7. Ta'lim texnikasi va usullari:
|
Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.
|
8. Ta'lim shakillari:
|
Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
|
9.Ta'lim vositalari:
|
Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.
|
10. Ta'lim shart-sharoitlari:
|
Texnik ta'minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya, TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.
|
11.Monitoring va baholash :
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqichlari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.
|
12. Motivatsiya
Suv va issiqlik muolajalarining organizmga ta'sir etish mexanizmi turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida keng qo‘llaniladi va patologik holatlarda o‘z vaqtda davolash va reabilitatsion dasturlarni to‘g‘ri tanlash va tavsiya etish asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Fizik omillarning fiziologik va shifobaxsh ta'sirini o‘rganish, ba'zi muolajalarning texnikasini va qo‘llanilish uslubini, apparatlarning tuzilishini, omillarning qo‘llanilishiga umumiy ko‘rsatmalarni va qarshi ko‘rsatmalarni o‘rganish, davolashning ta'sirini kuchlantirishga imkoniyat beradi.
|