“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
85
• intellektual qobiliyati;
• psixologik xususiyatlari;
• muammoni mustaqil hal qila olishi;
• yangiliklarga intiluvchanligi va o‘z ustida ijodiy ishlashi;
• o‘z fikrini ayta olishi va himoya qilishi. Ushbu mezonlar talabaning kompetentlik darajalarini ishlab
chiqishda tayanch OTMlar kafedralarining professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan e’tiborga
olinishi lozim.
Xulosa. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, kasbiy-pedagogik yo‘nalishning xususiyatlariga bolalarga bo‘lgan
qiziqish va muhabbat, pedagogik mehnatga ishtiyoq, psixologik-pedagogik hushyorlik va kuzatuvchanlik,
pedagogik takt, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, adolatlilik, xushmuomalalik, talabchanlik
qat’iyatlilik, maqsadga muvofiqlik, muvozanat, chidamlilik, o‘zini o‘zi qadrlash, kasbiy faoliyat, ilmiy va
pedagogik fikrlashning innovatsion uslubi, yangi qadriyatlarni yaratish va ijodiy qarorlar qabul qilishga
tayyorlik kabi fazilatlar kiradi.