• Tаdqiqоt metоdоlоgiyаsi.
  • Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet180/266
    Sana23.01.2024
    Hajmi4,29 Mb.
    #143747
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   266
    Bog'liq
    11-son PM Ped Psixolo

    Аdаbiyоtlаr tаhlili. Mamlakatimizda yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini 
    oshirish, milliy qadriyatlar, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, o‘smir va o‘spirin yoshidagi tahsil 
    oluvchilarning tarbiyalanganlik darajasini baholash va xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalash masalalari 
    E.Abzalov [1], H.Boboyev [2], I.Zokirov [3], Z.Islomov [4], H.Yo‘ldoshev [5], V.Karimova [6], H.Mamatov 
    [7], Sh.Mardonov[8], O.Musurmonova [9], A.Saidov [10], E.G‘oziyev [11], M.Quronov [12] kabi pedagog, 
    psixolog va huquqshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan. 
    MDH olimlari: M.N.Marchenko [13], Ye.A.Pevsova [14], S.V.Tatarinseva [15], Y.V.Tixonravov 
    [16]larning ilmiy izlanishlarida huquqiy ongni shakllantirish madaniyati, huquqiy tartibot organlarida yoshlar 
    bilan ishlash tizimi, turli mamlakatlarda konstitutsiyaviy huquqlarda inson omilining aks ettirilishi va qiyosiy 
    tahlili, bolalarning huquqiy savodxonligini shakllantirish masalalarini tadqiq etishgan. 
    Xorij mamlakatlari olimlari: M.Abraham [17], J.Agresto [18], J.Auerbach [19], S.Bailey [20] va 
    boshqalarning tadqiqotlarida fuqaroviy jamiyatning huquqiy madaniyatini rivojlantirish, bolalar va ayollar 
    huquqiy madaniyatini o‘stirish masalalarini, P.Dominick [21] ilmiy izlanishlarida huquqiy madaniyat 
    nazariyasi, huquqiy madaniyat va huquqiy xulq-atvorga sinergetik–sotsiodinamik yondashuv masalalari o‘z 
    ifodasini topgan. 
    Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda o‘quvchilarning huquqiy ongni shakllantirish madaniyati va 
    fuqaroviy jamiyatning huquqiy madaniyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan bo‘lib, biroq yuridik texnikum 
    o‘quvchilarini huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish nazariy va amaliy jihatdan to‘laligicha ilmiy 
    asoslanmagan. Shu bois, ilgari surilayotgan tadqiqot dolzarb muammolardan biri sanaladi.
    Tаdqiqоt metоdоlоgiyаsi. Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish 
    modeli tizimlashtiriluvchi elementlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning kelgusidagi yaxlit faoliyati 
    mazmunini yoritadi. Andozada ifodalanganidek, o‘quv faoliyati bosqichlari, pedagogik-konseptual 
    yondashuvlar o‘quvchilarning huquqiy ongini rivojlantirishni ta’minlaydi, shaxs va jamiyat rivojlanishining 
    ehtiyojlarini ifoda etadi. Ularning individual rivojlanib, o‘zini to‘liq namoyon qilishi, javobgarlik, 
    mas’uliyatlilik, jamoa bo‘lib ishlash, o‘zaro yordam va boshqa qimmatli fazilatlarini voyaga yetkazadi. 
    Ushbu maqsadlar pedagogik jarayonni tashkil etishning jamoaviy, guruhiy va individual shakllarining 
    maqbul kombinatsiyasini nazarda tutadi. 
    Modelda aks ettirilganidek, ta’lim subyektlarining ijtimoiy–pedagogik sharoitlari ta’lim 
    muassasalarining o‘quv-moddiy bazasi, o‘qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, o‘quv imkoniyatlari, 
    jamoaning shaxslararo munosabatlari, ta’lim shakllari, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari, metodlarini 
    o‘z ichiga qamrab oladi. 
    Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishda ana shu omillar hisobga 
    olinishi zarur. Ta’lim jarayonning samarali bo‘lishi, ko‘p jihatdan ta’lim tamoyillariga asoslangan holda 
    o‘qitish jarayonlarini tashkil qilishga bog‘liq. Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni 
    shakllantirish uchun model asosida o‘quv faoliyatiga yo‘naltiruvchi usullar, mustaqil ta’lim shakli, o‘zini-
    o‘zi rivojlantirish bilan birga intellektual rivojlanish imkoniyatlaridan keng foydalanish imkoniyati 
    kengayadi. 
    Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini tashkil etish 
    hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kasbiy faoliyatga tayyorlashda: 1) 
    texnologiya algoritmini ishlab chiqish; 2) huquqiy-madaniy rivojlantirish faoliyatini nazorat qilish, ularning 
    faollik darajalarini baholash; 3) texnologiyani amaliy faoliyatda qo‘llash muhim bo‘lib hisoblanadi. Biz 
    ishlab chiqilgan modelning indikativ vositachi qismida yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy 
    kompetensiyalarni shakllantirish komponentlarini belgiladik (1-rasmga qarang). 
    Yuridik texnikumlarda indikativ model asosida o‘quvchilarda huquqiy kompetensiyalarni 
    shakllantirishga yo‘naltirilgan mezonlar takomillashtirildi. Xususan: huquqiy savodxonlikka tayanuvchi 
    tushunchalarning shakllanganligi (burch, huquqiy madaniyatni chuqur anglaganlik darajasi, qarashlar, 
    e’tiqodlar, motivatsiya, qadriyatlar, hayotiy mo‘ljallar, ideallarning mavjudligi va boshqalar); faoliyatli - 
    natijaviy – o‘quvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga fidoyiligi, sadoqatliligini belgilovchi, ularning 
    qalbi va ongiga Vatan va o‘zining taqdirini belgilovchi mutanosiblik hissiyotiga yo‘naltirilgan mezon; 
    mafkuraviy xurujlardan himoyalanish hissining shakllanganligi - turli ko‘rinishdagi destruktiv g‘oyalardan 
    himoyalanish, ularga nisbatan murosasiz bo‘lish, Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur 
    singdirishga yo‘naltirilgan mezon. 


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
    164 

    Download 4,29 Mb.
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   266




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish