5A120102-Lingvistika (koreys, xitoy tillari)
Tuzuvchilar: A.Rahimov - SamDChTI, Sharq tillari kafedrasi mudiri, f.f.n., dosent.
M.Baymatova. - SamDChTI, Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar: Kang Yol - SamDChTI Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi, PhD.
D.To’rayeva. - SamDChTI Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi
KIRISh
Mazkur dastur Lingvistika (koreys, xitoy tillari) mutaxassisliklari bo’yicha magistraturaga kiruvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy vazifasi bakalavriatda o’rganilgan asosiy chet tili bo’yicha olingan bilim va ko’nikmalar darajasini aniqlash bo’lib hisoblanadi.
Ushbu dasturning maqsadi 5A120102-Lingvistika (koreys, xitoy tillari) mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchi talabgorlar uchun o’z mutaxassisligi bo’yicha asosiy chet tilidagi matnlarni o’qishga, ularni yozma tarjima qilishga, matnning mazmunini qisqacha asosiy chet tilida yoki o’zbek tilidan asosiy chet tiliga bayon qilishga, o’qilgan va ko’rib chiqilgan matndan kerakli axborotni ola bilishga, o’z mutaxassisligi bo’yicha asosiy chet tilida suhbatlashish ko’nikmalarini nazorat qilishga qaratilgandir.
Dasturda 5A120102-Lingvistika (koreys, xitoy tillari) mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim olishni davom ettirishni xohlovchilarning mutaxassislik fanidan nazariy va amaliy bilimlarini aniqlash nazarda tutilgan.
5A120102-Lingvistika (koreys, xitoy tillari) mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kirish sinovlari mavzulari va ularning mazmuni
Mazkur dastur 5A120102-Lingvistika (koreys, xitoy tillari) mutaxassisliklari bo’yicha magistraturaga kiruvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda “Nazariy grammatika”, “Leksikologiya” kabi fanlarning namunaviy dasturlari asos qilib olingan.
Magistraturaga kiruvchilar quyidagi mavzular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarga tayangan holda kirish sinovlarini topshiradilar:
|