71
Ish = kuch
×
yo‘l.
A
=
F
·
s
bo‘ladi.
A
– ish,
F
– kuch,
s
– yo‘l.
Ish birligi [
A
]
=
1N
·
1 m
=
1 Joul. Qisqacha 1
J yoziladi.
Bu
birlik ingliz olimi
J. Joul
(1818–1889-y.) sharafiga qo‘yilgan.
Agar jismga ta’sir etayotgan kuch yo‘nalishi, ko‘chish bilan o‘zaro
tik bo‘lsa, bunday kuch ish bajarmaydi. Masalan, mashina ustiga
ortilgan yuk o‘z og‘irligi bilan uni bosadi.
Mashina esa bu paytda
yukni ma’lum masofaga olib boradi. Yukning og‘irlik kuchi ko‘chishga
tik yo‘nalganligi uchun ish bajarmaydi. Bunda mashina dvigatelining
tortish kuchi ko‘chish bilan mos tushib ish bajaradi (44-rasm).
43-rasm.
44-rasm.
Mexanik ish formulasiga ko‘ra jismga kuch ta’sir etsa-da, ko‘chish
bo‘lmasa ish bajarilmaydi. Kitob to‘la papkangizni qo‘lingizda ko‘tarib,
ancha vaqt o‘rtog‘ingizni kutib tursangiz
ham mexanik ish bajarmagan
bo‘lasiz. Chunki
s
= 0 bo‘lganligidan
A
=
F
·
0 = 0 chiqadi.
Yuqorida aytganimizdek, «mehnat»ni mexanik ishdan farqlash
lozim. O‘qi tuvchining dars o‘tishi,
vrachning kasalni davolashi, maktab
direkto rining ishlarni boshqarishi mehnat qilishga kiradi.
Hamma
jism lar ham ish bajara oladimi?