• Issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, yadro energiyasi, quyosh energiyasi
  • Kegl cc pechat indd




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/134
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #266146
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134
    Bog'liq
    6-sinf fizika uzb

    Kinetik energiya
    jismlarning tezligi tufayli 
    mavjud bo‘ladi.
    .
    47-rasm.
    Masalan, tekis ariqda oqayotgan suv unga o‘r-
    na tilgan charxpalakni aylan 
    tiradi. Shamol ham 
    par raklarni aylantiradi.
    Jism bir vaqtning o‘zida ham potensial, ham 
    kinetik energiyaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, 
    Yerdan ma’lum balandlikka ko‘tarib qo‘yilgan jism 
    (I holat) faqat potensial energiyaga ega bo‘ladi (47-
    rasm). Jism erkin qo‘yib yuborilsa, tushayotganda 
    balandligi kamayadi, lekin tezligi ortadi. Jism II 
    holatda yerdan 
    h
    1
    balandlikda bo‘lganligi uchun 


    74
    potensial energiyaga ega bo‘lsa, tezlikka ega bo‘lganligi tufayli kinetik 
    energiyaga ham ega bo‘ladi.
    Tabiatda energiyaning ko‘pgina turlari mav 
    jud. 
    Issiqlik energiyasi, 
    elektr energiyasi, yadro energiyasi, quyosh energiyasi
     
    va h.k. 
    Avtomobil, samolyot, katta kemalarni yurgi 
    zishda benzin, kerosin, 
    dizel yonilg‘isi deb ata 
    luvchi neft mahsulotlari dvigatellarda yoqilib, 
    issiqlik energiyasi hosil qilinadi. So‘ngra issiqlik energiyasi mexanik 
    ishga aylanadi. Xuddi shunday, elektr stansiyalarda suvning mexanik 
    energiyasi yoki yoqilg‘i yonishi tufayli hosil qilingan issiqlik energiyasi 
    elektr energiyasiga aylantiriladi. Sanoatda, maishiy xizmatda elektr 
    energiyasi boshqa turdagi energiyaga yoki ishga aylanadi.
    Insonlar va hayvonlar ham faoliyat ko‘rsatishlari uchun energiya 
    sarflaydilar. Ular bu energiyani iste’mol qiladigan oziqalaridan oladilar. 
    Har kuni katta yoshli kishilarga 15 
    000 
    000 J, maktab yoshidagi 
    bolalarga (11–15 yosh) – 12 000 000 J energiya kerak bo‘ladi.
    Aynan bir xil ishni bajarish uchun turlicha vaqt kerak bo‘lishi 
    mumkin. Masalan, 10 
    000 ta g‘ishtni 100 m ga tashish uchun ikki 
    kishi kuni bilan ishlashi kerak bo‘lsa, mashinada bu ishni bir necha 
    minutlarda bajarish mumkin. Ishning tez yoki sekin bajarilishini 
    ko‘rsatadigan kattalik sifatida 

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish