• Tadbirkorlik shakllari
  • Ki 15 20 s guruxi talabasi Egamberdiyev Dostonbek




    Download 2,48 Mb.
    bet22/27
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,48 Mb.
    #244578
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
    Bog'liq
    KI 15 20 s guruhi talabasi Egamberdiyev Yusufbek

    Tarmoqqa firmalarning kirishi va undan chiqishini tarmoqda uzoq muddatli muvozanatni ta`minlovchi mexanizm deb qarash mumkin. Tarmoqqa firmalar kirib keladi, agar ular ushbu tarmoqda iqtisodiy foyda olishini sezsa. Tarmoqdan firma chiqadi, agar u uzoq muddatli oraliqda o`rtacha xarajtlarini qoplay olmasa. Tarmoqdan chiqish va unga kirish oxirgi (chekli) firma nolga teng iqtisodiy foydaga erishguncha qadar davom etadi. Umuman olganda uzoq muddatli muvozanat holatga erishish juda ko`p vaqt talab qiladi, lekin qisqa muddatli oraliqda firma katta foyda olishi ham mumkin yoki katta zarar ko`rishi ham mumkin. Biror bir mahsulot turini ishlab chiqarishda birinchi bo`lgan firma undan keyin shu ish bilan shug`ullangan firmaga ko`ra ko`proq qisqa muddatli foyda olishi mumkin. Xuddi shunday zarar bilan ishlayotgan tarmoqdan birinchi bo`lib chiqqan firma investitsiyalarining ancha mablag`ini iqtisod qilib qolishi mumkin. Uzoq muddatli muvozanatlik kontseptsiyasi firmani qanday va qaysi tomonga qarab harakat qilishini ko`rsatib beradi. Uzoq muddatli oraliqda ayrim firmalar haqiqiy musbat foyda olishi mumkin. Musbat haqiqiy foyda tarmoqda harakat qilayotgan firmaning qimmatbaho aktivga, yangi texnologiyaga yoki yaxshi tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday holda boshqa firmalar tarmoqqa kirishga jur`at qilolmaydi.

    Tadbirkorlik shakllari

    “Tadbirkorlik” ilmiy atamasi birinchi marta 18-asrda ingliz iqtisodchisi R. Kantillon tomonidan tilga olingan va xavf ostidagi ayrim tovarlarni sotib olish va sotish faoliyati sifatida tushunilgan. Keyinchalik bu tushuncha fanning turli sohalarida keng tarqaldi. Shunga asoslanib, bugungi kunda juda ko'p turli xil talqinlar mavjud.muddat.

    Fransuz olimi A. Turgo tadbirkorlik kapitalining muvaffaqiyatli mavjudligining asosiy omili deb hisobladi, chunki u kichik va o’rta biznes turlaridan biri hisoblanadi. Uning vazifasi iqtisodiy rivojlanishning dastlabki tamoyili sifatida foydadan iborat.

    Amerikalik iqtisodchi R. Xisrixning tushunchasiga ko'ra tadbirkorlik - bu qiymatga ega bo'lgan va keyingi foyda olishga qaratilgan yangi mahsulot ishlab chiqarishning bir turi.


    Download 2,48 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




    Download 2,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ki 15 20 s guruxi talabasi Egamberdiyev Dostonbek

    Download 2,48 Mb.