• 6. Jismoniy chiniqish va unga munosabati quyidagicha baholanadi
  • 7. Oila sharoiti
  • 8. Sinf jamoasi yoki tengdoshlari orasida tutgan o`rni
  • 9. Qobiliyatlarning namoyon bo`lishi
  • «SHAXS KARTASINI» TO‘LDIRISH UCHUN MO‘LJALLANGAN




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

    «SHAXS KARTASINI» TO‘LDIRISH UCHUN MO‘LJALLANGAN
    KO‘RSATMALAR BAYONI 
     
    Qaydnomadagi birinchidan to‘rtinchi savolgacha tushuntirish va baho 
    qo‘yish talab qilinmaydi. 
    5. Sog`lig`ini
     
    baholash: 5-«a‘lo» darajada; 4-sog`lig‘i
     
    asosan bezovta qilmaydi; 3-
    ba‘zan tez o`tadigan kasalliklarga chalinib turadi; 2-ishlash va o`qish qobiliyatiga 
    ayrim asoratli kasalliklar ta‘sir qiladi; 1-asoratli kasalliklari ko`p va ular ishlash 
    qobiliyatiga katta salbiy ta‘sir qiladi. 
    6. Jismoniy chiniqish va unga munosabati quyidagicha baholanadi: 5- sport 
    bilan muntazam shug`ullanadi, «razryadi» ham bor; 4-bola sport bilan muntazam 
    bo`lmasada, qiziqish bilan shug‘ullanadi; 3-faqat ertalabki badantarbiya bilan 
    shug‘ullanadi; 2-sport bilan juda kam shug`ullanadi; 1-sport bilan mutlaqo 
    shug`ullanmaydi. 
    7. Oila sharoiti: 5-har tomonlama barkamol; 4-barkamol, lekin hamisha ham 
    qoniqtirmaydi; 3-mavhum,
    aniq aytish qiyin (yaxshi ham deb bo`lmaydi, yomon 
    ham); 2-tarbiyaviy iqlim o`rtacha, ko`ngilsiz holatlar uchrab turadi; 1-salbiy 
    vaziyatlar juda ko`p uchraydi va bola tarbiyasiga salbiy ta‘sir qila boradi. 
    8. Sinf jamoasi yoki tengdoshlari orasida tutgan o`rni: 5-sinfda eng yaxshi 
    obro‘ga ega. Hamma tengdoshlari uni hurmat qiladi. Sinfda ijobiy lider 
    hisoblanadi; 4-tengdoshlari orasida yaxshi obro‘ga ega; 3-jamoada o`rtacha 
    mavqega ega; 2-ba‘zi tengdoshlari bilan hamisha janjallashib yuradi; 1-ko`pchilik 
    tengdoshlari bilan til topisha olmaydi. 
    9. Qobiliyatlarning namoyon bo`lishi. Shaxsning muayyan faoliyatini
    muvaffaqiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning 
    shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deyiladi. Kishi qobiliyatlari ikkita 
    asosiy turga: maxsus qobiliyatlar va umumiy qobiliyatlarga bo`linadi. Kasbiy
    faoliyatning faqat ayrim turlarida (masalan, musiqa, matematika, sport va 
    boshqalar) namoyon bo`ladigan qobiliyatlarni maxsus qobiliyatlar deb ataydilar. 
    Intellektual qobiliyatlar (ziyraklik va topqirlik diqqatning taqsimlanishini, biror
    mavzuni tez esda qoldirish, aqlning o`tkirligi va boshqalar) umumiy qobiliyatlarga 
    misol bo‘la oladi. 
    O`quvchida mazkur sifatlarning bor-yo`qligi va qay darajada namoyon 
    bo`lishiga qarab ko`rsatilgan har bir yo`nalishga (9.1dan 9.9 gacha) quyidagicha 
    baho berish mumkin: 
    5- mazkur sohaga oid qobiliyatlarning yaqqol namoyon bo`lishi; 
    4- qobiliyatlarning qisman bo‘lsada ifodalanishi bilan boshqalardan ajralib turishi; 
    3- mazkur sohaga oid qiziqish, ko‘nikma va malakalarning namoyon bo`lishi; 
    2- qobiliyatning yo`qligi, malakalarning yetarli emasligi; 
    1- mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyatsizlik va qiziqishlarning yo‘qligi. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «SHAXS KARTASINI» TO‘LDIRISH UCHUN MO‘LJALLANGAN

    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish