• 13. Shaxs tuzilishining biologik asosi
  • 13.1. Asab jarayonlari xususiyatlarining kuchiga
  • Kasbiy faoliyat psixologiyasi




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

    12.5. Ijodiy xayol: 
    5-xayolini boshqara oladi. Tafakkur orqali yangi-yangi obrazlarni o‘ylab topadi, 
    mavhum narsalardan aniq narsalarni keltirib chiqaradi. Ayrim fantaziyalardan 
    kichik kashfiyotlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aktiv va tasavvur xayoli kuchli; 
    4- mustaqil ravishda yangi obrazlar yarata oladi; 
    3- aktiv va passiv (shirin) xayol turlari tez-tez almashinib turadi; 
    2-xayolidagi salbiy illatlarni boshqara olmaydi; 1- real hayot va real 
    imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan xayollarga juda ko`p beriladi 
    13. Shaxs tuzilishining biologik asosi 
    Shaxs tuzilishining biologik asosi, avvalo, oliy asab faoliyatining o`ziga xos 
    sifatlari «kuchi», «harakatchanligi» va «muvozanatlashganligi» bilan bevosita 
    bog‘liqdir. I.P.Pavlov o`zining ko`p yillik tadqiqotlarida buni har tomonlama 
    asoslab bergan. Demak, o`quvchilarning xulq-atvori, qabul qilishi, odamlarga 
    munosabati va o‘quv topshiriqlarini qay darajada bajara olishi ko`p jihatdan 
    ularning asab tuzilishi sifatiga, aniqrog`i yuqorida aytilgan uchta sifatning (kuchi, 
    harakatchanligi va muvozanatlashganligi) shakllanganlik darajasiga ham bog‘liq 
    ekan. O‘qituvchi esa, o`z о`quvchilaridagi bunday o`ziga xos sifatlarni bilish va 
    shu asosda ish tutishi lozim. 
    13.1. Asab jarayonlari xususiyatlarining kuchiga, ya‘ni asab sistemasining 
    kuchli qo`zg‘ovchilariga chegaradan tashqari tormozlanishga uchramasdan, uzoq 
    vaqt bardosh bera olish qobiliyati kiradi. Qat‘iy va uzoq vaqt davom etadigan 
    qo`zgalish jarayoni hosil qiladigan qo`zg‘ovchilar kuchli qo`zg‘ovchilar deyiladi. 
    Bunda inson narsa va hodisalarni tez qabul qila oladi va uzoq muddatda ular 
    haqida chuqur fikrlay oladi, tegishli xulosalar chiqarishga qodir. Ushbu holat 
    yorqin va hamisha namoyon bo‘lib turadigan kishilarga eng yuqori ball - 5 ball 
    yoki 4 ball hisoblanadi. Asab faoliyati qo`zg‘alishining o`rtacha darajasiga 3 ball, 
    nisbatan past darajada bo`lishiga esa 2 yoki 1 ball qo`yilishi mumkin. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish