|
Kelishilgan” Ch
|
bet | 2/8 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 26,42 Kb. | | #107564 |
Bog'liq 1.Ob’yekt FM tuzilmalarini tashkil etish bo’yicha nizomhimoya inshootlari – aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirg’in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo’ljallangan muhandislik inshootlari majmui;
favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo’lishiga, ularning sog’lig’i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish – favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y-harakatlari majmui;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish – oldindan o’tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro’y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – favqulodda vaziyatlar ro’y berganda o’tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarning kengayishiga yo’l qo’ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan ishlar kompleksi;
qutqaruv ishlari - favqulodda vaziyatlar zonasida odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini saqlash, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga xos bo’lgan xavfli omillar ta’sirini yo’qotish yoki imkon qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar;
qutqaruv tuzilmasi - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun mo’ljallangan, asosini maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan ta’minlangan qutqaruvchilar bo’linmalari tashkil etgan mustaqil tuzilma yoki qutqaruv xizmati tarkibiga kiruvchi tuzilma;
|
| |