74
bu esa disklarda saqlangan maʼlumotlar bilan elementar operatsiyalarni bajarish va
turli dasturlarni ishga tushirish imkonini berdi. Oynalarni ochish va yopish
protseduralari endi animatsiya effektlari bilan birga boʻldi,
bu esa tizim
interfeysidan foydalanishni yanada yoqimli qildi. Apple II Desktop dasturiy
taʼminot toʻplami mustaqil operatsion tizim emas edi,
bu shunchaki
foydalanuvchilarga shaxsiy kompyuter disklari tarkibi bilan yanada qulayroq
ishlash imkonini beruvchi qulay grafik plagin (ustqurilma) edi.
Keyinchalik, Apple IIGS seriyali kompyuterining paydo boʻlishi bilan ushbu
kompyuter tomonidan ishlatiladigan operatsion tizim
uchun grafik interfeysni
yaxshilashga obyektiv ehtiyoj paydo boʻldi. Koʻp oʻtmay, Apple bozorga GS/OS
System 6.0.1 deb nomlanuvchi yangi macOS ilovasini chiqardi.
MacOSʼning joriy versiyasi X deb belgilangan va 2001-yil oxirida omma
eʼtiboriga havola etilgan. MacOS Xʼda ishlash uchun moʻljallangan eng keng
dasturiy taʼminot toʻplami mavjud va platformaning oʻzi
hayratlanarli darajada
sezgir, samarali va ishonchliligi bilan ajralib turadi.