Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Tаhlil vа nаtijаlаr. Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish, 
ularda huquqiy kompetentlikni namoyish etuvchi unsurlarning jihatlarini o‘rganish maqsadida Qashqadaryo 
viloyati yuridik texnikumi va Navoiy viloyati yuridik texnikumining o‘quvchilari o‘rtasida anketa savollari 
tarqatildi. Savolnomalarning tahlillariga ko‘ra, bugungi kunda o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatning 
rivojlanganlik darajasi 78 foizni tashkil qildi. Huquqiy ongning yetakchi unsurlari –jamiyatda o‘rnatilgan 
qonun normalarini xolisona baholovchilar –diagnostika qilinganda o‘rtacha 92,5(%) foizni, huquqiy 
sezgirlikni namoyish etuvchilar – 71,3 (%)foizni, umumbashariy va milliy qadriyatlar, iqtisodiyot, islohot va 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
166 
taraqqiyot yo‘nalishida bo‘layotgan o‘zgarishlarni – 79,7 (%) foiz, milliy g‘oya va dunyo mafkurasi bo‘yicha 
bilimlarga ega bo‘lishlik – 87(%) foizni, daxldorlik tuyg‘usi bo‘yicha ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish-91,4(%) 
foizni, mafkuraviy xurujlardan himoyalanish-82,7(%)foizni va boshqa yo‘nalishlarda muayyan foizlardagi 
ko‘rsatkichlar namoyon bo‘ldi. 
Bunda yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasi 
ko‘rsatkichlari pedagogik tahlil qilinganda, huquqiy bilimlarga egalik– 91 (%) foizni, huquqiy madaniyat – 
78,4 (%) foiz, huquqiy immunitet 87 foizni, kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishlik – 89,1(%) tashkil etdi. 
Kuzatuvlarimizdan va diagnostik tahlillardan aniqlanishicha, bugungi kunda yuridik texnikum 
o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini baholashning zamonaviy 
metodlaridan keng foydalanish zarurati mavjud, chunki, O‘zbekistonga mustaqil fikr yurituvchi, 
izlanuvchan, shijoatli, olijanob, yuksak ma’naviyatli, vatanparvar insonlar kerak. Bunday shaxslarni faqat 
ta’lim – tarbiya metodlari, usul va vositalari orqali berilgan bilim hamda ko‘nikmalar shakllantira oladi. 
Shuning uchun ham ta’lim – tarbiya jarayonlarida o‘quvchilarga pedagogik ta’sir o‘tkazish, o‘quvchilarda 
huquqiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasining sifat ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va 
baholashning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish kerak. 
Anketa savollariga berilgan javoblardan va yuridik texnikumlarda tashkil qilingan mashg‘ulot 
tahlillaridan aniqlanishicha, o‘quvchilarda huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishga mo‘ljallangan o‘quv 
mashg‘ulotlaridagi mavzular: globallashuv (67%), inson huquqlari (77%), kasbga yo‘naltirish (78%), 
vatanparvarlikka oid mavzular taqsimoti (83%) belgilangan. Demak, yuridik texnikum o‘quvchilarida 
huquqiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini namoyish etuvchi komponentlar mohiyatini yoritib 
beruvchi mavzular mazmunan boyitilishiga ehtiyoj mavjud. 
Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishga mo‘ljallangan mavzular 
davlat va huquq asoslari 21%ni, davlat boshqaruv organlari-13%ni, ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy 
jazo-17%ni, O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy nazorat-2%ni, bank huquqi tushunchasi va tizimi-12%ni, 
soliq huquqi tushunchasi-2,5%ni, yuridik shaxslar, mulk huquqi-2,5%ni, tadbirkorlik faoliyatining 
subyektlari-2,3%ni, O‘zbekiston Respublikasida mehnat huquqi-18%ni, O‘zbekiston Respublikasida oila 
huquqi-19,1%ni tashkil etar ekan. Bu ko‘rsatkichni, ayniqsa, ekologik javobgarlik tushunchasi, atrof - 
muhitni xalqaro – huquqiy muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi korxonalarining turlari va ularning huquqiy 
holati, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar, shuningdek, oila huquqi, soliq huquqi, mulk 
huquqi, tadbirkorlik faoliyatining subyektlari haqidagi mavzularni yuqori foizga ko‘tarish zarurati yaqqol 
namoyon bo‘lmoqda. 
Xulоsа. Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishda tahlil, baho, 
bashoratlash va modellashtirish tarbiyaviy jarayonni qamrab oluvchi unsurlar sifatida ishtirok etadi. 
Zamonaviy pedagogikada tarbiya modellarini ishlab chiqish va ularni pedagogik jarayonda qo‘llash bo‘yicha 
yetarlicha tajriba orttirilgan. Modellashtirish nazariyasida quyidagi model turlari farqlanadi: 1) maqsadlarni 
oydinlashtirish va resurslardan oqilona foydalanishga mo‘ljallangan - nazariy modellar; 2) qoʻyilgan 
maqsadlarni amalga oshirish va ta’sir o‘tkazish vositalari bilan ishlashga mo‘ljallangan vositachilik 
modellari; 3) kutilmagan vaziyatlarda qarorlar qabul qilish va ishlab chiqishga yo‘naltiruvchi refleksiv 
modellar; 4) metodologik manba bo‘lib xizmat qiluvchi, ma’lumotlar bazasi va harakatlar dasturiga tayangan 
konseptual modellar; 5) kasbiy faoliyatda teskari aloqa o‘rnatuvchi, mexanizmlarni yaratishga mo‘ljallangan 
va kafolatlangan natijaga erishishda og‘ish holatlarini oldini oluvchi monitoring modellari. [159,122-b.]. 
Yuqorida zikr etilgan modellar tahlillari natijasida yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy 
kompetensiyalarni shakllantirish uchun konseptual model zarurligi aniqlandi (1-rasm) va tadqiqot doirasida 
ushbu model yaratildi. Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish modelida: 
ijtimoiy buyurtma: kasbiy salohiyati bilan birgalikda, yuksak huquqiy madaniyatli, huquqiy ongi rivojlangan, 
huquqiy savodxon, axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan mutaxassisni tayyorlashga qo‘yilayotgan malaka 
talablari. Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish omillari: jamiyatdagi 
huquqiy madaniyatning shakllanganlik darajasi; shaxsning huquqiy qarashlari majmuasi; ma’naviy va 
mafkuraviy xurujlardan himoyalanish darajasi; kasbiy kompetentligi. 
Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish maqsadi jamiyatning turli 
tarmoqlari bilan aloqador bo‘lgan davlat xizmati turlarida faollik ko‘rsatish, ularda o‘z yurti va xalqi taqdiri 
uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. 
Yuridik texnikum o‘quvchilarini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi muhim bo‘lib, bu darslarda zamonaviy kompyuter 
texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalanish maqsadga 
muvofiqligini, mashg‘ulotlarda ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, kazuslar bilan ishlash, 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
167 
guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash, kollokvium o‘tkazish va boshqa interaktiv ta’lim usullarini 
(yechimlar daraxti, ishbilarmon o‘yini) tatbiq qilish zaruratini ko‘rsatdi.

Download 4,29 Mb.
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish