|
Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi
|
bet | 6/80 | Sana | 06.07.2024 | Hajmi | 13,43 Mb. | | #266748 |
Bog'liq Kafedrasi kompyuter arxitekturasi moduli bo‘yichaYaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi:
1-avlod, 1950 yillar: elektron vakuumli lampalardagi EHM;
2-avlod, 1960 yillar; diskret yarimo‘tkazgichli asboblardagi EHM (tranzistorlardagi);
3-avlod, 1970 yillar; yarimo‘tkazgichli kichik va o‘rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab – minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema – maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo‘lib, o‘zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi;
4-avlod, 1980-90 yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularning asosiysi – mikroprotsessorlar (bitta kristalda o‘n mingta’lab – millionlab aktiv elementlar mavjut). Katta integral sxemalarda aktiv elemantlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 – 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, xozir 1,5 – 2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 – 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng).
5-avlod, xozirgi vaqt (2015...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjut; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dasturning o‘nlab ketma-ket ko‘rsatmalarini bajara oladilar.
6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo‘lmagan mikroprotsessorlarning taqsimlangan tarmoqli bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir.
Kompyuterlarning xar bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbattan jiddiy yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda birnecha o‘n marotaba ortiq.
|
| |