“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
83
o‘zidan an’anaviy qarashlarni tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Bilim, ko‘nikma va tajribalar bu borada endi
kamlik qilishi ko‘zga tashlanmoqda. Hozirgi zamon pedagogika fani va bu borada olib borilayotgan ilmiy
izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan va uslublarga, o‘qitish usullari,
texnologiyalariga juda ko‘p e’tibor qaratilganligini sezamiz. Ammo ana shu pedagogik usullarni tushunish,
ularni amaliy faoliyatda qo‘llash masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ta’kidlash
mumkin. Pedagogika fani ham boshqa gumanitar va tabiiy fanlar qatori o‘z o‘rgamchak ipiga o‘ralashib
qolgandek tuyuladi. Muammo bu sohadagi pedagogik nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga tatbiq etishda
yaqqol ko‘zga tashalanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, o‘qituvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotda
qo‘llay olish mahoratining yetishmasligi sezilmoqda. Demak, ko‘plab o‘qituvchilarni, pedagoglarni eskirib
qolgan nazariy bilimlar yuki bosib qolyapti. Ularda zamonga xos tub o‘zgarishlarga mos kelish, munosib
bo‘lish kabi sifatlar yetishmaydi. Huddi shu sifat kompetensiya – kompetensiya egasi bo‘lish, kompetent
pedagog nomini olish masalasi hisoblanadi.
Pedagog o‘z ixtisosligi bo‘yicha ta’lim va tarbiya ishlari yuzasidan jamiyat oldida mas’uldir. U
muntazam ravishda o‘z kasbiy tayyorgarligini takomillashtirib borish bilan birgalikda o‘qituv chi, muallim,
ustoz, tarbiyachi, pedagog huquqiga ega bo‘lishi, aniqrog‘i, kasbiy kompetensiya egasi bo‘lishi lozim.
Endilikda o‘qituvchi uchun o‘zi tanlagan kasb, fan, mutaxassislik borasidagi amaliy va nazariy bilimlarni
puxta egallash kamlik qilib qoldi. U har qanday vaziyatda ta’lim-tarbiyani yangi-yangi usul va metodlarini
o‘z faoliyatida qo‘llay olishi, bir so‘z bilan aytganda, kompetensiya egasi bo‘lishi lozim. “Kompetensiya”
tushunchasi, kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv, kompetensiya egasi, bu atamalarning mazmuni
haqida to‘xtalish uchun, eng avvalo, asrlar davomida shakllangan bu boradagi milliy an’ana va qadriyatlarga
e’tibor qaratamiz.
O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi tizimi – pedagogik mahorat orqali namoyon bo‘ladi. Kasbiy
tayyorgarlik modelini shakllantirishda umumiylikdan xususiy mahorat sari boriladi. Umumiy mahorat – bu
pedagogik fikr yuritish va faoliyat yurgazish hisoblanadi, fakt va hodisalarni nazariy jihatdan tahlil qilishga
undaydi. Pedagog uchun zarur bo‘lgan mahoratning bu ikki unsurini birlashtirish asosida konkretlikdan
obstraklikka, ya’ni aniqlikdan mavhumlik sari o‘tiladi. Ular sezgi, tafakkur va nazariy asoslarda yuz beradi.
Tahlil etishni nazariy darajaga olib chiqish mahorati bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni pedagogik mahoratga
o‘rgatishning yoki pedagogik mahoratni yanada takomillashtirish ning eng muhim vazifalaridan biri
sanaladi. Pedagogik masalalarning umumlashgan ligiga qaramay, pirovard natija, yechim “fikrlash, faoliyat
yurgazish, fikrlash” mana shu uchlikka kelib taqaladi hamda pedagogik faoliyat unsurlari va unga mos
bo‘lgan axborot bilan uyg‘unlashib ketadi. Natijada o‘qituvchining kasbiy kompetentligi modeli uning
nazariy va amaliy tayyorgarligi sifatida namoyon bo‘ladi.
1. Pedagogik kompetensiya o‘qituvchi kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilim, mahorat, ko‘nikma;
2. Muammolarni muvaffaqiyatli yechish qobiliyati, oliy darajadagi kasbiy mahorat.
3. Kasbiy faoliyati davomida pedagog tomonidan qo‘llanilgan texnologiyalar, metodlar va usullar
yig‘indisi.
4. Turli tajribalar yig‘indisi, pedagogik faoliyatdagi katta tajriba.
Ta’lim-tarbiya sohasining demokratlashuvi o‘quv yurtlarida turli model-andozalarni qo‘llash talabalar
individual jihatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayonlarini tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi. Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturida ko‘zda tutilgan va tatbiq etilayotgan me’yorlar esa o‘qituvchi va murabbiylarni
ijodiy izlanishga, o‘z o‘quv kurslarini tashkil etishga, yangi innovatsion ishlanmalar yaratishga va keng
qo‘llashga safarbar qilmoqda. Natijada bu sohada o‘qituvchilarni professional tayyorlashning turli modellari
va andozalarini tatbiq etish sharoitlari yuzaga keldi. O‘qituvchilarni professional tayyorlashning didaktik
modeli (ta’limtarbiya andozasi) asosan ikki jihatni o‘zida jamlagan: birinchisi, o‘zgarmas umumiy asos
(barcha modellar uchun tatbiq etiluvchi didaktik jihat); ikkinchisi esa, o‘zgaruvchan muhitdan iboratdir.
Umumiy didaktik model ta’lim tizimining asosini tashkil etib, sohaning maqsadiga itoat qiladi. O‘zgarmas
model esa asosan fundamental ta’limga yo‘naltiriladi. Bunda o‘qituvchilar tayyorlashning umummilliy
asoslari jamlangan bo‘lib, ma’lum bir qolipda butun jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi.