Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/158
Sana28.06.2024
Hajmi4,96 Mb.
#266104
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   158
Bog'liq
Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari

 
 
4 - ILOVA
 
Mavzu: Elektron pochta va internet xavfsizligi.Tarmoqlararo himoya ekrani 
(firewalls). 
Reja:
1.Elektron pochta. 
2.Internet xavfsizligi. 
3.Tarmoqlararo himoya ekrani (firewalls).
 
 
Bugungi jamiyat taraqqiyoti insoniyat tafakkurining mahsuli bo‘lgan rivojlangan 
ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnika va texnologiyalar bilan bir qatorda, keng 
ma’noda, 
axborotlarning 
muhim 
ahamiyatga 
egaligi 
bilan 
ham 
belgilanadi. 
INTERNET 
tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha sohalarini 
qamrab olib, axborotlarni tez va sifatli boshqarishni ta’minlash jarayonlarini 
rivojlantirib bormoqda. Axborotlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida
axborotlarni asli holidan o‘zgartirilgan holda, ya’ni shifrlangan holda saqlashva 
uzatish masalalarining muhim ekanligiga shubha yo‘qdir. Qadimiy Misr va 
Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo‘la oladi. Eramizdan avvalgi 
beshinchi asrda yashab o‘tgan grek olimi Gerodotning xabar berishicha, qadimiy 
Misrda shifrlangan axborotlar rolini, jretslar, ya’ni yuqori tabaqadagi etuk fikrli 
kishilar tomonidan yaratilgan muomala tili bajargan. Bunda uchta alfavitga 
asoslanilgan: yozuv, ilohiy va maxfiy. Yozuv alfaviti oddiy o‘zaro muomalada 
qo‘llanilgan, ilohiy alfavit diniy muomala matnlarini ifodalashda qo‘llanilgan, 
maxfiy alfavit esa ma’lumotlarni asl ma’nosini begonalardan muhofaza qilishda
astrologlar tomonidan qo‘llanilgan.O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom 
Karimovning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada 
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 
gi farmonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi strategik ustuvor 
vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar belgilangan. 2003 yillarda 
davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qator qonun xujjatlari qabul qilindi. 
Jumladan, ana shunday xujjatlarning biri “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi 
qonunga muvofiq elektron raqamli imzo shaxsiy imzoga tenglashtirildi va u bilan 
bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir 
tarmog‘i samarali va mo`tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat 
ko‘rsatishi mumkin emas. 
Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy 
salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu 
resursdan 
samarali 
foydalanish 
mamlakat 
xavfsizligini 
va 
demokratik 
axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday 
jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta 
ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar 
texnologiyalarini qo‘llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy 
joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga INTERNET xalqaro 
kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuterlar 
tarmog‘i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat 


227 
qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib ketadi. Jahon kompyuter 
tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning 
tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qoladi. Shuning uchun ham mavjud 
axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo‘qotish kabi muammolar 
dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot 
xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot 
xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va 
ajralmas qismi bo‘lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi prioritet 
masalalariga aylanmoqda.
Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim 
vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning 
ma’lumotlarini mulkiy himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy 
iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan 
turli kirishlar va o‘g‘irlashlardan himoyalashdir. 
Axborot xavfsizligi - ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan 
tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday 
tashuvchilarda 
axborotning 
himoyalanganligidir. 
Ilgarigi 
xavf 
faqatgina 
konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat 
bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to‘plami, elektron 
ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan 
foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish 
ham rivojlanadi. 
Axborotning himoyasi - boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot 
xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitligi
ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat’iy 
reglamentlangan 
dinamik 
texnologik 
jarayondir. 
Axborotning 
egasiga, 
foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar etkazmoqchi bo‘lgan noqonuniy 
muomaladan har qanday hujjatlashtirilgan, ya’ni identifikatsiya qilish imkonini 
beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot 
himoyalanishi kerak. 

Download 4,96 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   158




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari

Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish