• IV – Bob. Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tashkil etish va jamlash tartibi
  • III – Bob. Ob’yektda Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qo’yidagi tartib asosida tashkil etiladi




    Download 26,42 Kb.
    bet4/8
    Sana29.11.2023
    Hajmi26,42 Kb.
    #107564
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1.Ob’yekt FM tuzilmalarini tashkil etish bo’yicha nizom

    III – Bob. Ob’yektda Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qo’yidagi tartib asosida tashkil etiladi


    10. Tuzilmalar ushbu Nizomda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
    Ob’yet fuqaro muhofazasi tuzilmalari tuzladi:
    xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari mavjud bo’lgan, shuningdek muhim mudofaa va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tashkilotlarda;
    boshqa tashkilotlarda, mulk shaklidan qat’iy nazar ishchi va xizmatchilar soni 50 va undan ortiq bo’lgan vazirliklar va idoralar markaziy apparatlarida (keyinga matnlarda ob’yektlar).
    Ob’yekt tuzilmalari ob’yekt rahbariga bo’ysunadi.
    11. Ob’yektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarish uchun xizmat ko’rsatuvchi texnik xodimlar va ishchilar tarkibidan quyidagi tuzilmalar tuziladi:
    qutqaruv guruhi;
    aloqa va razvedka zvenosi;
    qutqaruv zvenosi;
    yong’inga qarshi zvenolari
    jamoat tartibini saqlash zvenosi;
    Himoya inshootlariga xizmat ko’rsatish zvenosi;
    radiatsion, kimyoviy nazorat zvenosi;
    sanitar zvenosi.


    IV – Bob. Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini
    tashkil etish va jamlash
    tartibi
    12. Ob’yektning tuzilmalarni tuzish hududiy-ishlab chiqarish va zaruriy miqdor tamoyillariga asoslanadi.
    Hududiy-ishlab chiqarish tamoyili – tuzilmalarni O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo’linishiga ko’ra, mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinuvidan qat’iy nazar barcha ob’yektlarda majburiy tartibda tuzilishini anglatadi.
    Zaruriy miqdor tamoyili – tinchlik va harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarda ob’yektlar, aholi va hududlarning ishonchli himoyasini ta’minlash bo’yicha prognoz hisoblar va avariya-qutqaruv ishlarining hajmiga ko’ra fuqaro muhofazasi tuzilmarining miqdori va tarkibi tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining qarorlari bilan belgilanishini anglatadi.
    13. Tuzilmalarning turlari va shaxsiy tarkib soni quyidagi omillardan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
    davlat hokimiyati organlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga, joylardagi boshqa tashkilotlarga qonunchilik bilan yuklatilgan vazifalar;
    ob’yektda yoki ob’yekt hududida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy
    va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar;
    ob’yektlardagi ishchi va xizmatchilar soni;
    ob’yektlarning bajaradigan vazifalari;
    Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududiy quyi tizimi tomonidan ob’yekt rahbarlariga yuklatilgan vazifalar (keyingi matnlarda – FVDT hududiy tizimi);
    viloyat, shahar va tuman aholisining soni.
    14. Tuzilmalar soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanish me’yorlarini belgilash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    ob’yekt tuzilmalari soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanish me’yorlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tegishli Fuqaro muhofazasi boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi;
    ob’yektlarning sandrujina (postlari) soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanish me’yorlari Sog’liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan Qizil Yarim Oy jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi va tegishli Fuqaro muhofazasi boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi;
    Mazkur Nizomning 1-2-sonli ilovalarida ob’yekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining taxminiy tashkiliy-shtat birligi va hisobi keltirilgan.
    15. Tuzilmalarga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinishi mumkin: ishga yaroqli 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 18 yoshdan
    55 yoshgacha bo’lgan ayollar (harbiy xizmatga majburlar, safarbarlik talabnomasi borlar, I, II va III guruh nogironlari, homilador ayollar va 8-yoshgacha farzandi borlar, shuningdek o’rta-maxsus, professional yoki oliy tibbiy ma’lumotga
    ega hamda 3 yoshgacha farzandi bor ayollar bundan mustasno).
    Tuzilmalarga tayinlangan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarda hamda fuqaro muhofazasi bo’yicha boshqa tadbirlarni bajarishda ishtirok etishlari majburiydir.
    16. Tuzilmalarni shaxsiy tarkib, zarur texnika va moddiy-texnik vositalar bilan jamlash Fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan ushbu tuzilmani tashkil etayotgan ob’yektning mablag’lari hisobidan amalga oshiradi.
    17. Ob’yekt rahbari tuzilgan tuzilmalar zamonaviy texnika, asbob-anjomlar va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlanishiga, kasbiy tayyorgarligi hamda doimiy jangovar shay holatda bo’lishlariga shaxsan javobgar hisoblanadilar.



    Download 26,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 26,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III – Bob. Ob’yektda Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qo’yidagi tartib asosida tashkil etiladi

    Download 26,42 Kb.