|
Kafedrasi kompyuter arxitekturasi moduli bo‘yicha
|
bet | 5/80 | Sana | 06.07.2024 | Hajmi | 13,43 Mb. | | #266748 |
Bog'liq Kafedrasi kompyuter arxitekturasi moduli bo‘yichaNazorat savollar
1. Kompyuter tuzilmasi nima?
2. Kompyuterning imkoniyatlari?
3. Kompyuterlarning yaratilish tarixi?
2-Ma’ruza. Kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish bosqichlari
Reja:
1. Zamonaviy kompyurerlarning turlari
2. Kompyuter arxitekturasi va tashkil etilish tamoillari
3. Kompyuterning asosiy ko‘rsatgichlari.
Tayanch iboralar: kompyuter, raqamli hisoblash mashinasi, analog hisoblash mashinalari, supperkompyuter, meymnfreym, server, mikroprotsessor. IBM PC turidagi shaxsiy kompyuter, markaziy protsessor, operativ xotira, doimiy xotira, uzulishlar kontrolleri, xotiraga bevosita ega bo‘lish kontrolleri.
Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari
Kompyuter (elektron xisoblash mashinasi) –xisoblash va axborot masalalarini yechish jaroyonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining to‘plami.
Kompyuterlar qator belgilar bo‘yicha turlarga ajratilishi mumkun, xususan:
ishlash tamoili;
element asosi ;
vazifasi;
xisoblash jarayonining tashkillashtirilish usuli;
o‘lchami va xisoblash quvvati;
imkoniyatlari;
dasturlarni parallel bajarish imkoniyati bo‘yicha va xokazo.
Ishlash tamoili bo‘yicha xisoblash mashinalarni katta uchta guruxga ajratish mumkun: analogli (uzuluksiz), raqamli va aralash (gibrid).
Ishlash tamoili bo‘yicha xisoblash mashinalarni turlarga ajratish.
Bu uch turga bo‘lishning ko‘rsatgichi, u hisoblash mashinalarda ishlatiladigan axborotlarning ifodalanish shaklidir .
Raqamli hisoblash mashinasi (RHM), yoki kompyuter diskret ko‘rinishda ifodalangan, aniqrog‘i raqamli shaklda ifodalangan axborot bilan ishlaydi.
Hisoblash mashinalarda axborotlarni ifodalanishining ikki shakli.
Analog hisoblash mashinalari, yoki uzuliksiz xisoblash mashinalari, ular uzuluksiz shakldagi axborotlar bilan ishlaydilar, yani qandaydir fizik kattalikdagi uzuluksiz qatorga ega bo‘lgan qiymatlar ko‘rinishidagi (ko‘pincha elektr kuchlanishi). AHM juda sodda va foydalanishga qulay; bu mashinada ishlashda masalalarni dasturlash uchun odatda ko‘p mexnat ta’lab etilmaydi. Masalani yechish tezligi operatorning xoxishi bo‘yicha o‘zgarishi mumkun va xoxlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish mumkun (RHM qaraganda yuqori), ammo masalani yechish aniqligi esa juda past (nisbiy xatoligi 2 – 5 % gachan).
AHM murakkab mantiq ta’lab etilmaydigan va tarkibida differensial tenglama bo‘lgan matematik masalalar samarali yechiladi. Elektron AHM ni ko‘pincha elektron modellashtiruvchi mashinasi xam deb ataydilar, chunki masalani yechish uchun ularda tadqiqot qilinayotgan tizimning fizik modeli yaratiladi. To‘g‘ri, xuddi shu asosda elektron RHM xam xuddi Shunday atash mumkun, vaxolangki ularda xam yechiladigan masala modeli yaratiladi, ammo model abstrakt, matematikdir.
DHM (duragay (gibrid) xisoblash mashinasi), yoki kombinatsiyalashtirilgan xisoblash mashinasi, raqamli va uzuluksiz shaklda ifodalangan axborotlar bilan ishlaydi. Ular o‘zida AHM va RHM afzalliklarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. DXM ni murakkab tez ishlovchi texnik majmualarni boshqarish masalalarini xal qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodda va shuningdek ilim xamda texnikada eng ko‘p foydalaniladigan va tarqalgan turi bu RHM, odatda ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy kompyuter deb ataladi.
|
| |