220
Bunday tarmoqlarni testlash jarayonini amalga oshirish uchun
odatiy o‘lchov asboblari bo‘lgan standart optik reflektometrlari (OTDR),
to‘g‘ri va teskari yo‘nalishdagi so‘nishlarni o‘lchashda qo‘llaniluvchi
optik testerlar bilan bir qatorda maxsus echimlardan ham foydalanishga
to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, (1310nm, 1490 nm va 1550 nm) to‘lqin
uzunliklariga nisbatan kichik tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan oddiy
quvvat o‘lchash asboblaridan foydalanish o‘lchash
xatoliklarini ortib
ketishiga olib kelishi mumkin. CHunki bitta tola bo‘ylab bir vaqtda
barcha to‘lqin uzunlikdagi tashuvchilar uzatiladi va to‘lqin uzunligiga
nisbatan kichik tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan quvvat o‘lchash asbobi
ma’lum bir to‘lqin uzunligidagi kanalni quvvatini o‘lchash chog‘ida
qo‘shni to‘lqin uzunligining quvvatini ham qisman qo‘shib o‘lchashi
yuzaga kelishi mumkun va bu o‘lchashlardagi quvvatning asl
xolatidagiga nisbatan katta qiymatda o‘lchanishiga olib keladi.
Bundan
tashqari FTTx tarmog‘ida bitta tashuvchi to‘lqinda ikki yo‘nalishda ham
oqim tashkil qilinadi. Tizimning nomal ishlash xolatida bu oqimlarning
quvvati bir-biridan quvvat satxi bo‘yicha keskin farq qiladi, ammo
BPON va GPON tizimlarida videosignallarni uzatishda 1550 nm dan
foydalanilganda uning sathi +20dB dan +25 dB gacha qiymat qabul
qilish mumkin va ma’lumotlar uzatish signallarining ikki yo‘nalishdagi
oqimlari (1310nm/1490nm) satxidan bir necha barobar katta.
Video
signallarning staxi bunday katta qiymatga ega bo‘lishining sababi video
signalning barcha abonentlarga sifatli etkazilishini ta’minlashdir. Ammo
bu ma’lumotlar uzatish kanallarini satxini oddiy optik testerlar bilan
o‘lchashda qo‘shmcha xatoliklarni keltirib chiqaradi (11.3-rasm).
11.3-rasm. PON tarmoqlarida satxlarni o‘lchash
221
Bunday xolatlarda maxsus FTTx tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan
JDSU «OLP-57» va «OLP-3057» kabi selektiv optik quvvat o‘lchash
xususiyatiga ega quvvat o‘lchash asboblaridan foydalanish lozim.
«OLP-3057» bu aslida «HST-3000» universal o‘lchov platformasining
modiuli bo‘lib, bu modul barcha kanallarning quvvat satxlarini
belgilangan vaqt intervalida o‘lchash va o‘lchash
natijalarini grafik
shaklda namoish qilish imknoniyatiga ega. Bu xizmat ko‘rsatuvchi
personalga nafaqat aloxida kanallarning satxlarini kuzatish balki ularni
o‘zaro solishtirish, kanallarning aktivligi va bandligini kuzatish imkonini
beradi.
FTTx tarmoqlarini qurilishida aloqa tarmoqlarida odatda
qo‘llaniladigan standart qabul qilish va optik liniyalarni pasportlashtirish
yondoshuvlaridan foydalanib bo‘lmaydi. Aksariyat xollarda bunday
tarmoqlar tarmoq qurilishiga sarflangan investitsiyani
tezroq qaytarish
maqsadida OLT dan birinchi splitterga asosiy tarmoq tortiladi va
birinchi abonentlar ulanadi va boshqa abonentlar keyin ulanishlari
amalga oshiriladi. SHuning uchun bunday tarmoqlarning rivojlanishi
evalutsion rivojlanishga ega xisoblanadi.
Bunday xolatda OLT dan
birinchi ulangan bir necha ONT largacha bo‘lgan asosiy optik
tarmoqlarnigina pasportlashtirish imkoni mavjud. Bu uchastkada to‘g‘ri
va teskari yo‘nalishdagi kiritilgan so‘nishlargina o‘lchanadi.
11.4-rasm. PON tarmog‘i qurilishida testlash o‘lchoq qurilmasining
ulanish sxemasi
222
Taqsimlanishlarning aksariyat qismi pasportlashtirilmagan xolda
qoladi, vaxolanki dastlabki ulanish vaqtida ular ONT ulanishga tayyor
bo‘lmaydi. Keyinchalik qo‘shimcha abonentlarning
ulanish tarmoqning
ishchi xolatida amalga oshiriladi va optik testorlar yordamida
yo‘qotishlarni o‘lchash ishlarini amalga oshirish uchun optik yorug‘lik
manbalaridan foydalanishga imkon bo‘lmaydi (11.4-rasm). Bunday
vaziyatlarda faqat optik tizimlarni qurilishida va kabellarni yotqizilishi
vaqtida qo‘llaniluvchi optik reflektometriya
usuli yordam berishi
mumkin. Ammo bu usulning ham o‘ziga xos kamchiliklari mavjud
bo‘lib ularni albatta xisobga olish lozim.