• ASOSLARI Toshkent – 2008 yil
  • IJTIMOIY PEDAGOGIKA ASOSLARI
  • Ma’sul muharrir: I.Karimov – p.f.n.dotsent Taqrizchilar
  • K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy




    Download 0.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/29
    Sana27.05.2023
    Hajmi0.7 Mb.
    #65435
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    ijtimoiy pedagogika asoslari
    Bekzod mirahmedov 14-day challenge ielts zone, 2 5231305342310157402, 2 5375566829857017676, Asqarova Zilola, Mikrostruktura.chugunov, falsafa bet, 8-amaliy mashg\'ulot, 17-mavzu Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyas, 01.04.2023, 12-мактаб ОТМ маьлумот, Rekurrent to’rlar qudratov Akbar Akmal o’g’li, 1697776672, Loyihalash topshiriq 2, King lire xulos-WPS Office



     
     
    K.Turg‘unboyev, M.Tolipov, I.Oxunov 
     
     
     
     
    IJTIMOIY 
    PEDAGOGIKA 
    ASOSLARI 
     
     
     
     
    Toshkent – 2008 yil 
     



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta
    maxsus ta’lim vazirligi 
    O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’lii Vazirligi 
    Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti 
    Muqimiy nomidagi Qo‘qon Davlat pedagogika 
    instituti 
    K.Turg‘unboyev, M.Tolipov, I.Oxunov 
    IJTIMOIY PEDAGOGIKA 
    ASOSLARI 
    (o‘quv qo’llanma) 
    Toshkent 
    “Fan va texnologiya” 2008 yil 



    Mazkur o‘quv qo’llanma pedagogika yo‘nalishidagi Oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchi - 
    talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda ijtimoiy pedagogika fanining baxs mavzui, uning fan 
    sifatidagi shakllanishi va taraqqiysi, shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni, omillari kabilar o‘z 
    ifodasini topgan.
    Ma’sul muharrir:
     
     
    I.Karimov – p.f.n.dotsent
     
    Taqrizchilar:
     
     
    Abduqodirov R. p.f.n 
    Ushbu o‘quv qo’llanma Z.M.Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti, Muqimiy 
    nomidagi Qo‘qon Davlat pedagogika institutining o‘quv - uslubiy Kengashlarining yig‘ilishida 
    muhokama qilingan va nashrga tavsya etilgan 



    Kirish
    Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga 
    kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o‘sib kelayotgan 
    yosh avlodni ijtimoiy ruxda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs 
    birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, 
    yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa; ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning 
    qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob’ektidir. 
    Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab 
    jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bilim saviyasi 
    yetarliy bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib 
    aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday 
    xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi 
    birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o‘zlarining xuzur halovatlarini 
    o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi 
    harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
    Bundan tashqari hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizga, turmush tarzimizga yot bo‘lgan 
    giyoxvandlik, foxishabozlik, qonunbuzarlik, turli aqidaparastlik kabi illatlarning ham suqulib kirib 
    kelishi ayrim kishilar, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
    Shunday ekan, salbiy og‘ishlar girdobiga kirgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar ko‘lamini 
    kuchaytirish, ta’sir ko’rsatishning darajasini oshirishni taqoza etadi. 
    Bu xususda yurtboshimiz I.A.Karimov o‘zining barcha nutq va asarlarida, ayniqsa, «Yuksak 
    ma’naviyat yengilmas kuch» kitobida alohida ta’kidlab o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy 
    jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining markazini tashkil 
    etilishligini uqtiradi. 
    Buning uchun esa keng omma shu jumladan salbiy og‘ishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan 
    shug‘ullanishning faol yo‘l, usul, vositalarini aniqlash, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning 
    uslubiyotini ishlab chikish zarur. Bunday ma’suliyatli ish esa umumiy pedagogikaning alohida 
    soxasi bo‘lgan «Ijtimoiy pedagogika”ning zimmasidadir. Chunki, tarbiyaviy ish nafakat ta’lim 
    muassasalarida, balki, ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshiriladi. 
    Keyingi yillarda pedagogika yo‘nalilishidagi oliy o‘quv yurtlarining pedagogika va 
    psixologiya ta’lim yo‘nalishida “Ijtimoiy pedagogika” fani o‘qitilib kelinmoqda. Bizningcha, bu 
    fanni barcha oliy o‘quv yurtlarining mavjud ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilishi maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi. Sababi shundaki, mazkur o‘quv yurtlarini tamomlab tegishli joyga mutaxassis bo‘lib 
    kelganlar o‘z navbatida o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektda ijtimoiy pedagoglik vazifasini ham 
    bajaradi. 
    Mazkur o‘quv qo’llanma tayyorlashda respublikamizdagi yetakchi pedagog tadqiqotchilar 
    Qurbonov M.Q., Qurboniyazova Z.Q., Begmatov A., Isaqova M., Rossiyalik pedagoglar 
    Galaguzova M.A., Mudrik A.V., Podlasiy I.P. hamda Toshkent Davlat pedagogika Universitetining 
    “Pedagogika”, “Defektologiya» kafedralaridagi materiallardan ijodiy ravishda foydalanildi. 

    Download 0.7 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 0.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy

    Download 0.7 Mb.
    Pdf ko'rish