31
chegarasida akslanishi lozim aks holda tola o‘zagida qobiqqa sizib
chiqishi va quvvatini yo‘qotishi mumkin. Tola o‘zagi va qobig‘i
chegarasida to‘la ichki qaytish xodisasi yuz berishi uchun avvalo
yuqoridagi takidlangan shart bajarilishi lozim:
n
1
>n
2
Ya’ni, tola o‘zagi nur sindirish ko‘rsatkichi
qobiq sindirish
ko‘rsatkichidan katta bo‘lishi lozim.
Nurning tola o‘zagi bo‘ylab tarqalishining ikkinchi asosiy sharti
optik nurlanish tola o‘zak qobiq chegarasiga shunday burchakda tushishi
kerakki, bunda to‘la ichki qaytish hodisasi yuz berishi lozim. Bu burcha
to‘la ishki qaytish burchagi deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:
(2.4)
Formuladan ma’lum bo‘ladiki, tola o‘zak qobiq chegarasida to‘la
ichki qaytish hodisasining amalga oshishi tola o‘zak va qobig‘ining nur
sindirish ko‘rsatkichlarining nisbatiga bog‘liq.
Tola o‘zak va qobiq chegarasidagi to‘la ichki qaytish xodisasining
bajarilishi uchun tola o‘zagiga optik nurlanishni tashqi muhitdan
kiritishdagi burchagi qiymatini ham ma’lum chegaraviy qiymatdan
ortishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Tashqi muhitdan tola o‘zagiga
nurlanishni kiritish burchagining me’yoriy
qiymati apertura burchagi
deyiladi va quyidagi formula asosida aniqlanadi:
(2.5)
Demak, apertura burchagi ham to‘la o‘zagi va qobig‘ining nur
sindirish ko‘rsatkichiga bog‘liq ekan.
Optik tolali aloqa tizimlarida bugungi kunda asosan ikki turdagi,
bir modali va ko‘p modali optik tolalardan foydalaniladi. Ular bir
biridan giometrik parametrlari bilan ham farq qiladi.
Bir modali tolalar giometrik o‘lchamlariga bog‘liq ravishda faqat
bitta modani (ma’lum to‘lqin uzunligidagi optik nurlanishni)
uzatishga
mo‘ljallangan. Ko‘p modali tolalar esa aksincha bir vaqtda bir necha
to‘lqin uznlikdagi modalarni uzatishda qo‘llanishi mumkin. Bir modalar
o‘zining disperstsion parametrlarining ijobiyligi sababli uzoq masofali
(80-120 km) magistral optik tarmoqlarda qo‘llaniladi. Ko‘p modali
tolali kabellar esa hizmat ko‘rsatish masofasi bir necha o‘nlab
km dan
oshmaydigan kirish tarmoqlarida, lokal tarmoqlarda qo‘llaniladi. Buning
32
asosiy sababi ko‘p modali tolalarda modalararo dispersiya’ning yuzaga
kelishi va u uzatilayotgan signal sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidir.
Quyidagi 2.10-rasmda bir va ko‘p modali optik tolalarning geometrik
parametrlari tasvirlangan.
2.10-rasm. Bir va ko‘p modali optik tolalar va ularning giometrik
parametrlari
Yuqorida keltirilgan fikrlar va mulohazasida quyidagi ta’rif asosli
bo‘ladi: Fizikaviy muhit sifatida optik kabeldan foydalanib uzatish
tomonidagi birorta puktdan qabul qilish tomonidagi boshqa bir punktga
axborotlarni uzatishni ta’minlovchi texnik vositalar to‘plami tolali aloqa
tizimi, deb ataladi.