-rasm. Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishning




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

1-rasm. Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishning 
yo‘naltiruvchi ( indikativ) modeli 
 
Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantiruvchi mezonlarni baholashda 
ularning ko‘rsatkichlari, ifodalanganlik darajasi, dinamizm belgilari, xususiyatlarining tahlili inobatga olindi. 
Meyorlarni baholash o‘quvchilarda shakllangan huquqiy kompetentlikka xos xususiyatlar tahlilidan kelib 
chiqdi. 
Bu yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarning uyg‘un bo‘lishi, ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni rivojlantirish tarbiyasidagi tadbirlar mahsuldorligini uning mavjud holati bilan qiyoslash, 
solishtirish, baholashni ta’minlashda inobatga olindi. 
Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish ko‘rsatkichlari majmuasi 
fuqarolik ongi va fuqaroviy vatanparvarlik tamoyiliga asoslanadi. Ushbu tamoyil yagona tizimga 
birlashtirilgan va umumlashtirilgan meyorlarda ifodalanishi mumkin bo‘lgan asosiy mezonlarga mos kelishi 
mumkin. Binobarin, mezon – muayyan, aniq indikatorga nisbatan keng tarqalgan umumiy xususiyat. Har bir 
mezon muayyan belgilar, muayyan turdagi faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan bir necha 
indikatorlarning birikmasidir va uni amalga oshirish jarayonida erishilgan natijalarning miqdoriy va sifat 
ko‘rsatkichlari baholanadi. 
Binobarin, yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishni baholash 
mezoni ikki guruhga differensiallashadi. Birinchi guruhga huquqiy madaniyatni aks ettiruvchi mezonlar
ikkinchi guruhga huquqiy ongni obyektiv baholash uchun shaxsga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir 
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, sifatlarini tahlil qiluvchi mezonlarga ajraladi. 
Fikrimizcha, yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish asosan 7 
bosqichda shakllantiriladi va rivojlantiriladi: 1) bilish — kelgusi kasbiy faoliyatida deyentologik 
qadriyatlarni egallash; 2) kasbiy kompetentlikni rivojlantirish; 3) e’tiqod — vatanparvarlik qadriyatlari 
to‘g‘risida olgan bilimlarini e’tiqodga aylantirish; 4) harakat — bu e’tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon 
etish; 5) refleksiya-huquqiy kasbiy sohaga aloqador qarorlarni qabul qila olish; 6) monitoring – baholash - 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
165 
o‘z faoliyatini tahlil qila olish asnosida kelgusidagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olish; 7) stimul-
shaxsiy va kasbiy faoliyati natijasida rag‘batga ega bo‘lish, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib, Vatan 
ravnaqiga xizmat qilish hissini shakllantirish. Shu bois, yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy 
kompetensiyalarning ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va baholashda yoshlarning kelgusidagi kasbiga 
munosabati, o‘z ona yurti to‘g‘risidagi qadriyatlarga ega bo‘lganlik darajasi, fuqarolik e’tiqodining 
shakllanganligi, ijtimoiy-siyosiy faollik darajasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishning zamonaviy 
yondashuvlari va innovatsiyalarning asosiy usullari sifatida quyidagi (1-jadval)lardan tajriba mobaynida 
foydalanildi:

Download 4,29 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Yuridik texnikum o‘quvchilarida huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishning

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish