|
Ki 15 20 s guruxi talabasi Egamberdiyev Dostonbek
|
bet | 21/27 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,48 Mb. | | #244578 |
Bog'liq KI 15 20 s guruhi talabasi Egamberdiyev YusufbekMuvozanat holatda tipik firmaning iqtisodiy foydasi nolga teng. Bozor narxi muvozanat narx sifatida tarmoq bo`yicha (umumiy talab umumiy taklifga teng bo`ladi) o`rnatiladi. Bu erda alohida firmalarning qisqa muddatli taklif chiziqlarining yig`indisi umumiy bozor taklif chizig`i ni beradi. Bozor taklif chizig`i bilan bozor taklif chizig`i tarmoq bozorinig muvozanat narxiini aniqlaydi. Bu narxga har bir firma moslashadi va ni ta`minlaydigan va maksimal foyda beradigan ishlab chiqarish hajmini o`rnatadi. Faraz qilaylik, iste`molchilarning didi o`zgarishi bilan tarmoq mahsulotiga bo`lgan talab oshdi va talab chizig`i holatdan holatga o`zgaradi. Natijada yangi muvozanat narx o`rnatildi. Yangi muvozanat narxda firmaning mahsulotiga bo`lgan talab chizig`i holatdan holatga siljiydi (esdan chiqarmaslik kerakki, raqobatlashgan bozorda talab chizig`i gorizontal ko`rinishga ega, ya`ni cheksiz elastik). Yangi muvozanat narxda firma noldan farqli, musbat iqtisodiy foyda ola boshlaydi va u foydani maksimallashtirish uchun ishlab chiqarish hajmini dan ga oshirdi. Lekin, ishlab chiqarish hajmining bunday oshishi qisqa muddatli oraliqdagina sodir bo`ladi. Natijada tarmoq bo`yicha ishlab chiqarish ham dan ga oshadi. O`rtacha firma foydasi oshishi mablag` qo`yuvchilarni o`z resurslarini boshqa tarmoqdan ushbu tarmoqga qo`yishga undaydi, ya`ni tarmoqqa yangi firmalar kirib kela boshlaydi. Yangi firmalar tarmoqqa kirishi bozor taklifi holatdan holatga o`tib, yangi muvozanat narx ni oldingi darajasi ga teng bo`lguncha davom etadi. Natijada tarmoq o`rtacha firmasining optimal ishlab chiqarish hajmi ga teng bo`lib, uning iqtisodiy foydasi yana nolga teng bo`ladi va tarmoqqa yangi firmalarning kirib kelishi to`xtaydi. Tarmoq ishlab chiqarish hajmining da o`sishi tarmoqda ta yangi firmalarning paydo bo`lganini anglatadi. Tarmoqqa firmalarning kirishi va undan chiqishini tarmoqda uzoq muddatli muvozanatni ta`minlovchi mexanizm deb qarash mumkin. Tarmoqqa firmalar kirib keladi, agar ular ushbu tarmoqda iqtisodiy foyda olishini sezsa. Tarmoqdan firma chiqadi, agar u uzoq muddatli oraliqda o`rtacha xarajtlarini qoplay olmasa. Tarmoqdan chiqish va unga kirish oxirgi (chekli) firma nolga teng iqtisodiy foydaga erishguncha qadar davom etadi. Umuman olganda uzoq muddatli muvozanat holatga erishish juda ko`p vaqt talab qiladi, lekin qisqa muddatli oraliqda firma katta foyda olishi ham mumkin yoki katta zarar ko`rishi ham mumkin. Biror bir mahsulot turini ishlab chiqarishda birinchi bo`lgan firma undan keyin shu ish bilan shug`ullangan firmaga ko`ra ko`proq qisqa muddatli foyda olishi mumkin. Xuddi shunday zarar bilan ishlayotgan tarmoqdan birinchi bo`lib chiqqan firma investitsiyalarining ancha mablag`ini iqtisod qilib qolishi mumkin. Uzoq muddatli muvozanatlik kontseptsiyasi firmani qanday va qaysi tomonga qarab harakat qilishini ko`rsatib beradi. Uzoq muddatli oraliqda ayrim firmalar haqiqiy musbat foyda olishi mumkin. Musbat haqiqiy foyda tarmoqda harakat qilayotgan firmaning qimmatbaho aktivga, yangi texnologiyaga yoki yaxshi tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday holda boshqa firmalar tarmoqqa kirishga jur`at qilolmaydi.
|
| |