• 4-Mavzu: 3-4-sinflarda lug‘at ustida ishlash nuqtai nazaridan mashq materiallarini tahlil qilish Reja
  • Darsning maqsadi
  • Tayanch so`z va iboralar
  • Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua




    Download 435,6 Kb.
    bet28/93
    Sana07.01.2024
    Hajmi435,6 Kb.
    #131505
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
    Bog'liq
    Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org

    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1.Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009.
    2. G`afforova T., Shodmonov E., G`ulomova X. 1-sinf “Ona tili” darsligi. Toshkent. 2013-y.
    .3.Fuzailov., Xudayberganova M., Yo`ldosheva Sh. 3-sinf „Ona tili“ darsligi. Toshkent. 2012-y.
    4. Ikromova R., G`ulomova X., Yo`ldosheva Sh., Shodmonqulova D. 4-sinf „Ona tili“ darsligi. Toshkent. 2009-y.


    4-Mavzu: 3-4-sinflarda lug‘at ustida ishlash nuqtai nazaridan mashq materiallarini tahlil qilish
    Reja:
    1.Nutq o`stirish mеtоdikasi.
    2,Lug1at ustida ishlashga doir Grammatik o`yinlar o`ynatish.
    2. Lug’at ustida ishlash nuqtai nazaridan mashq materiallarini tahlil qilish.
    Darsning maqsadi: Talabalarning nutq o`stirish metodikasi mavzusi yuzasidan ko`nikma va malaka hosil qilish, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
    Darsning tiri: Mustahkamlash tipidagi dars.
    Darsning jihozi: Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009, 3-sinf „Ona tili“ darsliklari, ko`rgazmali vositalar.
    Tayanch so`z va iboralar: nutq, lug`at, og`zaki nutq, yozma nutq, ichki nutq, tashqi nutq, fikr, dialog, monolog.
    Nutq o’stirishda uch yo’nalish aniq ajratiladi: 1) so’z ustida ishlash; 2) so’z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog’lanishli nutq ustida ishlash.

    So’z, so’z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo’lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog’lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.


    Ko’rsatilgan uch yo’nalish parallel olib boriladi: lug’at ishi gap uchun material beradi; so’z, so’z birikmasi va gap ustida ishlash bog’lanishli nutqqa tayyorlaydi. O’z navbatida, bog’lanishli hikoya va insho lug’atni boyitish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
    O’quvchilar nutqini o’stirish o’z metodik vositalariga ega, o’zining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog’lanishli nutq mashqlari hisoblanadi.
    Nutq o’stirishda izchillik to’rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo’ysundirish ko’nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog’lanadi va keyingisiga o’quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo’ysungan holda yana qandaydir yangilik qo’shadi.
    Maktabda o’quvchilar nutqini o’stirishga ona tili o’qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o’stirish faqat ona tili va o’qish darslarininggina emas, balki o’quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o’tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir.

    Download 435,6 Kb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




    Download 435,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua

    Download 435,6 Kb.