• Fizik hodisalar deb, moddani tashkil etgan zarralar o‘zgarmay qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi.
  • -MAVZU FIZIKADA ISHLATILADIGAN AYRIM ATAMALAR




    Download 1.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/127
    Sana01.05.2022
    Hajmi1.85 Mb.
    #20564
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
    Bog'liq
    6-sinf fizika
    Informatika va informatsion texnologiyalar faniga kirish va kurs, 2 - laboratoriya, Kecha va Kunduz
    4-MAVZU
    FIZIKADA ISHLATILADIGAN AYRIM ATAMALAR
    Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan barcha jismlarga aytiladi. 
    Ma salan: quyosh, yulduzlar, sayyoralar, toshlar va h.k.
    Jismlar sistemasi deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta 
    jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi. 
    Masalan, avto 
    mobil turli qismlardan tashkil topsa-da, xuddi bitta 
    yaxlit qismdek harakatlanadi.
    Fizik hodisalar deb, moddani tashkil etgan zarralar o‘zgarmay qolgan 
    holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, toshning 
    tushishi, g‘ildirakning aylanishi, suvning qaynashi va muzlashi, 
    lampochkadan yorug‘lik chiqishi, radiodan ovoz chiqishi kabi 
    jarayonlarda uni tashkil etgan zarralarning ichki tuzilishi o‘zgarmay 
    qoladi.
    Fizik hodisalarni bevosita 
    kuzatish va tajribada tekshirish orqali 
    fizik qonunlar yaratiladi.
    Fizik qonun deb, hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi 
    miqdoriy bog‘lanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi.
    Kuzatish deb, sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning 
    xususiyatini o‘rganishga aytiladi. Masalan, jismlarning Yerga tushishini 
    o‘rganish da, bu hodisani ko‘p marta kuzatgandan so‘ng, qonuniyat 


    10
    topiladi. Buning uchun 
    tajribalar o‘tkaziladi. Tajribalar o‘tkazishda 
    kuzatishlar bilan birgalikda 
    o‘lchash ishlari ham olib boriladi.
    Masalan, suvning qaynashi o‘rganilayotganda, termometr bilan 
    uning temperaturasi o‘lchab boriladi.
    Shunday qilib, fizik bilimlarning manbai 
    kuzatishlar va tajriba 
    o‘tka zish lardan iborat ekan.
    1. 1-rasmga qarab fizik jismlar va jismlar sistemasini ko‘rsating.
    2. Kuzatishlar bilan tajriba o‘tkazishlar orasida qanday farq bor?
    3. Fizikaga oid tajribalarga misollar keltiring.

    Download 1.85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




    Download 1.85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU FIZIKADA ISHLATILADIGAN AYRIM ATAMALAR

    Download 1.85 Mb.
    Pdf ko'rish