• 4.Virusga qarshi himoya texnologiyalari .
  • Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari




    Download 4,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/158
    Sana28.06.2024
    Hajmi4,96 Mb.
    #266104
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   158
    Bog'liq
    Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari

     
    3-ILOVA 
    Axborot texnologiyalari asoslari fаnidаn o‘quvchilаrning bilimini 
     
    Bаhоlаsh mеzоni

    T/r 
    Bаhоlаshmеzоni 
    Bаhо 
    1. 
    Yo`qоridаgi shаrtlаrni 50-60%ni bаjаrishdа qiynаlgаn 
    o‘quvchilаr qo‘shimchа vа qаytа tоpshirgаn.

    2. 
    Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаridаn kеlib chiqib, dаrslаrdа 95% 
    gаchа qаtnаshgаn, mа’ruzа mаtnini yozgаn, o‘quv qurоllаri 
    to‘lа bo‘lgаn, аdаbiyotlаrdаn fоydаlаnishni bilgаn. 

    3. 
    Undаn tаshqаri, o‘quv ko‘rgаzmаli qurоllаrdаn fоydаlаnа 
    оlаdigаn, оlgаn bilimlаrini хаlq хo‘jаligidаgi o‘rnini to‘g‘ri 
    tushungаn, mustаqil fikrlаsh, оlgаn bilimlаrini tushuntirib 
    bеrа оlаdigаn.

    4. 
    Undаn tаshqаri, оlgаn bilimlаrini ishlаb chiqаrishdа qo‘llаy 
    оlаdigаn, ushbu fаnni bоshqа fаnlаr bilаn bоg‘lаy оlаdigаn 
    mustаqil ish, vаzifа vа yangilik kiritishgа intilgаn, хаr 
    jiхаtdаn bоshqа o‘quvchilаrgа o‘rnаk bo‘lаdigаn.

     
     
    4 - ILOVA
     
    Mavzu:Tahdidlarning turlari.Tahdidlarga qarshi turish yo`llari.Kompyuter 
    viruslari.Virusga qarshi himoya texnologiyalari. 
    Reja:
    1.Tahdidlarning turlari. 
    2.Tahdidlarga qarshi turish yo`llari. 
    3.Kompyuter viruslari. 
    4.Virusga qarshi himoya texnologiyalari

     
    Bu nima va unga qarshi qanday kurashish kerak? 
    Bu mavzuga o‘nlab kitoblar va yuzlab maqolalar yozilgan. Kompyuter viruslariga 
    qarshi minglab professional mutaxassislar ko‘plab kompaniyalarda ish olib 
    borishmoqda. Bu mavzu o‘ta qiyin va muhimki ko‘p e`tiborni talab qilmoqda. 
    Kompyuter virusi ma`lumotni yo‘qotish sabablaridan biri va asosiysi bo‘lib 
    qolmoqda. Viruslar ko‘plab tashkilot va kompaniyalarni ishlarini buzishga olib 
    kelganligi ma`lum. Shunday ma`lumotlar mavjudki, Niderlandiya gospitallaridan 
    birida bemorga kompyuter qo‘ygan tashxis bo‘yicha iste`mol qilingan dori 
    oqibatida bemor olamdan o‘tgan. Bu kompyuter virusining ishi bo‘lgan. 


    216 
    E`tiborsizlik bilan qilingan ishdan kompyuter tezda virus bilan zararlanadi. Inson 
    kasallik virusi bilan zararlansa issiqligi o‘zgarishi, vazni o‘zgarishi, xolsizlanish va 
    og‘riqning paydo bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Kompyuter virusi bilan zararlangan 
    kompyuterlarda quyidagilar kuzatiladi: dasturlarning ishlashining sekinlashishi, 
    fayllarni hajmi o‘zgaradi, g‘ayritabiiy va ba`zi bir noma`lum xatoliklar, 
    ma`lumotlar va sistema fayllari yo‘qotilishi. Ba`zi viruslar zararsiz ko‘payadi, 
    lekin qo‘rqinchli emas. Bu viruslar ekranga xato ma`lumot chiqaradi. Ammo, bir 
    turdagi viruslar hujum qiluvchi, ya`ni, yomon asoratlar qoldiruvchi hisoblanadi. 
    Masalan, viruslar qattik diskdagi ma`lumotlarni o‘chirib tashlaydi. Virus nima? 
    Virus(Virus) inglizcha ―yuqumli boshlanish‖, ―yomon boshlanish – buzuvchi 
    boshlanish‖, ―yuqumli kasal‖ degan ma`nolarni anglatadi. Mashxur «doktor» 
    lardan biri D.N.Lozinskiy virusni kotibaga o‘xshatadi. Tartibli kotibani faraz 
    qilsak, u ishga keladi va stolidagi bir kunda qilishi kerak bo‘lgan ishlarni - 
    qog‘ozlar qatlamini ko‘radi. U bir varog‘ni ko‘paytirib bir nusxasini o‘ziga 
    ikkinchisini keyingi qo‘shni stolga qo‘yadi. Keyingi stoldagi kotiba ham kamida 
    ikki nusxada ko‘paytirib, yana bir kotibaga o‘tkazadi. Natijada kontoradagi 
    birinchi nusxa bir necha nusxalarga aylanadi. Ba`zi nusxalar yana ko‘payib boshqa 
    stollarga ham o‘tishi mumkin. Kompyuter viruslari taxminan shunday ishlaydi, 
    Faqat qog‘ozlar o‘rnida endi dasturlar, kotiba bu - kompyuter. Birinchi buyruq 
    «ko‘chirish-nusxa olish» bo‘lsa, kompyuter buni bajaradi va virus boshqa 
    dasturlarga o‘tib oladi. Agar kompyuter biror zararlangan dasturni ishga tushirsa 
    virus boshqa dasturlarga tarqalib borib butun kompyuterni egallashi mumkin. Agar 
    bir dona virusning ko‘payishiga 30 sekund vaqt ketsa, bir soatdan keyin bu 
    1000000000 dan ortib ketishi mumkin. Aniqrog‘i kompyuter xotirasidagi bo‘sh 
    joylarni band qilishi mumkin. - 33 - Xuddi shunday voqea 1988 yili Amerikada 
    sodir bo‘lgan. Global tarmoq orqali uzatilayotgan ma`lumot orqali virus bir 
    kompyuterdan boshqasiga o‘tib yurgan. Bu virus Morris virusi deb atalgan. 
    Ma`lumotlarni virus qanday yo‘q qilishi mumkin degan savolga shunday javob 
    berish mumkin: Virus nusxalari boshqa dasturlarga tez ko‘payib o‘tib oladi; 
    Kalendar bo‘yicha 13-sana juma kunga to‘g‘ri kelsa hamma xujjatlarni yo‘q qiladi. 
    Buni hammaga ma`lum «Jerusalem» («Time» virusi ham deb ataladi) virusi juda 
    «yaxshi» amalga oshiradi. Ko‘p xollarda bilib bo‘lmaydi, virus qayerdan paydo 
    bo‘ldi. Virusni aniqlanishi shundaki, u kompyuter sistemasida joylashib va 
    ko‘payib borishiga bog‘lik. Misol uchun, nazariy jihatdan operatsion sistemada 
    virus davolab bo‘lmaydi. Bajaruvchi kodning sohasini tuzish va o‘zgartirish 
    ta`qiqlangan sistema misol bo‘lishi mumkin. Virus hosil bo‘lishi uchun 
    bajariluvchi kodlar ketma-ketligi ma`lum bir sharoitda shakllanishi kerak. 
    Kompyuter virusining xossalaridan biri o‘z nusxalarini kompyuter tarmoqlari 
    orqali bajariluvchi obyektlarga ko‘chiradi. Bu nusxalar ham o‘z-o‘zidan ko‘payish 
    imkoniyatiga ega. Kompyuter viruslari qanday hosil bo‘ladi? Biologik viruslardan 
    farqli o‘laroq, kompyuter viruslarini inson tomonidan tuziladi. Viruslar kompyuter 
    foydalanuvchilariga katta zarar yetkazadi. Ular kompyuter ishini to‘xtatadi yoki 
    qattiq diskdagi ma`lumotlarni o‘chiradi. Virus sistemaga bir necha yo‘llar bilan 
    tushishi mumkin: ma’lumot tashuvchi qurilmalar, dasturiy ta`minot yuklangan CD-


    217 
    ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli bog‘lanish, global Internet; tarmog‘idagi 
    elektron pochta. Ma’lumot tashuvchi qurilma virusdan zararlanishi oson. 
    Zararlangan kompyuterga ma’lumot tashuvchi qurilmani solib o‘qitilganda 
    diskning bosh sektoriga virus tushadi. Internet ma`lumotlar almashinishiga katta 
    imkoniyat yaratadi. Lekin, kompyuter viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun 
    yaxshi muhit yaratadi. Albatta Internetdan olingan barcha ma`lumotlarda virus bor 
    deb bo‘lmaydi. Kompyuterda ishlovchi ko‘pchilik mutaxassislar va operatorlar 
    qabul qilinadigan ma`lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internet 
    da ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus himoya zarur. 
    1999 yilga nisbatan xozirgi kunda bu ko‘rsatkich 70 % tashkil etadi. 
    «Kasperskiy laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi antivirus himoyasi 
    kerakligini ta`kidlaydi. Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot 
    shuni ko‘rsatadiki, ommabop dasturlar, operatsion sistemalar, ma`lumotlarni 
    uzatish texnologiyalari uchun viruslar ko‘plab tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta 
    biznes va boshqa sohalarda muloqot uchun asosiy vosita bo‘lib qolmoqda. Shuning 
    uchun virus tuzuvchilari elektron pochtaga diqqatini qaratmoqda. - 34 - Kompyuter 
    virusining ko‘p ta’riflari mavjud. Birinchi ta’rifni 1984 yili Fred Koen bergan: 
    "Kompyuter virusi - boshqa dasturlarni, ularga o‘zini yoki o‘zgartirilgan nusxasini 
    kiritish orqali, ularni modifikatsiyalash bilan zaharlovchi dastur. Bunda kiritilgan 
    dastur keyingi ko‘payish qobiliyatini saqlaydi". Virusning o‘z-o‘zidan ko‘payishi 
    va hisoblash jarayonini modifikatsiyalash qobiliyati bu ta’rifdagi tayanch 
    tushunchalar hisoblanadi. Kompyuter virusining ushbu xususiyatlari tirik tabiat 
    organizmlarida 
    biologik 
    viruslarning 
    parazitlanishiga 
    o‘hshash. Hozirda 
    kompyuter virusi deganda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan dasturiy kod 
    tushuniladi: - asliga mos kelishi shart bo‘lmagan, ammo aslining xususiyatlariga 
    (o‘z-o‘zini tiklash) ega bo‘lgan nusxalarni yaratish qobiliyati; - hisoblash 
    tizimining bajariluvchi ob’ektlariga yaratiluvchi nusxalarning kiritilishini 
    ta’minlovchi mexanizmlarning mavjudligi. Ta’kidlash lozimki, bu xususiyatlar 
    zaruriy, ammo yetarli emas. Ko‘rsatilgan xususiyatlarni hisoblash muhitidagi zarar 
    keltiruvchi dastur ta’sirining destruktivlik va sir boy bermaslik xususiyatlari bilan 
    to‘ldirish lozim. Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash 
    mumkin: - yashash makoni; - operatsion tizim; - ishlash algoritmi xususiyati; - 
    destruktiv imkoniyatlari. Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha 
    aytganda viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi obyektlarining xili bo‘yicha 
    turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi. Yashash makoni 
    bo‘yicha kompyuter viruslarining turkumlanishi. - 35 - Fayl viruslari bajariluvchi 
    fayllarga turli usullar bilan kiritiladi (eng ko‘p tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-
    yo‘ldoshlarni (kompanon viruslar) yaratadi yoki faylli tizimlarni (link-viruslar) 
    tashkil etish xususiyatidan foydalanadi. Yuklama viruslar o‘zini diskning yuklama 
    sektoriga (boot - sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot 
    Record) bo‘lgan sektorga yozadi. Yuklama viruslar tizim yuklanishida 
    boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi. Makroviruslar axborotni 
    ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini va fayllarini, xususan 
    MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlarning fayl-


    218 
    xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi. Tarmoq viruslari o‘zini tarqatishda 
    kompyuter tarmoqlari va elektron pochta protokollari va komandalaridan 
    foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. 
    Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet bo‘yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga 
    (chatlar, Internet Relay Chat) bo‘linadi. Kompyuter viruslarining bajarilish davri, 
    odatda, beshta bosqichni o‘z ichiga oladi: 1. Virusni xotiraga yuklash.
    2. Qurbonni qidirish.
    3. Topilgan qurbonni zaharlash. 
    4. Destruktiv funktsiyalarni bajarish.
    5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o‘tkazish. 
    Virusni xotiraga yuklash. Virusni xotiraga yuklash operatsion tizim yordamida 
    virus kiritilgan bajariluvchi ob’ekt bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qurbonni 
    qidirish. Qurbonni qidirish usuli bo‘yicha viruslar ikkita sinfga bo‘linadi. Birinchi 
    sinfga operatsion tizim funktsiyalaridan foydalanib faol qidirishni amalga 
    oshiruvchi viruslar kiradi. Ikkinchi sinfga qidirishning passiv mexanizmlarini 
    amalga oshiruvchi, ya’ni dasturiy fayllarga tuzoq qo‘yuvchi viruslar taalluqli. 
    Topilgan qurbonni zaharlash. Oddiy holda zaharlash deganda qurbon sifatida 
    tanlangan ob’ektda virus kodining o‘z-o‘zini nusxalashi tushuniladi. Destruktiv 
    funktsiyalarni bajarish. Destruktiv imkoniyatlari bo‘yicha beziyon, xavfsiz, xavfli 
    va juda xavfli viruslar farqlanadi. Beziyon viruslar - o‘z-o‘zidan tarqalish 
    mexanizmi amalga oshiriluvchi viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat 
    diskdagi bo‘sh xotirani sarflaydi xolos. Xavfsiz viruslar - tizimda mavjudligi turli 
    taassurot (ovoz, video) bilan bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsada, dastur 
    va ma’lumotlarga ziyon yetkazmaydi. Xavfli viruslar - kompyuter ishlashida jiddiy 
    nuqsonlarga sabab bo‘luvchi viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi 
    mumkin. Juda xavfli viruslar - dastur va ma’lumotlarni buzilishiga hamda 
    kompyuter ishlashiga zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita olib keluvchi, 
    muolajalari oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar. Boshqarishni virus 
    dastur — eltuvchisiga o‘tkazish. Ta’kidlash lozimki, viruslar
    1. Buzuvchilar; 
    2. Buzmaydiganlarga b o`linadi.
    Buzuvchi viruslar dasturlar zaharlanganida ularning ishga layoqatliligini saqlash 
    xususida qayg`urmaydilar, shu sababli ularga ushbu bosqichning ma`nosi yo`q. 
    Buzilmaydigan viruslar uchun ushbu bosqich xotirada dasturni korrekt ishlashi
    shart bo`lgan ko`rinishda tiklash va boshqarishni virus dastur eltuvchisiga 
    o`tqazish bilan bog`liq. 

    Download 4,96 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   158




    Download 4,96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari

    Download 4,96 Mb.
    Pdf ko'rish