• 11. O`quvchining shaxs sifatidagi yo`nalishi.
  •  Xarakterning umumiy sifatlari




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

     10. Xarakterning umumiy sifatlari. Xarakter shaxsning hayoti jarayonida tarkib 
    topgan intellektual, emotsional va irodaviy xususiyatlari yo`nalishining 
    yig‘indisidan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, xarakter - bu shaxsning aniq 
    hayot sharoitlari ta‘sirida vujudga kelgan muayyan xulq tarzidir. Kishining 


    250 
    xarakterida, odatda, avvalo shaxs xulqining hamma tomonlarida iz qoldiradigan 
    ba‘zi bir xilma-xil tartibda birga qo`shilib keladigan umumiy xislatlar ajralib 
    turadi. Xarakterning mukammalligi, barqarorligi, qat‘iyligi va kuchi bunday 
    xislatlar qatoriga tegishlidir. Masalan, xarakterning juda kuchli bo`lishi bilan 
    birgalikda uning bir tomonlama va tor ekanligi yoki yetarlicha barqaror bo`lmagan 
    to`liqligini ham uchratish mumkin. 
    O`quvchi faoliyatida namoyon bo`luvchi (shaxs kartasida ko`rsatilgan) 10 ta 
    xarakter sifatiga quyidagicha baho qo`yish talab qilinadi: 
    5- mazkur sifat to`liq va barqaror namoyon bo`ladi; 
    4- mazkur sifat tez-tez namoyon bo`lib turadi; 3- mazkur sifat ba‘zida namoyon 
    bo`ladi; 
    2- mazkur sifatning o`quvchi xulq-atvorida ifodalanishi noma‘lum; 
    1- mazkur sifat xali shakllanmagan va xulqida ifodalanmagan. 
    11. O`quvchining shaxs sifatidagi yo`nalishi. Shaxsning yo`nalishi - ehtiyojlari, 
    motivlari, qiziqishlari, ishtiyoqi, ideallari yo`nalishning mazmunini tashkil etadi. 
    Xuddi mana shular kishining borliqda, ijtimoiy voqea va hodisalarga, jamiyatga, 
    jamoaga hamda boshqa kishilarga, shaxs sifatida o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlari 
    xususiyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalishini belgilashda, avvalo, o`quvchining o`z 
    hayotida qanday maqsadlarga erishishni eng yuqori va muhim deb hisoblashi, 
    qiziqishlar ko`lami, kasb tanlashga ongli munosabati, mehnatga va o`z-o`zini 
    rivojlantirishga munosabati hamda tegishli ma‘lumotga ega bo`lish talab qilinadi. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish