Mavzuning logiko-didaktik tuzilishi




Download 0.7 Mb.
bet4/4
Sana13.11.2020
Hajmi0.7 Mb.
#12405
1   2   3   4

Mavzuning logiko-didaktik tuzilishi

Mavzuning logiko-didaktik tuzilishi

Mavzuning logiko-didaktik tuzilishi

GLOSSARIY

Fizioterapiya - tabiatning bir tarmog‘i bo‘lib, tabiiy va odam hosil qiladigan fizik omillarining fiziologik va davolash ta'sirlarini o‘rgatadi, ularning kasallikni oldini olish va davolash uchun yangi usullarni, shuningdek davolab-tiklash usullarini ham ishlab chiqaradi, shu bilan bir qatorda ularni hayotga tadbiq etadi.

Galvanizatsiya − davolash maqsadida doimiy tokning past kuchlanishli (80 voltgacha) va kichik kuchli tok (50 milliampergacha) qo‘llaniladi.

Elektroforez − organizmga doimiy tok va u bilan birga organizmga kiruvchi dori moddasining uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorining birgalikda yoki bir vaqtdagi ta'siri tushuniladi.

Diadinamoterapiya − 2 xil yarimsinusoidal shakldagi impuls toklari qo‘llaniladi, ya'ni chastotasi 50 Gs (bir taktli uzluksiz) va 100 Gs (ikki taktli uzluksiz). Bu toklar Bernar tomonidan davolash amaliyotida qo‘llash uchun taklif qilingan, shuning uchun Bernar toklari ham deb ataladi.

Sinusoidal modullangan toklar − tovushli chastotasiga ega bo‘lgan (5000 Gs) modullangan sinusoidal toklar bilan ta'sir ko‘rsatiladi, u teri orqali yaxshi o‘tadi va chuqur joylashgan to‘qimalarga ta'sir ko‘rsatadi. Bu xilda tok kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta'sir etganligi uchun uning 10-150 Gs atrofidagi past chastotali, ya'ni mushaklar biotoklarining chastotasiga yaqin keladigan chastotali modulyatsiyasidan keng foydalaniladi.

Elektruyqu − organizmga past chastotali to‘g‘ri burchakli impuls toklari bilan ta'sir etiladi.

UYuCh-terapiya − davolash maqsadida ultra yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi. Ultra yuqori chastotali elektr maydoni uzluk-siz va impulsli rejimda qo‘llaniladi. Impulsli rejimda elektr maydonining kuchli impuls seriyalari va ular o‘rtasidagi pauza almashinib turadi.

Mikroto’lqin terapiya − davolash maqsadida o‘ta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlari qo‘llaniladi. Tebranishlarning to‘lqin uzunligi 1 metrdan 1 mmgacha, tebranish chastotasi 300 dan 30000 mGs gacha. Bunda uzunligi 1 mm – 1 sm keladigan to‘lqinlar (santimetrli - SMT) va 10 sm – 1 m keladigan to‘lqinlar (ditsemetrli - DMT) dan foydalaniladi.

Magnitoterapiya − organizmga past chastotali o‘zgaruvchan magnit maydoni va doimiy magnit maydoni ta'siriga asoslangan fizioterapevtik usul magnitoterapiya deb ataladi.

Franklinizatsiya − bu yuqori kuchlanishli (50-60 kV gacha) doimiy elektr maydoni bilan davolashdir. Hosil bo‘lgan maydonda, elektr zaryadlarining joyini o‘zgartirishi hisobiga, havodagi gazli molekulalarning parchalanishi hosil bo‘ladi.

Darsonvalizatsiya − yuqori kuchlanishli (20 kV gacha), kichik kuchli (0,015 – 0,02 mA) va yuqori chastotali (110 kGs) impuls toklar bilan davolash usulidir. Bu tok turini birinchi marta fransuz olimi D.Arsonval taklif qilgan.

Induktotermiya − bu yuqori chastotali magnit maydoni bilan davolashdir. Indukto – to‘plash, termo – issiqlik,ya'ni issiqlikni to‘plash ma'nosini bildiradi.

Ultratovushterapiya - davolash amaliyotida boshqa fizioterapevtik muolajalar bilan bir qatorda ultratovush bilan davolash ham keng qo‘llaniladi. Ultratovushlar fizik muhitda mexanik tebranishlar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Fizioterapiya amaliyotida ultratovushlar 800-900 kG chastotasi ko‘rinishida qo‘llaniladi. Tibbiy davolash amaliyotida esa 800-3000 kG ravishda qo‘llanilishi mumkin. Davolash jarayonida ultra tovushlarning organizm ichiga kirishi ularning chastotalariga bog‘liqdir.

Ultrafonoforez - ultratovush tarqalib ketmasligi uchun muolajani har doim yog‘li muhitda o‘tkazilishi shart. Bu usul yordamida organizmga dori moddalari ( maz, gel) kirgiziladi.

Yorug‘lik bilan davolash − tibbiyot amaliyotida kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida infraqizil, qizil (ko‘rinuvchi) va ultrabinafsha nurlari keng qo‘llaniladi. Yorug‘lik oqimida ularning to‘lqin uzunligi har xildir, ya'ni infraqizil nurlarniki 400 mkm – 760 nm, ko‘rinuvchi nurlarniki 760 nm – 400 nmgacha, ultrabinafsha nurlarniki 400 nm – 180 nmgacha.

Lazeroterapiya – bu monoxromatik (optik spektrda bir to‘lqin uzunligi bo‘lgan diaazon bo‘ladi), kogerent (nurlanish elektromagnit tebranish chastotali bilan mos tushadi) infra qizil nurlar.

Gidroterapiya – chuchuk suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi. Suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi.

Gidroaeroionoterapiya - bu o’zida musbat yoki manfiy elektr zaryadlarini tutuvchi kombinirlangan havo molekulalari hamda suv molekulalarini (gidroaeroionlar) davo maqsadida qo’llash usulidir.Havoning ionizatsiyalashuvi quyosh radiatsiyasi kosmik nurlar, elektr zaryadlar, yerdagi radioaktiv vositalar, havo massalarining faol harakatlari natijasida, hamda daryo, dengiz va okeanlarning qirg‘oqlaridagi suv bug’lanishlari ta'siri ostida yuzaga keladi.

Aeroterapiya bu o‘zida musbat yoki manfiy elektr zaryadlarini tutuvchi atmosfera havosining zarrachalarini (aeroionlar) davo maqsadida qo‘llash usulidir.

Aerozolterapiya – dori moddalarini ingalyatsiya usuli yordamida organizmga yuborishdir.

Baroterapiya − baroterapiya usuli yordamida barometrik bosimning 1 atmosferadan past bo‘lgan manfiy bosimi va 1 atmosferagacha bo‘lgan bosimlar bilan davolash jarayonida qo‘llaniladi. Baroterapiya mahalliy va umumiy usullarda o‘tkaziladi.

Balneoterapiya mineral suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi.

Talassoterapiya dengiz suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi.

Psammoterapiya – har xil usullar yordamida qum bilan davolash.

Peloidoterapiya − davolash maqsadida il, torfli, sapropelli, sopkali balchiqlardan foydalaniladi

Speleoterapiya – tabiiy g‘orlarda davolanish.

Galoterapiya – sun'iy hosil qilingan g‘orlarda davolanish.

Sun'iy fizik omillari – fizioterapevtik apparatlar yordamida fizik omillarni hosil qilish.

Tabiiy fizik omillari – tabiat omillari: suv, havo, quyosh nuri, iqlim, qum, loy, balchiq va boshqalar.

Massaj – bu kasallikni davolash va oldini olish usulidir. U bilan tana yuzasiga yoki ba'zi organlarga maxsus usullar bilan ta'sir tiladi. massaj asosan qo‘l bilan qilinadi, lekin maxsus asboblar yordamida apparat bilan ham o‘tkaziladi.
REFERAT MAVZULARI

Davolash va tibbiy-pedagogika fakultet uchun

1. Markaziy elektroanalgeziya.

Fizioterpevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatlar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, me'yorlash.



2. Fizioterapiyada qo‘llanilayotgan yangi zamonaviy usullar.

Hozirda fizioterapevtik muolajalarda qo‘llaniladigan zamonaviy apparatlar.



3. Inson yoshiga qarab fizik muolajalarni qo‘llanilish aspektlari.

Fizik muolajalarning har xil yoshdagi organizmga ta'siri, o‘ziga xos xususiyatlari. Pediatriyada komleks davolashda fizik muolajalar o‘rni. Yoshi o‘tgan insonlarda va bolalarda fizik muolajalarni me'yorlash, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.



4. KVCh-terapiya.

Fizioterapevtik muolajada qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatlar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, me'yorlash.



5. Mexanik tebranishga asoslangan terapiya.

Fizioterapevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatlar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, me'yorlash.



6. Gelioterapiya.

Quyosh nurlari bilan davolash. Umumiy, sun'iy yig‘ilgan quyosh nurlari, tabiiy yig‘ilgan quyosh nurlari (SKSS), ekran orqali ta'sir etish usullari. Ta'sir mexanizmi, beriladigan biodozalar. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.



7. Speleoterpiya.

Turli tuz konlarining havolari bilan kasalliklarni davolash. Ta'sir mexanizmi. Turli tabiiy omillar va ekosistemalar ta'sirida organizmni umumiy sog‘lomlashtirish va tiklash usullari.



8. Gidroterapiya. Talassoterapiya.

Chuchuk, mineral suvlarining ta'sir mexanizmi. Qo‘llanilish usullari. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Dengiz suvlarining ta'sir mexanizmi. Qo‘llanilish usullari. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Ta'sir mexanizmi. Turli tabiiy omillar va ekosistemalar ta'sirida organizmni umumiy sog‘lomlashtirish va tiklash usullari.

9. Peloidoterapiya.

Balchiq bilan davolash mexanizmi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Ta'sir mexanizmi. ta'sirida organizmni umumiy sog‘lomlashtirish va tiklash usullari.



ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Asosiy

1.Yo’ldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov) 1994 s. 298

2.S.N Babadjanov Spravochnik fizioterapevta “Abu Ali Ibn Sino”, T, 1999 s.279

Asosiy (A):



  1. BogolyubovV.A. «Obshayafizioterapiya», M.: Meditsina, 2001g.

  2. BogolyubovV.A. «Metodikaitexnikaprovedeniyafizioterapeticheskixprotsedur» M. 2001g.

  3. YefanovO.I., DzanagovaG.R. «Fizioterapiya stomatologicheskix zabolevaniy», M.: Meditsina, 1980, - 296 s.

  4. Ulashik V.S., Lukomskiy I.V. «Obshaya fizioterapiya» Minsk, «Knijniy dom», 2003. – 512 s.

  5. Lukinix L.M., Uspenskaya O.A. «Fizioterapiya v praktike terapevticheskoy stomatologii» Uchebnoe posobie.- Nijniy Novgorod: izd-vo NGMA, 2003.- 36 s.

  6. Muravyannikova J.G. «Osnovi stomatologicheskoy fizioterapii», Rostov-na-Donu, «Feniks», 2002, 320 s.

  7. Pastuxov O.G., Sheftelovich T.K., Yermoshenko L.S., Markarov X.A. «Fizioterapiya v stomatologii» (Uchebno-metodicheskoe posobie dlya studentov stomatologicheskogo fakulteta i vrachey stomatologov). Krasnodar, 2002, 102 s.

  8. Pasinkov ye.I. «Obshaya fizioterapiya» (uchebnik dlya med. institutov) 1969g.

  9. Pasinkov ye.I. «Fizioterapiya» darslik – 4-chi nashr.- T.: Meditsina, 1985g. (na uzb. yazыke)

  10. Speranskiy A.P. «Uchebnoe posobie po fizioterapii» (dlya med. institutov) 1975g.

  11. «Spravochnik po fizioterapii» pod red. Obrosova A.N.

  12. «Fizioterapevticheskiy spravochnik» pod red. I.N. Sosina.

  13. Yo’ldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov), T.: izd-vo Ibn Sino, 1994g.

  14. Yasnogorodskiy V.G. «Elektroterapiya» 1987. Meditsina.



Qo‘shimcha (Q)

  1. Sarfis P.G., Kiselev V.B. «Lechebnie gryazi i drugie prirodnie teplonositeli», 1990g.

  2. Bassina V.G., Bergnitskiy Ya.M. «Klimatolechenie» Spravochnik. Semfiropol: Tavriya, 1990g

  3. Biryukov A.A. «Massaj-sputnik zdorovya» kniga dlya uchashixsya 1992g.

  4. Vorobev M.G., Vorobev V.M. «Fizioterapiya na domu». S.- Peterburg: Gippokrat, 1992.- 308 s.

  5. Oranskiy I.ye., Ilhamjanova D.S. «Kratkiy spravochnik po fizioterapii». T.: Izd-vo Ibn-Sino, 1992g. – 94 s.

  6. «Spravochnik po fizioterapii» pod red. V.G. Yasnogorodskogo. M.: Meditsina, 1992g.

  7. Ulashik V.S. «Domashnyaya fizioterapiya» Minsk. Belorus. 1993g

  8. Umarova X.T. , Karachevseva T.V. «Fizioterapiya v pediatrii» T.: izd-vo Ibn-Sino, 1993g

  9. Larskiy E.G. «Sovremennie metodi elektroforeza» Obzor lit. 1990g.

  10. Soloveva T.R. «Magnitoterapevticheskaya apparatura». M.: Meditsina, 1991g.

  11. Yo’ldashevK.Yu. «Nemedikamentozniemetodilecheniyaprofilaktikiimeditsinskoyreabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994g.

  12. Yo’ldashev K.Yu. «Preformirovannie i yestestvennie fizicheskie faktori v profilaktike i meditsinskoy reabilitatsii». T. – 1991g.


Inostrannaya literatura:

  1. Eckel M. Phizikoterapie 165. 2000

  2. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

  3. Lehrbuch K. Berlin. Phizijterapie volk 140.1988

  4. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

  5. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards

  6. Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000

  7. Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

  8. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  9. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

  10. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.


Internet saytlar:

http://www.medscap.com

http://www.about. com.

http://www.thebiglimo.ru

http://www.medlinks.ru

http://www.doktor.ru

http://www.medinfo.org

http://www.restart-med.ru

http://www.mirmed.ru

http://micropolarization.narod.ru

http://www.aapmr.org

http://www.alhealth.com

http://www.docguide.com

O‘QUV MATERIALLARI (MA'RUZALAR MATNLARI)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI

SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

«XALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA

JISMONIY TARBIYA» KAFEDRASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Professor Teshaev O.R._________

«____» ______________20____yil


MA'RUZA MAVZUSI:

FIZIOTERAPIYA FANI MASALALARI. FIZIK OMILLARNING TA'SITR MEXANIZMI. KO‘RSATMA VA QARShI KO‘RSATMALAR. FIZIODAVOLASh VA FIZIOPROFILAKTIKA

(davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalari uchun)




Ma'ruzachi: dotsent Adilov Sh.Q.

katta o‘qituvchi Badalova G.N.

MAVZUSI: FIZIOTERAPIYA FANI MASALALARI. FIZIK OMILLARNING TA'SIR MEXANIZMI. KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR. FIZIODAVOLASH VA FIZIOPROFILAKTIKA.

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI


Talabalar soni -

Vaqt – 90 daqiqa

O‘quv darsining shakli

Ma'ruza


Ma'ruza rejasi

1.Fizioterapiya fani, vazifalari, bo‘limlari.

2.Fizik omillarning ta'sir mexanizmi.

3.Fizik omillar guruhi.

4.Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

5.Fizioprofilaktika haqida tushuncha.

6.Galvanizatsiya, elektroforez usullari haqida

tushuncha, qo‘llanish usullari.


Ma'ruza maqsadi: talabalarni fizioterapiya usullarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. Fizik omillarning ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llanilishiga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, fiziodavolash va fizioprofilaktika tadbirlari bilan talabalarni tanishtirish.

O‘qituvchi vazifalari:

1.Fizioterapiya fani, fizik omillar, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, fiziodavolash va fizioprofilaktika bo‘-yicha talabalar bilimini chuqurlashtirish va mustahkamlash.

2.Talabalarga fizik omillar va ularning ta'sir mexanizmi haqida tushuntirish.

3.Talabalarda bemorlarga reabilitatsiya tadbirlar o‘tkazishda mustaqil asoslangan ko‘nikma qabul qilishni o‘rgatish.

4.Talabalarni fizioterapevtik muolajalarni qo‘llanilish usullari bilan tanishtirish.


O‘qish jarayonining natijalari:

Ma'ruzani eshitgach talabalar quyidagilarga javob bera olishadi:

  1. 1. Fizioterapiya haqida tushuncha va fizik omillarni bilish.

  2. 2. Fizik omillarning ta'sir mexanizmi.

  3. 3. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

  4. 4. Fiziodavolash va fizioprofilaktika.

  5. 5. Reabilitatsiya tadbirlarini (fizioterapevtik muolaja usullarini) o‘tkazish.

O‘qitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizual, texnika: blits-opros, savollar «ha-yo‘q»

O‘qitish vositalari

Lazerli proektor, ma'ruza materiallari, ma'lumot manbalari bilan ta'minlash

O‘qitish shakllari

Jamoa

O‘qitish sharti

Auditoriya


MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI


Bosqichlar, vaqti –

90 daqiqa



Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish


(5 daqiqa)

1.Mavzu nomi, maqsadi, ma'ruza natijalari va rejasini e'lon qiladi.

1. Eshitadilar

2 bosqich

Bilimni jamlashtirish

(15 daqiqa)


2.1.Talabalar bilimini jamlash maqsadida savollar beradi:

1. Fizioterapiya deganda nimani tushunasiz?

2. Fizik omillar va ularning organizmga ta'siri nima?

3. Fiziodavolash va fizioprofilaktika nima?

4. Qanday qarshi ko‘rsatmalarni bilasiz?

Blits so‘rov o‘tkazadi.

2.2.Ma'ruza maqsadi bilan tanishtiradi.


2.1. Savollarga javob beradilar.
2.2.Ma'ruza maq-sadini o‘rganadi.


3 bosqich

Ma'lumot berish

(60 daqiqa)


3.1. Ma'ruza materiallarini rejadagi savollar asosida ketma-ketlik bilan tushuntiradi va aniq savollar beradi:

Rejadagi 1 savol: Fizioterapiyaga tushuncha bering?

Rejadagi 2 savol: Fizik omillarni sanab o‘ting.

Rejadagi 3 savol: Fizik omillarning ta'sir mexanizmlarni ayting.

Rejadagi 4 savol: Fizioterapevtik muolajalarda qo‘llaniladigan qanday usullarni bilasiz?

Mavzuning asosiy qismlariga e'tiborni qaratadi va yozishni tavsiya qiladi.



3.1.Berilgan ma'-lumotlarni muho-kama qiladi, aniqlik kiritadi, savol beradi.
Asosiy ma'lumotni yozadi

4 bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

4.1.Savol beradi:

1.Fizik omillarning afzalliklari nimada?

2.Fizioterapevtik usullarni qo‘llashga talablar?

4.2.Mustaqil ish uchun vazifalar beradi: elektroforezni o‘tkazish metodikasi



4.1.Savollarga javob beradi
4.2. Eshitadi, yozib oladi

Fizioterapiya tabiatning bir tarmog‘i bo‘lib, tabiiy va odam hosil qiladigan fizik omillarining fiziologik va davolash ta'sirlarini o‘rgatadi, ularning kasallikni oldini olish va davolash uchun yangi usullarni, shuningdek davolab-tiklash usullarini ham ishlab chiqaradi, shu bilan bir qatorda ularni hayotga tadbiq etadi. Fizik omillarga quyidagilar kiradi : suv, quyosh, havo, balchiq, elektr toki, ozokerit va boshqalar.

Fizioterapiya 2 qismga bo‘linadi :

Umumiy fizioterapiya – organizmning normal va patologik holatlarida ta'sir etuvchi fizik omillarning xususiyatlarini va ta'sir mexanizmini o‘rganadi.

Xususiy fizioterapiya – o‘rganilgan fizik omillarni davolash va kasallikni oldini olish maqsadida qo‘llanilishini o‘rganadi.
Fizik omillarning xarakteristikasi

1.Toksigenligi yoki zaharli xususiyati yo‘q.

2.Og‘riq sezgirligini chaqirmaydi.

3.Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lantirishga, spazmga qarshi, tonusni oshiruvchi va bakteriotsid ta'sir qilish xususiyatiga ega.

4.Organizm reaktivligiga ta'sir qilish, shu bilan birga tabiiy va maxsus immunitetni oshirish xususiyatiga ega.

5.Organizmda har xil biologik aktiv moddalar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Masalan: vitamin D, gistamin, atsetilxolin, serotonin va boshqalar.

Fizik omillar yordamida patologik jarayonlarning kechishiga ta'sir qilish va ularni maqsadga muvofiq o‘zgartirish mumkin.

Fizioterapiya – bu patogenetik va simptomatik davolashdir, ya'ni fizik omillar kasallik patogeneziga yoki rivojlanish mexanizmiga ta'sir qilib, ularning belgilarini, ya'ni simptomlarini yo‘qotishga egadir.

Bundan tashqari fizioterapevtik muolajalar bilan kasallikni oldini olish – fizioprofilaktika ham alohida o‘rin tutadi.

Fizioprofilaktika 2 qismdan iborat.

Birinchi qismi – kasallikni oldini olish;

Ikkinchi qismi – kasallikning asoratini oldini olish.

Fizioterapevtik muolajalar organizmga teri va shilliq qavatda joylashgan nerv tolalari orqali ta'sir qilib, kerakli organlarni qo‘zg‘atadi. Bu turli muolajalarda turlicha bo‘ladi - ba'zida tez, ba'zida sekin namoyon bo‘ladi.

Oxirgi yillarda olingan natijalar asosida fizioterapevtik muolajalarning ta'sirini quyidagicha taassavur etish mumkin.

Avval fizik omillar energiyasining organizmga yutilishi sodir bo‘ladi. Bu fazada sodir bo‘ladigan hamma jarayonlar fizika qonuniga bo‘ysunadi. Bunda fizik omillarning tanaga ta'sir qilish chuqurligi, to‘qima turi, qaysi to‘qimalarda energiya qay tarzda yutiladi, issiqlikning paydo bo‘lishi, ionizatsiya hodisasi, molekula hosil bo‘lishi va h.k. Masalan - nurlanish vaqtida nurlar epidermisga bir necha mikron chuqurligiga kirib boradi va o‘z yo‘lida suv molekulalarini kuchli ionlanishini hosil qiladi, buning natijasida to‘qimalarda issiqlik paydo bo‘ladi. Past chastotali impuls toklari harakatlanuvchi nervlarda 0,5-2 sm chuqurlikda ionlarni doimiy darajasini o‘zgartiradi, buning asosida harakatlantiruvchi qo‘zg‘atish yordamida mushaklarning qisilishi kuzatiladi.

Muolajalar ta'sir harakatini, intensivligini, davomiyligini, ta'sir qilish doirasi va gomeostazni qondirishga qarab mahalliy, umumiy va segmentar bo‘lishi mumkin.

Fizik omillar energiyasining yutilishi, hosil bo‘lgan issiqlikning ta'siri natijasida organizmda biologik aktiv moddalar paydo bo‘ladi. Bunda qon tomirlarining kengayishi, qon aylanishining kuchayishi sodir bo‘ladi, buning natijasida yurak urishi tezlashadi, ba'zida bemorlarda qizish holatlari kuzatiladi. Bu organizmning umumiy reaksiyasidir.

Fizik omillarning kam intensivlik bilan ta'sir qilishida katta bo‘lmagan sohada qizarish, qichishish, mahalliy haroratning oshishi kuzatiladi. Bu organizmning mahalliy reaksiyasidir.

Fizik omillarning energiyasi yutilishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik ta'sirida yoki kuchli issiqlik energiyasi ta'sirida segmentar ta'sir vujudga keladi. Agarda ularning ta'siri kam bo‘lsa, unda termoregulyatsiya sistemasi ishga tushib, mushaklar tonusini va oksidlanish–qaytarilishi reaksiyasining bosqichini o‘zgartiradi.

Fizik omillar maxsus va nomaxsus ta'sir ko‘rsatadi. Bir necha fizik omillar ta'sirida qon aylanishi tezlashib, modda almashinuvi kuchayadi – bu nomaxsus ta'sirdir, ya'ni bir necha omillar uchun umumiy bo‘lgan ta'sirdir.

Shu bilan birga har bir fizik omillarning o‘ziga xos maxsus ta'siri ham bo‘ladi, ya'ni faqat bitta fizik omil uchun tegishli bo‘lgan ta'siri.

Masalan : faqat impuls toklari bilan mushaklarni qo‘zg‘atish mumkin; UFO nurlari bilan ta'sir etganda «D» vitaminini hosil bo‘lishi; vannalarning kimyoviy tarkibiga qarab o‘ziga xos maxsus ta'siri bo‘ladi.

Fizik omillarning ko‘pligi va ta'sir doirasi har xilligiga qarab, ularni kompleks holda tavsiya etishni doimo esda tutmog‘imiz kerak.

Kompleks holda davolash quyidagichadir : dori-darmonlar – fizioterapiya – DJT, shifobaxsh massaj.

Bundan tashqari fizioterapevtik muolajalarni ketma-ket va qo‘shib berish tavsiya etiladi.

Bir kunda beriladigan fizioterapevtik muolajalar soni 2 tadan oshmasligi kerak. Ularga qo‘shimcha suv, issiqlik muolajalarini berish mumkin.

Tavsiya etilayotgan fizioterapevtik muolajalarning biri mahalliy ta'sirga, biri umumiy ta'sirga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Yoki biri maxsus ta'sirga, biri nomaxsus ta'sirga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Fizioterapiyada muolajalar ikki xil turga bo‘linadi. Biri – asosiy muolajalar, ikkinchisi qo‘shimcha muolajalardir. Har bir fizioterapevtik muolaja asosiy yoki qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

Asosiy muolajalar - bunda ta'sir ichki organlarda kasallikni qaytarishga qaratilgandir. Masalan : DMV buyrak usti beziga ta'siri natijasida gormonlarni stimulyatsiyalaydi; elektrouyqu qondagi qand miqdorini kamaytiradi.

Fizioterapevtik muolajalar kasallikning patogeneziga qarab, kasallikning kelib chiqish mexanizmiga ta'sirini hisobga olib belgilashimiz kerak.

Fizioterapevtik muolajalarni kasallikning xohlagan bosqichida berishimiz mumkin. Lekin bunda biz quyidagilarga e'tibor berishimiz kerak, ya'ni organizmning umumiy holatiga, patologik jarayon spetsifikasiga, uning klinik holatlariga, bosqichiga, yo‘ldosh kasalliklarga va h.z. Fizik omillarning dozasini belgilayotganimizda bemorning shu vaqtdagi boshlang‘ich holatiga va patologik jarayonning belgilariga, organizmning sezuvchanligiga e'tibor berishimiz lozim.

Shuni doim esda tutishimiz karakki, fizioterapevtik muolajalarni asosan kichik intensivlikda berish maqsadga muovofiqdir.

Muolajalarni kichik dozada berish hujayra funksiyasini qo‘zg‘atadi, katta dozalar bosadi.

Fizioterapevtik muolajalarga organizmning javob berishi asosida, muolajalarning berilishini tartibga solishimiz yoki ularni belgilashda ko‘rsatmalarni tartibga solishimiz mumkin.

Organizmning javob reaksiyasi nimalarga bog‘liq.

1.Fizioterapevtik muolajaning fizik xarakteristikasiga va organizmning birlamchi holatiga.

2.Fizik omillarning dozasiga.

3.Shuni ko‘zda tutish kerakki, fizioterapevtik muolajalarning boshlang‘ich ta'siri kasallikni qo‘zg‘atadi, so‘ng susaytiradi.

Fizioterapevtik muolajalar, jumladan elektr bilan davolash turlari xilma xildir va ular organizmga har xil ta'sir ko‘rsatadi. Ularning ta'siri turli tarmoqlaridagi (regionar, periferik, markaziy) qon aylanishini yaxshilaydi, to‘qima trofikasini, modda almashuvini, yaxshilaydi, neyro – gumoral ta'sir etadi, buzulgan immun jarayonlarni tiklaydi. Ko‘p fizik omillar sedativ va og‘riq qoldiruvchi ta'sirga ega. Fizik omillarning maxsus va nomaxsus ta'sirini ajratish qiyinligini, ularning birdagina bir necha muolajalar uchun umumiy ta'siri asosida fiziologik effektivligining mavjudligi ularning fiziologik ta'siriga qarab guruhlarga ajratishni qiynlashtiradi.

Shuning uchun biz fizik omillarning energiyasi turiga va fizik ta'siriga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lamiz.

1 guruh. Tabiiy omillar:

a) mineral suvlar

b) loy

v) torf



g) naftalin

d) qum, balchiq



  • havo bilan davolash – aeronoterapiya

  • iqlim bilan davolash – klimatoterapiya

  • quyosh bilan davolash – gelioterapiya

  • sovuq bilan davolash – krioterapiya

  • dengiz suvi bilan davolash – talassaterapiya

  • gidroaeroionoterapiya.

2 guruh. Apparatli fizioterapiya

Elektr bilan davolash

a) doimiy tok (galvanizatsiya, elektroforez)

b) impuls toklari past chastotali (DDT)

o‘rta (interferens)

yuqori (SMT)

o‘ta yuqori (flyuktuorizatsiya)

v) o‘zgaruvchan toklar



  • yuqori chastotali (darsonvalizatsiya)

  • ultrayuqori chastotali (UVCh)

  • o‘ta yuqori chastotali (SVCh, DMV)

g)yuqori kuchlanishli doimiy elektr maydoni (franklinizatsiya)

  1. Magnit bilan davolash

  1. Ultra tovush bilan davolash

  2. Yorug‘lik bilan davolash (UFO, infraqizil, ko‘rinuvchi)

  3. Bosim bilan davolash (baroterapiya)

  4. Lazeroterapiya

  5. Iglorefleksoterapiya

  6. Aerozolterapiya

3 guruh. Harakatga asoslangan fizik omillar.

Shifobaxsh massaj.

Fizioterapevtik muolajalarni tavsiya etishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

I Ko‘rsatmalar.


  1. Kasallikning tinchigan va o‘tkir osti bosqichi, aktiv bo‘lmagan holatida.

  1. Kasallikni oldini olish maqsadida (profilaktika)

  2. Organlarni stimulyatsiya qilishda.

II. Qarshi ko‘rsatmalar.

  1. Kasallikning o‘tkir bosqichi va aktiv holati.

  1. Yurak yetishmovchiligining III bosqichi.

  2. O‘tkir yiringli yallig’lanish.

  3. Idiosinkraziya.

  4. O‘sma kasalliklar.

  5. Qon kasalliklari va qon ketishga moyillik.

  6. Teri va tanosil kasalligi.

  7. Tuberkulyoz.

  8. Homiladorlik.

  9. Yuqumli kasalliklar.

  10. Psixik kasalliklar.

Fizioterapiya amaliyotida past kuchlanishli o‘zgarmas toklar odam tanasi orqali o‘tganida elektrodlar orasida elektr harakatlantiruvchi kuch paydo bo‘ladi. Bu kuchning ta'siri ostida to‘qimalarda ionlar harakat qila boshlaydi : musbat ionlar (kationlar) manfiy qutbga, manfiy ionlar (anionlar) musbat qutbga qarab harakatlana boshlaydi.

O‘zgarmas tok bilan ta'sir ko‘rsatish uchun elektrodlar teriga qo‘yiladi. Teri, ayniqsa, quruq va dag‘allashgan bo‘lsa, tokka qarshilik ko‘rsatadi. Organizmga tok asosan ter bezlari, qisman yog‘ bezlari, qisman yog‘ bezlarining yo‘llaridan kirib boradi. Ular to‘qimalarda bir tekis tarqalmay balki to‘qimalrning elektr o‘tkazuvchanligiga qarab tarqaladi. Asosan ular xujayra orasida bo‘ladigan elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik tomon, qon va limfa tomirlari yo‘li bo‘ylab, nerv tolalarining pardalari bo‘ylab yo‘naladi. Elektr toki ta'sirida to‘qimalar ichida ionlargina emas, balki oqsil zarralari va suv molekulalari ham harakatga keladi. Katod tomonga to‘planib qolgan musbat ionlar xujayralar pardasini yumshatib, o‘tkazuvchanlikni oshiradi, bu hujayralarning qo‘zg‘aluvchanligini kuchayishiga olib keladi. Anod sohasida esa manfiy ionlar hujayralarning qo‘zg‘aluvchanligi pasaytiradi, bu og‘riqning pasayishiga yordam beradi. O‘zgarmas tok ta'siri avval terida joylashgan retseptorlarga ta'sir ko‘rsatadi, bu muolaja qabul qilayotganlarda sanchish yoki sal achishish hissini uyg‘otadi. Retseptorlar orqali ta'sir bosh miya po‘stlog‘iga yetib boradi va fiziologik ta'sirlarni yuzaga keltiradi.

Tibbiyot amaliyotida shuningdek past kuchlanishli va past chastotali impuls toklari davolash maqsadida keng qo‘llaniladi. Davriy suratda impulslar (zarbalar) takrorlanib turadigan o‘zgarmas tok impuls toklar deb ataladi.

Impuls toklar bir-biridan impulslarning shakli, chastotasi va davomiyligi bilan farqlanadi. Asosan 5 turdagi impuls toklari qo‘llaniladi: 1.To‘g‘ri burchakli impuls toklari (elektr uyqu)

2.O‘tkir burchakli impuls toklari. Bu tok mushaklarning qisqarishiga sabab bo‘ladi, undan mushaklar funksiyasi susayib qolganida ularni mashq qildirish uchun foydalaniladi (elektrostimulyasiya).

3.To‘g‘irlangan sinusoidal toklar – Bernar toklari yoki diadinamik toklar.

4.Modullangan sinusoidal toklar (amplipulsterapiya).

5.eksponensial shaklidagi impuls toklari (qiya ko‘tarilib boradigan va pastga egri chiziq shaklida tushadi).Har bir tok impulslari elektrostimulyasiya uchun qo‘llaniladi.

Bu toklar ta'siri quyidagicha : elektr uyquda to‘g‘ri burchakli impuls toklari o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Bunda tok bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi va fiziologik uyquga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi.

Inson organizmi tashqi muhitning muntazam o‘zgarib turuvchi sharoitida bo‘lib, u shu sharoitga doimo moslashib turadi. Bu moslashishlar organizmning nerv sistemasi orqali amalga oshiriladi. Fizikaviy omillar ta'sirida organizmda har doim moslashuv mexanizmlari paydo bo‘ladi va takomillashadi. Bu takomillashuv organizm faqat chiniqishi orqali amalga oshadi. Fizioprofilaktika faqat organizmni chiniqtirish bilangina chegaralanib qolmaydi. U o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘ygan. Bu vazifalar quydagilar:


  • atrof-muhitni sog‘lomlashtirish

  • ekologiya masalalarini hal qilish

  • ishlab chiqarishda va yashash sharoitida salbiy faktorlar-omillar ta'sirini kamaytirish.

Organizmni chiniqtirish va boshqa fizioprofilaktik tadbirlar turli kasalliklarni oldini olishda va organizmni mustahkamlashda samarali vositalar hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki,sog‘lom odamni xar doim kam chiniqqan deb bo‘lmaydi. Hatto, eng sog‘lom odamlar ham o‘z organizmini chiniqtirmasa arzimagan sabablar bilan tezda kasallanib qolishlari mumkin.

Chiniqishning umumiy prinsiplari. Chiniqishning asosiy prinsp ta'sir etuvchi qo‘zg‘atuvchining asta-sekin kuchaytirib borish zarur, bunda vegetativ nerv sistemasi va yurak-qon tomir sistemasi zararlanmaydi. Salbiy ta'sirlardan saqlanish uchun, har bir odamga individual dozalarda fizikaviy omillar tavsiya etish, ushbu muolajalar o‘tkazilishi albatta fizioterapevt-shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi zarur. Har doim, sistematik ravishda o‘z navbati bilan o‘tkaziladigan muolajalar natijasida organizm chiniqib boradi. Oddiy, ayni vaqtda muhum bo‘lgan chiniqish prinsiplaridan biri chiniqtirish tadbirlarini kompleks ravishda qo‘llashdir. Bularga jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ochiq havoda sayr qilish, yugurish, suvda cho‘milish va boshqalar kiradi.

Organizmni chiniqtirishda quyosh va havo vannalari, suvda suzish va cho‘milish muhim rol o‘ynaydi. Salqin va sovuq suv muolajalari organizm tonusini oshiradi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi, kayfiyatnt yaxshilaydi, ish qobiliyatini oshiradi. Suv muolajalari 3 xil variantda, sovuq suvda (20 gradus S va undan kam), salqin suvda (21-33 gradus S) va iliq suvda (34-36 gradus S) amalga oshiriladi. Artinish, ustidan suv quyish, dush va cho‘milishni iliq suvda boshlab, asta-sekin 12 gradus Sgacha tushuriladi. Cho‘milishdan so‘ng 15-20 daqiqa dam olish zarur. Past haroratdagi dushlarni yosh, baquvvat va chiniqqan odamlargagina tavsiya etish mumkin.

Fizioprofilaktika maqsadida yil vaqti va ob-havo qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, ishlab chiqarish korxonalarida, maktab va bog‘chalarda simob kvars lampalari ishlatiladi. Bu lampalarning nuri impuls orqali biologik jarayonlarni tezlashtirib, organizmning himoyalanish kuchlarini oshiradi.

Zavod poliklinikalari va boshqa tibbiy punktlar qoshida ochilgan fizioprofilaktika kabinetlari va maydonchalari odamlarni chiniqtirish va turli kasalliklarni oldini olishda, gripp va boshqa shamollash kasalliklarini oldini olishda, hatto mayda jarroxatlardan so‘ng qoladigan asoratlarni tuzatishda muhim rol o‘ynaydi.

Shifoxona, poliklinika, tibbiy punktlar qoshida ochilgan fizioterapiya maydonchalari “yashil zona”larda tabiat qo‘ynida tashkil etilgan tungi sanatoriyalarda fizioterapiya muolajalarining o‘tkazilishi ishlab chiqarishdan ajralmas holda ishlovchilar uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Ular faqat sog‘liqlarini tiklab qolmasdan, turli kasalliklarni oldini olish uchun muolajalar oladilar, organizmni chiniqtiradilar, bu esa mehnat unumdorligini oshiradi. Yashil tabiat qo‘ynida o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar, sayr qilish, terrenkur yurak – qon tomir sistemasi, nafas olish, ovqat hazm qilish organlari faoliyatini yaxshilaydi, asab sistemasini mustahkamlaydi.



Doimiy elektr toki bilan davolash

1.Galvanizatsiya

Davolash maqsadida doimiy tokning past kuchlanishli (80 voltgacha) va kichik kuchli tok (50 milliampergacha) qo‘llaniladi.



Ta'sir qilish mexanizmi

Galvanik toklar yoki hosil bo‘ladigan impulslar teridagi nerv retseptorlariga ta'sir qiladi, ya'ni markazga intiluchi yo‘llar orqali impulslar ko‘rinishida markaziy nerv sistemasiga ta'sir etib, u yerda og‘riqdan ustun bo‘ladigan dominant o‘choqni hosil qiladi. U yerdan impulslar orqa miya orqali o‘tib, pastga tushuvchi nervlar yordamida patologik o‘choqqa tushadi. Bunday ta'sir neyroreflektor ta'sir deb ataladi. Bundan tashqari gumoral ta'sir farqlanadi – har xil biologik aktiv moddalar ishlab chiqarib, gipotalyamo-gipofizar sistemsiga ta'sir etadi.



Fiziologik ta'siri

-qon tomirlarini kengaytiruvchi;

-modda almashinuvini stimullovchi;

-og‘riqqa qarshi;

-yallig‘lanishga qarshi;

-regeneratsiyani kuchaytiruvchi;

-oziqlanishni yaxshilovchi;

-ichki sekretsiya bezlarini stimullovchi;

-nerv-mushak apparatining qo‘zg‘aluvchanlik darajasini oshiruvchi;

-yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilovchi.

Galvanizatsiyada quyidagi elektrodlar qo‘llaniladi : qo‘rg‘oshinli, qalinligi 0.1 – 0.3 mm; platinali (ko‘z va quloq uchun vannalarda qo‘llaniladi); ko‘mirli, asosan AGVK apparati uchun qo‘llaniladi (4 kamerali vanna).

Patologik o‘choq jarayonining katta-kichikligiga qarab elektrodlarni 2 xil qo‘yish mumkin, ya'ni bo‘ylama va ko‘ndalang. Bo‘ylama usulda ketma-ket joylashadi va to‘qima yuzasiga ta'sir qiladi. U asosan umurtqa pog‘anasi kasalliklarida, nerv jarohatlarida (chiqish va kirish yerlari), segmentar zonalarga ta'sir qilishda qo‘llaniladi. Ko‘ndalang usulda elektrodlar parallel joylashadi, ya'ni ikki elektrod oralig‘ida kasallangan organ joylashadi va asosan qalinlik bo‘yicha ta'sir etadi. U bo‘g‘im va ichki organ kasalliklarida qo‘llaniladi.



Galvanizatsiyaning quyidagi klassik usullari mavjuddir

1.Vermel usuli – umumiy galvanizatsiya qilinadi. 1-elektrod ko‘krak sohasiga, 2-si 2 tarmoqligi boldir ustiga.

2.Sherbak bo‘yicha yoqa usuli – 1-elektrod yoqa sohasiga, 2-si bel sohasiga.

3.Sherbak bo‘yicha ishton usuli – 1- 2 tarmoqli elektrod sonning oldingi sohasiga, 2-si bel sohasiga.

4.Bergone bo‘yicha yarim maska usuli – 1-elektrod jarohatlangan yuz sohasiga (3 oyoqli yuz nervi bo‘ylab - peshana, yuz va dahan) yoki pastki jag‘ (ko‘z va og‘iz bo‘sh qoladi), 2-si ko‘krak oralig‘iga yoki qarama-qarshi yelkaga.

5.Yuz va bo‘yin sohasini Kellat usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1-elektrod yuz-bo‘yin sohasiga, 2-si qarama-qarshi yelkaga.

6.Ko‘z sohasini Burginon usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1-2 tarmoqli elektrod ko‘z sohasiga, 2-si qarama-qarshi bo‘yin sohasiga.

7.Burunning shilliq qavatini Kassil usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1- 2 tarmoqli elektrod burun shilliq qavatiga, 2-bo‘yin sohasiga.

Odamning bosh qismiga 5 Ma, tana qismiga 50 Ma tok beriladi. Muolajalar prokladka yoki qistirmalar yordamida o‘tkaziladi. Prokladkalar paxtalik to‘qimalardan tayyorlanib, 10-12 qavatdan iborat bo‘ladi, shunda tok bir tekis tarqaladi. Muolajalardan oldin prokladkalar fiziologik suyuqligi yoki suv bilan namlanadi, chunki bu bilan quruq teri qarshiligi yengiladi va elektroliz mahsulotlarining kuydiruvchi ta'siri bartaraf etiladi.

Doimiy tokning organizmga qarshi to‘qimalarining biofizik xususiyatiga bog‘liq : -to‘qimaning elektr o‘tkazuvchanligiga

-qutblanishiga

-diffuziyaga va h.z.

To‘qimaning elektr o‘tkazuvchanligi organizmda suyuqlik miqdoriga bog‘liq. Suyuqlik muhitlariga kiradi : qon, limfa, siydik va boshqalar.

Qutblanish – ionlarning o‘tkazilishi uchun to‘siq hisoblangan ion va ionlashgan molekulalarni har xil zaryadli yarim o‘tkazuvchi membrananing ikki tomonda yig‘ilishidir.

Doimiy tok ta'sirida diffuziya va osmos jarayonlari hujayra membranasi o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi hisobiga kuchayadi.

Prokladkalarning shakli qo‘yilish joylariga qarab bo‘lishi mumkin :

-yoqasimon -aylanasimon -to‘rt burchakli

Prokladkalar namlanganidan so‘ng kerakli joyga qo‘yilib, ustiga elektrod qo‘yiladi, uning ustidan elastik bint yoki qumli yostiqchalar yordamida fiksatsiya qilinadi.

Ko‘rsatmalar

-gipertoniya kasalligining I-II darajasi -ko‘z kasalliklari

-teri kasalliklari -nerv kasalligi (nevrit,

-LOR kasalliklari nevroz, pleksit)

-umurtqa pog‘anasi kasalliklari (radikulit, osteoxondroz)

-oshqozon-ichak kasalliklari (oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi, gastrit, kolit, enterit, enterokolit)

-gepatit, xolesistit, pankreatit

-zotiljam, bronxit, bronxial astma

-erkak va ayol jinsiy organlari kasalliklari

Galvanizatsiya asosan o‘tkir osti va surunkali davrlarda qo‘llaniladi.

Qarshi ko‘rsatmalar

1.Umumiy : -bemorlarning umumiy og‘ir holati

-miokard infarkti

-qon kasalligi (leykoz, anemiya)

-homiladorlikning ikkinchi yarmi

-haroratli holat

-yuqumli kasalliklar

-silning faol shakli

-xavfli o‘sma, shish kasalligi

-kasallikning dekompensatsiya bosqichi

-o‘tkir yiringli jarayonlar

-qon ketishga moyillik

-tokni ko‘tara olmaslik

2.Mahalliy : -teri butunligining buzilishi

-ekzema va dermatitlarning bo‘lishi

-tanada metall buyumlarning bo‘lishi


Muolajalar 10-15-20 minutgacha davom etishi mumkin, har kuni yoki kun ora, 1 davolash kursiga 6-12-15 muolaja to‘g‘ri keladi.

2.Elektroforez

Bu usulni 1801 yilda italiyalik olim Rossi taklif etgan. Elektroforez deganda, organizmga doimiy tok va u bilan birga organizmga kiruvchi dori moddasining uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorining birgalikda yoki bir vaqtdagi ta'siri tushuniladi. Elektroforez usuli yordamida organizmga dori moddalarini yuborish boshqa usullarga nisbatan afzalroq hisoblanadi, ya'ni :

1.Dori moddalari terining yuza qismiga uning butunligini buzmagan holda yuboriladi.

2.Dori moddalari oshqozon-ichak yo‘li shilliq pardalariga ta'sir qilmaydi.

3.Dori moddalari teri ostida “depo” hosil qilib, ta'sir kuchini uzaytiradi.

4.Patologik o‘choqlarda dori moddalarining ko‘p miqdorda yig‘ilishi mahalliy ta'sirni kuchaytiradi.

5.Dori moddalari organizmga ion holida yoki shaklida kiradi, bu esa uning farmakologik aktivligini oshiradi.

6.Bir vaqtning o‘zida organizmga har xil qutblardan ikki xil dori moddasining suyuqliklari yuborilishi mumkin.

7.Dori moddalari bilan zaharlanishda organizmdan dori moddalarini chiqarishda keng foydalanish mumkin.

Elektroforezda “qutblar qonuni” yoki “oltin” qonun mavjud. Musbat zaryadlangan dori moddasi musbat elektrod ostidan organizmga yuboriladi, manfiy zaryadlangan dori moddasi manfiy elektrod ostidan organizmga yuboriladi. Bunga sabab shuki, bir xil zaryadlangan yoki bir xil zaryadlar bir-biridan qochadi, shunga asosan dori moddalari elektrodlardan qochib, teri orqali organizmga kiradi.

Agar qutblar qonuni buzilsa, ya'ni musbat zaryadli dori moddasi manfiy elektrod ostidan, manfiy zaryadlangan dori moddasi musbat elektrod ostidan yuborilsa, u holda dori moddalari prokladkaning o‘zida qolib, organizmga kirmaydi.

Elektroforez usulida musbat elektrod, anoddan organizm to‘qimalariga metall ionlari va musbat zaryadlangan dori moddalari yuboriladi. Masalan : Ca, Magniy, Natriy, novokain. Vitamin B12, lidaza xinin, dimedrol va boshqalar. Manfiy elektroddan, katoddan organizmga kislota radikallari va manfiy zaryadlangan dori moddalari yuboriladi. Masalan : xlor, brom, yod, penitsillin, geparin, kofein, gidrokartizon, nikotin kislotasi va boshqalar. Manfiy va musbat zaryadlangan dori moddalarining ro‘yxati alohida jadvallarda ko‘rsatilishi kerak va ular elektroforez muolajasini o‘tkazish xonasida bo‘lishi shart.Hozirgi vaqtda dori moddalarini tejash maqsadida filtr qog‘ozidan foydalaniladi, ya'ni dori moddasi bilan shimdirilgan filtr qog‘ozi namlanib, prokladka ostiga qo‘yiladi va muolaja o‘tkaziladi.

Ko‘rsatma va qarshi ko‘rstmalr xuddi galvanizatsiyaga o‘xshash.

Tinglovchilar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun savollar

1.O‘zgarmas va impulsli toklar haqida nimalarni bilasiz?

2.O‘rganilayotgan toklar qanday usullar yordamida tibbiyotda qo‘llaniladi?

3.O‘zgarmas toklarning organizmga ta'siri qanday?

4.Impulsli toklarning organizmga ta'siri qanday?

5.Elektrodlarni qo‘llash usullari.

6.Galvanizatsiyada qo‘llaniladigan klassik usullar.

7.Elektroforezning afzalliklari nimada?
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI

SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

«XALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA

JISMONIY TARBIYA» KAFEDRASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Professor Teshaev O.R._________

«____» ______________20____yil


MA'RUZA MAVZUSI:

ELEKTR TOKI BILAN DAVOLASH (DOIMIY VA

IMPULSLI TOKLAR). SUN'IY FAKTORLAR

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
(davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalari uchun)

Ma'ruzachi: dotsent Adilov Sh.Q.

katta o‘qituvchi Badalova G.N.

MAVZUSI: ELEKTR TOKI BILAN DAVOLASH (DOIMIY VA

IMPULSLI TOKLAR). SUN'IY FAKTORLAR

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni

Vaqt – 90 daqiqa

O‘quv darsining shakli

Ma'ruza


Ma'ruza rejasi

1.Elektrouyqu, DDT, SMT muolajalarida qo‘l-laniladigan fizik omillarga xarakteristika, qo‘llanish usullari va ta'siri .

2.Darsonvalizatsiya, franklinizatsiya usulida qo‘llaniladigan omilga xarakteristika, uning organizmga fiziologik ta'siri.

3.UVCh terapiya usulining organizmga ko‘rsta-digan fiziologik va shifobaxsh ta'siri.

4.Induktotermiyaning organizmga ko‘rsatadigan fiziologik va shifobaxsh ta'siri.

5.Mikroto‘lqin terapiyasining fizikaviy xususiyati, organizmga ko‘rsatadigan fiziologik va shifobaxsh ta'siri.


Ma'ruza maqsadi: Talabalarni odam organizmiga doimiy impulsli tok, o‘zgaruvchan tok va yuqori chastotali maydonlarning ta'siri, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, qo‘llanish usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchi vazifalari:

1.Elektr toki bilan davo-lash (doimiy va impulsli) bo‘yicha talabalar bilimini chuqurlashtirish va mustaxkamlash.

2.Talabalarga sun'iy fizik omillar va ularning ta'sir mexanizmi haqida tushuntirish.

3.Talabalarda bemorlarga reabilitatsiya tadbirlar o‘tkazishda mustaqil asos-langan ko‘nikma qabul qilishni o‘rgatish.

4.Talabalarni turli fi-zioterapevtik muolaja-larni qo‘llanilish usullari bilan tanishtirish.


O‘qish jarayoning natijalari:

Ma'ruzani eshitgach talabalar quyidagilarga javob bera olishadi:

  1. 1.Sun'iy omillar haqida tushinchani bilish.

  2. 2.Sun'iy fizik omillarning ta'sir mexanizmi.

  3. 3. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

  4. 4. Fiziodavolashda qo‘llaniladigan apparatlar.

  5. 5. Reabilitatsiya tadbirlarini (fizioterapevtik muolaja usullarini) o‘tkazish.

O‘qitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizual, texnika: blits-so’rov, savollar «ha-yo‘q»

O‘qitish vositalari

Lazerli proektor, ma'ruza materiallari, ma'lumot manbalari bilan ta'minlash

O‘qitish shakllari

Jamoa

O‘qitish sharti

Auditoriya


MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI

Bosqichlar vaqti –

90 daqiqa



Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish


(5 daqiqa)

1.Mavzu nomi, maqsadi, ma'ruza natijalari va rejasini e'lon qiladi.

1. Eshitadilar

2 bosqich

Bilimni jamlashtirish

(15 daqiqa)


2.1.Talabalar bilimini jamlash maqsadida savollar beradi:

1.Doimiy va impulsli toklar deganda nimani tushunasiz?

2.Sun'iy fizik omillar va ularning organizmga ta'siri nima?

3. Qanday qarshi ko‘rsatmalarni bilasiz?

4.Sun'iy fizik omillarni qo‘llashda qanday apparat va usullardan foydalaniladi?

Blits so‘rov o‘tkazadi.

2.2.Ma'ruza maqsadi bilan tanishtiradi.


2.1. Savollarga javob beradilar.
2.2.Ma'ruza maq-sadini o‘rganadi.


3 bosqich

Ma'lumot berish

(60 daqiqa)


3.1. Ma'ruza materiallarini rejadagi savollar asosida ketma-ketlik bilan tushuntiradi va aniq savollar beradi:

Rejadagi 1 savol: Doimiy va impulsli toklarga tushincha bering?

Rejadagi 2 savol: Sun'iy fizik omillarning ta'sir mexanizmlarni ayting.

Rejadagi 3 savol: Doimiy va impulsli toklarni qo‘llashda foydalaniladigan apparatlarni sanab o‘ting.

Rejadagi 4 savol: Fizioterapevtik muolajalarda qo‘llaniladigan qanday usularni bilasiz?

Mavzuning asosiy qismlariga e'tiborni qaratadi va yozishni tavsiya qiladi.



3.1.Berilgan ma'-lumotlarni muxo-kama qiladi, aniqlik kiritadi,savol beradi.
Asosiy ma'lumotni yozadi

4 bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

4.1.Savol beradi:

1.Sun'iy omillarlar va ularning qo‘llanilishga talablar?

4.2.Mustaqil ish uchun vazifalar beradi: impulsli tokning afzalligi


4.1.Savollarga javob beradi
4.2. Eshitadi, yozib oladi


Elektr uyqu

Elektr uyquda organizmga past chastotali to‘g‘ri burchakli impuls toklari bilan ta'sir etiladi. Organizmga ta'sir ko‘rsatish uchun bitta elektrod (katod) yumilgan ko‘zlarga, ikkinchisi (anod) so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasiga qo‘yiladi. Bosh miyada uzoq vaqt va doimo bir xil va ritmik holda qaytariluvchi qisqa vaqtli zaif impulslar bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi va fiziologik uyquga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi. Elektr uyqu tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligini trenirovka qildiradi va asosiy jarayonlar orasidagi buzilgan o‘zaro aloqalarning tiklanishini yuzaga keltiradi, fiziologik uyquni yo‘lga qo‘yuvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Elektr uyquni amalga oshirish uchun ko‘z-ensa sohasiga joylashtirilgan elektrodlardan foydalaniladi. Bunda tok bosh suyagining tabiiy teshigidan ichkariga kiradi. Uyqu uchun adekvat impuls chastotalari muolajaning boshidayoq tanlanib olinishi va uni keyingi muolajalarda ushlab turmoq zarur, uni faqat bemor tomonidan yomon qabul qilishda o‘zgartiriladi.

Past chastotali impuls toklari o‘rganib qolish xususiyatini yuzaga keltirishi mumkin, shuning uchun bir muolaja vaqtida tok kattaligini doimiy, keyingilaridan agar bemorlarda yomon xissiyotlar bo‘lmasa, uni oshirib borish kerak. Tok kuchi katta bo‘lganda bemorlarda chumoli yurish, kichik bo‘lganida mushaklarning yengil tortilish xissiyoti seziladi. Elektr uyquda quyidagi sub'ektiv sezgilar seziladi : kiprikda og‘irlik, yengil tebranish, yoqimli bosh aylanish, hayolning qochishi, mudrash holatidan asta-sekin uyquga o‘tish. Muolajalar qorong‘ilashtirilgan, shovqin kirmaydigan tinch xonada o‘tkaziladi. Elektr uyqu nevroz, gipertoniya, endigina boshlanib kelayotgan miya tomirlarining sklerozida, ekzema, oshqozon yara kasalligi va boshqa kasalliklarda tavsiya etiladi. Elektr uyqu muolajasini o‘tkazishda “Elektroson - 4”, “Elektroson - 3” apparatlaridan keng foydalaniladi. Muolaja 10-30 minutdan 2-4 soatgacha o‘tkaziladi, har kuni yoki kun ora.

Diadinamik toklar

Diadinamoterapiyada 2 xil yarimsinusoidal shakldagi impuls toklari qo‘llaniladi, ya'ni chastotasi 50 Gs (bir taktli uzluksiz) va 100 Gs (ikki taktli uzluksiz). Bu toklar Bernar tomonidan davolash amaliyotida qo‘llash uchun taklif qilingan, shuning uchun Bernar toklari ham deb ataladi.

Bir taktli tok ta'sirida mushakning keskin qisqarishi kuzatiladi, natijada tok qo‘zg‘atuvchi ta'sirini uyg‘otadi.

Ikki taktli tok ta'sirida terining elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyati oshiriladi, sezuvchanlik kengligini ko‘paytiradi, tormozlash, og‘riq qoldirish effektini yuzaga keltiradi.

Bir va ikki taktli impuls toklarining bir xil uzluksiz qaytarilishi organizmning unga o‘rganishiga, asab-mushak apparatining charchashiga olib keladi. Shuning uchun maxsus apparatlar yordamida diadinamik toklarning qisqa va uzun davrli modulyasiyalari ishlab chiqiladi va undan foydalaniladi. Qisqa davrli tok ta'sirida qon aylanish tezlashadi, qon tomirlari kengayadi, qon oqimi tezlashadi, ta'sir joyidagi harorat ko‘tariladi, modda almashinuvi faollashadi. Uzun davrli tok ta'sirida qisqargan mushaklarning qo‘zg‘aluvchanlik effekti kamayadi, tormozlanish, og‘riq qoldirish xususiyati ortadi. Bundan tashqari uzuq-uzuq ritmli toklar (Sinkop ritmi), bir taktli to‘lqinsimon va ikki taktli to‘lqinsimon toklar qo‘llaniladi. Tokning mana shu turlari o‘ziga xarakterli bo‘lgan fiziologik ta'sir ko‘satadi va ular muayyan tartib bilan qo‘llaniladi. Masalan : ikki taktli uzluksiz tok avval sezuvchi sohaga, keyin esa harakatlantiruvchi sohaga tormozlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Bir taktli uzluksiz tok ikki taktli tokdan keyingina qo‘llaniladi, u qo‘zg‘atuvchi va ancha vaqtdan keyingina susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Impulsli toklar ta'sirida patologik o‘choq sohasida vegetativ bog‘lamlarning qo‘zg‘alish hisobiga qon aylanish, ionlar konsentratsiyasi va membranalarning o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi, gistamin va boshqa kimyoviy aktiv moddalar ajraladi, to‘qimalarning himoya xususiyati oshadi, funksiya normallashadi. Diadinamik toklar bir qator kasalliklarda qo‘llaniladi. Masalan : mushaklar lat yeganda, bog‘lamlarning cho‘zilishida, periartritlarda, og‘riq sindromi bilan birga davom etadigan periferik nerv sistemasi kasalliklarida va boshqa kasalliklarda, jaroxatlarda keng foydalaniladi.

Sinusoidal modullangan toklar (amplipulsterapiya)

V.G.Yasnogorodskiy tomonidan taklif etilgan. Tovushli chastotasiga ega bo‘lgan (5000 Gs) modullangan sinusoidal toklar bilan ta'sir ko‘rsatiladi, u teri orqali yaxshi o‘tadi va chuqur joylashgan to‘qimalarga ta'sir ko‘rsatadi. Bu xilda tok kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta'sir etganligi uchun uning 10-150 Gs atrofidagi past chastotali, ya'ni mushaklar biotoklarining chastotasiga yaqin keladigan chastotali modulyasiyasidan keng foydalaniladi. Shu toklarga organizm tez o‘rganib qolmasligi uchun modulyasiya chastotasi o‘zgartirilib turiladi, ularning qo‘zg‘atuvchi ta'sirini kuchaytirish va chuqurroq kirib borishi uchun esa modulyasiya chuqurligi, ya'ni shu tebranishlar amplitudasi o‘zgartirilib boriladi.

Modullangan sinusoidal toklarining quyidagi turlari tafovut qilinadi :

1.”O‘zgarmas modulyasiya” toki – 1-turdagi chastotasi modullangan 10-150 Gs tok.

2.Modullanmagan dastlabki tok, chastotasi 5000 Gs li tok.

3.”Yuboriladigan tok-pauzalar” toki – 2-turdagi chastotasi 10 Gsdan 150 Gs gacha boruvchi modullangan tebranishlar yuborishning pauzalar bilan almashinib borishi.

4.”Modullangan va modullanmagan tebranishlarni yuborish” toki – chastotasi 10 Gsdan 150 Gsgacha boradigan bir qancha impulslar ko‘rinishidagi modullangan tebranishlar yuborishni modullanmagan “ish chastotasi”, ya'ni 5000 Gsli tokni yuborish bilan navbatma-navbat berish.

5.”O‘zgarib turadigan chastotalar” toki – ikkita modullangan chastotalarning o‘zgarmas 150 Gs chastota va 10 Gsdan 150 Gsgacha atrofida o‘zgarib turadigan chastota bilan navbatma-navbat berish.

Modulyasiya chuqurligi – modullangan tebranishlar amplitudasini dastlabki tok amplitudasiga qaraganda 0 dan 100% gacha boradigan doirada oshirish yoki kamaytirish. Tok davomiyligini 1 sekunddan 5 sekundgacha o‘zgartirib turish mumkin. Barcha turdagi toklarni odatdagi yoki to‘g‘rilangan rejimida qo‘llash mumkin. Ishlatiladigan toklardan har birining o‘z fiziologik ta'sir xususiyatlari va ishlatiladigan o‘rni bor. Masalan : “o‘zgarmas modulyasiya” toki, “yuboriladigan tok - pauzalar” toki asab-mushak to‘qimalarigagina emas, balki chuqur joylashgan to‘qimalarga ham qo‘zg‘atuvchi ta'sir ko‘rsatadilar va ulardan elektrostimulyasiya uchun foydalaniladi. “O‘zgarib turadigan chastotalar” toki, “modullangan va modullanmagan tebranishlarni yuborish” toklar sust ta'sir ko‘rsatib, to‘qimalarni qo‘zg‘atadi va u kuchli og‘riq vaqtida qo‘llaniladi. Modullangan sinusoidal toklar og‘riqni qoldirib, periferik qon aylanishini hamda asab-mushak apparatining funksional holatini yaxshilashga olib keladi. Sinusoidal modullangan toklar bir qator kasalliklarda qo‘llaniladi : tayanch-harakat apparati jarohatlarida, qo‘l-oyoq, umurtqa pog‘anasi, bo‘g‘imlarning distrofik kasalliklari, mushak parezlari, falajlar va boshqa kasalliklar.

Yuqori chastotali va yuqori kuchlanishli toklar elektrodlar atrofida magnit, elektr, elektromagnit maydonlarni hosil qiladi va ular orqali organizmga fiziologik ta'sirini ko‘rsatadi. Hosil bo‘ladigan maydonlar energiyasi organizmga chuqur kirib borib, u yerda joylashgan to‘qimalarda murakkab fizik-kimyoviy o‘zgarishlar paydo qiladi.

Asosan 5 turdagi yuqori chastotali va yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan toklar qo‘llaniladi :

1.Darsonvlizatsiya

2.Franklinizatsiya

3.Induktotermiya

4.UVCh terapiya -ultra yuqori chastotali elektr maydoni

5.SVCh(mikroto‘lqin) terapiya - o‘ta yuqori chastotali (elektromagnit maydoni)

So‘ngi yillarda elektr, magnit, elektromagnit o‘zgarmas va o‘zgaruvchan maydonlari davolash maqsadlarida muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda.

Darsonvalizatsiya

Darsonvalizatsiya - yuqori kuchlanishli (20 kV gacha), kichik kuchli (0,015 – 0,02 mA) va yuqori chastotali (110 kGs) impuls toklar bilan davolash usulidir. Bu tok turini birinchi marta fransuz olimi D.Arsonval taklif qilgan. D.Arsonval toklari teriga elektroddan tushib turadigan mayda-mayda uchqunlar bilan, hamda bu uchqunlardan havoda paydo bo‘ladigan ionlar va kimyoviy moddalar (ozon, azot-oksid va boshqalar) bilan ta'sir ko‘rsatadi. Bu bemorda igna sanchilish xissiyotini uyg‘otadi, ayni vaqtda issiqlik sezilishi paydo bo‘ladi.

Muolajalarni o‘tkzishda “Iskra” apparatidan foydalaniladi. Bunda 7 xil shakldagi shisha vakuumli elektrodlardan foydalaniladi va asosan ikki xil usul qo‘llaniladi, ya'ni labil va stabil.

D.Arsonvl toklari teridagi retseptorlarning sezgirligini pasaytirib, tomir va sfinkterlarning spazmini yo‘qotuvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ular to‘qimalar trofikasiga ta'sir etib, to‘qimalarda modda almashinuvini kuchaytiradi.

Ko‘rsatmalar : yurak nevrozi, venalarning varikoz kengayishi, gipertoniya, klimakterik buzilishlar, quruq ekzema, teri qichishi, nevralgiya, soch to‘kilishi, trofik yara va jaroxatlar, anusning yorilishi, gemorroy, parodontoz, surunkali gingivit, vazomotor rinit, eshitish nervining nevriti va h.z.

Qarshi ko‘rsatmalar : tokni ko‘tara olmaslik, yomon sifatli shishishlar, qon ketishga moyillik, miokard infarkti, isteriya v h.z.



Franklinizatsiya

Bu yuqori kuchlanishli (50-60 kV gacha) doimiy elektr maydoni bilan davolashdir. Hosil bo‘lgan maydonda, elektr zaryadlarining joyini o‘zgartirishi hisobiga, havodagi gazli molekulalarning parchalanishi hosil bo‘ladi. Havo tok o‘tkzuvchan bo‘lib qoladi, aeroionlar oqimi hosil bo‘ladi, natijada muolaja olayotgan bemor kuchli bo‘lmagan “elektr shaboda”ni sezadi. Franklinizatsiya yuqori kuchlanishli doimiy elektr maydonining aeroionlar va havo ionizatsiyasi mahsulotlarining – ozon, azot okisi ta'siriga asoslangan.

Elektr maydoni ta'sirida to‘qimalarda elektr zaryadlangan dipol molekulalar harakatining o‘zgarishi hosil bo‘ladi, shuningdek zaif doimiy tok hosil bo‘ladi.

Ozon va azot okisi teri retseptorlarini va yuqori nafas yo‘llarining shilliq pardalarini qo‘zg‘atadi, bu esa afferent yo‘llari bo‘yicha impulslarni MNSga yetkazadi, u yerda tormozlovchi jarayonlarni stimullaydi va bu bilan vegetativ nerv sistemasining funksiyasini oshiradi. Retseptorlarning qo‘zg‘alishi yuzaki kapillyarlarning qisqa vaqtli torayishini hosil qiladi va mahalliy haroratni pasaytiradi, keyinchalik kapillyarlarning kengayishi kuzatiladi va mahalliy harorat oshadi. Bunday reaksiyalar faqat yuzaki emas, balki chuqur to‘qimalarda ham qon serkulyasiyasining o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Bu MNSning funksional holatida o‘zgarishga olib keladi, u tormozlanish jarayonlarining ortishi, kayfiyatning va uyquning yaxshilanishi, ishtahaning ortishi bilan yuzaga chiqadi. Shuningdek vegetativ nerv sistemasini normallashtiruvchi ta'sir kuzatiladi, u og‘riqning kamayishi, teri qichishishida retseptorlar sezuv-chanligining pasayishi, modda almashinuvining tezlashishi, bakteriotsid ta'siri, yaralarning tez bitishi holida amalga oshadi.

Muolajani o‘tkazishda AF-3, AF-2 apparatlaridan foydalaniladi. Muolaja umumiy va mahalliy holda qabul qilinadi. Mahalliy franklinizatsiyada 3ta darajali kuchlanishdan foydalaniladi, bu darajalarning har biri kuchlanishni 5 kV ga oshirib beradi. Umumiy franklinizatsiyada bemorlar yechinmasdan stulda o‘tirgan holatda qabul qiladilar. Sochlardagi metalli buyumlar olib qo‘yilganidan keyin boshdan 15-20 sm balandlikda elektrod qo‘yiladi.

Ko‘rsatmalar : umumiy franklinizatsiyaga – MNSning funksional kasalliklari (ayniqsa bosh og‘riqlari va uyqusizlik bilan kechadigan kuchli asabiylashish), I- va II-darajali gipertoniya kasalligi, aqliy va jismoniy charchash holatlari; mahalliy franklinizatsiya – teri qichishi, teri sezuvchanligining pasayishi, trofik yara, sekin bituvchi infeksiya tushgan jarohatlar.

Qarshi ko‘rsatmalar : yomon sifatli o‘smalar, arterial bosimning pasayishi, qon ketishga moyillik, tana haroratining ko‘tarilishi, o‘pka silining faol shakli, nerv sistemasining organik kasalliklari, II- va III-darajali yurak yetishmovchiligi, kaxeksiya.

Induktotermiya

Bu yuqori chastotali magnit maydoni bilan davolashdir. Indukta – to‘plash, termo – issiqlik,ya'ni issiqlikni to‘plash ma'nosini bildiradi.

Apparatga ulangan yuqori voltli kabel o‘ramlari atrofida yuzaga keladigan magnit maydoni bemor tanasida induksion toklar – Fuko toklari paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu toklarning hosil bo‘lishi to‘qimalarning qizishiga olib keladi. Issiqlik asosan elektrni yaxshi o‘tkazuvchi to‘qimalarda, ya'ni qon, limfa, parenxematoz organlar to‘qimasi, mushaklarda hosil bo‘ladi. Issiqlik to‘qima ichkarisida (6-8 sm) hosil bo‘ladi, teri va teri osti kletchatkasida kamroq. Induktotermiya o‘rta hisobda mahalliy haroratni 3-4 gradusga oshiradi, kamida esa 1-1,5 gradusga. Haroratning ko‘tarilishi to‘qimalarning periferik va chuqur qismida qon aylanishni kuchaytiradi, fermentlar almashinuvi jarayonlarini tezlashtiradi. Induktotermiya ta'sir qilgan joyda suyak to‘qimalarida kalsiyning yig‘ilishi ortadi. To‘qimalarning bitishi va regeneratsiyasining tezlashishi kuzatiladi. Buyrak usti bezi po‘stlog‘ining glyukokortikoid funksiyasini stimullaydi, katexolaminlarning sekretsiyasi oshadi. So‘rilish jarayonlari tezlashadi, organizmning immunologik xususiyati yaxshilanadi, fagotsitozning faolligi ortadi, tomir, ichak, bronxlar, sfinkterlarga antispazmatik ta'sir ko‘rsatadi. Muolaja IKV-4, DKV-2 apparatlari yordamida o‘tkaziladi. Bunda elektrod vazifasini bajaruvchi induktor disk va induktor kabel qo‘llaniladi.

Ko‘rsatma : tayanch-harakat apparatining, kichik tos organlarining, siy-dik qopining, nafas organlarining, hazm organlarining, LOR organlarining o‘tkir osti va surunkali kasalliklari, o‘tkir va surunkali nefrit, nevrit, radikulit, artrit va artroz.

Qarshi ko‘rsatma : terining og‘riq va harorat sezuvchanligining buzilishi, seringomieliya, o‘tkir yiringli jarayonlar, yomon sifatli o‘smalar, qon ketishga moyillik, silning faol shakli, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti.

Tibbiyot amaliyotida bundan tashqari bir yo‘la bir necha xil ta'sir ko‘rsatish usuli ham qo‘llaniladi. Masalan : dorili elektroforez va induk-totermiyadan bir vaqtning o‘zida foydalanish mumkin. Bunda ikkala usul-ning terapevtik aktivligi oshadi, ya'ni to‘qimalarning o‘tkzuvchanligini induktotermiya usuli yaxshilaydi, bu esa dori moddalarining to‘qimalarga ichkariroq kirishiga yordam beradi. Muolaja vaqtida prokladka dori moddasi bilan namlanadi, ustiga qo‘rg‘oshinli elektrod qo‘yiladi, uning ustidan induktor disk qo‘yiladi.

Bundan tashqari, induktorbalchiq usuli keng qo‘llaniladi. Muolaja o‘tkazish vaqtida il yoki torf balchig‘idan foydalaniladi. Muolaja boshida avval ta'sir etish sohasiga balchiq surtiladi, so‘ngra uning ustiga induktor disk qo‘yiladi. Natijada organizmga balchiqdagi foydali kimyoviy elementlar, biologik aktiv moddalar kirgiziladi.

UYuCh (UVCh)-terapiya

Davolash maqsadida ultra yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi. Ultra yuqori chastotali elektr maydoni uzluksiz va impulsli rejimda qo‘llaniladi. Impulsli rejimda elektr maydonining kuchli impuls seriyalari va ular o‘rtasidagi pauza almashinib turadi. Ultra yuqori chastotali impulsli elektr maydonining organizmga ta'siri MNSga kuchli “urishlar” hosil qilish bilan namoyon bo‘ladi, bu vaqtincha parabiozga olib keladi. Bunday mexanizm MNSda dimlanish jarayonlarini bartaraf etishga qaratilgan.

UYuCh o‘zgaruvchan elketr maydoni teridagi retseptorlarga ta'sir etmasdan chuqur kirib boradi, u yerdagi to‘qimalarda issiqlik hosil bo‘lishiga olib keladi. UVCh maydon ta'siri tok o‘tkazuvchi suyuqlikda ionlar tebranish yo‘nalishini chaqiradi, dielektrik to‘qimalarda yadro va elektronlar tebranishini qutb molekulalari o‘rta holat atrofida aylanma harakatni yuzaga keltiradi. Ionlar, dipol va qutb molekulalar holatining o‘zgarishi issiqlik hosil bo‘lishiga olib keladi. Issiqlikning hosil bo‘lishi ko‘proq maydon quvvatiga va to‘qimalarning energiyani o‘ziga olishiga bog‘liq. UYuChning issiqsiz dozirovkada qo‘llanilishi yaqqol bo‘lgan ossilyator ta'sirni chaqiradi. Zaryadlangan tolachalarning tebranishli harakatlari to‘qimalarning, ayniqsa kolloidlarning hujayra va molekulyar tuzilishida fizikaviy-kimyoiy o‘zgarishlarga olib keladi.

UYuCh elektr maydonining fiziologik ta'siri uning dozasiga bog‘liqdir : kuchsiz dozalari to‘qimalar va organlar funksiyasini oshiradi, kuchli dozalari aksincha ularning funksiyalarini susaytirib qo‘yadi. Masalan : kuchsiz dozalar o‘t (safro) ishlab chiqishini kuchaytirsa, kuchli dozalari susaytiradi; kuchsiz dozalari nerv regeneratsiyasini tezlashtiradi, kuchlilari susaytiradi. UYuCh elektr maydonining ta'siri ostida granulyasiyalarning o‘sishi tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi kuchayadi, qon va limfa oqimining kuchayishi tufayli to‘qimalarning oziqlanishi yaxshilanadi, shunga ko‘ra to‘qimalar har xil zararli ta'sirlarga yaxshiroq bardosh beradi, tomirlarning o‘tkazuvchanligi kuchayadi, bu ekssudatlarning tezroq so‘rilib ketishiga va to‘qimalardagi shishning qaytishiga yordam beradi, fagotsitlarning qondan to‘qimalarga chiqishi osonlashadi. UYuCh elektr maydoni ta'siriga bosh miya bilan orqa miyadagi vegetativ markazlarning xujayralari, shuningdek vegetativ tugunlarining hujayralari sezgirdir. Bu maydon ta'siri ostida organizmda moddalar almashinuvi kuchayadi va faollashadi, immunologik jarayonlar kuchayadi, u yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, antispazmatik ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lnish o‘chog‘ida kalsiy ionlari sonini oshiradi, u yerdan zaharli maxsulotlarining so‘rilishini sekinlashtiradi, bakteriyalarning hayot faoliyatini pasaytiradi.

Muolaja o‘tkazish uchun partotiv “UVCh-4”, “UVCh-30”, “UVCh-62”, “UVCh-66” va statsionar “Ekran-1”, “Ekran-2”, “UVCh-300”, “Impuls-2”, “Impuls-3”, “UVCh-54” apparatlaridan foydalanib, elektr maydon kondensator plastinalar yordamida havo bo‘shlig‘i orqali uzatiladi.

UYuCh-terapiya tavsiya etilganda quyidagi holatlarni esda tutish zarur:

1.Kondensator plastinalar yaqinlashganda maydon zichligi oshadi, ular orasidagi masofa uzoqlashganda maydon zichligi kamayadi va tarqalishi ortadi.

2.Agar maydonga yod metall buyumlar tushsa, u o‘ziga elektr maydonini qaratadi, ya'ni metall buyum atrofida maydon yig‘ilishi kuzatiladi.

3.Kondensator plastinalarining burchak ostida joylashishida elektr maydoni bir me'yorda bo‘lmaydi va bir-biriga juda yaqin tursa issiqlik ta'siri ko‘p bo‘lmaydi.

4.Kondensator plastinalarining yuzasi bir xil bo‘lmasa, u holda kichik yuzalida maydon zichligi ko‘payadi va bu yerda biofizik jarayonlar va organizm reaksiyasi yaqqolroq bo‘ladi.

5.Kondensator plastinalar joyidan qo‘zg‘atilsa maydonning bir xilligi o‘zgaradi.

UYuCh-terapiya kasalliklarining hamma davrida qo‘llanilishi bilan boshqa usullardan afzalroq hisoblanadi, Uni o‘tkir yiringli kasalliklarda, yallig‘lanish jarayonlarida, atoniyalarda, spazmlarda, nevrit, nevralgiyalarda va h.z. tavsiya etiladi. Qon ketishga moyillik, yomon sifatli o‘sma, II – III darajali yurak yetishmovchiligi, aorta anevrizmi, gipotoniya, miokard infarkti bo‘lsa tavsiya etilmaydi.

Muolaja maxsus tayyorlangan xonalarda o‘tkaziladi. Bu xonalarda metall buyumlarning bo‘lishi mumkin emas, devorlari ichkaridan qo‘rg‘oshinli rezina bilan qoplanadi.

O‘ta yuqori chastotali terapiya (mikroto‘lqinli, SVCh-terapiya)

Davolash maqsadida o‘ta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlari qo‘llaniladi. Tebranishlarning to‘lqin uzunligi 1 metrdan 1 mmgacha, tebranish chastotasi 300 dan 30000 mGs gacha. Bunda uzunligi 1 mm – 1 sm keladigan to‘lqinlar (santimetrli - SMT) va 10 sm – 1 m keladigan to‘lqinlar (ditsemetrli - DMT) dan foydalaniladi.

Elektromagnit to‘lqinlar spektrida ular ultraqisqa to‘lqinlar va infraqizil nurlari orlig‘ida yotadi.

Mikroto‘lqin energiyasi ichkariga kirish va to‘qimalar tomonidan qabul qilish xususiyatiga ega.

SMT va DMT organizmga bo‘lgan ta'sirida turli to‘qimalarda qabul qilingan energiyaning taqsimlanishi bilan farq qiladi, masalan : SMT energiyasi 5 – 6 sm, DMT esa 7 – 8 sm ichkariga kiradi. Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi mikroto‘lqinlarni sust yutadi, lekin suvga boy to‘qimalar va muhitlar to‘lqinlarni ko‘proq yutadi.

Mikroto‘lqinlar ta'sirida suvning dipol molekulalari va ionlarning muhitdagi harakati yuz berib, u maydon kuch chiziqlari yo‘nalishiga mos tushadi, bu mikroto‘lqin energiyasining issiqlikka aylanishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa qonda, limfada, parenximatoz organlarda, mushaklarda va h.z. Mikroto‘lqin energiyasi ta'siriga va to‘qimalar tomonidan uni qabul qilishga javoban xujayralarning bioximik holatida, kolloid tuzilmalarining disperstlik darajasida, osmotik bosimda, ichkariga kirishida o‘zgarishlar yuz beradi. Issiqlik va issiqliksiz effektlarining paydo bo‘lishi ta'sirning intensivligi va to‘qimalarning qancha miqdorda energiyani qabul qilishiga bog‘liq.

Zaif intensivlikdagi mikroto‘lqinlar qo‘llanilganda, issiqlik ajratuvchi chegaradan past bo‘lganda 0,01 vt/sm2, biologik ta'sir mexanizmida isssiqsizlik effekti yuqori bo‘ladi. Katta ko‘rsatkichli oqimlar zichligi qo‘llanilganda – mikroto‘lqinlar quvvati 0,01 vt/sm2 dan katta biologik ta'sir mexanizmida issiqlik effekti yuqori turadi, bu ko‘p miqdorda suv saqlovchi to‘qimalarda issiqlikning endogen hosil bo‘lishiga bog‘liqdir.

O‘YuCh – ta'sir mexanizmi nerv – reflektor – gumoral deb qaraladi. Natijada biologik aktiv moddalar hosil bo‘ladi.

O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni ta'sirida ta'sir etilayotgan joydagi to‘qimalarning harorati oshadi (katta intensivlikda butun tana harorati oshishi mumkin). Mikroto‘lqinlarning davolash dozalari og‘riq qoldirish, yallig‘lanishga qarshi, bakteriostatik ta'sir, to‘qimalarning oziqlanishini yaxshilovchi, regenerativ jarayonlarni stimullash xususiyatiga egadir. Mikroto‘lqinlar ta'siri quyidagilarda aniqlangan, ya'ni kapillyar qon aylanish tezlashgan, kpillyarlarning o‘tkazuvchanligi ortgan. Kichik dozalarda MNSda asosiy jarayonlarga stimullovchi ta'sir ko‘rsatadi, buyrak usti po‘stlog‘ining gormonlar sintezini oshiradi, vegetativ nerv sistemsi funksiyasining vagotonik yo‘nalishi kuzatiladi. SMT va DMT diapozonlarining farqi quyidagicha :

-SMT – terapiyada hosil bo‘lgan energiya 5 – 6 sm chuqurlikka, DMT – terapiyada 7 – 8 sm, ba'zi holatlarda 10 – 12 smgacha chuqurlikka kiradi.

-SMT – terapiyada issiqlik to‘qimalarning yuza qismida hosil bo‘ladi, DMT – terapiyada ham yuza, ham ichki qismida hosil bo‘ladi.

-DMT – terapiya usuli yurak-qon tomir sistemasi funksiyasiga ta'sir etib, miokardning qisqarish funksiyasini yaxshilaydi, yurak mushaklarida modda almashinuvini faollashtiradi. Periferik qon tomirlari tonusini pasaytiradi, natijada mikrotsirkulyasiya yaxshilanadi.

Muolaja o‘tkazishda quyidagi apparatlardan foydalaniladi : SMT – terapiya uchun – LUCh-58, LUCh-2, DMT – terapiya uchun – Volna-1, Volna-2, Romashka. Elektrod sifatida silindrsimon, konussimon, aylanasimon, to‘g‘ri burchak shaklidagi nurlatkichlardan foydalaniladi.

O‘ta yuqori chastotali terapiya quyidagi kasalliklarda keng qo‘llaniladi: qo‘l-oyoq va umurtqa pog‘anasi bo‘g‘imlarining degenerativ distrofik kasalliklarida (deformatsiyalangan osteoartroz va spondilez, tovon suyagining shporasi), periferik nerv kasalliklarida (neyromiozit, nevrit, pleksit, nevralgiya), revmatoid artrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, obleterik endoartrit, LOR va ayollar jinsiy organlarining yallig‘lanish kasalliklari, gidradenit, operatsiyadan keyingi infiltrat va h.z.

Muolajalar o‘tkazishda ma'lum talablarga javob beradigan alohida joylashgan va himoyalangan xonalardan foydalaniladi.

Xulosa

Ma'ruzada doimiy impulsli toklar, yuqori chastotali va kuchlanishli tok va maydonlarning organizmga ta'siri ko‘rib chiqildi. Talabalar fiziologik ta'sir xususiyatlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar bilan tanishdilar.



Tinglovchilar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun savollar

1.Elektruyquda ta'sir etuvchi fizik omil va uning ta'sir mexanizmi.

2.DDTda qo‘llaniladigan fizik omillarga xarakteristika.

3.Amplipulsterapiyada qo‘llaniladigan ish tartibotlari haqida tushuncha bering.

4.Darsonvalizatsiyaning ta'sir etuvchi omilini va ta'sir mexanizmini ayting.

5.UVCh-terapiyaning ta'sir etuvchi omili qaysi?

6.UVCh elektr maydonining fiziologik ta'siriga xarakteristika.

7.UVCh- va SVCh-terapiya nimasi bilan farq qiladi? Ta'sir mexnizmi.

8.Induktotermiyaning ta'sir etuvchi omillari va ta'sir mexanizmi.

9.Elektrostatik dush nima? Ta'sir etuvchi omili.

10.Magnitoterapiyaning afzallik xususiyatlari nimada?


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI

SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

«XALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA

JISMONIY TARBIYA» KAFEDRASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Professor Teshaev O.R._________

«____» ______________20____yil


MA'RUZA MAVZUSI:

SUN'IY FAKTORLAR (YORUG‘LIK BILAN DAVOLASH,

AEROZOLTERAPIYA, ULTRATOVUSHTERAPIYA, MAGNITOTERAPIYA, BAROTERAPIYA)

(davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalari uchun)



Ma'ruzachi: dotsent Adilov Sh.Q.

katta o‘qituvchi Badalova G.N.

MAVZUSI:SUN'IY FAKTORLAR (YORUG‘LIK BILAN DAVOLASH,

AEROZOLTERAPIYA, ULTRATOVUSHTERAPIYA, MAGNITOTERAPIYA, BAROTERAPIYA)

(davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalari uchun)



MA'RUZANING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni -

Vaqt – 90 daqiqa

O‘quv darsining shakli

Ma'ruza


Ma'ruza rejasi

1.Qo‘llaniladigan yorug‘lik nurlarining turlari va ularga xarakteristika.

2.Aerozol, aeroiono va gidroaeroionoterapiya haqida tushuncha va qo‘llanilish usullari.

3.Ultratovushning ta'sir mexanizmi va ahamiyati.

4.Magnitoterapiyani davolash maqsadida qo‘llash.

5.Baroterapiya turlari va qo‘llaniladigan usullari.

6.Shifobaxsh massajda qo‘llaniladigan asosiy usullar, turlari va uning ahamiyati.



Ma'ruza maqsadi: Talabalarni davolash va kasallikni oldini olishda yorug‘lik nurlari, aerozol turlari, aeroion va gidroaeroion, ultra tovush, magnitoterapiya, bosim va shifobaxsh massaj haqida tushuncha berish, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar bilan tanishtirish. Ularning ahamiyatini ta'kidlab o‘tish.

O‘qituvchi vazifalari:

1.Yorug‘lik nurlari bo‘yicha talabalar bilimini chuqurlashtirish va mustaxkam-lash.

2.Talabalarga aerozol, aeroiono va gidroaeroionoterapiya va qo‘llanilish usullari haqida tushuncha berish.

3.Talabalarni ultratovushning ta'sir mexanizmi va ahamiyati bilan tanish-tirish.

4.Talabalarni magnitoterapiya va baroterapiya davolash usullarini qo‘llash bo‘yicha tushuncha berish.

5.Talabalarni shifobaxsh massajda qo‘llaniladigan asosiy usullari, turlari va uning ahamiyati bilan tanishtirish.



O‘qish jarayoning natijalari:

Ma'ruzani eshitgach talabalar quyidagilarga javob bera olishadi:

  1. 1.Sun'iy omillar haqida tushunchani bilish.

  2. 2.Sun'iy fizik omillarning ta'sir mexanizmi.

  3. 3. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

  4. 4. Fiziodavolashda qo‘llaniladigan apparatlar.

  5. 5. Reabilitatsiya tadbirlarini (fizioterapevtik muolaja usullarini) o‘tkazish.

O‘qitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizual, texnika: blits-so’rov, savollar «ha-yo‘q»

O‘qitish vositalari

Lazerli proektor, ma'ruza materiallari, ma'lumot manbalari bilan ta'minlash

O‘qitish shakllari

Jamoa

O‘qitish sharti

Auditoriya

MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI

Bosqichlar, vaqti – 90 daq.

Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish (5 daq.)



1.Mavzu nomi, maqsadi, ma'ruza natijalari va rejasini e'lon qiladi.

1. Eshitadilar

2 bosqich

Bilimni jamlashtirish

(15 daqiqa)


2.1.Talabalar bilimini jamlash maksadida savollar beradi:

1.Qanday yorug‘lik nurlarini bilasiz?

2.Aerozolterapiya nima?

3.Ultartovush, magnito va baroterapiya deganda nimani tushunasiz?

4.Massaj va uning turlari haqida nimani bilasiz?

Blits so‘rov o‘tkazadi.

2.2.Ma'ruza maqsadi bilan tanishtiradi.


2.1. Savollarga javob beradilar.
2.2.Ma'ruza maq-sadini o‘rganadi.


3 bosqich

Ma'lumot berish

(60 daqiqa)


3.1. Ma'ruza materiallarini rejadagi savollar asosida ketma-ketlik bilan tushuntiradi va aniq savollar beradi:

Rejadagi 1 savol: Ingalyasiyaga tushuncha bering.

Rejadagi 2 savol: Qo‘llanilayotgan sun'iy fizik omillarning ta'sir mexanizmlarni ayting.

Rejadagi 3 savol: O‘rganilayotgan fizik omillarni qo‘llashda foydalaniladigan apparatlarni sanab o‘ting.

Rejadagi 4 savol: Fizioterapevtik muolajalarda qo‘llaniladigan qanday usularni bilasiz?

Mavzuning asosiy qismlariga e'tiborni qaratadi va yozishni tavsiya qiladi.



3.1.Berilgan ma'-lumotlarni muho-kama qiladi, aniqlik kiritadi,savol beradi.
Asosiy ma'lumotni yozadi

4 bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

4.1.Savol beradi:

1.Ultrabinafsha nurining qo‘llanilishiga talablar?

4.2.Mustaqil ish uchun vazifalar beradi: impulsli tokning afzalligi


4.1.Savollarga javob beradi
4.2. Eshitadi, yozib oladi

Hayotimiz davomida doimo quyosh nurlari ta'siri ostida bo‘lamiz. Ular organizmga har xil ta'sir qiladi, bu ularning to‘lqin uzunligiga bog‘liq. To‘lqin uzunligi qanchalik katta bo‘lsa, ular shunchalik ko‘zga ko‘rinmas bo‘ladi. Tibbiyot amaliyotida ko‘zga ko‘rinmas nurlaridan kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida keng foydalaniladi. Tovush to‘lqinlari muhitning mexanik tebranishi natijasida paydo bo‘ladi. Odamning eshituv apparati chastotasi 16 gsdan 16 kgsgacha boradigan tovush tebranishini sezadi. Tebranishlarning soni 16 kgsdan ko‘p bo‘lsa ultratovush to‘lqinlari deyiladi, tebranishlarning soni 16 kgsdan kam bo‘lsa infratovush to‘lqinlari deyiladi. Fizioterapiya amaliyotida tebranishlarning soni 600 – 900 kgs keladigan tovush to‘lqinlaridan foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda bosimdan ham tibbiyot amaliyotida davolash maqsadida keng foydalaniladi.



Tibbiyot amaliyotida kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida infraqizil, qizil (ko‘rinuvchi) va ultrabinafsha nurlari keng qo‘llaniladi. Yorug‘lik oqimida ularning to‘lqin uzunligi har xildir, ya'ni infraqizil nurlarniki 400 mkm – 760 nm, ko‘rinuvchi nurlarniki 760 nm – 400 nmgacha, ultrabinafsha nurlarniki 400 nm – 180 nmgacha. Yorug‘likning fiziologik ta'siri murakkab va xilma xildir. Ularning ta'siri asosida reflektor mexanizmlar yotadi. Yutilgan yorug‘lik energiyasining to‘qimalar bilan o‘zaro ta'sir qilishi natijasida yuzaga keladigan mahsulotlar terida joylashgan retseptorlarning ta'sirlanishiga sabab bo‘ladi, buning natijasida kelib chiqadigan impulslar markaziy nerv sistemasiga beradi. Terida morfologik o‘zgarishlar ro‘y beradi va biologik aktiv moddalar hosil bo‘ladi, masalan, oqsil parchalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar va h.z. Ular qon va limfa oqimiga tushib, organizmga ta'sir ko‘rsatadi. Nurlarning bir qismi teridan qaytariladi, bir qismi esa organizmga yutiladi va boshqa turdagi energiyaga – issiqlik hamda kimyoviy energiyaga aylanadi. To‘lqin uzunligi har xil bo‘lgan nurlarning odam organizmiga yutilish darajasini o‘rganish katta ahamiyatga ega, chunki faqat yutilgan energiya biologik ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘rinadigan nurlarning to‘lqin uzunligi qancha kam bo‘lsa, bu nurlar teriga shuncha chuqur kirib boradi va aksincha. Infraqizil nur issiqlik hosil qilish xususiyatiga ega, shuning uchun uni issiqlik energiyasi ham deb ataladi. Ular organizmga ancha chuqur kirib boradi (4-5 sm). Teri retseptorlari issiqlik ta'siri natijasida tomirlarni reflektor yo‘l bilan kengayishiga va arterial qizarishiga sabab bo‘ladi. Shu sababdan infraqizil nurlari og‘riqni kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Ta'sir etilayotgan sohada qon shaklli elementlarining ko‘payishi va oksidlanish jarayonlarining kuchayishi almashinuvning yaxshilanishiga hamda patologik mahsulotlarning tezroq so‘rilib ketishiga olib keladi. Nur bilan ta'sir to‘xtatilganda teridagi qizarish yo‘qoladi. Ko‘rinuvchi nurlar organizmga 1-2 smgacha ichkariga kirib, issiqlik va fotoelektrik ta'sir ko‘rsatadi. Ultrabinafsha nurlari boshqa nurlarga qaraganda faol ta'sir etadi. Ular organizmga ta'sir etganda issiqlik sezgisini keltirib chiqarmaydi va terining eng yuza qatlamida yutiladi, ya'ni 1 mmgacha ichkariga kirishi mumkin. Uning ko‘p qismi epidermisga yutiladi va kam qismigina terining so‘rg‘ichli qatlamiga va yuzadagi tomir chigallariga yetib boradi. Terida pigmentlarning bo‘lishi uning yutilishini ko‘paytiradi, teri kapillyarlarini kengaytiradi, terining rangini o‘zgartiradi. Ultrabinafsha nurlari fotoelektrik va fotokimyoviy ta'sir qilish xususiyatlariga egadir.Bunda organizm to‘qimalaridagi har xil atomlarga ta'sir etib, ularni qo‘zg‘atadi va u yerda kimyoviy modda almashinuvining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida biologik aktiv moddalar hosil bo‘lib, qonga so‘riladi va organizmda javob reaksiyalarini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga organizmga ta'sir etib, raxitga qarshilik ko‘rsatadigan maxsus modda – vitamin D hosil bo‘ladi. Shuning uchun ultrabinafsha nurlari raxit kasalligining oldini olinishda qo‘llaniladi. Ular bakteriotsid ta'sir qilish xususiyatiga ega, bunda nurlar jarohat yuzasidagi, shilliq pardadagi, shuningdek havodagi bakteriyalarga bevosita, to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatadi, ya'ni ularni o‘ldiradi. Organizmga infraqizil va ultrabinafsha nurlari bilan ta'sir etilganda terida qizarish yuzaga keladi. Ular bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi :

A)infraqizil nurlanishda hosil bo‘ladigan qizarishga xos belgilar :

-qizarish nur ta'sir etish vaqtida yuzaga keladi, ta'sir tugagach yo‘qoladi;

-chegarasi aniq emas;

-rangi toshmaga o‘xshash;

-nurlanishdan so‘ng dog‘lar qolmaydi.

B)ultrabinafsha nurlanishda hosil bo‘ladigan qizarishga xos belgilar :

-qizarish 4-6 soatdan so‘ng paydo bo‘lib, o‘zining maksimal cho‘qqisiga 18-24 soatdan keyin chiqadi va terida 2-3 kun saqlanadi;

-chegarasi aniq;

-rangi yaqqol qizil;

-nurlanishdan so‘ng terida dog‘lar qoladi (zagar).

Nurlar tabiiy va sun'iy yorug‘lik manbalaridan olinadi. Tabiiy yorug‘lik manbai quyoshdir, sun'iy yorug‘lik manbalariga har xil apparatlar kiradi. Infraqizil nurlarini olish uchun Minin, Solyuks lampalari va yorug‘lik-issiqlik vannalaridan foydalaniladi. Ko‘rinuvchi nurlar qizuvchi lampa va kunduzgi lampalar orqali, ultrabinafsha nurlar simob-kvars trubkali lampalar yordamida olinadi.

Infraqizil va ko‘rinvchi nurlarga ko‘rsatmalar : o‘tkir osti va surunkali yallig‘lanish jarayonlari (infiltratning so‘rilishini tezlatish maqsadida), og‘riqlarning bo‘lishi, jaroxatlar, yaralar (yara yuzasini quritish va mikroorganizmlarga noqulay sharoit yaartish maqsadida).

Ultrabinafsha nurlarini umumiy usuli qo‘llaniladi : raxitda, madorsizlikda, asab sistemasining kasalliklarida. Mahalliy usuli : trofik yaralarda, nevralgiya, teri, bo‘g‘im va suyak sildan zararlanganda, zotiljam va h.z.

Nurlatishga qarshi ko‘rsatmalar : havfli o‘smalar, kaxeksiya, qon ketish va unga moyillik, o‘pka silining aktiv shakli, nefrit, o‘tkir ekzema va h.z.

Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida lazer nurlari keng qo‘llanilmoqda, shuningdek fizioterapiyada. Ular yuqorida ko‘rib chiqilgan nurlardan quyidagilar bilan farqlanadi :

-monoxromatikligi bilan, ya'ni optik spektorda 1 to‘lqin uzunligi bo‘lgan diapozonda bo‘ladi;

-kogerentligi bilan, ya'ni nurlanish elektromagnit tebranish chastotalari bilan mos tushadi va bir-birining ta'sirini kuchaytiradi;

-nurlar parallel holatda tarqaladi, shuning hisobiga boshqa nurlarga qaraganda yorug‘likni juda kam miqdorda yo‘qotadi;

-kichik bo‘lgan sohada katta quvvatli, yuqori bo‘lgan energiya hosil qiladi (jarrohlikda optik skalpel ravishda qo‘llaniladi);

-nurlanish juda yaxshi fotosirovka qilinadi, ya'ni ta'sir etish sohasiga aniq boradi.

Lazer nurlari to‘qimalarni termik jarohatlash, ya'ni kuyishga o‘xshash va mexanik effekt hosil qilib ta'sir ko‘rsatadi.Bu to‘qimalardagi bosimning oshishiga sabab bo‘lib, “to‘lqin zarbasi”ni hosil qiladi. Natijada endotoksinlar hosil bo‘ladi, to‘qimalarda ionizatsiya jarayonlari yuzaga keladi va elektromagnit maydoni to‘planadi. Shu bois katta quvvat hosil bo‘ladi, ular o‘smalarni parchalashda, to‘qimalarni kesishda, to‘r pardani yamashda keng qo‘llniladi. Fizioterapiyada past quvvatli lazer nurlari qo‘llaniladi. Bu nurlar fermentlarni faollashtiradi, epitelial va suyak to‘qimasi regeneratsiyasini, modda almashinuvini yaxshilaydi. Nurlar og‘riq qoldirish, kavernaning bitishi va ustini kapsula bilan qoplash, trofik yaralarning bitishini tezlashtirish, yallig‘lanishga qarshi ta'sir qilish va boshqa xususiyatlarga ega. Lazer nurlari optik, kvant generatorlari yordamida olinadi. Bu maqsadda fizioterapiyada LG-75, OKG-12, LT-1 (yagoda) apparatlari keng qo‘llaniladi.

Aerozolterapiya – dori moddalarini ingalyasiya usuli yordamida organizmga yuborishdir. Fizika nuqtai nazaridan aerozollar 2 fazali sistemadir, ya'ni bir fazada gaz holatida, ikkinchi fazada dispers holatida bo‘ladi. Aerozollarning ta'sir darajasi yuborilayotgan zarralarning nafas yo‘liga qanchalik ichkariga kirishi bilan baholanadi, bu esa zarralarning dispersligiga yoki kattaligiga bog‘liqdir. Aerozollarning 5 ta disperslik darajasi farqlanadi :

-yuqori disperslik -0,5 - 5 mkm

-o‘rta disperslik -5 – 25 mkm

-past disperslik-25 - 100 mkm

-kichik tomchili -100 - 200 mkm

-yirik tomchili-250 - 400 mkm

Nafas sistemasining qaysi qismi zararlanganligiga qarab aerozollarning har xil disperslik darajasi qo‘llaniladi. Masalan : alveolalar zararlanganda yuqori disperslik, yirik bronxlar zararlanganda o‘rta disperslik, yuqori nafas yo‘llari zararlanganda kichik yoki yirik tomchili aerozollar qo‘llaniladi.

Dori moddalari ingalyasiya usuli yordamida organizmga kirgiziladi, bunda to‘qimalar jarohatlanmaydi, nafas olish organi jarohatlangan yeriga dori moddalari o‘zgarmagan holda yetkaziladi. Nafas yo‘llariga aerozollar tushib neyroreflektor ta'sir etadi, shilliq qavatlari orqali so‘rilib, qonga tushadi va organizmga tarqaladi. Davolash ta'siri ularning farmakologik xususiyatlariga bog‘liqdir. Dori moddalari sifatida balg‘am haydovchi, desensibilizatsiya qiluvchi, bakteriotsid, bronxial o‘tkazuvchanlikni tiklovchi, qon tomirlarini kengaytiruvchilar qo‘llaniladi.Ingalyasiya yordamida har xil organizmda yaxshi so‘riluvchi o‘simlik moylari bilan ta'sir qilish mumkin, ya'ni shaftoli moyi, bodom, namatak, oplepixa, myata. Efkalit va boshqa moylar. Shu bilan bir qatorda baliq, mol, mineral yog‘lar ham qo‘llaniladi. Amaliyotda quyidagi ingalyasiya turlari qo‘llaniladi :

-issiq nam ingalyasiya – boshqalarga nisbatan keng qo‘llaniladi, uning

yordamida sulfanilamid, antibiotik va boshqa dori moddalari organizmga yuboriladi, shu bilan birga mineral suvlardan ham foydalaniladi;

-yog‘li ingalyasiya - u asosan issiq nam ingalyasiyadan so‘ng, ya'ni 15-

30 minutdan keyin qo‘llaniladi;

-namli ingalyasiya - bu usul yordamida organizmga fermentlar, anti-

biotiklar, garmonlar va fetonsidlar yuboriladi;

-parli ingalyasiya - bu usulda asosan yengil purlanadigan dori mod-

dalari qo‘llaniladi : efkalit yog‘i, mentol va h.z

-poroshoksimon - juda kam qo‘llaniladigan usul bo‘lib hisobla-

ingalyasiya nadi, chunki uni qo‘llash uchun maxsus poroshok

bo‘lishi kerak. Uning yordamida sulfanilamid,

antibiotiklar, tomirlarni toraytiruvchi va allergiyaga qarshi poroshok holidagi dorilar qo‘llaniladi.

Ingalyasion terapiya maxsus ingalyator apparatlar yordamida o‘tkaziladi. Ular dori moddalarini maqsadga muvofiq ravishda maydalab, qo‘llaniladigan kattaligiga yarasha havo yoki gaz (kislorod) yordamida bemorga beriladi. Purlatish mexanik yo‘li bo‘yicha, ya'ni pulvirizatorlar yordamida olib boriladi. Yuqori disperslik aerozollar ultra tovush pulvirizatorlari bilan beriladi. Aerozol zarralari elektr zaryadi bilan ham purlatilishi mumkin, bunday aerozollar elektr aerozollar deb ataladi. Elektr aerozollar dori moddalarining faolligini oshiradi, to‘qimaning elektr potensialini kuchaytiradi. Organizmga manfiy zaryadlangan aerozollarning ta'siri yaqqoldir. Ularning ta'sirida hilpillovchi epiteliyaning faolligi oshadi, o‘pkaning maksimal ventilyasiyasi kuchayadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi oshadi, bundan tashqari ular gipotenziv va desensibilyasiyalovchi ta'sir ham etadi. Davolash amaliyotida aerozolterapiya o‘tkazishda haroratning roli kattadir. Berilish harorati asosan 37,5 – 38,0 gradus bo‘lishi kerak, chunki bu harorat organizmning ichki muhitiga mos tushadi. Aerozolterapiya guruhli va yakka tartibda o‘tkazilishi mumkin. Guruhli tartibli o‘tkazilishda bir xil tashxisli bemorlar maxsus xonaga yig‘iladi va dori moddalari tumanga o‘xshash ravishda xonaga purlantiriladi. Yakka tartibdagi usulda aerozollar bemorning nafas olish yo‘llari orqali uzatiladi. Bemorlarning faol va chuqur nafas olishi aerozollarning chuqurroq kirishi va bir xil ravishda nafas yo‘llarida tarqalishi uchun imkon yaratadi. Muolajani o‘tkazish uchun quyidagi apparatlardan foydalaniladi :

-partotiv - IP-2, AI-1, PAI-1, PAI-2, Aerozol-P-1

-statsionar - Aerozol –U-1, Aerozol-K-1, UI-1

Ultra tovushli purlatkich TUR apparati, elektr zaryadlar olish uchun GEI-1 apparati, guruhli usulni o‘tkazish uchun GEK-1 apparati, shu bilan bir qatorda yakka tartibda foydalanish uchun IKM-M Snipxaller balonchigidan foydalanish mumkin.

Aerozolterapiya asosan nafas yo‘li kasalliklarida, gipertoniya kasalligida, kuyish holatlarida, trofik yaralarni davolashda keng qo‘llaniladi, lekin burun bo‘shlig‘idagi poliplarda, ozena (sassiq tumov) kasalligining III-IV darajasida qo‘llash mumkin emas.

Bemorlarni davolash aerozolterapiya bilan bir qatorda aeroiono va gidroaeroionoterapiyadan ham keng foydalaniladi. Aeroionlar atmosfera havosidagi zarrachalar bo‘lib, o‘zida musbat va manfiy zaryadni saqlaydi. Tabiiy holatlarda aeroionlar quyosh radiatsiyasi, koinot nurlari va boshqa omillaridan hosil bo‘ladi. Davolash maqsadida asosan manfiy zaryadlangan aeroionlar qo‘llaniladi. Bu aeroionlar ta'sirida oksidlanish-tiklanish jarayonlari faollashadi, modda almashinuv jarayonlari kuchayadi, tashqi nafas olish yaxshilanadi, reporatsiya jarayonlari faollashadi, gipotenziv ta'sir qilish xususiyatiga ega. Davolash amaliyotida aeroionlar bilan bir qatorda gidroaeroionlar ham qo‘llaniladi. Gidroaeroionlar suvning parchalanishidan yoki parlatilishidan hosil bo‘ladi. Tabiiy holatlarda gidroaeroionlar tog‘ daryolari oldida, sharshara atrofida, fantanlar oldida va suvning yuqoriga otilishidan hosil bo‘ladi. Sun'iy holatlarda gidroaeroionlar gidroaeroionizatorlar yordamida olinadi. Organizmga ta'siri aeroionlarnikiga o‘xshash. Bu davolash usullarini qo‘llash uchun quyidagi apparatlardan foydalaniladi:

-Serpuxov-1, AF-3, GAI-4, GAI-Ch-6 va h.z.

Ko‘rsatmalar : nafas olish organlarining kasalliklari, gipertoniya kasalligi, oshqozon va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, nevrozlar, stomatit, migren, astenonevratik sindromi va h.z.

Davolash amaliyotida boshqa fizioterapevtik muolajalar bilan bir qatorda ultratovush bilan davolash ham keng qo‘llaniladi. Ultra tovushlar fizik muhitda mexanik tebranishlar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Fizioterapiya amaliyotida ultra tovushlar 800-900 kilogers chastotasi ko‘rinishida qo‘llaniladi. Tibbiy davolash amaliyotida esa 800-3000 kg ravishda qo‘llanilishi mumkin. Davolash jarayonida ultra tovushlarning organizm ichiga kirishi ularning chastotalariga bog‘liqdir. Qo‘llanilayotgan tebranish chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, u shuncha to‘qima ichiga kam kiradi. Masalan: chastotasi 1600-2600 kg bo‘lgan ultra tovush faqatgina 1 sm chuqurlikka kiradi, chastotasi 800-900 kg bo‘lgan ultra tovush 4-5 sm ichkariga kiradi. Ultra tovushlarning ta'siri asosida mexanik va issiqlik omillari hamda shular tufayli organizmda kelib chiqadigan fizik-kimyoviy o‘zgarishlar yotadi. Mexanik ta'siri asosan chaqiralayotgan mikrovibratsiya bilan tushuntiriladi, bu esa to‘qimalarda mikromassaj holatini hosil qiladi. Buning natijasida to‘qimalarning funksional holati o‘zgaradi, membranalarning o‘tkazuvchanligi oshadi, diffuziya va osmos jarayonlari kuchayadi, to‘qimalardagi har xil tuzilmalarning bir-biriga bog‘liqligi oshadi. Issiqlik ta'siri ultra tovushning bir tomondan mexanik energiyasining issiqlikka aylanishi bilan, ikkinchi tomondan biokimyoviy jarayonlarning oshishi bilan tushuntiriladi. To‘qimalarda haroratning ortishi qon va limfa tomirlarining kengayishiga olib keladi, mikrotsirkulyasiya oshadi, modda almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi. Fizik-kimyoviy ta'siri to‘qimalarning molekulyar kompleksining qayta qurilishi bilan tushuntiriladi. Bunda bir qator fermentlarning faolligi ortadi, oksidlanish-tiklanish jarayonlari yaxshilanadi, to‘qimalarda biologik aktiv moddalar (geparin, gistamin, serotonin va h.z) hosil bo‘ladi. Ultratovushlarning fiziologik ta'siri mahalliy va umumiy reaksiya-lardan, gumoral va neyroreflektor ta'sirlaridan kelib chiqadi. Natijada og‘riq qoldiruvchi, spazmalitik, yallig‘lanishga qarshi ta'sirlar yuzaga keladi. Shuningdek reperativ va regenerativ jarayonlar, nerv-mushak apparatining qo‘zg‘alish darajasi ortadi, nerv bo‘yicha impulslarning o‘tishi yaxshilanadi. Ultra tovush bilan davolash muolajasi quyidagi apparatlar yordamida o‘tkaziladi

-partotiv - UTP-1, LOR-1, LOR-2, LOR-3, UZT-101, UZT-102, UZT-103

-statsionar - UTS-1, UTS-1M.

Muolajani qo‘llashda quyidagi usullardan foydalaniladi :

-labil yoki kontakt usuli;

-stabil usuli;

Ultra tovush tarqalib ketmasligi uchun muolajani har doim maz yoki vazelin bilan o‘tkazilishi shart. Bu usul yordamida organizmga dori moddalari kirgizilishi mumkin, bu usul fonoforez yoki ultrafonoforez deb ataladi. Masalan : butadion, gidrokartizon, dolgit va boshqa dorili mazlar. Bu muolaja davolash amaliyotida juda keng qo‘llaniladi, ayniqsa hozirda keng tarqalgan bo‘g‘im kasalliklarida.



Ko‘rsatmalar : tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, poliartrit, podagra, osteoxondroz), nerv sistemasining kasalliklari va jarohatlari, LOR kasalliklari (tonzilit, vazamator renit), ko‘z kasalliklari (kon'yuktivit, keratit), ginekologik va urologik kasalliklari (salpingoofarit, prostatit), nafas olish organlari kasalliklari (bronxial astma, bronxit), stomatologik kasalliklar va h.z. Lekin shu bilan bir qatorda tromboflebit, kaxeksiya, gipotoniya, qon ketishga moyillik holatlarida muolajani qo‘llash mumkin emas.

Magnitoterapiya

Organizmga past chastotali o‘zgaruvchan magnit maydoni va doimiy magnit maydoni ta'siriga asoslangan fizioterapevtik usul magnitoterapiya deb ataladi.

Magnit maydoni – uning yordamida harakatlanuvchi elektr zaryadlar yoki toklarning o‘zaro ta'siri va bog‘lanishi orqali amalga oshadi. Magnit maydoni tabiiy va sun'iy bo‘ladi. Tabiiy magnit maydonlar tashqi va ichki, sun'iy magnit maydonlar esa kuchaytirilgan va kuchsizlantirilganga bo‘linadi. Tabiiy magnit maydon odamzot mavjudligini ta'minlaydi.

Biz doimiy magnit maydonida yashaymiz – gemamagnitli, hamda odam organizmi faqat musbat yo‘nalishdagi shimoldan janubga oquvchi magnit oqim ta'siriga javob beradi.

Sun'iy magnit maydon tokli g‘altak cho‘lg‘amlari atrofida paydo bo‘ladi. Magnit maydonining eng ko‘p zichligi qutblar atrofida bo‘ladi (metallar qutblar atrofiga tortiladi). Magnit maydon kuch chiziqlari yo‘nalishi bo‘yicha doimiy va o‘zgaruvchan, uzluksiz va impulsli tartibda har xil chastotadagi, shakldagi va uzunlikdagi impulslar generatsiya qilishi mumkin.

Magnitlanish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar paramagnitli va diamagnitli moddalar deb ataladi. Paramagnit moddalar tashqi magnit maydonda u bilan bir yo‘nalishdagi magnit xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bular asosan alyuminiy, kalsiy, kislorod va h.z.

Diamagnit moddalar tashqi magnit maydonida ma'lum xossalarga ega bo‘lmaydiyu, lekin tashqi magnit maydon bilan ta'sir qilmaydi va umumiy magnit maydon hosil qilmaydi. Bularga asosan oqsillar va tarkibida oltingugurt bor organik moddalar kiradi.

Ferramagnit moddalar paramagnit moddalarga kiradi. Lekin ko‘proq magnitlanish xususiyatiga davo maydondan chiqqanda bu xussiyat kuchayadi. Bu temir, kobaltdir. Odam to‘qimalari diamagnit moddalariga kiradi. Odam to‘qimalarining magnit o‘tkazish xususiyati 1 ga teng.

Doimiy magnit maydonining ta'sir mexanizmi. Klinik va sinov kuzatishlar bilan shu narsa aniqlandiki, doimiy magnit maydon ta'siri ostida bioto‘qimalarda murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar yuz beradi. Qator fizik-kimyoviy jarayonlar ichida magnit maydon ta'siri mexanizmida EYuKni yo‘naltirish, hamda magnit maydon qator kimyoviy, fizik-osmatik jarayonlar biologik sistemalarda xujayra darajasida ta'sir etadi. Magnit maydon o‘tkazuvchanlik sistemsida ta'sir qiladi, chunki magnit maydon ta'sirida orientatsion hodisalar ro‘y beradi yoki magnit maydonida ionlar, dipollar ma'lum qutbga tortilishadi. Orientatsion hodisalarning hosil bo‘lishi ph o‘zgarishiga, membrana orqali kaliy, natriy ionlari o‘tishiga, ATF sinteziga olib keladi. Doimiy magnit maydon bo‘sh radikal bog‘lanishlarni faollashtiradi, jumladan, oksidlanish-qaytarilish hodisa-larini faollashtiradi. Doimiy magnit maydon quvvati va atomlar quvvati, hamda organizm to‘qimalari molekulalari orsidagi rezonansni ko‘paytiradi (rezonans qo‘shiladi va ko‘payadi). Doimiy magnit maydon moddalarda quvvatning taqsimlanishiga yangi ma'lumot beradi, bu esa o‘z navbatida DNK tarkibiga kiruvchi nukleotidlar quvvati darajasining o‘zgarishiga olib keladi.

O‘zgaruvchan magnit maydonining ta'sir mexanizmi. O‘zgaruvchan magnit maydonining ta'siri doimiy magnit maydonining ta'siri bilan o‘xshash-dir, ammo hujayraning elektrik aktiv elementlarini tashqi maydonga nisbatan doimiy yo‘naltirish o‘rniga, tokning g‘altakning har bir yo‘nlishi bo‘yicha yo‘naltirish o‘zgarib turadi va uning atrofidagi maydonga nisbatan ham. O‘zgaruvchan magnit maydoni quyidagi chastotada, ya'ni 1,10,100,1000 Gsda ta'sir ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan magnit maydoni eng katta ta'sirini 10 Gs chastotada ko‘rsatadi.

Magnit maydoni maxsus va nomaxsus ta'siriga ega. Nomaxsus ta'siriga sedativ, analgetik, o‘rtacha gipotenziv ta'sir kiradi. Maxsus ta'siri faqat magnit maydoniga xosdir. Bunga mikrotsirkulyasiyani tezlashtirish, degidratatsiya, osmotik va metabolik hodisalarga ta'sir ko‘rsatish kiradi. Magnit maydonining maxsus va nomaxsus ta'siri uning ekspozitsiyasi va intensivligiga bog‘liq. Magnit maydon ko‘proq markaziy nerv sistemasi, ayniqsa, gipotalyamus, miya qobig‘i, so‘ngra retikulyar formasiyaga ta'sir etadi. Doimiy magnit maydoni MNSning tormozlanishiga ta'sir etib, shartli reflekslarning hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. O‘zgaruvchan magnit maydoni MNSga aksincha ta'sir ko‘rsatadi, ya'ni simpatik hodisalarni kuchaytiradi. Magnit maydoni periferik nerv sistemasiga o‘rtacha sekinlashtiruvchi ta'sir etib, nerv oziqlanishini yaxshilaydi. Doimiy va o‘zgaruvchan magnit maydonlari endokrin sistemasi faoliyatini yaxshilaydi, ya'ni gipofizda tegishli gormonlarning ishlab chiqilishini kuchaytiradi. Ayniqsa bu ta'sir kompensator va adaptatsion faoliyati pasaygan organizmlarga foyda beradi. Magnit maydonining ta'siri kasal odam-larga sog‘lomlarga nisbatan, qarilarga nisbatan yoshlarga, ayollarga nisbatan erkaklarga kuchliroqdir. Magnit maydonlar immunologik reaktivlikning o‘zgarishida muhim rol o‘ynaydi. Immunologik sistemaga gipotalyamus, gipofiz, limfa to‘qimalari orqali ta'sir qiladi. Bu ta'sir tufayli gormonlar ishlab chiqarish ko‘payadi, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi oshadi, lizotsim darajasi normallashadi, limfotsitlarning antitela ishlab chiqarish vazifasi yaxshilanadi. Shu bilan magnit maydonning reparatsiya va regeneratsiyaga ta'siri tushuntiriladi. Yallig‘lanishga qarshi ta'siri ko‘proq qon ivishi va suyulishi sistemalarining o‘zgarishi bilan tushuntiriladi, mikrotsirkulyasiya yaxshilanadi, degidratatsiya kuchayadi va nihoyat himoyalnish qobiliyati oshadi. Og‘riqni qoldirish qobiliyati magnit maydonining yallig‘lanishga qarshi ta'siri bilan bog‘liq. Arterial qon bosimini tushuradi, pulsni siyraklashtiradi, yurakning qon aylanishini yaxshilab, miokard qisqarishini kuchaytiradi. Qonda va siydikda 17-KSlarni kamaytiradi. O‘rtacha kattalikdagi qon tomirni kengaytirib, tonusi baland bo‘lgan qon tomirini bo‘shashtiradi. Magnit maydoni qichishishni bosadi. Og‘ir ishlarga chidamlilikni oshiradi. Mikrotomirlarda kolloid-osmatik bosimni normallashtiradi bu esa shishning qaytishiga, kislorodni to‘qimalarga tashilishiga va ishlatilishining yaxshilanishiga olib keladi.

Magnit maydoni terapevtik dozalarda qon elementlariga ta'sir ko‘r-satmaydi. U tashqi nafas jarayonini yaxshilaydi, balg‘am miqdorini kamaytirib, kavernalar bitishini tezlashtiradi (sil kasalligida). Magnitlashtirilgan suvni bir kunda 1 litrgacha ichish mumkin. Diurez reabsorbsiya pasayishi hisobiga ko‘payadi, o‘t pufagidagi va buyrakdagi toshlar yemiriladi. Qon magnitlanganida desensibilizatsiya kuchaygani kuzatiladi. Magnit maydoni radiatsiyadan himoya qilishda qo‘llniladi. Hozirda magnitlangan dorilar rakka qarshi keng qo‘llanilmoqda. Magnitoterapiyani fono, elektroforez, UVCh bilan qo‘llash mumkin, lekin ketma-ketlikka rioya qilish kerak, ya'ni avval magnitoterapiya, keyin boshqa muolajalar qilinadi.



Ko‘rsatmalar: kasalliklarning I – II darajalari, surunkali arterial va venoz yetishmovchiligi, posttromboflebetik sindrom, trofik yaralar, ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya, o‘pka sili, bronxial astmaning og‘ir bo‘lmagan darajasi, tayanch-harakat organlarining revmatoid va revmatik kasalliklari, suyak bitishining sekin kechishi, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichagining yallig‘lanishi, allergik dermatozlar, bosh miyaning va periferik nerv sistemasining tomir kasalliklari, polinevritlar, ayollar jinsiy organlarining kasalliklari. Magnitoterpiya uchun “Polyus-1” apparatidan foydalaniladi.

Baroterapiya usuli yordamida barometrik bosimning 1 atmosferadan past bo‘lgan manfiy bosimi va 1 atmosferagacha bo‘lgan bosimlar bilan davolash jarayonida qo‘llaniladi. Baroterapiya mahalliy va umumiy usullarda o‘tkaziladi.Mahalliy yoki segmentar baroterapiya – bu manfiy (1 atmosferadan past) barometrik bosim bilan maxsus kameralar orqali tananing katta qismlariga (oyoq, qo‘l, qorin va h.z) davolash maqsadida ta'sir etishdir. Uning ta'sir mexanizmi qon va to‘qima sistemalarida hosil bo‘ladigan barometrik bosim farqiga asoslangan.Buning natijasida to‘qimalarning kislorod bilan ta'minlanishi kuchayadi, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi, ATF biosintezi oshadi, hujayralararo suyuqlikning harakatlanishi, qon va limfa aylanishining tezlashishi, tinch holatda kapillyar va arteriolalarning kengayishi kuzatiladi.Shuningdek qon tomirlarda qon aylanishaga periferik qarshilik kamayadi, qon tomirlarning hajmi oshadi, transkapillyar diffuz almashinuvining maydoni kattalashadi. Bunday mahalliy o‘zgarishlar turli organ va sistemalarning funksiyasini boshqaruvchi mexanizmlariga ham ta'sir qiladi. Segmentar baroterapiyani o‘tkazishda Kravchenko barokamerasidan foydalaniladi. Barokamera qo‘l va oyoq atrofida vakuum (past) yoki kompression (baland) bosim yaratish barcha zaruriy moslamalar bilan ta'minlangan. Baroterapiya muolajasi zararlangan tana qismi atrofida sun'iy o‘zgaruvchan havo bosimi hosil qilishga va hosil bo‘lgan bosim kuchini har muolajada asta-sekin oshirib borishga asoslangan.

Baroterapiya qo‘llanilayotganda bemorning umumiy ahvoli hisobga olinadi, tana qismlari uchun zarur harorat rejimi tanlanadi (30-45 gradus) teri to‘qimasining rangi o‘zgarishi kuzatib boriladi. Teri to‘qimasining qizarishi muolajaning effektivligini bildiradi. Terining ko‘karishi, oqarishi, tomirlar shishishi dekompressiyasini (manfiy bosim) pasaytirishga yoki kompressiyasini (musbat bosim) qo‘llashga imkon beradi. Muolaja vaqtida bemor issiqlikni, oyoq yoki qo‘l hajmining o‘zgarishini, taranglashishni, yengil sanchiqni sezadi. Agarda oyoq yoki qo‘lda og‘riq bo‘lsa, uvushishni xis qilsa bu dekompressiyani pasaytirishga yoki kompressiyani qo‘llashga imkon beradi. Umumiy baroterapiya – bu maxsus kamera yordamida davolash uchun barometrik bosim (1 atmosfera) qo‘llaniladi. Umumiy baroterapiya usuli – giperbarik oksigenatsiya gipoksiya holatlarida juda foydalidir, u nafas olinganda kislorodning parsial bosimi ko‘tarilishiga asoslangan. Giperborik oksigenatsiya usuli asosida suyuq holatlarda gazlarning erishi yotadi, shuning uchun qonning suyuq qismida erigan gaz miqdori bosimga va haroratga to‘g‘ri proporsionaldir.

Ko‘rsatmalar : qon tomirlarining obliterik endoarteriti, qon tomirlarida venoz qonning turib qolish holatlari, gipertoniya kasalligi, qon tomirlardagi yetishmaslik kasalliklari, ginekologik kasalliklar, nafas olish organlarining kasalliklari, har xil bo‘lgan anaerob va jarrohlik infeksiyalaridan hosil bo‘lgan holatlar, yurak, nafas, jigar, buyrak yetishmasligi holatlari, botulizm va h.z.

Qarshi ko‘rsatmalar : epilepsiya, o‘pkadagi absess va kavernalar, limfadenit, tomirlar atoniyasi, yevstaxiev truba va kanallari o‘tkazuvchanli-gining buzilishi, surunkali tromboflebit, qon tomirlarining varikoz kengayishi,qon tomirlar obleterik kasalliklarining kechiktirilgan darajalari va u yerda namli gangrenaning bo‘lishi, qon dimlanishlari (venoz dimlanishi).

Massaj deganda maxsus usullar bilan organizm to‘qimalariga mexanik ravishda ta'sir qilish tushuniladi. Massajning bir necha turlari bor :

-shifobaxsh massaj, bu asosan har xil kasalliklarda keng qo‘lla-niladi;

-gigienik massaj, organizmni sog‘lomlashtirish va kasalliklarning oldini olish uchun foydalaniladi, unga teri funksiyasini yaxshilovchi kosmetika massaji ham taalluqlidir;



-sport massaji, organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish va sportchida charchash alomatlarini yo‘qotish maqsadida foydalaniladi.

Massaj davomida to‘qimalarga ta'sir etib, butun tanada joylashgan mexanoretseptorlar qo‘zg‘atiladi. Teri retseptorlarini ta'sirlantirishning turli uslublari mavjud, terining har bir kvadrat santimetrida o‘rtacha 200 tagacha mexanik retseptorlar to‘g‘ri keladi. Oyoqning tagida ularning soni undan ham ko‘p. Massaj jaryonidagi impulslar teri, ichki va harakat organlaridan orqa va bosh miyaning har xil bo‘limlariga xususan, katta yarim sharlarga, o‘tkazuvchi nerv tolalari tizimining yuqoriga ko‘tariluvchi yoki sezuvchi afferent o‘tkazish yo‘llari orqali ta'sir ko‘rsatib, taalluqli a'zo va sistemalarda javob harakatlarini qo‘zg‘atadi va kuchaytiradi. Massaj usullari ta'sirida – hujayralarda joylashgan mexanoretseptorlar (mexanik ta'sirlarni sezuvchi nervlarning uchki qismi) qo‘zg‘alishi natijasida paydo bo‘lgan mexanik energiya, maxsus nerv tolalarini faol holatga olib keluvchi signallarga aylanib, nerv tolalari orqali nerv markazlariga axborot keltiradi.Mexanoretseptorlar terida joylashgan ekstraretseptorlar (organizmni o‘rab turgan tashqi muhitdagi ta'sirotlarni qabul qiluvchi), interoretseptorlar (ichki a'zolardagi – yurak, tomirlar, taloq va h.z. ta'sirotlarni qabul qiluvchi) va proprioretseptorlar mushaklar, paylar, bo‘g‘imlar, suyaklar va boshqa joylardan ta'sirotlarni qabul qiluvchi nerv tolalarining uchidan iboratdir. Massajning mexanik ta'siroti natijasida, teri to‘qimalarida issiqlikning hosil bo‘lishi oqibatida issiqlik retseptor sistemasi qo‘zg‘aladi. Bu qo‘zg‘alish uzunchoq miyada joylashgan markazlarga o‘tkazilib, qon tomirlarini toraytiruvchi – simpatik, qon tomirlarini kengaytiruvchi – parasimpatik nervlarga o‘tib, so‘ng qon tomirlar kovagini reflektor o‘zgartiradi. Massajning to‘qimalarga bevo-sita mexanik ta'siri natijasida terida biologik aktiv moddalar hosil bo‘ladi va organizmga ta'sir etadi, ya'ni organizmning himoya va moslashish kuchlarini oshiradi, mushaklarning faoliyatini kuchaytiradi va qo‘zg‘alish tezligining oshishiga sabab bo‘ladi, kapillyarlar soni oshadi bu o‘z navbatida hujayra va to‘qimalarning qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, modda almashinuvi kuchayadi va to‘qimalarning ish faoliyati oshadi. Massaj-ning chuqur ta'siri natijasida mushaklarning qo‘zg‘alishi mushaklardagi energiya beradigan moddalarning parchalanishiga olib keladi, shu bilan bir qatorda mushak tolalari qisqarib, xujayralarda o‘zgarishlar paydo qiladi. Ayniqsa atrofiyaga uchragan mushaklar hajmini sezilarli darajada kattalashtirib, ish faoliyatini oshiradi, u yerda qon va limfa oqimining kuchayishiga olib keladi. Massajning ta'sir mexanizmi asosida, markaziy nerv sistemasining oliy bo‘limlari tomonidan boshqariladigan, murakkab, o‘zaro bog‘langan reflektor neyrogumoral va neyroendokrin jarayonlari yotadi. Massajning bevosita mexanik ta'siri natijasida to‘qimalarda hosil bo‘ladigan mahalliy reaksiyalar mustaqil bo‘lmay, organizmning keng tarqalgan reflektor reaksiyasi ifodasidir. Keltirilgan jarayonlar tufayli, organizmning himoya va moslashish mexanizmlari safarbar etilib, faoliyatlar normallashadi. Turli xil kasalliklarda qo‘llaniladigan massajning samarali ta'siri ushbu holat bilan ifodalanadi.

Massaj amaliyotida asosan uch xil usul ishlatiladi : qo‘l, apparat, aralash va ayrim hollarda oyoq yordamida bajariladigan usuli qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda boshqa usullarga qaraganda qo‘l bilan massaj qilish usuli keng qo‘llaniladi, chunki qo‘l yordamida a'zo va to‘qimalarga berilayotgan ta'sirotni o‘zgartirib turish mumkin. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi :

-silash;

-siqib chiqarish (qon tomiridagi qonni haydash);

-yumshatish (bo‘yin, orqa, qo‘l, qorin, sonning oldingi yuzasi, dumba mushagi, boldir);

-surtish (bo‘g‘imlar, umurtqa pog‘anasi va h.z);

-tebratish.

Qo‘l bilan massaj qilinganda har doim qo‘l harakati limfa oqimi bo‘yicha bo‘lib, yaqin yotgan limfa tuguni tomon bo‘lishi kerak. Massaj doim silash bilan boshlanib, silash bilan tugatiladi, shuningdek har bir usuldan so‘ng silash o‘tkaziladi. Qo‘llar yordamida quyidagi massajlar amalga oshiriladi : klassik, segmentar-reflektor va nuqtali. Klassik massajda odam tanasi bir necha qismlarga bo‘linib o‘tkazildi, masalan : qo‘l, oyoq, qorin va h.z. Har bir tana qismining yuzasi birliklarda belgilanadi, shunga qarab massaj qilish vaqti belgilanadi (1 birlik 10 minut). Segmentar-reflektor massajda ta'sir umurtqa pog‘onasining ma'lum segmentlariga ko‘rsatiladi, masalan: yoqa sohasi, bo‘yin-ensa sohasi, yuqori ko‘krak sohasi va x.z. Bunda ichki organlarning nerv sistemasi tomonidan innervatsiyasiga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Nuqtali massajda odam tanasidagi ma'lum nuqtalar massaj qilinadi, ya'ni biologik aktiv nuqtalar. Bunda massaj ko‘rsatkich barmoq yoki uchinchi barmoq bilan o‘tkaziladi.

Apparat bilan massaj qilishda har xil apparatlardan foydalaniladi va ularning quyidagilari ma'lum :

-gidromassaj;

-vibriomassaj;

-pnevmomassaj;

-baromassaj.

Ular bilan bir qatorda vakuum massaj ham qo‘llaniladi. Bu massaj asosan o‘pka, nafas yo‘llari, osteoxondrozda keng qo‘llaniladi. Tananing tuzilishiga va teri yog‘ qatlamining rivojlanishiga qarab yoki unga bog‘liq holda vakuum massaj tibbiy bankalar yoki 500 ml hajmgacha bo‘lgan bankalar yordamida o‘tkaziladi. Bunda bemor kushetkaga shunday yotishi kerakki, uning orqasi tekis bo‘lishi lozim. Shundan so‘ng orqa maz bilan suritiladi va banka orqaga vakuum hosil qilgan holda qo‘yiladi. Vakuum massaj o‘tkazilganda quyidgilarga amal qilinishi kerak, ya'ni banka aylanma holda sekin harakat qildiriladi yoki ilon izi holida harakat qildiriladi, masalan: zotiljamda, bronxial astmada, bronxitda va h.z. Osteoxondrozda bankalar paravertebral soha bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qildiriladi.

Massaj tibbiyot amaliyotida juda keng qo‘llaniladi : yurak-qon tomir kasalliklarida (gipertoniya kasalligida, gipotoniya, arteroskleroz va h.z), nerv sistemasi kasalliklarida (nevroz, osteonevratik sindromi, nevrit, nevralgiya, parez, paralich, radikulit va h.z.), tayanch-harakat apparati kasalliklarida (artrit, artroz, poliartrit, osteoxondroz, ankiloz va h.z), hazm organlari kasalliklarida (gastrit, kolit, enterit, oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi, xoletsistit va h.z.), nafas olish organlari kasalliklarida (zotiljam, bronxit, bronxial astma, o‘pka emfizemasi va h.z.) va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda massajni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar mavjud, jumladan, piodermiya, qon ketishga moillik, teri butunligining buzilishi, tromboflebit, kasalliklarning dekompensasiya bosqichlari, onkologik kasalliklar, surunkali yiringli jarayonlar va h.z.

Xulosa

Ma'ruzada bemorlarni davolash jarayonida qo‘llaniladigan fizik omillarga xarakteristika berildi. Jumladan yorug‘lik nurlari, aerozollar, aeroion va gidroaeroionlar, ultratovush, magnit maydoni, bosim omillari o‘rganildi, ularni qo‘llashda ishlatiladigan usullar va apparatlar, ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar haqida fikr yuritildi. Shu bilan bir qatorda shifobaxsh massaj haqida tushuncha berilib, uning kasallikni davolash va oldini olishdagi ahamiyati haqida gapirildi.



Tinglovchilar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun savollar

1.Davolash maqsadida qo‘llaniladigan qaysi yorug‘lik nurini bilasiz?

2.Lazer nurlarining tibbiyot amaliyotida tutgan o‘rni qanday?

3.Aerozollarning disperslik darajasi va ularning ahamiyati qanday?

4.Qanday ingalyasiya turlarini bilasiz?

5.Ultratovush qanaqa ta'sir mexanizmiga ega?

6.Magnitoterapiyaning ta'siri qanday?

7.Baroterapiya nima va uning turlari?

8.Shifobaxsh massajning ta'sir mexanizmlari, turlari va qo‘llaniladigan asosiy usullari haqida nima bilasiz?

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI

SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

«XALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA

JISMONIY TARBIYA» KAFEDRASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Professor Teshaev O.R._________

«____» ______________20____yil


MA'RUZA MAVZUSI:

TABIIY FIZIK OMILLAR. KURORTLAR

(davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalari uchun)



Ma'ruzachi: dotsent Adilov Sh.Q.

katta o‘qituvchi Badalova G.N.

MA'RUZA MAVZUSI:

TABIIY FIZIK OMILLAR. KURORTLAR

(davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalari uchun)



MA'RUZANING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni -

Vaqt – 90 daqiqa

O‘quv darsining shakli

Ma'ruza


Ma'ruza rejasi

1.Suv bilan davolash (gidroterapiya, balneoterapiya).

2.Peloidoterapiya: ta'sir mexanizmi va qo‘llanilish usullari.

3.Issiqlik bilan davolash.

4.Kurortlar.Sanator-kurortga boruvchilarni saralash. O‘zbekiston kurortlari.



Ma'ruza maqsadi: Talabalarga suvni (gidroterapiya) va mineral suvni (balneoterapiya) davolash maqsadida qo‘llanilish imkoniyatlari haqida tushuncha berish. Talabalarni issiqlik omillari – balchiq, parafin, ozokeritterapiyaning organizmga ta'siri bilan tanishtirish. Shu bilan birga kurortlar, sanator-kurortga boruvchilarni saralash, O‘zbekiston kurortlari haqida tushuncha berish.

O‘qituvchi vazifalari:

1.Suv bilan davolash bo‘yicha talabalar bilimini chuqurlashtirish va mustaxkamlash.

2.Talabalarga pelloidotera-piya va qo‘llanilish usullari haqida tushuncha berish.

3.Talabalarni issiqlik bilan davolashning ta'sir mexanizmi va ahamiyati bilan tanishtirish.

4.Talabalarga kurortlar bo‘yicha tushuncha berish.

5.Talabalarni sanator-ku-rortga boruvchilarni sara-lashning ahamiyati bilan tanishtirish.



O‘qish jarayoning natijalari:

Ma'ruzani eshitgach talabalar quyidagilarga javob bera olishadi:

  1. 1.Tabiiy omillar haqida tushinchani bilish.

  2. 2.Tabiiy fizik omillarning ta'sir mexanizmi.

  3. 3. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

  4. 4.Fiziodavolashda tabiiy omillarning qo‘llaniladigan usullari.

  5. 5. Reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishning ahamiyati.

O‘qitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizual, texnika: blits-so’rov, savollar «ha-yo‘q»

O‘qitish vositalari

Lazerli proektor, ma'ruza materiallari, ma'lumot manbalari bilan ta'minlash

O‘qitish shakllari

Jamoa

O‘qitish sharti

Auditoriya


MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI

Bosqichlar, vaqti – 90 daq.

Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish (5 daq.)



1.Mavzu nomi, maqsadi, ma'ruza natijalari va rejasini e'lon qiladi.

1. Eshitadilar

2 bosqich

Bilimni jamlashtirish

(15 daqiqa)


2.1.Talabalar bilimini jamlash maksadida savollar beradi:

1.Qanday tabiiy omillarni bilasiz?

2.Gidroterapiya va balneoterapiya nima?

3.Pelloidoterapiya deganda nimani tushunasiz?

4.Kurort va uning turlari haqida nimani bilasiz?

Blits so‘rov o‘tkazadi.

2.2.Ma'ruza maqsadi bilan tanishtiradi.


2.1.Savollarga javob beradilar.
2.2.Ma'ruza maq-sadini o‘rganadi.


3 bosqich

Ma'lumot berish

(60 daqiqa)


3.1. Ma'ruza materiallarini rejadagi savollar asosida ketma-ketlik bilan tushuntiradi va aniq savollar beradi:

Rejadagi 1 savol: Gidroterapiya va balneoterapiyaga tushincha bering.

Rejadagi 2 savol: Qo‘llanilayotgan tabiiy fizik omillarning ta'sir mexanizmlarni ayting.

Rejadagi 3 savol: Tabiiy fizik omillarni qo‘llashda foydalaniladigan usullarni sanab o‘ting.

Rejadagi 4 savol: Kurortlarning qanday turlarini bilasiz?

Mavzuning asosiy qismlariga e'tiborni qaratadi va yozishni tavsiya qiladi.



3.1.Berilgan ma'-lumotlarni muxo-kama qiladi, aniqlik kiritadi, savol beradi.
Asosiy ma'lumotni yozadi

4 bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

4.1.Savol beradi:

1.Issiqlik bilan davolashning qanday ahamiyati bor?

2.Nima uchun sanator-kurortga boruv-chilarni saralash kerak?

4.2.Mustaqil ish uchun vazifalar beradi: impulsli tokning afzalligi



4.1.Savollarga javob beradi
4.2. Eshitadi, yozib oladi

Suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi. Suv bilan davolashda quyidagi asosiy omillar qo‘llaniladi : chuchuk suv, mineral suv. Chuchuk suv suyuq, qattiq va par holatida qo‘llaniladi. Mineral suvlar gaz va sun'iy analog holida qo‘llaniladi. Chuchuk suv davolash maqsadida toza holatda, shuningdek unga har xil dorili va boshqa moddalarni (xvoyli ekstrakt, skipidar, gorchitsa va h.z) qo‘shish bilan qo‘llaniladi. Suvning organizmga ta'siri asosida haroratli, mexanik, kimyoviy, radiatsion qo‘zg‘alish yotadi. Suvning organizmga ta'sirini aniqlovchi omil bo‘lib fizikaviy va kimyoviy xususiyatlar hisoblanadi. Suv bilan davolash ko‘pgina surunkali kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi, shuning uchun uning fiziologik va shifobaxsh ta'sirini, texnikasi va usullarini o‘rganish zarur.

Suvning haroratli ta'siri. Suvning fizik xususiyatlaridan issiqlik sig‘imi, issiqlikni o‘tkazuvchanligi, issiqlikni saqlab turishi katta ahamiyatga ega.Issiqlik sig‘imi - bu jismni 1 gradusga qizdirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoridir. Issiqlik o‘tkazuvchanlik - bu jismning bir qismidan issiqlikni boshqa qismiga o‘tkaza olishidir. Issiqlikni saqlab turish xususiyati deganda issiqlikni ushlab tura olish tushuniladi.

Odam organizmining nechog‘li ta'sirlanishi, qanchalik va qanday reak-siya ko‘rsatishi asosan issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligiga, ya'ni organizmga beriladigan yoki undan olinadigan issiqlik miqdoriga bog‘liqdir. Masalan : suvning issiqlik sig‘imi yuqori bo‘ladi. U shifobaxsh balchiqqa qaraganda issiqlikni ikki baravar ko‘proq yuta oladi va uni ancha tez o‘tkaza oladi.

Harorat ta'siri tushadigan joy teridir. Bunga javoban har xil reflekslar yuzaga keladi. Qon tomirlarga ta'sir etib, qonning organizmda taqsimlanishiga ta'sir etadi. Teriga yuqori harorat ta'sir qilganida tomirlar kengayib unga qon kelishi zo‘rayadi, shuning natijasida issiqlik berish, ya'ni issiqlik chiqarish ham ko‘payadi. Past harorat ta'sirida teri soviydi, tomirlar torayib boradi, ularning qon bilan to‘lishi kamayadi, bunda issiqlik berish ham kamayadi.

Kimyoviy termoregulyasiyasi asosan almashinuv jarayonlariga bog‘liq-dir. Kimyoviy termoregulyasiya deganda atrofdagi muhit harorati ta'siri bilan moddalar almashinuvi intensivligining o‘zgarishi tushuniladi. Tashqi muhit harorati ko‘tarilganda organizmda issiqlik hosil bo‘lishi kamayadi. Kimyoviy xususiyatlaridan katta ahamiyatga ega bo‘lganlari bu mineral tuzlar, gazlar, organik birikmalar, biologik aktiv moddalarning bo‘lishidir.

Haroratli ta'sirda og‘riqlarning kamayishi va butunlay to‘xtashini kuzatishimiz mumkin (bunda teridagi retseptorlar blokadaga uchraydi va MNSga patologik impulslar o‘tishiga to‘sqinlik qiladi).

Shunday qilib, suv og‘riq qoldiruvchi, spazmlarni bartaraf etuvchi, yallig‘lanishga qarshi ta'sir etadi.

Suv muolajalari umumiy va mahalliy turlariga bo‘linadi. Umumiy muolajalarda suv butun tana yuzasiga bir xil qo‘zg‘atuvchi ta'sir etadi : umumiy vannalar, sirkulyar dush, namli o‘rab qo‘yish, suv quyish, ishqalab artish va h.z. Mahalliy muolajalarga taalluqli hisoblanadi va bunda suv tananing ma'lum bir chegaralangan qismiga ta'sir etadi : oyoq, qo‘l yoki tos vannalari, yuqoriga ko‘tariluvchi dush, grelka, kompress va h.z.

Qo‘llanilayotgan suvning haroratiga qarab muolajalar farqlanadi :

1.Sovuq - 20 gradus va undan past - 2 –5 minut

2.Salqin - 21-33 gradus - 5 -10 minut

3.Indiferent - 34-35 gradus - 15-20 minut

4.Iliq - 36-37 gradus - 10-20 minut

5.Issiq - 38 gradus va undan yuqori - 2 - 5 minut

Har bir suv bilan davolash muolajada haroratni kuchaytiruvchi suv massasining mexanik ta'siri, uning tana yuzasidagi harakati va periferik retseptorlarga gaz pufakchalarining qo‘zg‘atuvchi ta'siri bilan birgalikda bo‘ladi.Har xil suv muolajalarida mexanik qo‘zg‘atuvchanlik har xil bo‘ladi. Dush (Sharko dushi – 2-4 atm.) va cho‘milishda ko‘proq, vannalarda kamroq (0,3-0,4 atm).Kimyoviy qo‘zg‘atish chuchuk suv qo‘llanilganda minimal bo‘ladi, unga tuz, garchitsa, xvoy ekstrakti, skipidar qo‘shish bilan uni kuchaytirish mumkin, u teri retseptorlarining qo‘zg‘alishini oshiradi, ularning ba'zi birlari xid sezish v ko‘rish analizatorlariga ta'sir ko‘rsatadi. Tabiiy va sun'iy tayyorlangan suvlarda saqlanadigan moddalar vannalarni qabul qilish vaqtida qisman organizmga kiradi, tomir va ichki organlar retseptoriga ta'sir etadi.Bundan tashqari gaz holatidagi moddalar nafas yo‘llari orqali tushadi.Suv muolajalariga organizmning javob reaksiyasi muolajaning faqat fizik va kimyoviy xususiyatlariga emas, balki MNS va butun organizmning dastlabki funksional holatiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Tartibi bo‘yicha quyidagi vannalar bo‘ladi :

1.chuchuk suli;

2.mineral suvli, ishqoriy suvli;

3.aromatik, xvoyli, tuzli-xvoyli suvli;

4.gazli, serovodordli, azotli, kislorodli, marjonli, radonli

5.ichakni suv osti yuvish, suv ostida gimnastika, suv osti dush massaji, vibratsion vanna;

6.dorili (gorchitsali, marganetsli, kraxmalli, yod-bromli).

Suv tushishining shakliga qarab quyidagi dushlar farqlanadi : changsimon, yomg‘irsimon, ignasimon, yelpig‘ichsimon, sirkulyar, shotland, Sharko va boshqalar.

Bosim darajasi bo‘yicha dushlar quyidagilarga, ya'ni o‘rta (2 atmosferagacha) va yuqori (3-4 atmosferagacha) bosimga bo‘linadi.

Vannalarni qabul qilish vaqtida, ayniqsa issiq yoki sovuq, bemorlarning holatini kuzatib turish zarur. Muolaja vaqtida yurak tomondan behushlik sezilsa, yurak sathiga sovuq kompress qo‘yiladi.Ba'zi vaqtlarda iliq va issiq vannalardan so‘ng suv quyish yoki dush tavsiya etiladi. So‘ngra bemor 20-30 minut yotishi kerak.



Issiqlik bilan davolash

Issiqlik bilan davolashda shifobaxsh balchiqdan, parafin-ozokeritdan foydalaniladi.

Davolash maqsadida il, torfli, sapropelli, sopkali balchiqlardan foydalaniladi. Balchiqlarda 3 ta asosiy qism farqlanadi : kristal skilet, kolloid fraksiyasi va balchiq suyuqligi. Bu qismlar turli balchiqlarda har xildir. Kristal skilet erimaydigan mayda bo‘laklardan tashkil topgan. Skelet bo‘laklarining diametri 0,25 mm dan katta bo‘lmagan balchiq davolash maqsadi uchun keng qo‘llaniladigan bo‘lib hisoblanadi. Agar bo‘laklar diametri katta bo‘lsa, u balchiqning ifloslanganligidan darak beradi. Il balchig‘ining ifloslanish darajasi 10%gacha ruxsat etiladi, torf balchig‘iniki – 25%gacha. Kolloid fraksiya skeletning alohida bo‘laklarini bog‘lab turib, ular orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turadi. Kolloid fraksiya balchiqning plastikligini va adsorbsiyalovchi xususiyatini ta'minlaydi. Suvli – mineral eritma, balchiqning skeleti va kolloid fraksiyani namlab turadi, balchiq eritmasi deb ataladi. Shifobaxsh balchiqlar o‘zining issiqlik va namlik hajmi, kichik issiqlik o‘tkazuvchanligi va yuqori adsorbsion xususiyati bilan ajralib turadi, suv bilan qo‘shilib bir xil plastik eritma hosil qiladi. Bu xususiyat har xil balchiqlarda har xil va il balchiqlarida yuqori bo‘ladi. Balchiqlarda biologik aktiv moddalar, vitaminga o‘xshash moddalar, fermentlar, garmonlar, antibiotiklar, shuningdek xolin, gistamin, bakteriofag, radioaktiv moddalar saqlanadi.

Il balchig‘i – cho‘kma balchiq, mazsimon, qora, vodorod sulfid hidiga ega massa bo‘lib, dengiz va ko‘pgina ko‘llarda cho‘kindi jinslardan mikroorganizmlarning aktiv ishtirokida hosil bo‘ladi. Cho‘kma balchiq hosil bo‘lishi jarayonida maxsus bakteriyalar – balchiq hosil qiluvchilar ishtirok etib, bular vodorod sulfid ajratadi. Vodorod sulfid temir tuzlri bilan birikib, temir sulfid hosil qiladi. Temir sulfid borligi tufayli balchiqning rangi qora va plastik bo‘ladi.

Sapropell balchig‘i – chiriyotgan cho‘kma balchiq chuchuk suvli ochiq havzalarda tuproq va qum zarrachalari, tuproqdagi chirindi moddalardan, bakteriyalar va fermentlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Sapropellda suyuq va qattiq uglevodorodlar, murakkab efirlar, organik kislotalar, spirtlar va smolalardan iborat moddalar bor.

Torf balchig‘i – botqoqliklarda o‘simliklar, organizmning uzoq vaqtgacha kislorodsiz chirishi natijasida hosil bo‘ladi. Mana shunday mahsulotlarning minerallashgan suv ta'sirida aralashishidan torf massasi hosil bo‘ladi, u asta sekin botqoqlik tagiga cho‘kib, zichlasha boradi. Torf tarkibida o‘simlik moddalari qoldiqlari, smolali moddalar, g‘iltuproq, natriy xlorid, temir tuzlari, vodorod sulfid, kolloid organik moddalar va boshqalar bo‘ladi. Torf hamirsimon konsistensiyali massa, quriganda maydalanib ketadi. Davolash uchun ishlatiladigan torfni qo‘lga olib siqilganda, u plastik massa kabi barmoqlar orasidan osongina siqilib chiqadi va qo‘lga yuqadi.

Sopka balchig‘ining asosini loy tashkil etadi. Uning suyuq qismida mineral tuzlar va organik moddalar bo‘ladi. Bu turdagi balchiq gaz – neftli yerlarda uglevodorod gazlar ta'sirida hosil bo‘ladi.

Shifobaxsh balchiqlar organizmga haroratli, mexanik va kimyoviy ta'sir ko‘rsatadi. Balchiqning fizik xossalari, balchiq bilan davolash vaqtida birmuncha yuqori haroratdan foydalanishga imkon beradi. Isitilgan balchiqning badanga suritilgan yupqa qavati tezda sovib qoladi, bu issiqlikning bir qismi teriga berilishi sababli hosil bo‘ladi. Bu issiqlik asta sekin berilganligi sababli, balchiq sekin soviydi. Shuning uchun balchiq organizmga uzoq vaqt o‘z issig‘ini yo‘qotmay ta'sir ko‘rsatadi.

Mexanik ta'sir balchiq massasining bosimi va badan hamda balchiq zarralari o‘rtasidagi ishqalnish natijasida yuz beradi.

Kimyoviy ta'sir (il balchig‘ida ta'sir yaqqol ko‘rinadi) balchiqdan organizmga teri orqali o‘tadigan turli kimyoviy moddalar (gazsimon, uchuv-chan moddalar, fermentlar, biologik aktiv moddalar va boshqlar) ta'siriga bog‘liq. Balchiqlar ta'sirida asab va yurak-qon tomir sistemalarida, qon tarkibida, moddalar almashinuvi jarayonlarida o‘zgarishlar yuz beradi, puls tezlashadi, muolaja boshida nafas ham tezlashadi, qon aylanishi yaxshilanadi. Davolashning boshida EChT ko‘tarilishi mumkin, modda almashinuv jarayoni kuchayadi. Isitilgan balchiq teridagi retseptorlarga ta'sir qilishi natijasida bosh miya po‘stlog‘ida tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Balchiq bilan davolash muolajasi vaqtida, ayniqsa, muolajadan so‘ng bemorlarni uyqu bosishi buning dalilidir. Organizmda balchiq ta'sirida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar umumiy va mahalliy reaksiya sifatida yuz beradi. Umumiy reaksiyada tana haroratining bir muncha ko‘tarilishi, EChTning tezlashishi kuzatiladi, mahalliy – to‘qimalar shishishi (otyok) va giperemiyaning kuchayishi kuzatiladi.

Shifobaxsh balchiq yog‘och yashiklarda, beton hovuzlarda saqlanishi lozim. Il balchig‘ining qurib qolmasligi uchun unga 5% osh tuzining eritmasi qo‘shiladi. Ishlatilgan balchiqni regeneratsiyalash (yo‘qotgan xossalarini tiklash) uchun unga osh tuzining 5% eritmasi va bir muncha yangi balchiq qo‘shish kerak, balchiqni 3-5 oydan so‘ng qaytadan ishlatsa bo‘ladi. Balchiqlar asosan suv hammomida isitiladi.Jarohat, yiringli yaralarni davolashda, to‘g‘ri ichak va qin tamponlari uchun ishlatilgan balchiqlardan qayta foydalanilmaydi. Balchiq albatta bakteriologik tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur, agar patogen mikroorganizmlar topilsa, balchiq davolash maqsadida qo‘llanilishi mumkin emas.

Balchiq applikatsiyasi umumiy va mahalliy bo‘ladi. Kurortlarda asosan umumiy balchiq applekatsiyasi qo‘llaniladi. Umumiy applekatsiya uchun 40-42 gradus haroratli, mahalliy uchun 42-44 gradus haroratli balchiq qo‘llani-ladi.

Balchiqlar quyidgi ko‘rinishlarda qo‘llaniladi : balchiqli vannalr (37 gradus haroratda), balchiq applekatsiyasi (“qo‘lqop”, “naski”, “yoqa”, “etik”, “trusi”), jigar va oshqozon sohasining applekatsiyasi (38-40 gradus harorat-da), rektal va vaginal tamponlar (40-42 gradus haroratda), kompresslar, balchiqli elektroforez, pelloidinning mushak ichiga in'eksiyasi. Muolaja tamom bo‘lgach, balchiq badandan olinib, bemor harorati 36-37 gradusli yomg‘irsimon dush ostida yuvinadi, so‘ngra 30-40 minut davomida dam oladi.

Parafin-ozokerit bilan davolash

Neftni sublimatsiya qilib olinadigan parafin yuqori molekulali uglevodlar aralashmasidan iboratdir. Parafin o‘zining fizik xususiyatlari – issiqlikni kam o‘tkazish, issiqlik sig‘imining kattaligi, qo‘yilgan joy-dagi to‘qimalarga bosim bilan ta'sir ko‘rsatishi tufayli davolashda keng qo‘llaniladi. Tibbiyotda zichligi 0,9 va erish harorati 45-52 gradus bo‘lgan oq parafin ishlatiladi. Parafin qayta ishlatilganda, unga har safar 20-25 % yangisi qo‘shilib turiladi. Bir parafindan 5-7 martadan ortiq foydala-nilmaydi. Jarohatga yoki shilliq pardaga qo‘yilgan parafin qayta ishlatilmaydi.

Ozokerit – tog‘ mo‘mi. U zich mumsimon massa bo‘lib, asosan serezin, parafin, mineral yog‘lar va smolalardan iborat. Tarkibida smola ko‘p bo‘lgan ozokerit qora rangda bo‘ladi. Tarkibidan suv, ishqor va kislotalar butunlay chiqarib tashlangan “tibbiyot ozokeriti” yoki standart ozokerit davolashda keng qo‘llaniladi. Ozokerit 32-55 gradusda suyuladi. Ozokeritning davolovchi ta'siri uning fizik va kimyoviy xususiyatlariga asoslangan. Uning issiqlik sig‘imi katta bo‘lib, issiqlikni juda yomon o‘tkazadi. Bundan tashqari ozokeritda issiqlik juda uzoq vaqt saqlanadi. Uning afzalligi shundaki, issiqlikni organizmga il va torf balchiqlariga qaraganda sekin va uzoq vaqt o‘tkazadi. Fizik xususiyatlari, tayyorlash texnikasi va qo‘llanish usuli bo‘yicha parafinga yaqin turadi. Ozokerit biologik aktiv moddalarni o‘zida saqlashi bilan terapevtik faoliyati bo‘yicha parafindan ustun turadi. Issiqlik bilan davolashda ko‘pincha parafin va ozokerit aralashmasidan, 1:1 nisbatda foydalaniladi. Parafin va ozokeritning asosiy, zaruriy xususiyatlari bo‘lib issiqlik kengayishi hisoblanadi, ya'ni qizdirilganda hajmining o‘zgarishi. Parafin suyuq holatdan qattiq holatga o‘tganida kichiklashadi. Bu bilan parafin va ozokeritning kompression ta'siri yuzaga keladi, shuning uchun qayta qo‘llanilganda 10-15 % yangi aralashma qo‘shiladi. Parafin-ozokeritning qo‘llanish usullari quyidagilar : qatlam-qatlam, parafin-vannochka, salfetka-applekatsiya, kyuvet-applekatsiya. Vaginal va rektal tamponlar qo‘pincha 55-65 gradus haroratli ozokerit bilan qo‘llaniladi. Mahalliy qo‘llanilganda uning davomiylik effekti shishni yo‘qotish, og‘riqni kamaytirish va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatishdan iborat-dir.Uning ta'sirida qon va limfa aylanishi yaxshilanadi, to‘qimalarda almashinuv kuchayadi. Keng qo‘llaniladi : bo‘g‘imlar va mushaklarning kasal-liklarida, lat yeyish, sekin bitayotgan jarohatlar, chandiqlar, nevralgiyalar, nevritlar va boshqalar.

Kurortologiya – tibbiy ilmiy fan bo‘lib, tibbiy fizik omillarning davolash xususiyatlrini, ularning odam organizmiga ta'sirini, kurortlarda va kurortlardan tashqari muassasalarda ularni davolash va kasallikning oldini olish maqsadida qo‘llanilish imkoniyatini o‘rganadi, sanatoriya-kurortlarda davolash uchun to‘g‘ri keladigan va to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsat-malarni ishlab chiqaradi.Bundan tashqari, kurortologiya vazifalariga kurort resurslarini topish, aholining sanatoriya-kurortlarda davolanish extiyojlarini o‘rganish, kurort qurilishining prinsip va normativlarini o‘rganish, kurort resurslarini sanitariya muhofaza qilish savollari kiradi.

Kurort – tabiiy davolash omillariga, mineral manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, maqbul iqlimga, shuningdek bemorlarning davolanishi va dam olishi uchun mo‘ljallangan balneotexnik, gidrotexnik inshoatlariga, sanatoriyalariga ega bo‘lgan joydir.

Kurortlar asosiy tabiiy shifobaxsh omillar xarakteri bo‘yicha bir nechta tiplarga bo‘linadi : balneologik, balchiqli va iqlimli. Kurortlar-ning ko‘pchiligi o‘zida ikkita, uchta shifobaxsh omillarini saqlaydi va balneo-balchiqli, balneo-iqlimli, balneo-iqlimli-balchiqli bo‘lib hisoblanadi.

Balneologik kurortlarning asosiy shifobaxsh omillari mineral suvlar hisoblanadi, hozirgi vaqtda 9 ta balneologik guruh mineral suv-lari aniqlangan, ya'ni 1-guruh mineral suvlari, ta'siri ion tarkibi va mineralizatsiya bilan aniqlanadi; 2-guruh angidridli suvlar; 3-guruh vodorod sulfidli suvlar; 4-guruh temirli suvlar; 5-guruh bromli, yodli, bromyodli suvlar; 6-guruh kremnili haroratli sular; 7-guruh mishyak saqlovchi suvlar; 8-guruh rodonli suvlar; 9-guruh bor saqlovchi suvlar, odam terisining yuza qismi uchun va ichish uchun qo‘llaniladi.

Balchiqli kurortlarda davolash maqsadida sulfidli il balchig‘i, sapropel, torfli, sopochkali balchiq turlari qo‘llaniladi.

Iqlimli kurortlarda asosiy shifobaxsh omil – iqlimning xossasi bo‘lib, kurortlarning geografik joylashishiga, dengiz sathidan balandligi, o‘simliklar turlariga, suv havzalarining borligiga asoslangandir.

Sanatoriya-kurortda bemorlarni davolash bosqichlaridan biri bo‘lib, oldingi va keyingi kasallikni davolash-oldini olish choralari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Davolashning yaxshi natijasi asosan bemorlarni kurort va sanatoriyaga to‘g‘ri tanlab olish bilan aniqlanadi. Bemor sanatoriyaga santoriya-kurort kartasisiz qabul qilinmaydi, chunki unda davolovchi shifokorning kasallik darajasi va bosqichlarini hisobga olib bergan tibbiy tavsiyanomasi, bemorning umumiy ahvoli, asosiy kasallikka yo‘ldosh kasalliklar, sanatoriyaga yuborishdan oldin tekshirishlar va shifoxona yoki poliklinikada davolangan natijalari yoritilgan bo‘ladi.

Bemorni sanatoriyaga yuborishning quyidagi tartibi qabul qilingan : shifokorning sanator-kurort bilan davolanish tavsiyanomasini, kurort (sanatoriya) tipini, davolash (sanatoriyada, ambulatoriyada) turini va yilning qaysi vaqtida davolashni o‘z ichiga olgan ma'lumotnomani (tasdiqlangan shakl bo‘yicha) bemor qo‘liga beriladi. Berilgan ma'lumotnoma sanator-kurort kartasining o‘rniga o‘ta olmaydi va bemorni sanatoriyada davolanish uchun qabul qilish xuquqini bermaydi. U faqat yo‘llanma olish joyiga tavsiya qilish uchun beriladi. Yo‘llanmani olib davolovchi shifokor qabuliga keladi, o‘z navbatida shifokor yo‘llanma va tibbiy tavsiyanomaning bir-biriga to‘g‘ri kelishini tekshirib, shundan so‘ng sanatoriya-kurort kartasini to‘ldiradi va bemorga beradi. Ma'lumotnoma va sanator-kurort kartasi o‘z ta'sir kuchini 2 oygacha saqlaydi. Sil bilan kasal bemorlar uchun tartib quyidagicha, ya'ni ularni sanatoriya-kurortda davolanishga nohiya (shahar) silga qarshi dispanserlari yuboradi.

Sanatoriya-kurortga davolanish uchun yuborishda nafaqat bemorning holatini baholash; balki bemorni sanator-kurortda davolanishga yuborish uchun umumiy qabul qilingan ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar ham e'tiborga olinadi.

Bemorlarni (kattalar va o‘smirlar) kurortga yuborishga umumiy qarshi ko‘rsatmalar :

-o‘tkir bosqichdagi hamma kasalliklar, avj olish bosqichidagi surunka-li kasalliklar va o‘tkir yiringli jarayonlar bilan asoratlangan kasallik-lar;

-o‘tkir yuqumli kasallikning yakkalanish (izolyasiya) vaqti tugaguncha;

-o‘tkir yoki yuqumli shakldagi hamma tanosil kasalliklar;

-ruhiy kasalliklar.Giyohvandlikning hamma shakllari va surunkali alkogolizm, tutqanoq;

-o‘tkir va avj olish bosqichidagi qonning hamma kasalliklari;

-kelib chiqishi har xil bo‘lgan kaxeksiya;

-xavfli o‘smalar (radikal davolangan, ya'ni jarrohlik, kimyoterapev-tik, nurlanish, kombinatsiyalangan usullar bilan davolangan bemorlar). Umumiy holati qoniqarli bo‘lgan xavfli o‘sma bilan kasal bemorlar faqat mahalliy sanatoriyaga davolanish uchun yuboriladi;

-quyidagilarni talab qiluvchi hamma kasalliklar va holatlar:

a)kasalxonada davolanishni;

b)jarrohlikning aralashuvini;

v)mustaqil harakat va o‘ziga xizmat qila olmaydiganlar.

-har xil yerda joylashgan exinokokk;

-tez-tez qaytalanadigan yoki ko‘p miqdorda qon ketish;

-balneologik va balchiqli kurortlarga homiladorlikning hamma oylarida yuborish man etiladi, iqlimli kurortlarga esa homiladorlikning 26-haftasidan boshlab yuborish man etiladi; tekis yerlarda yashovchilarni dengiz sathidan 1000 metr balandlikdan yuqori joylashgan tog‘li kurortlarga yuborish mumkin emas;

-aktiv bosqichdagi silning hamma shakllari – silga moslashmagan ham-ma sanatoriyalr;

-balneologik, balchiq va tog‘li kurortlarga yurak-qon tomir yetishmas-ligining I-darajasidan yuqorisidagi hamma kasalliklar, mahalliy sanato-riyalarga – II-darajadan yuqori darajadagi bemorlar.

Umumiy qarshi ko‘rsatmalar bilan bir qatorda bemorlarni sanatoriya-kurortda davolanish uchun yuborishda maxsus qarshi ko‘rsatmalar ham e'tiborga olinadi.



O‘zbekiston kurortlari

O‘zbekiston Respublikasining geografik joylashishi haqida qichqacha ma'lumot. O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo markazida Sirdaryo va Amu-daryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, 447,4 ming kilometr kvadrat maydonni egallaydi. O‘zbekiston shimoldan 925 kmga, g‘arbdan sharqqa esa 1400 km gacha cho‘zilgandir. Maydonning taxminan 4/5 qismi (80 %) tekislikdan iborat, shu qatorda Turon pastligi ham, faqat uzoq sharqqa Tyan-Shan va Gissaro-Oloy (balandligi 4000 metrgacha va undan yuqori) sistemalariga taalluqli tog‘lar qad ko‘tara boshlaydi. Tekislik qismida Ustyurt platosi va Amudryo delta ajralib turadi, markaziy qismida qumli Qizilqum cho‘li joylashgan. Iqlimli keskin kontinental quruq.



O‘zbekistonning tabiiy kurort resurslarini asosan tarkibi va davolash xususiyatlri har xil bo‘lgan mineral suvlarning topilgan joylari tashkil etadi.

Iqlimli kurortlar. Respublikada birinchi bo‘lib tog‘ iqlimli Shohimardon kurorti 1934 yilda ochilgan bo‘lib, Farg‘onadan 52 km narida, dengiz sathidan 1540-1570 metr balandlikda joylashgan. Kurort sil kasal-ligi bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun mo‘ljallangan. Kompleks davolashga aerogelioterapiya, yilning qish faslida – ultrabinafsha nurla-nish, bakteriyalarga qarshi terapiya, parxez va shifobaxsh jismoniy tarbiyalari kiradi. “Hamza-Hakimzoda” va “Ko‘k-qo‘l” nomli ikkita sanatoriyaga ega.

Ko‘rsatmalar – silning aktiv shakli, ko‘krak qafasidagi limfa tugun-larining tumori va infiltratli sil, infiltratsiya va yemirilish bosqichidagi o‘pkaning infiltrativ va disseminlangan sili, o‘chog‘li sil, bir yoki ikki yoqlama o‘pka sili bo‘yicha jarrohlik yordami ko‘rsatilgan bemorlar (qiyin nafas olishi va taxikardiya yaqqol bo‘lmagan holatda), tana harorati yuqori bo‘lmagan, susayish bosqichidagi sil plevritlari, limfa tugunlari sili.

Qarshi ko‘rsatmalar – umumiy qarshi ko‘rsatmalar, kazeozli zotiljam, infiltrativ-pnevmatik silning tarqalgan shakli, sub va dekompensatsiya bosqichidagi fibroz-kavernozli sil, sirrozli sil, tez-tez qaytalaniladigan qonqusishga moil sil jarayoni.

Tog‘ iqlimli Oq tosh kurorti – Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida 1500 ga dan ortiq maydonni egallab, dengiz sathidan 1140 metr balandlikda joylashgan. Oq tosh sanatoriyasi nafas olish organlarining spetsifik bo‘lmagan kasalliklari bilan kasal bemorlarga mo‘ljallangan bo‘lib, yilning ma'lum faslida faoliyat ko‘rsatadi (15 maydan 15 oktyabrgacha). Davolash kompleksida aerogelioterapiya, shifobaxsh jismoniy tarbiya, parxez, fizioterapiya muolajalari kiradi.

Ko‘rsatmalar – surunkali traxeit, zotiljam, bronxitlar, plevropnevmoniya, quruq va fibroz-serozli plevritlardan so‘ng qoladigan asoratlar, pnevmoskleroz, I-II darajalardan yuqori bo‘lmagan qon aylanishining buzilishi, o‘pka emfizemasi, tez-tez qaytarilmaydigan va og‘ir kechmaydigan bronxial astma xuruji.

Balneologik va balneoichimlik kurortlar

Chortoq kurorti – Farg‘ona vodiysining Chotqol tizmasining janubida, dengiz sathidan 623 metr balandlikda, Namangandan 30 km narida joylashgan. Kurortning asosiy shifobaxsh omillaridan ichishga mo‘ljallangan yodbromli, xlorid-natriy-kalsiyli yuqori mineralizatsiyalangan yuqori haroratli mineral suv, xlorid-sulfat-natriyli kam minerallashgan suvlar va iqlim hisoblanadi.

Ko‘rsatma – tayanch-harakat apparatining kasalliklari, ya'ni kelib chiqishi bo‘yicha silga bog‘liq bo‘lmagan artritlar va poliartritlar, deformatsiyalanuvchi osteoartroz, osteoxondroz, osteoxondropatiya, spondiloartroz, miozitlar, sanovitlar, bursitlar; asab sistemasining kasalliklari, ya'ni periferik asab kasalliklari, MNSning funksional kasalliklari, periferik asab sistemasi jarohatining asorati, hazm sistemasi organi kasalliklari, teri kasalliklari – surunkali bosqichli psoriaz, cheklangan va tarqalgan neyrodermit (ekssudativ shakldagisidan tashqari), surunkali ekzema, seborreya ekzemasi, qizil yassi lishay, yengil darajadagi qichima, ayollar jinsiy organlarining surunkali yallig‘lanish kasalliklari,qon aylanishi yetishmasligining I-darajasidan yuqori bo‘lmagan yurak-qon tomir sistemasining kasalliklari.

“Chimyon” kurorti – Farg‘ona viloyati, Vodil nohiyasining Oloy tizmasining tog‘ yonbag‘rida, dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylashgan. Asosiy shifobaxsh omil bo‘lib subterminal, o‘zida yuqori miqdorda serovodorod tuzini saqlagan kam minerallashgan vodorod sulfid suvi hisoblanadi. U vannalar, ingalyasiya maqsadida qo‘llaniladi.

Ko‘rsatma – tayanch-harakat apparati, periferik asab sistemasi, yurak-qon tomir sistemasi, ayollar jinsiy organlari, teri kaslliklari.

“Toshkent mineral suvlari” kurorti – Toshkent yaqinida, dengiz sathidan 420-450 metr balandlikda joylashgan. Asosiy shifobaxsh omili bo‘lib kam miqdorda minerallashgan, ishqoriy, gidrokarbonat-natriyli, yuqori haroratli suv hisoblanadi. Toshkent mineral suvi ichish, oshqozon va ichakni yuvish va sug‘orish, transduodenal yuvish maqsadida qo‘llaniladi. Hazm qilish organlarining kasalliklarini, siydik-tanosil sistemasi ba'zi kasalliklarini (pielonefrit, sistit) davolashda yuqori yaxshi natijalar beradi.

Jayronxona kurorti – Surxondaryo viloyati, Surxondaryo sohilida Termizdan 22 km narida, dengiz sathidan 360 metr balandlikda joylashgan. Asosiy shifobaxsh omili bo‘lib vodorod-sulfidli, bromli, kremniyli, xlorid-natriy-kalsiyli yuqori haroratli suv hisoblanadi. Ko‘rsatmalar Chimyon kurorti uchun ko‘rsatmalariga o‘xshash.

Uch-qizil kurorti – balneologik kurort bo‘lib, Surxondaryo viloyati, Termiz nohiyasi, Termiz shahridan 16 km narida, Uch-qizil suv ombori sohilida joylashgan. Asosiy shifobaxsh omili haroratli (33-40 gradusli) minerallashgan sulfidli-xlorid-natriyli suv. Ko‘rsatmalar Chimyon kurorti uchun ko‘rsatmalariga o‘xshash.

“Nagornaya” kurorti – balneologik kurort bo‘lib, Samarqanddan 650 km narida, Katta qo‘rg‘on nohiyasida joylashgan.Asosiy tabiiy shifobaxsh omil – 2 xil turdagi mineral suvlar. Minerallashgan xlorid-sulfat-nat-riyli yuqori haroratli (45 gradus)suv, ovqatni hazm qilish organlari kasalliklarida ichib davolash maqsadida qo‘llaniladi.Minerallashgan rodonli xlorid-sulfat-natriyli xaroratli (37-43gradus) suv,yurak-qon tomir,asab sistemasi,tayanch-xarakat apparati kasalliklarida vanna usulida qo‘llaniladi.

Qizil-Tepa kurorti - balneologik ichimli kurort bo‘lib,Farg‘ona viloyatida Oltiariq noxiyasida,Farg‘onadan 40 km narida joylashgan. Asosiy shifobaxsh omili – minerallashgan xlorid-sulfat-gidrokarbonat-natriyli suv, harorati 42 gradus.

Ko‘rsatma– ovqat hazm organlari, tayanch-harakat apparati kasalliklari.

Janubiy Olmaliq kurorti – balneologik kurort bo‘lib, Andijon viloyatining Jalol quduq nohiyasida, Andijondan 25 km narida joylashgan. Asosiy shifobaxsh omili – minerallashgan xlorid-natriyli haroratli suv.

Ko‘rsatma – periferik asab sistemasi, tayanch-harorat apparati, ginekologik, teri kasalliklari.

Moxi-Xosa sanatoriyasi – iqlimiy balneologik kurort bo‘lib, Buxoro chegarsida joylashgan. Iqlim sharoiti buyrak kasalliklarini davolash uchunqulay hisoblanadi. Iqlim terapiya bilan bir qatorda minerallashgan sulfat-xlorid-natriyli haroratli 45 gradusli suv ham qo‘llaniladi.

Ko‘rsatma – buyrak kasalliklari may oyidan oktyabr oyigacha asab sis-temasi, tayanch-harakat organlari kasalliklari.

Mahalliy sanatoriyalar

“Yalang‘och” sanatoriyasi – Toshkent viloyatining Orjenekidze nohiyasi-da joylashgan bo‘lib, silning aktiv shaklidagi bemorlar uchun mo‘ljallangan.

“Turon” sanatoriyasi – asab va yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasal bemorlar uchun mo‘ljallangan. Kompleks davolashga iqlim terapiya sun'iy, uglekislotali va radonli vannalar, balchiq va parafin bilan davolash kiradi. Miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarni reabilitatsiya (tiklash) qilishga iqtisoslashgan sanatoriya bo‘lib hisoblanadi.

“Chinobod” sanatoriyasi – Toshkentda joylashgan balneologik sanato-riyadir. Asosiy shifobaxsh omili – minerallashgan xlorid-gidrokarbonat natriyli, 51 gradus haroratli suv, shuningdek Jizzax viloyati Baliqli ko‘lidan olib kelinadigan davolash xususiyatiga ega bo‘lgan balchiqlar ham qo‘llaniladi.

Ko‘rsatma – ovqat hazm qilish, tayanch harakat apparati, asab sistemasi kasalliklari.

“Umid gulshani (8 mart)” sanatoriyasi – Toshkentda joylashgan bo‘lib, ginekologik kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan. Kompleks davolash tadbirlariga qo‘llaniladigan fizik omillardan tashqari balchiq, parafin va ozokerit bilan davolash ham kiradi.

“Botanika” sanatoriyasi – Toshkentdan 30 km narida joylashgan bo‘lib, yurak-qon tomir va asab sistemasi kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallan-gandir. Asosiy davolash omili – xlorid-gidrokarbonat-natriyli haroratli (37 gradus) mineral suv, balchiq bilan davolash, iqlim bilan davolash.

Xulosa

Ma'ruzada tabiiy omillar bilan davolash haqida ma'lumot berildi. Gidroterapiyaning ta'sir mexanizmi va uning balneoterapiyadan farqi, boshqa muolajalardan afzalligi keltirildi. Issiqlik bilan davolash va usullari, ahamiyati haqida tushuncha berildi.Sanator-kurortga boruvchilarni saralash asosi va O‘zbekistondagi santoriya-kurortlar haqida tushuncha berildi.



Tinglovchilar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun savollar

1.Gidroterapiya va balneoterapiya nimasi bilan farqlanadi?

2.Dush, vannalarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi qanday?

3.Gastritda mineral suvning qo‘llanilish usuli qanday? Qo‘llashda nimaga e'tiborni qaratish kerak?

4.Balchiqning fiziologik ta'siri haqida nimani bilasiz?

5.Parafin-ozokeritning qo‘llanilish usullari.

6.Iqlimli kurortlarning turlari.

7.Kurortlarning turlari.



Qo‘llanilgan adabiyotlar

1. Bogolyubov V.A. «Obщaya fizioterapiya» M. 2001.

2. Ulaщik V.S. «Fizioterapiya» M. 2003.

3. Bogolyubov V.A. «Metodika i texnika provedeniya fizioterapevticheskix protsedur», M.: «Meditsina», 2001.

4. Bogolyubov V.M.«Meditsinskaya reabilitatsiya » Moskva, 2006, 3 toma.

5. Rudenko T.L. “Fizioterapiya”, Rostov na donu, 2000g.

6. Ponomarenko G.N. «Chastnaya fizioterapiya», M.: «Meditsina», 2005.

Chet el adabiyoti:


  1. Eckel M. Phizikoterapie 165. 2000

  2. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

  3. Lehrbuch K. Berlin. Phizijterapie volk 140.1988

  4. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

  5. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards

  6. Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000

  7. Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

  8. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  9. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

  10. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.

Internet saytlar:

http://www.medscap.com

http://www.sportsinjuryclinic.net

http://www.about. com.

http://www.healthline. com

http://www.thebiglimo.ru

http://www.medlinks.ru

http://www. z-e.ru

http://www.sportmed.com

Qo‘llanilgan adabiyotlar

1.V.S.Ulashik Teoriya i praktika lekarstvennogo elektroforeza. “Belorus”, 1976 g.

2.Klinicheskaya fizioterapiya. Pod red. V.V.Orjemkovskogo, Kiev, 1984 g.

3.V.G.Yasnogorodskiy Elektroterapiya. M., 1987 g.

4..Uchebnoe posobie po fizioterapii. Pod red.A.P.Speranskogo. M., 1975 g.

5.K.Yu.Yuldashev, Yu.A.Kulikov Fizioterapiya. T., 1994 g.

6.Spravochnik po fizioterapii. Pod red. V.G.Yasnogorodskogo M.., Meditsina, 1992 g.

7.I.V.Oranskiy, D.S.Ilxamdjanova Kratkiy spravochnik po fizioterapii. T,1992 g.

8.S.N.Babaadjanov Spravochnik fizioterapevta. Tashkent, 1999 g.

9. yefanov O.I.; Dzanagova T.F. “Fizioterapiya stomatologicheskix zabolevaniy”

10. Muravyannikova J.G. «Osnovы stomatologicheskoy fizioterapii», Rostov-na-Donu, «Feniks», 2002, 320 s.

11. Pastuxov O.G., Sheftelovich T.K., yermoshenko L.S., Markarov X.A. «Fizioterapiya v stomatologii» (Uchebno-metodicheskoe posobie dlya studentov stomatologicheskogo fakulteta i vrachey stomatologov). Krasnodar, 2002, 102 s.

12. Ma'ruza matnlari va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar.

Internet manbalari:

http://www.doktor.ru

http://www.medinfo.org

http://www.restart-med.ru

http://www.mirmed.ru

http://micropolarization.narod.ru

http://www.aapmr.org

http://www.alhealth.com

http://www.docguide.com

http://www.healthweb.com

http://www.acsm.org

http://www.apta.org

http://www.jphysiol.org

http://www.Stomfac.ru


XORIJIY MANBALAR


  1. Eckel M. Phizikoterapie 165. 2000

  2. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

  3. Lehrbuch K. Berlin. Phizijterapie volk 140.1988

  4. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

  5. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards

  6. Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000

  7. Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

  8. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  9. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

  10. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.


ANNOTATSIYaLAR

Annotatsiya
“Fizioterapiya fani masalalari. Fizik omillarning ta'sir mexanizmi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Fiziodavolash va fizioprofilaktika” ma'ruzasi davolash va tibbiy-pedagogika fakultet-larining 4 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarni vatanparvarlik xisida tarbiyalash, har bir odamning ishga qobiliyatini va jismoniy ish qobiliyatini oshirishda faol ishtirok etishini ta'minlash, fizioterapiya haqida tushuncha berish, uning amaliy tibbiyotdagi ahamiyatini tushuntirish, fizik omillarning ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llanilishiga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, fiziodavolash va fizioprofilaktika tadbirlari bilan tanishtirishdir. Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : fizioterapiya fani, vazifalari, fizik omillarning ta'sir mexanizmi va guruhi, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, fizioprofilaktika haqida tushuncha. Galvanizatsiya, elektroforez usullari haqida tushuncha, qo‘llanish usullari.

Ma'ruza bo‘yicha 44 ta slaydlar sxema, fotosur'at, rasm va animatsiya ko‘rinishida tayyorlangan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.

Annotatsiya

“Sun'iy faktorlar. Elektr toki bilan davolash (doimiy va impulsli toklar)” ma'ruzasi davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarni odam organizmiga doimiy impulsli tok, o‘zgaruvchan tok va yuqori chastotali maydonlarning ta'siri, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, qo‘llanish usullari bilan tanishtirish, vatanparvarlik xisida tarbiyalash, har bir odamning ishga qobiliyatini va jismoniy ish qobiliyatini oshirishda faol ishtirok etishini ta'minlash, bemorlarga reabilitatsiya tadbirlar o‘tkazishda mustaqil asoslangan ko‘nikma qabul qilishni o‘rgatish.

Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : muolajalarida (elektrouyqu, DDT, SMT, darsonvali-zatsiya, franklinizatsiya, UYuCh- va O‘YuCh-terapiya, induktotermiya, mikroto‘lqin terapiya) qo‘llaniladigan fizik omillarga xarakteristika, qo‘llanish usullari, fiziologik va shifobaxsh ta'siri haqida tushuncha.

Ma'ruza bo‘yicha 44 ta slaydlar sxema, rasm ko‘rinishida tayyorlangan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.
Annotatsiya

“Sun'iy faktorlar” ma'ruzasi davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarni davolash va kasallikni oldini olishda yorug‘lik nurlari, aerozol turlari, aeroion va gidroaeroion, ultra tovush, magnitoterapiya, bosim va shifobaxsh massaj haqida tushuncha berish, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, ularni qo‘llashda ishlatiladigan usullar va apparatlar bilan tanishtirish. Ularning ahamiyatini ta'kidlab o‘tish.

Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : yorug‘lik nurlarining turlari va ularga xarakteristika, aerozol-, aeroiono- va gidroaeroionoterapiya va qo‘llanilish usullari, ultratovushning ta'sir mexanizmi va ahamiyati, magnitoterapiyani davolash maqsadida qo‘llash, baroterapiya turlari va qo‘llaniladigan usullari, shifobaxsh massajda qo‘llaniladigan asosiy usullar, turlari va uning ahamiyati haqida tushuncha.

Ma'ruza bo‘yicha 40 ta slaydlar sxema, rasm ko‘rinishida tayyorlangan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.

Annotatsiya
“Tabiiy fizik omillar. Kurortlar” ma'ruzasi davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarga suvni (gidroterapiya) va mineral suvni (balneoterapiya) davolash maqsadida qo‘llanilish imkoniyatlari haqida tushuncha berish. Talabalarni issiqlik omillari – balchiq, parafin, ozokeritterapiyaning organizmga ta'siri bilan tanishtirish. Shu bilan birga kurortlar, sanator-kurortga boruvchilarni saralash, O‘zbekiston kurortlari haqida tushuncha berish.

Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : suv bilan davolash (gidroterapiya, balneotera-piya), pelloidoterapiya: ta'sir mexanizmi va qo‘llanilish usullari, issiqlik bilan davolash, kurortlar, sanator-kurortga boruvchilarni saralash, O‘zbekiston kurortlari haqida tushuncha.

Ma'ruza bo‘yicha 62 ta slaydlar sxema, rasm va animatsiya ko‘rinishida tayyorlangan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.


MUALLIFLAR TO‘G‘RISIDA

Usmanxodjaeva A.A.


Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, t.f.n.


Adilov Sh.Q.


Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.









Sharipov U.A.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi assistenti









NORMATIV HUJJATLAR
O‘ZBeKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.08.1997 y.

N 464-I

TA'LIM TO‘G‘RISIDA

I. Umumiy qoidalar (1-8-moddalar)

II. Ta'lim tizimi va turlari (9-19-moddalar)

III. Ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish (20-24-moddalar)

IV. Ta'lim tizimini boshqarish (25-29-moddalar)

V. Yakunlovchi xulosalar (30-34-moddalar)


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

2-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari

4-modda. Bilim olish huquqi

5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi

6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi

7-modda. Davlat ta'lim standartlari

8-modda. Ta'lim berish tili

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.



2-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta'lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.



3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari

Ta'lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

4-modda. Bilim olish huquqi

Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'iy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Bilim olish huquqi:

davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish; barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;

oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta'minlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.



5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi

Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi

Ta'lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta'lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta'lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta'lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmualariga hamda o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. Ta'lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli.


7-modda. Davlat ta'lim standartlari

Davlat ta'lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.



8-modda. Ta'lim berish tili

Ta'lim muassasalarida ta'lim berish tildan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.



II. TA'LIM TIZIMI VA TURLARI

9-modda. Ta'lim tizimi

10-modda. Ta'lim turlari

11-modda. Maktabgacha ta'lim

12-modda. Umumiy o‘rta ta'lim

13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi

14-modda. Oliy ta'lim

15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim

16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim

18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish

19-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar



9-modda. Ta'lim tizimi

O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

davlat standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari; ta'lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir.

10-modda. Ta'lim turlari

O‘zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:

maktabgacha ta'lim; umumiy o‘rta ta'lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim.

11-modda. Maktabgacha ta'lim

Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat'iy nazar, boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.



12-modda. Umumiy o‘rta ta'lim

Umumiy o‘rta ta'lim bosqichlari quyidagicha: boshlang‘ich ta'lim (I-IV sinflar); umumiy o‘rta ta'lim (I-IX sinflar). Boshlang‘ich ta'lim umumiy o‘rta ta'lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta'lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste'dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.



13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta'lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta'minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.



14-modda. Oliy ta'lim

Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi. Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta'lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta'limdir. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.



15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad'yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.



16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta'minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim

Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.



18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish

Davlat oilada ta'lim olishga va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta'lim olish tegishli ta'lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta'lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.



19-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar

Akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat oilada ta'lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining tegishli ta'lim dasturlari bo‘yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta'lim muassasalarida o‘qitilishi shart bo‘lgan va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladigan mutahassisliklar bundan mustasno. Oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomga o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo‘yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Davlat ta'lim standartlariga mos kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o‘zaro tan olinishi mumkin.

Tegishli bosqichdagi ta'limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beriladi. Davlat tasdiqlagan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta'lim muassasalarida ta'lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo‘yicha ishlash huquqini beradi.


III. TA'LIM JARAYONI QATNASHCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH

20-modda. Ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish

21-modda. Ta'lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish

22-modda. yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish

23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish

24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari



20-modda. Ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish

Ta'lim muassasasida ta'lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta'minlanadi.



21-modda. Ta'lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish

Ta'lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi to‘lanadigan yillik uzaytirilgan ta'tillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. Ta'lim muassasalari ish haqiga mo‘ljallangan mavjud mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to‘lash va uni rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.



22-modda. yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniyvakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish

yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish davlatning to‘la ta'minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish

Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar va o‘smirlarni ushbu ta'lim muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o‘quvchilari qisman yoki to‘la davlat ta'minotida bo‘ladi.



24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari

Alohida sharoitlarda tarbiyalanish va o‘qishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘spirinlar uchun ularning bilim olishi, kasb tayyorgarligi va ijtimoiy tiklanishini ta'minlaydigan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning ta'lim olishi va mustaqil bilim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi.



IV. TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISH

25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlari

26-modda. Ta'limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasi

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta'lim sohasidagi vakolatlari

28-modda. Ta'lim muassasasini boshqarish

29-modda. Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta'lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar



25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningta'lim sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;

ta'limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ta'lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;

ta'lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;

boshqa davlatlarning ta'lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasining hududida ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;

qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;

davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash;

davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;

davlat grantlari miqdori va ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;

davlat oliy ta'lim muassasasining rektorlarini tayinlash;

ta'lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta'lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

26-modda. Ta'limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgandavlat organlarining huquq doirasi

Ta'limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:

ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;

ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;

davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta'minlash;

o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;

o‘quv va o‘quv-uslubiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;

ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;

davlat oliy ta'lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta'lim sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

ta'lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta'minlaydilar;

ta'lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar;

o‘z hududlaridagi ta'lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;

ta'lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini ta'minlaydilar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

28-modda. Ta'lim muassasasini boshqarish

Ta'lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta'lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.



29-modda. Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta'lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar

Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi. Nodavlat ta'lim muassasalari ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatib qo‘yishga haqli. Nodavlat ta'lim muassasalariga qabul davlat o‘quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.



V. YAKUNLOVCHI XULOSALAR

30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari

31-modda. Ta'limni moliyalash

32-modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari

33-modda. Xalqaro hamkorlik

34-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik



30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari

Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun javobgardirlar.



31-modda. Ta'limni moliyalash

Davlat ta'lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.



32-modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari

Ta'limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.



33-modda. Xalqaro hamkorlik

Ta'lim muassasalari ta'lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo‘shma o‘quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.



34-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov
BAHOLASh MEZONLARI

Joriy nazorat


O‘zlash-tirish %


Baho

Talabaning bilim darajasi

1

96-100


A'lo


«5»

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘i javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi. Mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalarni yechadi, test savollariga to‘liq va to‘g‘ri javob beradi. Erkin tasavvurga ega bo‘lib, kerak bo‘lganda o‘qituvchi bilan o‘z fikrini almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar, videofilmlar majmuasi tayyorlangan.

2

91-95


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi, mustaqil mushohada yuritadi. Mavzu mohiyatini tushuntira oladi, erkin tasavvurga ega bo‘ladi, o‘qituvchi bilan bemalol fikr almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar majmuasi.

3.

86-90

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. Mavzu bo‘yicha amaliy ish natijalari bo‘yicha mustaqil tekshirish bayonnomasini to‘ldiradi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar majmuasi.

4

81-85


Yaxshi

«4»


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. TMI 8-10 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 15-20 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

5

76-80

Javoblar to‘g‘ri, ammo to‘liq emas, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bo‘yicha kamchilikni to‘ldiradi, mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol. Auditoriyadagi topshiriqlarni bajarishda qatnashadi. TMI 5-8 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 10-15 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barchama'lumotlarnito‘liqhajmdako‘rsatibberadi, biroqzerikarlirasmiylashtirilgan.

6.

71-75

Mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol, ammo xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Auditoriya ishlarini bajarishda qatnashadi, kerakli yozishlarni amalga oshiradi. TMI 3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 5-10 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barchama'lumotlarnito‘liqhajmdako‘rsatibberadi, biroqzerikarlirasmiylashtirilgan.

7.

66-70


Qoniqarli

«3»


Javoblar 50% ga to‘g‘ri, ammo berilgan savolning mohiyatini tushunadi; topshiriqlarni bajara oladi, biroq unda 2-3 xatoliklarga yo‘l qo‘yadi.

8


61-65



Javoblar 50% ga to‘g‘ri, savol mohiyatini hamma vaqt ham to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida bajaradi va shunda ham 2-3 ta xatoga yo‘l qo‘yadi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

9


55-60


Javoblar 40% ga to‘g‘ri, javob berishda yanglishib ketadi, savol mohiyatini hamma vaqt to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni boshqa talaba yoki o‘qituvchi yordamida bajaradi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilmagan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuni ochib berilmagan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylash-tirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

10


54-30


Qoniqarsiz

«2»


40% gacha to‘g‘ri javob bera oladi, javoblar aniq emas, topshiriqlarni bajara olmaydi. Uy vazifasi bajarilmagan. Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini ochib bermagan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

11

30-20


Amaliy mashg‘ulotga qatnashadi, formada, daftari bor. Uyga berilgan vazifa bajarilmagan.Talaba mustaqil ish vazifalarini bajarmagan.


TMI tekshirish mezonlari




O‘zlash-tirish %

Baholash

Talabaning bilim darajasi

1.

86 - 100

A'lo «5»

10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar. Mavzusi to‘liq va har tomonlama ochib ko‘rsatilgan referatlar, matni mantiqiy ketma-ketlikda yozilgan, referatni tayyorlashda talaba eruditligini, bilimlarining chuqurliligini va savodxon ekanligini namoyish etdi. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan. Mavzuni to‘liq ochib beruvchi 30 dan ortiq animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, aniq va chiroyli slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, materiallar mantiqan to‘g‘ri yozilgan, sifatli, aniq va chiroyli rasmiylashtirilgan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi.

2.

71 - 85

Yaxshi

«4»


3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, xatosiz, mantiqan to‘g‘ri yozilgan, mavzu to‘liq ochib berilgan. Mavzuni ochib beruvchi 15-20 ta bir turdagi animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, bir ko‘rinishda rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

3.

55 - 70

Qoniqarli «3»

2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 10-15 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

4.

0 - 54

Qoniqarsiz «2»

Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini yarimidan kam qismini ochib bergan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.


Yakuniy nazorat mezonlari




O‘zlash-tirish %

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

96-100

A'lo «5»


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga to‘g‘ri, aniq, ketma-ketlikka rioya qilgan holda javoblar berilgan.

2.

91-95


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ket javob berishda to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.

3.

86-90


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikka rioya qilinmagan.

4.

81-85

Yaxshi «4»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1 ta ahamiyatsiz xato bor.

5.

76-80

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1-2 ta xato bor.

6.

71-75


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(30%). Javoblar ketma-ketligida bir necha to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.

7.

66-70


Qoniqarli «3»

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(40%). Javoblar ketma-ketligi buzilgan.

8

61-65


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 45% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik buzilgan.

9.

55-60


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

10

54 -30

Qoni-qarsiz «2»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55%dan ko‘p javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

11

30 va undan kam

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.


Download 0.7 Mb.
1   2   3   4




Download 0.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzuning logiko-didaktik tuzilishi

Download 0.7 Mb.