37
3-BOB. KENG POLOSALI AXBOROTLARNI UZATISHDA
FOYDALANILADIGAN MODULYATSIYA USULLARI
3.1. Analog modulyasiya usullari va ularning o‘ziga xos
xususiyatlari
Radiotexnika rivojining dastlabki
yillarida modulyasiya past
chastotali tovush yoki telegraf signallarini uzoq masofaga yuqori
chastotali radiosignallar orqali yetkazishda foydalanilgan bo‘lsa, hozirda
quyidagi qo‘shimcha talablar qo‘yilgan:
1.
Uzatiladigan nisbatan past chastotali xabarlarni ajratilgan
ma'lum radiochastotalar diapazoniga joylashtirish;
2.
Ajratilgan radiochastotalar diapazonidan
eng maqbul darajada
foydalanish, elektromagnit muhitni ta'minlash;
3.
Modulyasiya’ning ma'lum turlaridan foydalanib, xabarni
iste'molchiga yuqori halaqitbardoshlik bilan yetkazish.
Modulyasiya deb - yuqori chastotali radiosignal (tashuvchi)ni
asosiy parametrlaridan birini nisbatan past chastotali foydali signalning
biror parametriga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi.
Past chastotali
axborot signali modulyatsiyalovchi signal, parametri past chastotali
signalga mos o‘zgaruvchi tashuvchi signal esa modulyatsiyalanuvchi
signal deyiladi. Tashuvchining modulyasiyalovchi
signalga mos
ravishda o‘zgaruvchi parametri uning informatsion parametri deb
ataladi. Ko‘p hollarda tashuvchi signal sifatida: yuqori chastotali
garmonik shakldagi signallar; to‘g‘ri burchakli
impulslar ketma-ketligi
va shovqinsimon signallardan foydalaniladi. Demak, modilyatsiya
yuqori chastotali tashuvchi signalning bir yoki bir necha parametrlarini
past chastotali modulyatsiyalovchi signalning biror parametriga mos
o‘zgarishiga aytiladi. Ya’ni, modulyatsiya natijasida
signallar nisbatan
yuqoriroq chastotaga o‘tadi.
Analog
aloqa
tizimlarida
tashuvchi
signalning
qay
bir
parametrining o‘zgarishiga bog‘liq ravishda modulyatsiya’ning quyidagi
turlari mavjud:
Amplitudali modulyatsiya – AM;
Chastotali modulyatsiya – CHM;
Faza bo‘yicha modulyatsiya – FM.
Umumiy holatda modulyatsiya quyidagi sabablarga ko‘ra
xabarlarni uzatish imkoniyatini oshiradi:
38
kanallarni chastota bo‘yicha ajratish orqali bitta aloqa liniyasi
bo‘ylab uzatiladigan xabarlar sonini oshiradi;
shovqinbardosh modulyatsiya usullaridan foydalangan holda
uzatilayotgan axborotlarni ishonchliligini ortirish;
radiokanallar bo‘ylab nurlantirish samaradorligini oshirish.
Ya’ni, radio aloqa tizimlarida tarqatuvchi antennaning geometrik
o‘lchami nurlantiriluvchi signal to‘lqin uzunligining kamida 1/10 ga
teng bo‘lishi lozim. Masalan modulyatsiya qo‘llanilganda signaldagi
axborot nisbatan yuqori chastotadagi tasguvchiga o‘tkaziladi.
Demak
antenna yordamida uzatiladigan signalning to‘lqin uzunligi kamayadi.
Bu esa antenna o‘lchamini kichraytirish imkonini beradi.
Signal parametrlari va liniya’ning uzatish parametrlari
orasidagi moslikni ta'minlash imkonini beradi;
Signallarni uzoqroq masofaga uzatish.
Modulyasiya jarayoni modulyator qurilmasida amalga oshiriladi.
Modul-yatorning shartli belgilanishi quyidagicha:
3.1-rasm. Modulyatorning shartli belgilanishi
Bunda:
U
s
(t) — past chastotali modulyasiyalovchi axborot signali (uni
chastotasini aksariyat xollarda
w
yoki
f
kabi belgilanadi);
U
t
(t) — modulyasiyalanuvchi signal
(tashuvchi)
, bu signal axborot
signaliga nisbatan yuqori chastotaga ega bo‘ladi (uning chastotasini
aksariyat xollarda w
0
yoki f
0
kabi belgilanadi);
U
m
(t) — modulyasiyalangan signal. Bu signal axborotga ega va
yuqori chastotali.