Kelishildi




Download 0.7 Mb.
bet1/4
Sana13.11.2020
Hajmi0.7 Mb.
#12405
  1   2   3   4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

KELISHILDI “TASDIQLAYMAN”



Toshkent Tibbiyot Akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,

Tibbiy profilaktikaprofessor professor Teshaev O.R._________

F.I. Salomova _______________ «____» _______________2014 yil

«______»___________2014 y


Kafedra: XALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA

Fan: FIZIOTERAPIYA

DAVOLASH VA TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETLARI



4 KURS TALABALARI UCHUN
O‘QUV- USLUBIY MAJMUA

TOSHKENT-2014

O‘QUV USLUBIY- MAJMUA MUNDARIJASI




MUNDARIJA

BETLAR

1

Namunaviy o‘quv dasturi

3-17

2

Ishchi o‘quv dasturi

18-35

3

Ta'lim texnologiyasi

36-118

4

Masalalar va mashqlar to‘plami

119-125

5

Test savollari

125-136

6

Nazorat uchun savollar (JN, YaN)

136-139

7

Umumiy savollar

139-140

8

Tarqatma materiallar

141-150

9

Glossariy

151-153

10

Referat mavzulari

153-154

11

Adabiyotlar ro‘yxati

154-156

12

Tayanch konspekt

-

13

O‘quv materiallari

157-210

14

Xorijiy manbalar

210

15

Kurs ishi mavzulari

-

16

Annotatsiyalar

210-212

17

Mualliflar to‘g‘risida

212

18

Foydali maslahatlar

-

19

Normativ hujjatlar

213-221

20

Baholash mezonlari

221-225


Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201_ yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:



Usmanxojayeva A.A.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedra mudiri, dotsent, t.f.n.

Visogorseva O.N.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n.


Taqrizchilar :


Fedorova M.V.

TTA ichki kasalliklar propedevtikasi XDT, gematologiya va kasb kasalliklar kafedrasi dotsenti. t.f.n.

Xamrabaeva F.I.

ToshVMOI gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi mudiri t.f.d, professor

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (201_ yil ________dagi «_____» «____»-sonli bayonnoma)


Kirish

Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya bo‘yicha dastur. Davlat o‘qitish standarti asosida tuzilgan va tibbiy oliygohlarning tibbiy-pedagogika, davolash, stomatologiya fakultetlari uchun mo‘ljallangan. Dastur umumiy fizioterapiya, jismoniy reabilitatsiya va shifokor nazorati sohasida tibbiy ta'limni va ma'lumot saviyasini oshirishga qaratilgan.



O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanlarni o‘qitishdan maqsad – aholini salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, tibbiyot sifatini oshirishda davolash-profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish. Shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator (poliklinika) sharoitida turli kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni davolashda, asoratlarini oldini olishda va profilaktika maqsadida fizikaviy va davolovchi jismoniy tarbiya usullarni qo‘llanishiga o‘rgatish.Aholining sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash. Shifokor nazoratida -jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini, organizmning funksional holatini, asosiy tizimlarning holatini, jismoniy yuklamalarning organizmga ta'sirini, organizm tomonidan berilayotgan javob reaksiyalarini baholashni o‘rgatish.

Faninng vazifalari:


  • fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;

  • turli kasalliklarda davolash va reabilitatsiya davrida to‘laqonli kompleks tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatish;

  • jismoniy mashqlarning organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;

  • davolash va reabilitatsiya davrida davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlashni va qo‘llashni o‘rgatish;

  • aholining turli kontingentlari orasida, ularning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ko‘nikishlari uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini o‘rgatish;

  • aholining sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash uchun jismoniy yuklamaning organizmga ta'sirini baholash usullarini o‘rgatish.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

«Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- Organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullarini, mustaqil ravishda somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazishni, mustaqil funksional sinamalarni o‘tkazishi va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni funksional holatlarini baholashni, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarning berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholashni, sport inshoatlarga bo‘lgan sanitar-gigienik talablarni, vrach-jismoniy tarbiya dispanserlarining turlari va tashkil etilishini, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, davolash jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning davolash usullarini, davolash jismoniy tarbiya shakllarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini va davolovchi jismoniy tarbiyaning samaradorligini baholashni. Asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik mashqlar kompleksini tuzishni, DJT harakat tartiboti vazifalarini aniq belgilashni, DJTning vositalarini to‘g‘ri tanlashni, DJT xonasini jihozlashni, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishni, turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarini to‘g‘ri tavsiya etishni, fizik muolajalarni optimal ta'sirini aniqlashni, bemorlarni shifomaskani kurortlarga tanlash va davolash masalalarini xal etishni, sanator-kurort kartalarni to‘ldirishni, fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiya paytida birinchi yordam ko‘rsatishni, fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish tartibini, umumiy davolash tadbirlari bilan bir qatorda (dori-darmon, parhez, jarrohlik operatsiyalari va h.z.) maxsus fizioterapektik usullarini belgilash va dozalashni aniqlashni bilishi kerak;

- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va funksional holatini baholash usullari, despansirizatsiya o‘tkazishda vrach nazoratining asosiy usullari, nafas va yurak-qon tomir tizimlarining organizmga ta'sir etayotgan jismoniy yuklamaga nisbatan bo‘ladigan javob reaksiyalari, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy guruhlarga saralashlar, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash usullari, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarida shug‘ullanish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, sport inshoatlariga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablarning bajarilishi va davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimi, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlari, davolovchi jismoniy tarbiyasi davolash usullari, davolash jismoniy tarbiya shakllari, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlari va davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish effektivligini baholash, turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mon’eliklarga rioya qilish, davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni xisobga olish, normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmi, fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



- Mustaqil tibbiy xulosa berish va vrach nazorti kartasini to‘ldirish, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlari mashg‘ulotlarida shug‘ullanishga ruxsat berish uchun tibbiy ko‘rik turlarini va o‘tkazilish tartiblari, akademik guruhlarda va davolovchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida vrach - pedagogik nazoratini o‘tkazish va shifokor nazorati xonasini jihozlash, organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash va usullarini o‘tkazish, somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazish, funksional sinamalarni o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarini funksional holatlarini baholash, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholash, sport inshoatlarini sanitar-gigienik baholash va sport inventar normativlar, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish va mashg‘ulotlarda (sportchilarda) qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektiligini baholash, bemorlarga DJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilish, bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborish, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish, mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektivligini baholash, reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada DJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlash, fizik muolaja usullarini mustaqil bajarish, fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish, fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlash, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.

Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan odam anatomiyasi, normal va patologik fiziologiya, biologiya, biofizika, umumiy gigiena, jismoniy tarbiya fanlarini bilishi, ichki kasaliklar propedevtikasi, pediatriya, fakultet terapiyasi va xirurgiyasi, akusher(doya)-ginekologiya, travmatologiya fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.



Sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalarida reabilitatsiya bo‘limlari, fizioterapiya bo‘limlarni bo‘lishi va ularda olib boriladigan fizioterapiya va davolovchi jismoniy tarbiya usullari odam organizmida sog‘lomlashtirishda, chiniqtirishda kasallikni davolash vaqtini qisqartirishda va asoratlarni oldini olishda qo‘llanilishi dolzarb masala hisoblanadi. Chunki yuqoridagi uslublarni qo‘llanishi asosiy terapiyani ta'sirini kuchayishiga va dori moddalardan kuzatiladigan asoratlarni oldini olishiga imkoniyat beradi. Sport tibbiyoti bo‘limlarida sportchilarni salomatligini saqlashda va mustahkamlashda ahamiyati yuqori.



Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, kompyuter dasturlari, elektron materiallar, amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.



Asosiy qism

Shifokor nazoratining asosiy vazifalari. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy tekshiruvi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchilarda o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik turlari bilan tanishtirish. Tibbiy guruhlar haqida tushuncha berish. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning anamnezini yig‘ish xususiyatlari. Shifokor nazorati kartasi bilan tanishtirish va rasmiylashtirishni o‘rgatish.



Jismoniy rivojlanish. Jismoniy rivojlanganlikni antropometriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash va baholash usullari. Tana tuzilishi tiplari. Sport turiga saralash.

Jismoniy rivojlanganlikning antropometrik ko‘rsatkichlarini olish: spirometriya, dinamometriya, tana uzunligi va vaznini, ko‘krak qafasining aylanasini o‘lchash. Somatoskopiya ko‘rsatkichlarini olish : umurtqa pog‘anasi, qad-qomat, ko‘krak qafasi, oyoq, tovon shakllari. Kaliperometriya : tana vaznining tarkibiy qismini aniqlash (suyak, mushak va yog‘). Jismoniy rivojlanganlikning baholash usullari, ya'ni standartlar, korrelyatsiya va indekslar haqida tushuncha berish. Antropometrik ko‘rsatkichlarini indekslar usuli yordamida Ketle, Pine, farqlash, hayotiy, Erisman va boshkalar, qo‘l va bel mushaklari indekslarini aniqlash. Olingan natijalarga asoslangan holda jismoniy rivojlanishni aniqlash.



Shifokor nazoratida qo‘llniladigan funksoinal sinamalar. Yurak-qon tomir tizimini funksional sinamalari.

Muntazam shug‘ullanish natijasida organizmda kuzatiladigan funksional va morfologik o‘zgarishlar. Yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan sinamalar (Letunov va Martine sinamalarining o‘tkazilish tartibi). Sinamasini o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholash, javob reaksiya tiplarini aniqlash.



Nafas va vegetativ nerv tizimlarni

funksional sinamalari

Nafas tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan Shtange, Gench, Serkin va Rozental sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Vegetativ nerv tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan ortostatik va klinoortostatik sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Talabalar bilan Shtange, Genche va Serkin sinamalarini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.



Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlash

Tashqi nafas olishning ochiq va yopiq usullari haqida tushuncha. Tekshiriluvchidan olingan spirogramma yordamida nafasning minutlik hajmini, nafas olish sonini, nafasning o‘rtacha chuqurligini, o‘pkaning tiriklik sig‘imini, o‘pkaning maksimal ventilyasiyasini, maksimal nafas olganda nafaslar soni va chuqurligini, rezerv nafasni, kislorod hajmini aniqlash. Sportchilarda va jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlardan olingan spirogrammalarni baholash.



Jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullari.

Organizmning ish bajarish qobiliyati va tiklanish jarayonlari haqida tushuncha. Garvard step-testining o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida Garvard step-testi indeksini aniqlash, olingan indeks orqali organizmning tiklanish jarayonlarini baholash. Sportchilarda va jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlar bilan Garvard step-testini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.

PWC-170 submaksimal testi haqida tushuncha, o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida organizmning ish bajarish qobiliyatini baholash. Kislorodning maksimal iste'mol qilinishini aniqlovchi bevosita va bilvosita usullari haqida tushuncha. Sportchilarda jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlar bilan PWC-170 submaksimal testini veloergometrda bajarish va olingan natijalarni baholash.

Shifokor- pedagogik nazorati. Jismoniy yuklamalar ta'sirida shug‘ullanuvchi organizmida bo‘ladigan o‘zgarishlar. Sport bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘p uchraydigan patologik holatlar. Sport jarohati profilaktikasi.

Shifokor-pedagogik nazoratining vazifalari, nazorat usullari, ya'ni o‘tkazilayotgan mashg‘ulot zichligi (xronometraj), fiziologik egri chizig‘i va holsizlanish darajalarini aniqlash bilan tanishtirish. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida shifokor-pedagogik nazoratining usullarini qo‘llash va olingan natijalarini baholash.



Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma

va qarshi ko‘rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri.

Vrach nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqida tushuncha berish. Tibbiy guruxlar va ularga saralash prinsiplari. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri turlari, tuzilishi, faoliyati. Talabalar tomonidan shifokor nazorati kartasini rasmiylashtirish va uni himoya qilish. Kartani topshirish.



Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari –

vositalari, shakllari. Harakat tartibotlari

Davolovchi jismoniy tarbiya, davolash usullari va jismoniy mashqlarning asosiy ta'sir qilish mexanizmlari haqida tushuncha berish. Davolovchi jismoniy tarbiyaning vositalari, ularning turlari va qo‘llanilish maqsadlari. Shakllari, ularning guruhlari, turlari va qo‘llanilish maqsadlari. Bemorlarga davolash jismoniy tarbiya tavsiya etilganda qo‘llaniladigan harakat tartibotlari, ularning vazifalari haqida tushuncha berish



Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari

DJT vositalari va shakllari. Harakat tartibotlari. DJT muolajasini belgilash prinsiplari. DJT bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish. Bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan DJT usullarining samaradorligini aniqlash. Massaj turlari haqida tushuncha berish. Shifobaxsh massajda qo‘llaniladigan asosiy usullari, ta'sir mexanizmlariga tushuncha. Shifobaxsh massajni talabalarda ko‘rsatish.



Yurak qon-tomir tizimini kasalliklarida DJTni qo‘llash

MO‘I, GK, YuIK, NSD kasalliklarida DJTning davolash usullarini tanlash va asoslash, vosita shakl va harakat tartibotlarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, davolash samaradorligini aniqlash kriteriylari.



Nafas tizimi kasaliklarida DJTni qo‘llash

Zotiljam, plevrit, surunkali bronxit, o‘pka emfizemasi, bronxial astma, bronxoektatik kasalliklarida DJTni qo‘llash maqsadi va vazifalari, xususiyati, davolash usullarini tanlash va asoslash, davolash gimnastika kompleksini tuzish va samaradorligini aniqlash. Mustaqil bemor qabul qilish.



Ovqat-hazm qilish va harakat-tayanch tizimlari va modda almashinuvi kasalliklarida DJTni qo‘llash.

Oshqozon-ichak yarasi, gastrit, kolit, enterit, enterokolit, splanx­noptoz, gepatit, xoletsistit, artrit, poliartrit, artroz, qandli diabet, semirish, podagra kasalliklarida DJTni qo‘llash maqsadi va vazifalari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. DJTning davolash usullarini tanlash va asoslash, davolash gimnastika komplesini tuzish. hujjatlarni to‘ldirish, poliklinikada bemor qabul qilish.



Jarrohlik kasalliklarda va travmatologiya-ortopediyada

DJTni qo‘llash

Tomir kasalliklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida o‘tkaziladigan operatsiyadan oldingi va keyingi davrlari, qo‘l-oyoq suyaklari va umurtqa pog‘anasi sinishlarining immobilizatsiya va undan keyingi davrlari, yassi tovon, osteoxondroz, skolioz, kifoz, lordoz kasalliklarida DJTni qo‘llash maqsadi va vazifalari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. DJTning davolash usullarini tanlash va asoslash, davolash gimnastika komplesini tuzish. Xujjatlarni to‘ldirish, poliklinikada bemor qabul qilish.



Akusherlikda va ginekologik kasalliklarida va

pediatriyada DJTni qo‘llash

Homiladorlikda, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrlarda jismoniy mashqlarni qo‘llash. Ginekologik kasalliklarda (yallig‘lanish, ptoz va anomaliya) va operatsiyalarda DJTni qo‘llash xususiyatlari. Davolash gimnastika kompleksini tuzish. Mashg‘ulotlar samaradorligini aniqlash. Ayollar maslahatlarida bemorlarni qabul qilish.

Pediatriyadagi DJTning o‘ziga xos xususiyatlari. Bolalarni chiniqti-rishda davolash gimnastikasi usullarini qo‘llash. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Doimiy va impuls toklari bilan davolash

Fizioterapevtik galvanizatsiya, elektroforez, elektruyqu, diadinamoterapiya, amplipulsterapiya, elektrodiagnostika, elektrostimulyatsiya muolajalarida qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozalash.



O‘zgaruvchan tok va elektromagnit maydonlari bilan davolash

Fizioterpevtik ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya, franklinizatsiya, darsonvalizatsiya, induktotermiya, magnitoterapiya muolajalarida qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirovkasi.



Yorug‘lik bilan davolash. Aerozolterapiya. Aeroionoterapiya. Gidroaeroionoterapiya. Ultratovush bilan davolash. Baroterapiya

Fizioterpevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirovkasi.



Suv va issiqlik bilan davolash. Kurortlar

Fizioterpevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirovkasi. Kurort omillari va turlari. O‘zbekiston kurortlari. Sanator-kurortga boruvchi­larni saralash. Sanator-kurort kartasini rasmiylashtirish, himoyalash va topshirish.



Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar

1. Fizioterapevtik muolajalarining odam organizmiga ta'sir mexanizmi;

2. Tibbiy tiklanishida fizioterapiyani ahamiyati ;



  1. Fizioterapevtik muolajalar va dori moddalarini birgalikda qo‘llash yo‘llarini;

  1. Bemorlarni sanatoriy va kurortlarga tanlash masalalarini;

  2. Davolash hujjatlarini rasmiylashtirish;

  3. Organizm to‘qimalarini fizik muolajalarga sezuvchanligini aniqlash va ta'sir etish sohasini belgilashni;

  4. Fizioapparatlarning ishlash prinsiplari va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

  5. Sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash

  6. Davolash terapiyasining samaradorligini aniqlashni;

  7. Fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish

  8. Fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlashni va ular bilan ishlash, elektrotravma va patologik reaksiyalarda birinchi yordam ko‘rsatishni;

  9. Bemorlarga DJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilishni;

  10. Bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborishni;

  11. Shifokor-pedagogik nazoratini o‘tkazish, mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektivligini baholashni;

  12. Jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimi;

  13. Davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar;

  14. Davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlari;

  15. Davolovchi jismoniy tarbiyasi davolash usullari, shakllari, harakat tartibotlari;

20. Davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish effektivligini baholash

21.Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy tekshirishni va vrach nazorati kartasini to’ldirishni

22.Jismoniy rivojlanganlikni antropometriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash va baholash usullarini

23. Shifokor nazoratida qo‘llaniladigan funksional sinamalarni. Yurak-qon tomir tizimini funksional sinamalarini o‘tkazishni

24.Nafas va vegetativ nerv tiziminig funksional sinamalarini o‘tkazishni

25.Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlashni

26.Jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlashni. Garvard step-testni o‘tkazishni

27.PWC-170 submaksimal testni o‘tkazishni. Kislorodning maksimal iste'mol qilinishini aniqlashni

28.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini sanitar-gigienik kuzatishni.

29.Shifokor - pedagogik nazoratni mashg‘ulotlarda o‘tkazishni

30.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni nazarga olib tavsiya qilishni

31.Shifokor nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilishni

32.Sport amaliyotida tiklanish vositalarini kompleks qo‘llash

34. Sport bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘p uchraydigan patologik holatlar. Sport jarohati profilaktikasini o‘rganadilar.

Amaliy mashg‘ulotlarning tahminiy tavsiya etiladigan mavzulari:

1.Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy tekshirish. Shifokor nazorati kartasi bilan tanishtirish.

2.Jismoniy rivojlanganlikni antropometriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash va baxolash usullari.

3.Shifokor nazoratida qo‘llaniladigan funksional sinamalar. Yurak-qon tomir tizimiining funksional sinamalari.

4.Nafas va vegetativ nerv tizimlarining funksional sinamalari. 5.Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlash.

6.Jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash. Garvard step-testi.

7.PWC-170 submaksimal testi. Kislorodning maksiml iste'mol qilinishini aniqlash.

8.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini sanitar-gigienik kuzatish.

9.Shifokor - pedagogik nazorat.

10.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri.

11.Shifokor nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish.

14.Davolash jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari – vositalari, shakllari. Harakat tartibotlari.

15.Massaj turlari.

16.Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari.

17.Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarida DJTni qo‘llash (MO‘I, GK, YuIK, NSD).

18.Nafas tizimini kasaliklarida DJTni qo‘llash (zotiljam, plevrit, surunkali bronxit, o‘pka emfizemasi, bronxial astma, bronxoektatik kasalligi).

19.Hazm va harakat-tayanch sistemalari va modda almashinuvi kasalliklarida DJTni qo‘llash (oshqozon-ichak yarasi, gastrit, kolit, enterit, enterokolit, splanxnoptoz, gepatit, xoletsistit, artrit, poliartrit, artroz, qandli diabet, semirish, podagra).

20.Jarrohlik kasalliklarda va travmatologiya-ortopediyada DJTni qo‘llash (tomir kasalliklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida o‘tkaziladigan operatsiyadan oldingi va keyingi davrlari, qo‘l-oyoq suyaklari va umurtqa pog‘anasi sinishlarining immobilizatsiya va undan keyingi davrlari, yassi tovon, osteoxondroz, skolioz, kifoz, lordoz).

21.Akusherlikda va ginekologik kasalliklarida va pediatriyada DJTni qo‘llash.

22.Doimiy va impulsli toklar bilan davolash.

23.O‘zgaruvchan tok va elektromagnit maydonlari bilan davolash.

24.Yorug’lik bilan davolash.

25.Aerozolterapiya. Aeroionoterapiya. Gidroaeroionoterapiya.

26.Ultratovush bilan davolash.

27.Baroterapiya.

28.Suv va issiqlik bilan davolash.

30.Kurortlar.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma'ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.


Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishini tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma'ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • Yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy (distansion) ta'lim.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

1. Balneoterapiya

2. Gidroterapiya

3. Gelioterapiya



  1. Talassoterapiya

  1. Speleoterapiya (galoterapiya)

  2. Mexanik tebranishga asoslangan terapiya

  3. Fizioterapiyani zamonaviy usullari (qo‘shimcha bitta apparatda, zamonaviy asbob-uskunalar qo‘llaniladigan usullar)

8. Markaziy elektroanalgeziya

9. Insonni yoshiga qarab fizik muolajalarni qo‘llanishini aspektlari

( pediatriyada va geriatriyadagi dozalanishini muammolari)

10. Aerob mashqlar

11.Miofassial og‘riq sindromlarni davolovchi jismoniy tarbiya vositalari orqali davolash (PIR)

12. Gidrokineoterapiya

13. Vegetativ distoniya sindromida DJT vositalari

14. Umurtqa pog‘onasini churrasida DJT.

15. Ko‘z xarakatlarini gimnastikasi

16. Manual terapiya

17. Massaj (davolovchi massaj usullari)

18. Somatotip turlari (erta sport saralashida tana tuzilishini ahamiyati)

19. Sport dietasi (sport turlarida ovqatlanish asoslari).

20. Sport tibbiyotida funksonal tekshiruvlar

22. Noratsional jismoniy yuklamada sportchilarda rivojlanadigan patologik holatlar

23. Doping – nazorati

24. Sportchilarning farmakologik ta'minlanishi

25. Sog‘lom turmush tarzi

26. Sport amaliyotida tezkor yordami

Dasturning informatsion-uslubiy ta'minoti

Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta'limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.

- barcha mavzular bo‘yicha ma'ruza mashg‘ulotlarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron didaktik texnologiyalarni;

- fanning umumiy va xususiy bo‘limlariga tegishli mavzularida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, qora quti, o‘rgimchak ini, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.



Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv

qo‘llanmalar ro‘yxati

Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar

1. Babajanov S.N Spravochnik fizioterapevta “Abu Ali Ibn Sino”, T, 1999 s.279 (uchebnik dlya studentov)

2. Yepifanov V.A., Apanasenko G.L. «Lechebnaya fizkultura i vrachebnыy kontrol» M., 1990 (uchebnik dlya studentov)

3. Chogovadze A.V. Krugliy I.M. Vrachebniy kontrol v fizicheskom vospitanii i sporte M.1987. (uchebnik dlya studentov)



4. Yuldashev K.Yu, Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov) 1994 s. 298

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Aulik I.V. «Opredelenie fizicheskoy rabotosposobnosti v klinike i sporte»,

  2. Bassina V.G., Bergnitskiy Ya.M. «Klimatolechenie» Spravochnik. Semfiropol. Tavriya. 1990 s. 289

  3. Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya” M. 2005

  4. Biryukov A.A. «Massaj-sputnik zdorovya» kniga dlya uchashixsya 1992 s. 157

  5. Bogolyubov V.A. «Obshaya fizioterapiya» M. 2001 s. 679

  6. Bogolyubov V.A. «Metodika i texnika provedeniya fizioterapevticheskix protsedur» M. 2001 s.280

  7. Bokov A., Sergeev S. “ Yoga dlya detey” M. 2004

  8. Vorobev M.G., Vorobev V.M. «Fizioterapiya na domu» S. Peterburg, 1992 s. 217

  9. Dembo A.G «Vrachebniy kontrol v sporte». M.: Meditsina, 1988

  10. Dubrovskiy V.A. «Lechebnaya fizkultura» M. 2004

  11. Yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik «Lechebnaya fizkultura» M. 2004

  12. Yepifanov V.A. «Lechebnaya fizicheskaya kultura» M. 2003

  13. Yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000

  14. Yepifanov V.A., Moshkov V.N. «Lechebnaya fizkultura (spravochnik)» M.1997

  15. Yefanov O.I., Dzanagova G.R. «Fizioterapiya stomatologicheskix zabolevaniy», M., Meditsina, 1990

  16. Juravlyova A.I., Graevskaya N.D. Sportivnaya meditsina i lechebnaya fizicheskaya kultura. Rukovodstvo M., 1993

  17. Karpman V.L. «Serdse i sport» M., 1999

  18. Larskiy E.G. «Sovremennie metodi elektroforeza» Obzor lit. 1990 s. 127

  19. Leksionnie materiali i uchebno-metodicheskie razrabotki

  20. Leksionnie materiali i uchebno-metodicheskie razrabotki

  21. Milyukova I.V., Yevdokimova T.A. «Gimnastika dlya detey» M. 2004

  22. Muravyannikova J.G. «Osnovi stomatologicheskoy fizioterapii » Rostov na Donu 2002. s. 320

  23. Natalov G.G. «Vvedenie v fizicheskuyu kulturu» Krasnodar, 1995

  24. Oranskiy I.ye., Ilxamjanova R.S. «Kratkiy spravochnik po fizioterapii». Izd-vo Ibn-Sino 1992 s. 267

  25. Pastuxov O.G., Sheftelovich T.K., Yermoshenko L.S., Makarova X.A. «Fizioterapiya v stomatologii» Krasnodar 2002.-103 s.

  26. Pasinkov ye.I. «Fizioterapiya» Darslik 1995. (na uzb. yazike) s.285

  27. Popov V.I. Chogovadze V.G. « Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov na Donu 2001

  28. Rixsieva O.A. «Massaj» T. 1996

  29. Sokolov A.A.., Zausaev N.K. «LFK v chelyustno-litsevoy xirurgii» M., 1990

  30. Soloveva T.R. «Magnitoterapevticheskaya apparatura». M. Meditsina, 1991s. 210

  31. Ulashik V.S. « Fizioterapiya» M. 2003 s. 450

  32. Umarova X.T. , Karachevseva T.V. «Fizioterapiya v pediatrii» izd-vo Ibn-Sino, 1993 s. 354

  33. Sarfis P.G., Kiselev V.B. «Lechebnыe gryazi i drugie prirodnie teplonositeli» 1990 s. 235.

  34. Edvard T. Xouli, B. Don-Frenks «Rukovodstvo instruktora ozdorovitelnogo fitnessa», Kiev 2004.

  35. Yo’ldashev K.Yu. «Nemedikamentoznie metodы lecheniya profilaktiki i meditsinskoy reabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994 s. 347.

  36. Yo’ldashev K.Yu. «Preformirovannie i yestestvennie fizicheskie faktori v profilaktike i meditsinskoy reabilitatsii». T. – 1991 s.236.

  37. «Vodolechenie. Teoriya i praktika vodolecheniya doma, v lechebnitse i na kurortax», Rostov – 1996. s. 293.

  38. «Meditsinskie osnovi fizicheskogo vospitaniya i formirovaniya zdorovya i garmonichnogo razvitiya detey i podrostkov» prof. Nazirov F.G. prof. Axmedova D.M. prof. Suyumov F.A. dots. Vasilev V.D, prof. Shayxova G.I. Tashkent, 2003.

Chet el adabiyoti:

  1. Eckel M. Phizikoterapie 165. 2000

  2. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

  3. Lehrbuch K. Berlin. Phizijterapie volk 140.1988

  4. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

  5. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DOSports Medicine Study Guide and Review for Boards

  6. Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000

  7. Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

  8. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  9. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

  10. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.

Internet istochniki:

www.doktor.ru,

www.medinfo.home.ml.org

www.pubmed.com, www.sportmed,ru

http://www.guideline.gov/index.asp

http://www.klinrek.ru/cgibin/mbook,

http://www.rusmedserv.com



http://www.eurasiahealth.org,

http://www.medscape.com,

http://www.pubmedcentral.nih.gov



www.alhealth.com, www.docguide.com, www.healthweb.com,www.acsm.org,

www.apta.org,www.sportsmed.org ,www.jphysiol.org

www.physsportmed.com, www.sportsmedicine.com
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi









«TASDIQLAYMAN»

o‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor, professor

Teshaev O.R.

__________

«_____»__________2013 yil



OLIY TA'LIMNING

Bilim sohasi: 700000 - “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot”
Ta'lim sohasi: 720000 — «Sog‘liqni saqlash»
Ta'lim yo‘nalishi: 5720100 - «Davolash ishi»

5140900 - «Kasbiy ta'lim»

FIZIOTERAPIYA FANIDAN
ISHCHI DASTUR
Umumiy o‘quv soati - 42

Shu jumladan :

Ma'ruza - 8

Amaliy mashg‘ulotlar - 20

Mustaqil ish soati - 14

Toshkent – 2013
Tuzuvchilar:



Visogorseva O.N.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n.




Adilov Sh.Q.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti





Retsenzentlar:


Hamraev A.A.

TTA 2-UASh va endokrinologiya kafedrasi mudiri, t.f.d.




Agzamova Sh.A.

ToshPTI ambulator tibbiyoti va reabilitologiya kafedrasi dotsenti




Fanning ishchi dasturi “Kasbiy ta'lim”, “Davolash ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv rejasi asosida tuzilgan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan, 2013 yil «_________»dagi «____»-sonli majlis bayoni bilan ma'qullangan.


1. Kirish

Fizioterapiya fani fizik omillarning xususiyatlarini, organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash-profilaktika, asoratlarning oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini, turli kasalliklarda reabilitatsiya dasturlarini va davolash kompleksini tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatadi.


1.1. O‘qitish maqsadi va vazifalari

O‘qitish maqsadi:

Shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator sharoitlarda turli kasalliklarni davolashda fizioterapiya usullarini qo‘llash, profilaktika maqsadida va chiniqish jarayonida tabiiy va sun'iy omillarini qo‘llash, turli kasalliklarda bemorlarni qayta tiklash va reabilitatsiya bosqichlarida fizioterapevtik usullarini to‘g‘ri tavsiya qilish va umumiy davolash kompleksida qo‘llash.


O‘qitish vazifalari:

-shifoxona amaliyotida davolashning fizikaviy usullaridan mohirona foydalanishni talabalarga o‘rgatish;

-davolashda muayyan tabiiy va fizikaviy omillarni qo‘llash uslublarini o‘zlashtirish;

-kasallik jarayonini surunkali shaklga o‘tish yo‘lining oldini olish va kasallik asoratlarini fizikaviy usullar yordamida bartaraf etish;

-kasalliklarni oldini olishda va organizmni sog‘lomlashtirishda fizikaviy usullarni tug‘ri qo‘llash.
1.2.Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar

Talaba bilishi kerak:

-turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda va tavsiya etishda ko‘rsatma va mon’eliklarga (umumiy va maxsus) rioya qilishni;

-davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olishni;

-normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini;

-fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni;

-sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llashni;


Talaba malakalarga ega bo‘lishi kerak:

-turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarini to‘g‘ri tavsiya etishni;

-fizik muolajalarning optimal ta'sirini aniqlashni;

-bemorlarni sanatoriya kurortlarga tanlash va davolash masalalarini xal etishni;

-sanator-kurort kartani to‘g‘ri rasmiylashtirishni;

-fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiya paytida birinchi yordam ko‘rsatishni;

-fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish tartibini;

-umumiy davolash tadbirlari bilan bir qatorda (dori-darmon, parhez, jarrohlik operatsiyalari va h.z.) maxsus fizioterapevtik usullarini belgilash va dozalashni aniqlashni.
Talaba ko‘nikmalarni orttirishi kerak:

-fizik muolaja usullarini mustaqil bajarishni;

-fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozishni;

-fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlashni;

-birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni.
1.3.O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi

Fizioterapiya fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, biofizika, biokimyo, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, nevrologiya, LOR va ko‘z kasalliklari, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.



1.4.Talabalar bilish kerak bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar minimumi

1. Fizioterpiyani qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

2.Turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarini to‘g‘ri tavsiya etish.

3.Fizik muolajalarni optimal ta'sirini aniqlash.

4.Fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish.

5.Fizioterapetik davolash muolajalarini to‘g‘ri tanlash.

6.Fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlash.

7.Fizik apparatlari bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

8.Bemorlarga fizioterapevtik muolajalarni rejalash va to‘g‘ri tavsiya etish.

9.Bemorlarga fizioterapevtik muolajalarini o‘tkazish.

10.Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

11.Bemorlarni sanatoriya kurortlarga tanlash va davolash masalalarini xal etish.

12.Sanator-kurort kartasini rasmiylashtirish.
2. O‘quv yuklamasining hajmi

Umumiy ish xajmi (soat)

O‘quv yuklamasini auditoriya mashg‘ulotlari turiga qarab taqsimlanishi (soatda)

Mustaqil ish (soat)



Jami

Ma'ruza

Amaliy mashg‘ulot

42

28

8

20

14

3. Ma'ruzalar

3.1. Ma'ruzalarning mavzu bo’yicha rejasi



Ma'ruza mavzusi

Sana

1

Fizioterapiya fani masalalari. Fizik omillarning ta'sir mexanizmi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Fiziodavolash va fizioprofilaktika.

2

2

Sun'iy faktorlar. Elektr toki bilan davolash (doimiy va impulsli toklar).

2

3

Sun'iy faktorlar. O‘zgaruvchan toklar. O‘zgaruvchan elektr va magnit maydonlar. Yorug‘lik bilan davolash. Ultratovush bilan davolash.

2

4

Tabiiy fizik omillar. Kurortlar. O‘zbekistonda sanator-kurort davolash.

2


Ma'ruza 1. Fizioterapiya fani masalalari. Fizik omillarning ta'sir mexanizmi.Korsatma va qarshi korsatmalar. Fiziodavolash va fizioprofilaktika.

Mavzu: Fizioterapiya tarixi. Ibn Sinoning fizioterapiya sohasidagi ilmiy merosi. Umumiy va xususiy fizioterapiyani o‘rganish maqsadi va vazifalari, fizik muolajalar yordamida kasallikning oldini olish. Fizik omillarning ta'sir mexanizmi. Fizioterapiyaning asosini tashkil qiluvchi fizik omillar, klassifikatsiyasi. Umumiy ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Fizioprofilaktika.

Ma'ruza 2. Sun'iy faktorlar. Elektr toki bilan davolash (doimiy va impulsli toklar).

Mavzu: Galvanik tokning fizik xarakateristikasi. To‘qima va hujayralarda ro‘y beradigan biofizik jarayonlar. Doimiy tokning odam organizmiga ta'siri. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Elektroforez usulining afzalliklari. Dori moddalarini yuborish qoidalari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Impuls toklari, shakli va chastotasiga binoan tavsif berish (elektrouyqu, diadinamik toklar (DDT), sinusoidal modullashgan toklari (SMT, amplipulsterapiya), flyuktuarizatsiya). Ularning ta'sir mexanizmi, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.



Ma'ruza 3. Sun'iy faktorlar.O‘zgaruvchan toklar. O‘zgaruvchan elektr va magnit maydonlar. Yorug‘lik bilan davolash.

Ultratovush bilan davolash.

Mavzu: O‘zgaruvchan toklarning fizik xarakteristikasi. Yuqori chastotali terapiya usullari, ularni tebranish chastotasi, energiyani yuborish usullari va apparat tuzilishiga binoan farqi (darsanvalizatsiya, induktotermiya, ultra yuqori va o‘ta yuqori chastotali toklar). O‘zgaruvchan tok va yuqori chastotali tebranishlar ta'siri ostida to‘qimalarda ro‘y beradigan biofizik hodisalar. Har bir omilning fiziologik ta'siri. Xususiy ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Magnit maydonining fizik tavsifi. MM, DMM, O‘MM, IMM manbalari. MM ta'sirida organizmda ro‘y beradigan biofizik jarayonlar. Ko‘rsatma, qarshi ko‘rsatmalar. Franklinizatsiya. Davolash maqsadida yuqori kuchlanishli doimiy elektr maydonidan foydalanish.

Franklinizatsiyaning ta'sir etuvchi omillari. Omil ta'siriga javob reaksiyalar. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Ultratovush terapiya. Fizik omil tavsifi. Muhitga qarab ultratovushning yutilishi. Ultratovushning asosiy dozimetrik parametr-larining organizmga ta'siri. Ko‘rsatma, qarshi ko’rsatmalar. Qo‘llaniladigan doza va usullari.

Yorug‘lik bilan davolash. Yorug‘lik oqimining fizik xarakteristikasi. Turli spektrdagi nurlarning biologik ta'siri. Organizmda kechadigan fotobiologik jarayonlar. Biodoza haqida tushuncha.



Ma'ruza 4. Tabiy fizik omillar. Kurortlar.O‘zbekistonda sanator-kurort davolash.

Mavzu: Balchiq bilan davolash (peloidoterapiya). Balchiq turlari va uning tarkibi. Balchiqning asosiy fraksiyalari va qo‘llash usullari, ta'sir mexanizmi va organizm reaksiyasi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Parafin va ozokeritning xususiyatlari va tarkibi. Ta'sir mexanizmi. Organizmning fiziologik reaksiyasi. Qo‘llash usullari. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Suv bilan davolash. Chuchuk suv bilan davolash - gidroterapiya, mineral suv bilan davolash, - balneoterapiya. Mahalliy va umumiy suv muolajalari. Suvlarning umumiy va xususiy ta'siri, tashqi va ichki qo‘llanish usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Kurortlar. Kurort omillari haqida tushuncha. Kurort omillariga asoslanib kurort turlari. O‘zbekiston kurortlari. Bemorlarni sanatoriy va kurortlarga yuborish uchun qarshi ko‘rsatmalar.



Integral ma'ruza: (gorizantal integratsiya). Elektr toki bilan davolash (doimiy va impulsli toklar). Sun'iy faktorlarni kasalliklarni davolashda qo‘llanishi.

Ma'ruzachilar: Ma'ruza davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlari 4 kurs talabalariga mo‘ljallangan. Ma'ruzachilar: Fakultet va gospital terapiya kafedrasining professori, t.f.d. Rizamuxamedova M.Z., dots. Skosireva O.V. Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasining dots. Adilov Sh.K., katta o‘qituvchi Visogorseva O.N. Muddat: 7, 8 semestr.



Eslatma:ma'ruzalar multimediya ko‘rinishida beriladi.

Adabiyotlar: A. 1,2,3,4,5,6,10. Q.10, 11, 14.

4.Amaliy mashg‘ulotlar mavzularining mazmuni

Amaliy mashg‘u-lot

Mos

keluvchi


maruza

Soat

Mavzular nomi va ularning bo‘limlar bo‘yicha mazmuni

Vazifa va

Adabi-yotlar



1


1


5


Galvanizatsiya. Elektroforez.Elektro-uyqu. Diadinamik toklar (Bernar toklari). Sinusoidal modullashgan toklar (Amplipulsterapiya). Elektro-diagnostika. Elektrostimulyasiya.

Fizioterpevtik muolajalarda qo‘lla-niladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullar, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirovkasi.

«Kim tezrok, kim ko‘prok», klaster

tuzish, Venna diagrammasi usullarini o‘tkazish.



A.1,2,3,4,5,6,7,8,910,11,12,13.

Q.1,2,5,6,7,8,9,10,11.





2


2


5


Ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya. Franklinizatsiya. Darsonvalizatsiya. Induktotermiya. Magnitoterapiya.

Fizioterpevtik muolajalarda qo‘lla-niladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llani-ladigan fizik apparatlar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirovkasi.

“Baliq skeleti”,“Qanday?”, “Nimaga?” usullarini o‘tkazish.


A.1,2,3,4,5,6,Q.1,3,5,8,11,

10,12.



3


3,4


5


Aerozolterapiya. Aeroionoterapiya. Gidroaeroionoterapiya. Ultrotovush bilan davolash. Ultrafonoforez. Baroterapiya.Yorug’lik bilan davolash.

Fizioterpevtik muolajalarda qo‘lla-niladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirovkasi.

“Baliq skeleti”,“Qanday?”, “Nimaga?” usullarini o‘tkazish.


A.1,2,3,4,5,6,7,8,9.10,11

Q.1,2,3,5,7,8,9,10,12,13




4



4


5

Suv va issiqlik bilan davolash. Kurortlar. Sanator-kurortga boruv-chilarni saralash.

Fizioterpevtik muolajalarda qo‘lla-niladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatlar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsat-malar, me'yorlash. Kurort omillari va turlari. O‘zbekiston kurortlari.Sana-tor-kurort kartasini rasmiylashtirish, himoyalash va topshirish.

“Miya hujumi”, klaster tuzish, Venna diagramasi usullarini o‘tkazish.


A.1,3,4,6,7,8,9.

Q.1,2,3,5,7, 10,12,13



5.Mustaqil ish

Mash-g‘ulot №

Mos keluvchi

ma'ruza№


Mustaqil ishlar mavzusi va mazmuni

Ajra-tilgan

soatlar


Adabiyotlar

ko‘rsatkichi



1


1


1.Markaziy elektroanalgeziya.

Fizioterapevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatlar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, me'yorlash.



2.Fizioterapiyada qo‘llanilayotgan yangi zamonaviy usullar.

Hozirda fizioterapetik muolaja-larda qo‘llaniladigan zamonaviy apparatlar.



1

2


A.1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,

12,13.


Q.1,2,5,6,7,8,9,10,11.



2

3


1,2,3,4

1.3,4


1.Inson yoshiga qarab fizik muolajalarni qo‘llanilish aspektlari.

Fizik muolajalarning har xil yoshdagi organizmga ta'siri, o‘ziga xos xususiyatlari. Pediatriyada komleks davolashda fizik muolajalar o‘rni. Yoshi o‘tgan insonlarda va bolalarda fizik muolajalarni me'yorlash, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.



2.KVCh-terapiya.

Fizioterapevtik muolajada qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatlar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, me'yorlash.



1.Mexanik tebranishga asoslangan terapiya.

Fizioterpevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, me'yorlash.



2

1

2



A.1,2,3,4,5,6,7,8,9.10,11

Q.1,2,3,5,7,8,9,10,12,13.

A.1,2,3,4,5,6,7,8,9.10,

11

Q.1,2,3,5,7,8,9,10,12,13


4

1,3,4


2.Gelioterapiya.

Quyosh nurlari bilan davolash. Umumiy, sun'iy yig‘ilgan quyosh nurlari, tabiiy yig‘ilgan quyosh nurlari (SKSS), ekran orqali ta'sir etish usullari. Ta'sir mexanizmi, beriladigan biodozalar. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.



1. Spelioterapiya.

Turli tuz konlarining havolari bilan kasalliklarni davolash. Ta'sir mexanizmi. Turli tabiiy omillar va ekosistemalar ta'sirida organizmni umumiy sog‘lomlash-tirish va tiklash usullari.



2. Gidroterapiya. Talassoterapiya.

Chuchuk, mineral suvlarining ta'sir mexanizmi. Qo‘llanilish usullari. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Dengiz suvlarining ta'sir mexanizmi. Qo‘llanilish usullari. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Ta'sir mexanizmi. Turli tabiiy omillar va ekosistemalar ta'sirida organizmni umumiy sog‘lomlashtirish va tiklash usullari.

3.Peloidoterapiya.

Balchiq bilan davolash mexanizmi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Ta'sir mexanizmi. ta'sirida organizmni umumiy sog‘lomlashtirish va tiklash usullari.



1

2

2



1

A.1,2,3,4,5,6,7,8,9.10,

11

Q.1,2,3,5,7,8,9,10,12,13.




6. Fan bo‘yicha ko‘nikma, malakalar va bilimlarini baholash kriteriyalari va reyting nazorati.

Talabaning tayyorgarlik sifatini belgilovchi asosiy kriteriyasi uning reytingi hisoblanadi, bu esa joriy baho va yakuniy nazorat baholarining yig‘indisidan chiqariladi.

Fan bo‘yicha 100 ball quyidagicha taqsimlanadi:



Nazorat turi

Maksimal ball

Koeffitsient

O‘tish ball

1.

Joriy nazorat

50

0,5

27,5

2.

Yakuniy nazorat

50

0,5

27,5




JAMI

100

1

55,0

Amaliy mashg‘ulotlarni baholash kriteriyasi bo‘lib, talabaning mashg‘ulotga tayyorgarligi va vazifalarni, mustaqil ishni bajarish sifati baholarining yig‘indisidan kelib chiqadigan joriy bahosi hisoblanadi.

Har bitta talaba amaliy mashg‘ulotlar davomida mustaqil ishlarni bajarishi kerak. Mustaqil ish mavzusini va bajarish shaklini talabaning o‘zi tanlaydi.



Joriy nazoratni baholash mezonlari


O‘zlash-tirish %


Baho

Talabaning bilim darajasi

1

96-100


A'lo


«5»

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi. Mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalarni yechadi, test savollariga to‘liq va to‘g‘ri javob beradi. Erkin tasavvurga ega bo‘lib, kerak bo‘lganda o‘qituvchi bilan o‘z fikrini almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar, videofilmlar majmuasi tayyorlangan.

2

91-95

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi, mustaqil mushohada yuritadi. Mavzu mohiyatini tushuntira oladi, erkin tasavvurga ega bo‘ladi, o‘qituvchi bilan bemalol fikr almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozil-gan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar majmuasi.

3.

86-90


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. Mavzu bo‘yicha amaliy ish natijalari bo‘yicha mustaqil tekshirish bayonnomasini to‘ldiradi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar majmuasi.

4


81-85



Yaxshi

«4»


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnasha-di. TMI 8-10 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 15-20 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumot-larni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

5

76-80

Javoblar to‘g‘ri, ammo to‘liq emas, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bo‘yicha kamchilikni to‘ldira-di, mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol. Auditoriyadagi topshiriklarni bajarishda qatnashadi. TMI 5-8 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 10-15 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylash-tirilgan.

6.

71-75

Mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol, ammo xatoliklarga yo‘l qo‘yadi, Auditoriya ishlarini bajarishda qatnashadi, kerakli yozishlarni amalga oshiradi. TMI 3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 5-10 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiy-lashtirilgan.

7.

66-70


Qoniqarli

«3»


Javoblar 50% ga to‘g‘ri, ammo berilgan savolning mohiyatini tushunadi; topshiriqlarni bajara oladi, biroq unda 2-3 xatoliklarga yo‘l qo‘yadi.

8


61-65



Javoblar 50% ga to‘g‘ri, savol mohiyatini hamma vaqt ham to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida bajaradi va shunda ham 2-3 ta xatoga yo‘l qo‘yadi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan mate-riallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujas-samlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

9

55-60


Javoblar 40% ga to‘g‘ri, javob berishda yanglishib ketadi, savol mohiyatini hamma vaqt to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni boshqa talaba yoki o‘qituvchi yordamida bajaradi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumot-laridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilmagan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuni ochib berilmagan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

10

54-30

Qoniqarsiz

«2»


40% gacha to‘g‘ri javob bera oladi, javoblar aniq emas, topshiriqlarni bajara olmaydi. Uy vazifasi bajarilmagan. Referat yomon rasmiylash-tirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini ochib bermagan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydala-nilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

11

30-20


Amaliy mashg‘ulotga qatnashadi, formada, daftari bor. Uyga berilgan vazifa bajarilmagan.Talaba mustaqil ish vazifalarini bajarmagan.


TMI tekshirish mezonlari



O‘zlash-tirish %

Baholash

Talabaning bilim darajasi

1.

86 - 100

A'lo «5»

10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar. Mavzusi to‘liq va har tomonlama ochib ko‘rsatilgan referatlar, matni mantiqiy ketma-ketlikda yozilgan, referatni tayyorlashda talaba eruditligini, bilimlarining chuqurliligini va savodxon ekanligini namoyish etdi. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan. Mavzuni to‘liq ochib beruvchi 30 dan ortiq animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, aniq va chiroyli slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, materiallar mantiqan to‘g‘ri yozilgan, sifatli, aniq va chiroyli rasmiylashtirilgan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi.

2.

71 - 85

Yaxshi

«4»


3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, xatosiz, mantiqan to‘g‘ri yozilgan, mavzu to‘liq ochib berilgan. Mavzuni ochib beruvchi 15-20 ta bir turdagi animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, bir ko‘rinishda rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, barcha ma'lumot-larni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

3.

55 - 70

Qoniqarli «3»

2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 10-15 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

4.

0 - 54

Qoniqar-siz «2»

Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini yarimidan kam qismini ochib bergan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.


Yakuniy nazorat mezonlari




O‘zlash-tirish %

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

96-100

A'lo «5»


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga to‘g‘ri, aniq, ketma-ketlikka rioya qilgan holda javoblar berilgan.

2.

91-95


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ket javob berishda to‘g‘rilangan hollari kuzatildi.

3.

86-90

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikka rioya qilinmagan.

4.

81-85

Yaxshi «4»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1 ta ahamiyatsiz xato bor.

5.

76-80

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1-2 ta xato bor.

6.

71-75


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(30%). Javoblar ketma-ketligida bir necha to‘g‘rilangan hollari kuzatildi.

7.

66-70


Qoniqarli «3»

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(40%). Javoblar ketma-ketligi buzilgan.

8.

61-65


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 45% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik buzilgan.

9.

55-60


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

10

54 -30

Qoni-qarsiz «2»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55%dan ko‘p javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

11

30 va undan kam


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.



Download 0.7 Mb.
  1   2   3   4




Download 0.7 Mb.