|
- Bob. Ob’yekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tayyogarlikdan o’tkazish
|
bet | 7/8 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 26,42 Kb. | | #107564 |
Bog'liq 1.Ob’yekt FM tuzilmalarini tashkil etish bo’yicha nizom9 - Bob. Ob’yekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tayyogarlikdan o’tkazish
31. Shaxsiy tarkibni o’qitish va tuzilmalarni tayyorgarlikdan o’tkazish Qonun xujjatlari doirasida amalga oshiriladi:
tuzilmalarning shaxsiy tarkibi – ob’yektlarda, tayyorlash rejalari doirasida tegishli dasturlar buyicha, shuningdek maxsus-taktik mashg’ulot va mashqlarida.
32. Favqulodda vaziyatlar o’choqlarida qutqaruv ishlariga bevosita jalb etiladigan quyidagi tuzilmalar va ularning shaxsiy tarkibi qonunchilikga muvofiq majburiy tartibda shaxodatlashdan o’tadi:
yig’ma komanda (guruh);
qutqaruv komanda (guruh);
yong’inga qarshi zveno.
10 – Bob. Ob’yekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shayligi
33. Fuqaro muhofazasi boshliqlari tegishli tuzilmalarni shay xolatga keltirish rejalarini ishlab chiqib, O’zbekiston Respublikasi Faqulodda vaziyatlar vazirligining xududiy bo’linmalari bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Rejalarda har bir tuzilmaning turi uchun quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo’lganda shaxsiy tarkibga xabar berish va yig’ish tartibi;
shaxsiy tarkibga ro’yxat bo’yicha mulk va shaxsiy himoya vositalarini tarqatish muddati va tartibi;
tuzilmalarni to’liq tayyor holatiga keltirish muddatlari;
tuzilmalarni yig’ish joylari yoki qutqaruv ishlarini olib borish joylariga yetib borish xarakatlarini tartibga solish;
tuzilmalarni yig’ish, ularni shay holatga keltirish va qutqaruv ishlari olib boriladigan joylariga yetkazishda boshqaruvni atshkil etish hamda komendantlik xizmatini yo’lga qo’yish masalalari;
qidiruv – qutqaruv va kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni olib borish vaqtida texnika xavfsizligi qoidalariga o’rgatish;
moddiy - texnik ta’minoti tartibi.
34. Tuzilmalarning (hududiy va ob’yektlardagi) shayligini tekshirish tegishli organlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi:
O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i, Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o’rinbosarlari shaxsan yoki ularning topshiriqlariga asosan, boshqa shaxslar tomonidan Respublika xududida joylashgan barcha o’yektlarda;
Toshkent viloyati fuqaro muhofazasi boshlig’i va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i shaxsan yoki ularning topshiriqlariga asosan o’yektda;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari – fuqaro muhofazasi xizmatlari boshliqlari, shuningdek ularning ko’rsatmalariga asosan mansobdor shaxslar tomonidan bo’ysunuvchi tashkilotlarda.
Faoliyati alohida cheklangan iqtisodiyot ob’yektlaridagi tuzilmalarning shayligini tekshirish uchun kirish o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
35. Tuzilmalarning shayligi o’quv mashg’ulotlarida, fuqaro muhofazasi o’quv mashqlarida, musobaqalar, ko’rik va boshqa tadbirlarda tekshiriladi.
Tuzilmalarning shayligini tekshirishda quyidagilar aniqlanadi:
tuzilmalarni tuzish bo’yicha hisoblarning asoslanganligi;
tuzilmalarning shayligi va ularning fuqaro muxofazasi vazifalarini bajarish qobiliyati;
tuzilmalarning tashkiliy tuzilmasi, ob’yetlarning ishlab chiqarish faoliyatiga, bajariladigan vazifalar xajmiga va turiga muvofiqligi;
tuzilmalarning shaxsiy himoya vositalari, texnikalar, asbob-anjomlar
va vositalar hamda maxsus kiyim-kechak bilan ta’minlanganligi, saqlash tartibi
va ulardan foydalanishga shayligi;
tuzilmalarning yig’ilishi va belgilangan joylarga va/yoki ishlarni bajarish ob’yektlariga yetib borish vaqti.
Barcha darajadagi fuqaro muhofazasi boshliqlari, yillik rejalari asosida, tuzilmalarni belgilagan vaqtda yig’ish va shay holatiga keltirish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazadi.
Nazorat tekshiruvlarida tuzilmalarning shayligi quyidagicha baholanadi:
“
|
| |