviant xulqli o‘quvchilar bilan 
ishlashda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, o‘z-o‘zini namoyon qilish, mustaqil bilim olish, idroki, 
tafakkuri, kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, konsultativ va innovatsion faoliyatga turg‘un motivatsiya 
shakllanishini nazarda tutuvchi qisqa muddatli, muammoli, mualliflik o‘quv kurslarini taklif etish ularning 
bilim sifati, jumladan, o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligining yanada ortishiga xizmat qilmoqda. 
1984-yilda YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish” (keyingi 
o‘rinlarda – UKR) konsepsiyasida UKR tushunchasining o‘ziga xos izohini ifodalovchi quyidagicha ta’rif 
berilgan: “ta’lim tizimida yoki undan tashqarida hayotning turli davrlarida ro‘y beradigan, bir-birini 
to‘ldiradigan, bilim olishga, shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishga, shu jumladan, o‘rganish va kasbiy 
vazifalarni bajarish uchun tayyorlashga qaratilgan ongli harakatlar yig‘indisidir” [16]. Bugungi kunga kelib, 
respublikamizda xalq ta’limi tizimidagi islohotlar natijasida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarini 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish zarurati yanada ortdi. Jahondagi zamonaviy ta’lim integratsiyalashuvi 
jarrayonlarining kuchayishi bilan bir qatorda, O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish vazifalari pedagog 
xodimlar malakasini oshirish tizimining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun alohida talablar qo‘ymoqda. 
Ilmiy adabiyotlar tahlili va o‘rganishlar natijasida qanchalik ko‘p islohotlar o‘tkazilmasin, milliy 
pedagogikada malaka oshirish jarayoni tinglovchilarini deviant xulqli o‘quvchilar bilan ishlashga yo‘naltirish 
tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmaganligining guvohi bo‘lindi. Shuningdek, tadqiqot manbasi hisoblangan 
malaka oshirish, ya’ni uzluksiz kasbiy rivojlanish sohasida keyingi yillarda olib borilgan islohotlar hamda 
ilmiy izlanishlar ularning ahamiyatli jihatlarini batafsil bayon qilish lozim, deb hisobladik.
Mazkur yo‘nalishdagi vazifalar ijrosini samarali ta’minlash maqsadi hamda amalga oshirilajak ishlar 
mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF–6108-sonli “O‘zbekistonning 
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Farmonida o‘z aksini topgan deb xulosa qilinsa o‘rinli bo‘ladi [1]. Xususan, mazkur Farmonda belgilangan 
quyidagi asosiy yo‘nalishlar xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yangi sifat 
bosqichiga olib chiqish imkonini beradi hamda yetaklovchi funksiyani bajaradi: 
-mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga 
oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim 
tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni 
shakllantirish; 
-dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga 
qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini 
yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish; 
-pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun 
zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida 
takomillashtirib borish; 
-zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’limni boshqarishni 
avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar hamda masofaviy 
ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT sohasidagi kasblarni ommalashtirish; 
-ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini 
kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar 
salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish; 
-ta’lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta’lim tashkilotlarini nufuzli 
xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish. 
Shuningdek, respublikamizda “Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy 
tizimi”ning institutsional tuzilma tarzida shakllantirishga doir harakatlarning boshlanishi ham ta’lim sifatini 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
159 
oshirish, mehnat bozorining talablari yoki istiqbollariga mos kasblarga o‘qitish hamda malakali kadrlarni 
tayyorlashdan iborat bo‘lgan butun ta’lim jarayonini yangilash zaruriyatini dolzarblashtiradi. Shu maqsadda 
qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ–4939-sonli 
“Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan 
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ta’lim sohasida navbatdagi burilish nuqtalaridan biri 
sifatida ta’kidlash mumkin. Qarorda belgilangan, “ta’limning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablarni 
bekor qilgan holda, har bir lavozim va kasb bo‘yicha malaka doirasiga muvofiq malaka darajasiga talablar 
kiritilishi”, ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish majburiyati o‘qitish tizimini o‘zgartirish, 
jumladan, o‘qituvchilarning kasbiy malakalarini o‘stirishga doir yondashuvlarni zamonaviylashtirish 
lozimligini ko‘rsatadi [3]. 
Jumladan, yuqoridagi Qaror avvalroq qabul qilingan ikkita muhim hujjatning, ya’ni “O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy malakalar ramkasi” hamda “Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish 
milliy tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ning amaliyotga kiritilish jarayonlarini yanada mustahkamladi [5]. 
Yuqorida keltirilgan hujjatlardagi vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun “Umumiy o‘rta ta’lim maktab 
o‘qituvchisining kasb standarti” ishlab chiqildi. Muhimi shundaki, o‘qituvchi faoliyatini baholashga 
qaratilgan kasb standarti mazmunida “O‘qituvchi tarbiyaviy ishlarni ta’lim oluvchilarning rivojlanishiga va 
ijtimoiy me’yorlar shakllanishiga ko‘maklashuvchi turli shakllarda tashkil etadi”, “O‘qituvchi tarbiyaviy 
faoliyatni qadriyatlarni rivojlantirib va tarbiyaviy ishlarni interfaol shakl va usullarini qo‘llab olib boradi”, 
“O‘qituvchi barcha o‘quvchilar uchun psixologik va jismoniy xavfsiz muhitni yaratadi” kabi kompetensiya 
standartlarini o‘z ichiga oluvchi katta mazmunni o‘zida aks ettirgan. Bunday talab o‘qituvchining o‘quvchi 
tarbiyasi bilan olib borayotgan faoliyatining yanada muhimligini bildiradi [7].
Zamonaviy yondashuv hamda o‘zgarishlarni o‘zida jamlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2021-yil 25-yanvardagi PQ–4963-son “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan 
vazifalar xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish borasidagi tom ma’nodagi yangiliklarga qaratilgan 
huquqiy-me’yoriy hujjat bo‘ldi, desak o‘rinli bo‘ladi [4]. Ushbu metodologik asos bilan malaka oshirish 
jarayoni davriylikdan uzluksizlikka o‘tkazildi. 
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham “maktablarda 
ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish” [2] maqsadi 
alohida ta’kidlanib, bu borada xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirib borishga ustuvorlik 
qaratish, malaka oshirish turlarini kengaytirish, muqobil shakllarini iste’molga kiritish hamda o‘zaro 
aloqadorligini ta’minlash orqali kutilgan natijalarga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yuqorida keltirilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar uzluksiz kasbiy rivojlanish, malaka oshirish ta’lim 
tizimiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish uchun metodologik asos vazifasini o‘taydi.

Download 4,29 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish