Kelishildi




Download 0,7 Mb.
bet89/191
Sana19.03.2017
Hajmi0,7 Mb.
#342
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   191
Baroterapiya.

Baroterapiya usuli yordamida barometrik bosimning 1 atmosferadan past bo‘lgan manfiy bosimi va 1 atmosferagacha bo‘lgan bosimlar bilan davolash jarayonida qo‘llaniladi. Baroterapiya mahalliy va umumiy usullarda o‘tkaziladi.Mahalliy yoki segmentar baroterapiya – bu manfiy (1 atmosferadan past) barometrik bosim bilan maxsus kameralar orqali tananing katta qismlariga (oyoq, qo‘l, qorin va h.z) davolash maqsadida ta'sir etishdir. Uning ta'sir mexanizmi qon va to‘qima sistemalarida hosil bo‘ladigan barometrik bosim farqiga asoslangan.Buning natijasida to‘qimalarning kislorod bilan ta'minlanishi kuchayadi, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi, ATF biosintezi oshadi, hujayralararo suyuqlikning harakatlanishi, qon va limfa aylanishining tezlashishi, tinch holatda kapillyar va arteriolalarning kengayishi kuzatiladi.Shuningdek qon tomirlarda qon aylanishiga periferik qarshilik kamayadi, qon tomirlarning hajmi oshadi, transkapillyar diffuz almashinuvining maydoni kattalashadi. Bunday mahalliy o‘zgarishlar turli organ va sistemalarning funksiyasini boshqaruvchi mexanizmlariga ham ta'sir qiladi. Segmentar baroterapiyani o‘tkazishda Kravchenko barokamerasidan foydalaniladi. Barokamera qo‘l va oyoq atrofida vakuum (past) yoki kompression (baland) bosim yaratish barcha zaruriy moslamalar bilan ta'minlangan. Baroterapiya muolajasi zararlangan tana qismi atrofida sun'iy o‘zgaruvchan havo bosimi hosil qilishga va hosil bo‘lgan bosim kuchini har muolajada asta-sekin oshirib borishga asoslangan.

Baroterapiya qo‘llanilayotganda bemorning umumiy ahvoli hisobga olinadi, tana qismlari uchun zarur harorat rejimi tanlanadi (30-45 gradus) teri to‘qimasining rangi o‘zgarishi kuzatib boriladi. Teri to‘qimasining qizarishi muolajaning effektivligini bildiradi. Terining ko‘karishi, oqarishi, tomirlar shishishi dekompressiyasini (manfiy bosim) pasaytirishga yoki kompressiyasini (musbat bosim) qo‘llashga imkon beradi. Muolaja vaqtida bemor issiqlikni, oyoq yoki qo‘l hajmining o‘zgarishini, taranglashishini, yengil sanchiqni sezadi. Agarda oyoq yoki qo‘lda og‘riq bo‘lsa, uvushishni his qilsa bu dekompressiyani pasaytirishga yoki kompressiyani qo‘llashga imkon beradi. Umumiy baroterapiya – bu maxsus kamera yordamida davolash uchun barometrik bosim (1 atmosfera) qo‘llaniladi. Umumiy baroterapiya usuli – giperbarik oksigenatsiya gipoksiya holatlarida juda foydalidir, u nafas olinganda kislorodning parsial bosimi ko‘tarilishiga asoslangan. Giperborik oksigenatsiya usuli asosida suyuq holatlarda gazlarning erishi yotadi, shuning uchun qonning suyuq qismida erigan gaz miqdori bosimga va haroratga to‘g‘ri proporsionaldir.

Ko‘rsatmalar : qon tomirlarining obliterik endoarteriti, qon tomirlarida venoz qonning turib qolish holatlari, gipertoniya kasalligi, qon tomirlardagi yetishmaslik kasalliklari, ginekologik kasalliklar, nafas olish organlarining kasalliklari, har xil bo‘lgan anaerob va jarrohlik infeksiyalaridan hosil bo‘lgan holatlar, yurak, nafas, jigar, buyrak yetishmasligi holatlari, botulizm va h.z.

Qarshi ko‘rsatmalar : epilepsiya, o‘pkadagi absess va kavernalar, limfadenit, tomirlar atoniyasi, yevstaxiev truba va kanallari o‘tkazuvchanli-gining buzilishi, surunkali tromboflebit, qon tomirlarining varikoz kengayishi,qon tomirlar obleterik kasalliklarining kechiktirilgan darajalari va u yerda namli gangrenaning bo‘lishi, qon dimlanishlari (venoz dimlanishi).


Download 0,7 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   191




Download 0,7 Mb.