228
Elektromexanik ko’targichlar 1, 2, 4 va 6 ustunli bo’lib, ular-ning yuk ko’tarish qobiliyati
1,5-14 tonnagacha bo’ladi. Ikki ustunli elektromexanik ko’targich (4.2-rasm, a) 2 ta korobkasimon
ustundan 1 va ko’ndalang birikmadan 7 iborat bo’lib, har bir ustun ichiga yuk ko’tarish gaykasi,
harakatlanadigan yuruvchi vint joylashgan. Gaykaga koretka 2 o’rnatilgan bo’lib unga ushlagichlar
3 sharnir yordamida joylashtirilgan. Yuk ko’taruvchi (harakatlanuvchi) vintlar elektrodvigatel 5
yordamida ustunlardan biriga o’rnatilgan reduktor 6 orqali harakatga keltiriladi, boshqa vintga
harakat ko’ndalang birikma 7 ichiga o’rnatilgan zanjirli uzatma yordamida yetkaziladi. Ko’targichni
boshqarish tugmachali uzgich-ulagich 4 yordamida bajariladi. Ko’tarish balandligi 1800 mm ni,
ko’tarilish vaqti 45-60 s tashkil qiladi.
4.2-rasm. Ikki ustunli elektro-mexanik ko’targich.
MDH davlatlarida 2 t yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan “P-133” va “P-145” modelli
yengil avtomobillarni ko’tarishga mo’l-jallangan elektromexanik ko’targichlar ishlab chiqariladi.
Avtoservis korxonasi sharoitida ko’targichlardan foydala-nish ko’targich bilan jihozlangan
xizmat ko’rsatish ishlari bajari-luvchi ishchi postlarni har qanday tekis polli joylarda tashkil qilish
imkonini beradi.
4.3-rasmda ikki ustunli firmali (a), to’rt ustunli elektro-mexanik (b) va ikki ustunli gidravlik
(v) ko’targichlar keltirilgan. 4.2-rasmdagi ikki ustunli ko’targichda avtomobil kuzov tayanchlari
orqali ko’tarilganligi sababli, uning yurish qismiga ham xizmat ko’rsatish yoki tahmirlash
imkoniyati tug’iladi.
Ko’rish ariqchasidagi ko’targichlar 1 yoki 2 ustunli, gidravlik yoki elektromexanik bo’lishi
mumkin. Qo’l bilan boshqariluvchi bir plunjerli yuritmali gidravlik ko’targich, ko’rish ariqchasidagi
harakatlanuvchan aravacha ramasining ko’ndalang balkalariga o’rnatiladi. Aravachalar ko’rish
ariqchasining bo’ylama devorlariga o’rnatilgan yo’naltiruvchi qismga roliklar yordamida
o’rnatiladi. SHunday qilib ko’targich ko’rish ariqchasida ko’ndalang va bo’ylama harakat qilishi
mumkin.
a.
b.
v.
4.3-rasm. a)firmali, (b)to’rt ustunli elektro-mexanik va (v) ikki ustunli gidravlik ko’targichlar.