• 28-MAVZU ISH VA ENERGIYA HAQIDA TUSHUNCHA
  • Kegl cc pechat indd




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/134
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #266146
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
    Bog'liq
    6-sinf fizika uzb

    botish darajasi
    deyiladi. Kemaning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p botish 
    darajasi kema korpusida qizil chiziq bilan belgilanadi. Uni 
    vater chiziq
    (gollandcha – «vater» – suv) deyiladi. Kema vater chiziqqacha botganda 
    siqib chiqarilgan suvning og‘irligi kemaning 
    suv sig‘imi
    deyiladi.
    1. 
    Kemalar qaysi suvda ko‘p yuk ko‘tara oladi, daryo suvidami 
    yoki dengiz suvidami? Nima uchun?
    2. Jismlarning suzish shartlarini aytib bering.
    3. Qanday suvda odam cho‘kmaydi?
    4. Havo sharlari ko‘tariladigan balandlik chegaralanganmi?
    5. 
    Tuxum toza suvda cho‘kadi, ammo sho‘r suvda suzib yuradi. 
    Sababini tushuntiring va tajribada tekshirib ko‘ring.
    6
    *
    . Dengiz suviga to‘la botgan holda turgan odam burni chiqib 
    turgan holda turadi. Odamning zichligi nimaga teng?

    Arximed haqida afsona. Sirakuza podshosi Giyeron o‘ziga 
    oltindan toj yasattiradi. Usta yasagan tojning sof oltindan 
    yasalganligini tekshirishni Arximedga buyuradi. Podsho tojni 
    sindirmay unda aralashma bor-yo‘qligini tekshirishni uqtiradi. 
    Buning uchun toj zichligini sof oltin zichligi bilan solishtirish kifoya 
    edi. Massani tarozida o‘lchanadi. Lekin toj hajmini qanday aniqlash 
    mumkin? O‘ylay-o‘ylay charchagan Arximed hammomga boradi va 
    suvli hovuzchaga tushib, suv toshib ketganini ko‘radi va «Evrika!», 
    ya’ni «Topdim» deb xitob qilib shu holatda laboratoriyasiga yugurib 
    ketgan. Topgan usuli 16-mavzudagi 19-rasmda keltirilgan.
    28-MAVZU
    ISH VA ENERGIYA HAQIDA TUSHUNCHA
    Ertalab turib siz maktabga otlansangiz, ota-onangiz «ish»ga boradi. 
    Maktabdan qaytib kelib, ota-onangizga uy-ro‘zg‘or «ish»larida 
    qarashasiz. Xo‘sh, «ish» deganda nimani tushunamiz o‘zi? Kundalik 
    turmushda «ish qilish» deganda, biz «mehnat qilish»ni ko‘zda tutamiz. 
    Fizikada esa «ish» tushunchasi «mehnat» bilan hamma vaqt mos kela 
    -
    vermaydi. 

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish