“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
84
• pedagogik kompetensiya;
• kasbiy kompetensiya;
• zamonaviy pedagog;
• zamonaviy o‘qituvchi;
• zamonaviy model;
• pedagogik kompetensiya modeli;
• professional tayyorlashning zamonaviy modeli.
Kasbiy kompetensiya mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi jarayonlarida shakllanadi va takomillashib
boradi. Oliy o‘quv yurtida olib borilgan ta’lim kasbiy kompetentlik asoslarini shakllanishi jarayoni deb
qaralsa, malaka oshirish tizimidagi o‘qish bu kasbiy kompetensiya takomillashuvi va yanada chuqurlashuvi
jarayoni sanaladi hamda kampetensiyaning oliy darajaga ko‘tarilishi deb baholash mumkin. Bunda, albatta,
“kompetentlik” va “kvalifikatsiya – “malaka” tushunchalarining pedagogik mohiyatini bir-biridan farq qila
bilishni talab qiladi. Mutaxassis uchun berilgan malaka undan mazkur kasb bo‘yicha tajriba talab qilmaydi,
balki o‘quv jarayonlari davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini ta’lim standartlari talablariga javob berishini
ta’minlaydi. Kvalifikatsiya bu kasbiy ta’limning shunday turi va darajasiki (tayyorgarlik), u mutaxassis
uchun ma’lum bir ish joyida ishlash imkonini beradi. Mutaxassis o‘zi uchun zarur bo‘lgan kasbiy tajribaga
ega bo‘lmay turib, malaka oshirishi mumkin. Shulardan ko‘rinib turibdiki, “professionalizm” tushunchasi
“kasbiy kompetensiya” tushunchasiga nisbatan ancha kengroqdir. Professional – o‘z kasbining ustasi bo‘lish,
nafaqat bilish, ularni qanday amalga oshirishni bilishgina emas, balki ana shu bilimlarni hayotga tatbiq eta
olish hamda samarali natijalarga erishishi ham demakdir. Professionalizm deganda, unga baho berishda, so‘z
samarali kasbiy faoliyat to‘g‘risida bo‘lishi lozim. Pedagogik kompetensiya va professionalizm haqida va
ularni bir-biridan ajratib turuvchi jihatlari to‘g‘risida gaplashib o‘tdik. Demak, professionalizm mutaxassis
kasbiy jihatdan o‘sishining turli qirralarini aks ettiradi va kasbiy kompetensiyaning to‘rt turini o‘zida
ta’minlaydi.
1. Ijtimoiy yoki faoliyat ko‘rsatuvchi kasbiy kompetentlik oliy darajadagi kasbiy faoliyat hisoblanib,
o‘z tarkibiga nafaqat maxsus bilimlarni egallaganlikdan tashqari ularni amaliyotda qo‘llay olishni bilish
demakdir.
2. Ijtimoiy kasbiy kompetensiya hamkorlikda olib boriladi gan faoliyat usullarini egallaganlik, kasbiy
muloqot usullariga ega bo‘lish.
3. Shaxsiy kasbiy kompetensiya. O‘z-o‘zini namoyish qilish va rivojlantirish, kasbiy deformatsiya,
tanazzulni oldini olish, usullarini egallaganlik, ularning ichiga mutaxassis tomonidan o‘z kasbiy faoliyatni
rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni anglash xususiyatlari ham kiradi.
4. Individual kasbiy kompetensiya o‘z-o‘zini boshqarish yo‘lini egallaganlik, kasbiy o‘sishga
tayyorgarlik, o‘z ishiga sodiqlik, sabr-toqat hislatlari bilan xarakterlanadi.
Kompetentlikni shakllanishida asosiy o‘rinni talabalar mustaqil ta’limi egallaydi. Chunki bo‘lajak
mutaxassis faqat bilim va ko‘nikmaga ega bo‘libgina qolmay, uni amalda qo‘llay olishi talab qilinadi. Bunga
esa ta’lim jarayonida talabalarni muammoli topshiriq va vazifalarni mustaqil holda hal qilishga o‘rgatish
orqali erishish mumkindir. Ushbu umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim bo‘lajak
mutaxassislarni har qanday sharoitda va holatda o‘zlarining aqliy salohiyatlarini to‘la ishga solish, zarur
bo‘lgan bilimlarni izlab topish, amaliy faoliyatlarida tatbiq etishga odatlantirib boradi. Bir so‘z bilan
aytganda ijtimoiy hayotda va ta’lim-tarbiya jarayonida to‘laqonli, raqobatbardosh mutaxassis sifatida faoliyat
yuritishga tayyorlaydi. Talabalik davrida o‘qituvchining hamkorligida, maslahatlariga suyangan holda
mustaqil bilim olish ko‘nikma va malakalari tarkib topadi. O‘quv rejasi, dastur va darsliklarda belgilangan
o‘quv materiallari o‘zlashtiriladi. Amaliy faoliyatda qo‘llashga, kafolatlangan natijalarga erishishga
o‘rgatiladi. Bu jarayonda imkon qadar talabaning mustaqil faoliyat yuritishiga e’tibor qaratish ijobiy natija
beradi.