• 11.2. Yo`nalish kengligi bo`yicha
  • 11.3. Yo`nalish barqarorligi bo‘yicha
  • 11.4. Mehnatga va o`z imkoniyatlarini rivojlantirishga munosabati
  • Baholash tartibi quyidagicha




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

    Baholash tartibi quyidagicha: 
    11.1. Umumiy yo`nalish darajasini baholash bo`yicha: 
    5- e‘tiqodi, qiziqishlari va ishtiyoqlarining yuksakligi hamda ularning jamiyat 
    istiqbolini ifodalovchi axloqiy mezonlar bilan to`la mos tushishi; 
    4-yuqori e‘tiqodga ega bo‘lish bilan birga ayrim qiziqishlarning axloqiy 
    mezonlarga to`g`ri kelmasligi; 
    3- qiziqishlarida ijobiy va salbiy sifatlarning tez-tez namoyon bo`lib turishi; 
    2- beqaror qiziqishlar; 
    1- axloqiy mezonlarga zid yo`nalishning yaqqol ifodalanishi. 
    11.2. Yo`nalish kengligi bo`yicha: 
    5- kasbiy, adabiy, badiiy, musiqaviy, sport, texnika va boshqa shu kabilarga 
    nisbatan qiziqishlarning keng ko‘lamda ifodalanishi; 
    4-bir-biriga bog‘langan uch-to`rt xil yo`nalishdagi qiziqishlarning ifodalanishi; 
    3- ma‘lum kasbga oid qiziqishlar va malakalarning ifodalanishi; 
    2- faqat bir yo`nalishdagina qiziqishlarning namoyon bo`lishi; 
    1-beqaror qiziqishlar.
    11.3. Yo`nalish barqarorligi bo‘yicha:
    5- yoshlikdayoq shakllangan qiziqishlar va yo`nalishlarning hali o`zgarmaganligi; 
    4- yo`nalish hayotda bir martadan ortiq o`zgartirilmagan; 
    3- yo`nalish ba‘zan o`zgarib turadi; 
    2- yo`nalish bir yilda bir necha marotaba o`zgaradi; 1-yo`nalish hamisha beqaror. 
    11.4. Mehnatga va o`z imkoniyatlarini rivojlantirishga munosabati: 
    5- mehnatsevar, irodali, o`z maqsadi yo‘lida qat‘iy, o`z imkoniyatlarini 


    251 
    rivojlantirishga hamisha intiladi. O`z-o`ziga talabchan. Hamisha har bir ishga 
    ijodiy va mustaqil yondasha oladi; 
    4- mehnatsevar. Faqat aytilgan va ko‘rsatib berilgan ishlarni astoydil bajaradi. 
    Faqat ayrim hollardagina ishga ijodiy va mustaqil yondashishga intiladi; 
    3- o`zi uchun oson va qiziqarli bo`lgan paytdagina o‘quv va mehnat 
    topshiriqlarini bajarishga harakat qiladi. Mustaqil ishlay olmaydi; 
    2- ishga va o`z-o`ziga loqayd. O`quv va mehnat topshiriqlarini hafsalasizlik bilan 
    bajaradi; 
    1-dangasa, o`z imkoniyatlarini rivojlantirishga sovuqqonlik bilan qaraydi. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish