33
Montaj joyiga ko‘ra:
Tashqarida montash qilish uchun (tuproqqa, havo aloqa liniyasiga,
suv ostiga);
Ichki montajlar uchun (inshoot bino ichida qo‘llash uchun).
Yotqizilish sharoitiga bo‘gliq ravishda:
Osma kabellar (Bunda osiluvchi element
kevlardan yoki metal
trosdan, steklovoloknadan iborat bo‘lishi mumkin);
Elektr uzatish liniyasi tayanchlariga osish uchun (chaqmoqdan
ximoyaga ega kabellar);
Tuproqqa yotqizish uchun kabellar (po‘lat simli zirxga ega optik
kabellar);
Kabel kanalizatsiyasiga yotqizish kabellari (qat-qatlangan po‘lat
zirxli kabellar);
Suv osti kabellari (ko‘p qatlamli optik kabellar).
Optik tolali kabellar umumiy holda quyidagi elementlardan tashkil
topgan bo‘lishi mumkin. Turli optik kabellar yuqorida tasniflanishga
ko‘qa turli sharoitda va montaj qilinishida, turli maqsadda qo‘llanilishi
mumkin. Shuning uchun ham optik kabellar qo‘llanilish sharoiti va
montaj uslubiga bog‘liq ravishda quyida sanab o‘tiladigan
elementlarning ma’lum birlariga ega yoki ega bo‘lmasligi mumkin:
Tashuvchi tros, odatda stecloplastdan
yoki metaldan tayorlanib,
kabel tarkibidagi optik tolalarga kabelni yotqizish yoki ekspluatatsiya
jarayonida ko‘ndalang yuklama tushishini oldini oladi. Odatda kabel
markazida joylashadi. Krosga yoki kabel muftasiga bolt bilan
mahkamlanadi.
Optik tolalar, kabelning eng asosiy signal tashish vazifasini
bajaruvchi elementidir. Kabel tarkibidagi tolalar bir yoki ko‘p
modali
bo‘lishi mumkin. Qanday turdagi tola qo‘llanilganligi kabel ustki
polietilen qoplamasida maxsus belgi bilan belgilab qo‘yiladi.Agar bir
modali tolali kabel bo‘lsa SM (single mode), agar ko‘p modali optik
tolali kabel mo‘lsa MM(multy mode) belgisi qo‘yiladi.
Modullar optik kabel o‘zagida optik tolalarni joylashtirish uchun
qo‘llaniladi. Modul ichiga optik tolalar, tolalarni o‘rash
ipi hamda
gidrofob to‘ldirgich to‘ldiriladi. Moduldagi tolalar soni 4-12 orasida
bo‘ladi. Optik kabel tarkibidagi tolalarning umumiy soni esa 8-144
gacha bo‘lishi mumkin(odatda 32,48,64). Kabel o‘zagining geometrik
butunligini saqlash maqsadida agar kabel tarkibidagi tolalar soni kam
bo‘lsa modul o‘rniga rezina to‘ldirgichlar to‘ldiriladi.
34
Polietilen plyinkali belbog‘li izolyatsiya, uning ichki qismiga ham
gidrofob moyi to‘ldiriladi. Bendan maqsad kabel o‘zagidagi ishqalanish
koeffitsiyentini kamaytirish va qo‘shimcha namlikdan himoyalashga
erishishdir.
Kevlar ipli qobiq yoki zirx. Zirx – optik kabellarni tashqi mehanik
ta’sirlardan himoyalash maqsadida qo‘llaniladi. Zirxlar optik kabelning
qo‘llanilish sharoitiga bog‘liq
ravishda qat-qatlangan metal, po‘lat
lentali yoki po‘lat simli o‘rama turlarga bo‘linadi. Kevlarli kabellar
inshoot ichida qo‘llaniluvchi kabellar hisoblanib, kevlar 6 – 9 kN li
yuklamaga bardosh bera oladi. Kevlarning vazifasi osilishdagi
yuklamaga qarshi turishdir.
Kabel tashqi ta’sirlardan himoyalash qoplamasi.
Bu element
polietilendan tayorlanig kabel zirxini namgarchilikdan himoyalashni
ta’minlaydi. Quyidagi 2.11-rasmda optik kabellarning turlari
tasvirlangan.
2.11-rasm. Optik tolali aloqa kabellari konstruksiyalari.
a, k
–tuproqqa va suv ostiga yotqiziluvchi optic kabellar,
b
–
telefon kabel kanalizatsiyasiga yotqiziluvchi kabel,
c,m
- inshoot ichida
qo‘llaniluvchi kabellar,
d,e,f – osma kabellar.
Bugungi kunda respublikamiz telekommunikatsiya
tarmoqlarida
optik kabellarning havo aloqa liniyalarida qo‘llaniladigan turlaridan
asosan
d
va
e
turdagisi keng tarqalgan. Osma kabellarning bunday
sakkiz shaklida bo‘lishi ualrning havo aloqa liniyasida yotqizishda
qulayliklar yaratadi.
35
2.12-rasm. Tuproq va suv ostiga yotqiziluvchi o‘rama zirxli optik tolali
kabelning ichki
tuzilishi
1-Markaziy kuch elementi, 2-optik tola, 3-ichki gidrofob
to‘ldirgich, 4-optik modul, 5-o‘zak gidroizolyasiyasi, 6-oraliq qoplama,
7-o‘zakning gidroizolyasiyasi, 8-metall zirx, 9-ximoya qoplama.
Optik kabella turli qurilish uzunliklariga ega boladilar. Ya’ni,
kabel g‘altagidagi o‘ralgan kabel uzunligi har xil bo‘ladi. Kabellar bir–
biri bilan optik kabel muftasi orqali bog‘lanadi. Bunda optik
kabellarning optik tolalari muftaning kossetasiga montaj qilingan va
polovinohlorid izolyatsiya kiydirilgan holatda joylashtiriladi.
Optik
kabel muftaga kabel ftulkasi orqali kiritiladi. Kiritishda termo izolenta
orqali kabel kirish va chiqish joyi tashqi muhitdan izolyatsiyalanadi.
Kabel markaziy kuch elementi mufta ichidagi maxsus joyga bolt bilan
qotiriladi. Bu kabelning ulanish nuqdasida ham elektik butunligigni
ta’minlaydi.