• 5-MAVZU KUZATISHLAR VA TAJRIBALAR Atrofimizni o‘rab turgan olam haqidagi dastlabki bilimlarimizni hodisa larni kuzatish orqali olamiz. Kuzatish
  • Kegl cc pechat indd




    Download 2.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/130
    Sana07.03.2024
    Hajmi2.45 Mb.
    #168301
    TuriУчебники
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130
    Bog'liq
    808-2a18a
    Y7LJQ80Y807XXmu06vIgtN4yvQDPCYQN, 16-Mavzu Yarimo’tkazgichlarni elektrofizik xususiyatlari (1-qis-fayllar.org, AMALIY ISH1 compressed, 10metqul, Organik kimyo (A.Abdusamatov, R.Mirzayev, R.Ziyayev), 1. Absorbsiya Umumiy tushunchalar-fayllar.org, Uy xo‘jaliklari moliyasi, Ápiwayı psixikalıq processler., Aqliy tarbiya haqida tushuncha, Introduction-to-Information-and-Communication-Technologies-ICT, 7-Amaliy ish (2), 11-Amaliy ish Ijtimoiy tarmoqlardan maʻlumotlarni toʻplashni oʻrganish, External devices. Comparative and cumulative quality level, The independence of Uzbekistan, Write about your future profession.
    kuzatishlar va tajriba 
    o‘tka zish lardan iborat ekan.
    1. 1-rasmga qarab fizik jismlar va jismlar sistemasini ko‘rsating.
    2. Kuzatishlar bilan tajriba o‘tkazishlar orasida qanday farq bor?
    3. Fizikaga oid tajribalarga misollar keltiring.
    5-MAVZU
    KUZATISHLAR VA TAJRIBALAR
    Atrofimizni o‘rab turgan olam haqidagi dastlabki bilimlarimizni 
    hodisa larni kuzatish orqali olamiz.
    Kuzatish deb, sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, 
    uning xususiyatini o‘rganishga aytiladi. Masalan, jismlarning Yerga 
    tushishini juda qadimdan insonlar kuzatib kelishgan. Kuzatishlar 
    davomida ikkita savol paydo bo‘lgan: nima sababdan jismlar erkin 
    qo‘yib yuborilsa, pastga tomon harakatlanadi va tushish tezligi 
    nimalarga bog‘liq? Bu savolga qadimgi grek olimi Aristotel javob 
    topishga harakat qilgan. Aristotel, jismlar qancha og‘ir bo‘lsa, 
    shunchalik tez tushadi, degan g‘oyani bergan. Italyan fizigi Galileo 
    Galiley o‘z zamonasida mazkur g‘oyani tekshirish uchun tajriba 
    o‘tkazadi. Afsonaga ko‘ra mashhur Piza og‘ma minoradan shar 
    shaklidagi yengil va og‘ir jismlarni bir vaqtda tashlab ko‘radi. Bu 
    jismlarning yerga bir vaqtda urilganiga u yerda hozir bo‘lganlar guvoh 
    bo‘lishgan. Bu hodisani ko‘p marta o‘tkazganidan so‘ng, qonuniyat 
    topilgan. Shunday qilib, Galiley tajriba vositasida Aristotel g‘oyasining 
    noto‘g‘ri ekanligini isbotlagan.
    Shunday qilib, jarayonni kuzatish davrida uning qanday borishi va 
    sababini anglashga harakat qilamiz. Fikrlash davrida kuzatilayotgan 
    hodisalar to‘g‘risida gipoteza deb ataluvchi turli farazlar paydo 
    bo‘ladi. Gipotezani tekshirish uchun maxsus tajribalar o‘tkaziladi. 
    Uni shuningdek eksperiment deb ham aytish mumkin.
    Tajribalar o‘tkazishda kuzatishlar bilan birgalikda o‘lchash ishlari 
    ham olib boriladi. Masalan, suvning qaynashi o‘rganilayotganda, ter-
    mometr bilan uning temperaturasi o‘lchab boriladi. U yoki bu gipo-
    Все учебники Узбекистана на сайте UZEDU.ONLINE
    *
    Книга предоставлена исключительно в образовательных целях 
    UZEDU.ONLINE


    11
    teza aytilganda uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini eksperiment o‘tkazib 
    aniqlay miz.
    Shunday qilib, fizik bilimlar quyida keltirilgan ketma-ketlikda baja-
    rilgan ishlar orqali hosil qilinar ekan:
    kuzatishlar 
    → gipoteza → eksperiment → xulosa.
    Tajribalar o‘tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o‘lchash ishla-
    rini bajarish uchun o‘lchov asboblaridan foydalaniladi (2- rasm). Ular-
    dan ayrimlari juda sodda tuzilgan. 2-rasmda keltirilgan asboblardan 
    biri shtangensirkul bo‘lib, jismlarning qalinligini yoki tirqishlarning 
    kengligini o‘lchashda foydalaniladi.
    O‘lchov 
    tasmasi 
    Shtangensirkul
    Tarozi
    Chizg‘ich 
    Menzurka 
    Sekundomer
    2- rasm.
    Juda aniq va murakkab o‘lchashlarda murakkab asboblar ishlatiladi. 
    Masalan, vaqtni, tezlikni, havo bosimini o‘lchaydigan asboblar.
    1. Gipoteza deganda nima tushuniladi?
    2. Kuzatish eksperimentdan nimasi bilan farq qiladi?
    3. O‘lchov asboblari qanday maqsadlarda ishlatiladi?
    4. Siz yana qanday o‘lchov asboblarini bilasiz?
    Все учебники Узбекистана на сайте UZEDU.ONLINE
    *
    Книга предоставлена исключительно в образовательных целях 
    UZEDU.ONLINE


    12

    Download 2.45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130




    Download 2.45 Mb.
    Pdf ko'rish