|
Kiber jinoyatchilik tushunchasi Milliy kiberxavfsizlik Va axborot Xavfsizligi strategiyasi
|
bet | 1/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 6,2 Kb. | | #238276 |
Bog'liq Kiber jinoyatchilik tushunchasi Milliy kiberxavfsizlik Va axboro-kompy.info
Kiber jinoyatchilik tushunchasi Milliy kiberxavfsizlik Va axborot Xavfsizligi strategiyasi
Kiber jinoyatchilik tushunchasi Milliy kiberxavfsizlik Va axborot Xavfsizligi strategiyasi reja: 1. Kiber xavfsizlik va Axborot Xavfsizligi. 2. Kiber Jinoyat tushunchasi va uning turlari. 3. Milliy Kiber xavfsizlik strategiyasi. Kiberxavfsizlik nima? BU kompyuterlar, serverlar, mobil qurilmalar, tarmoqlar va elektron tizimlar orqali yaratilgan va qayta ishlanadigan ma'lumotlarni himoya qilish uchun amalga oshiriladigan protseduralar va vositalar to'plami sifatida belgilanishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, kiberxavfsizlik - bu muhim tizimlar va nozik ma'lumotlarni raqamli hujumlardan himoya qilish amaliyotidir. axborot Xavfsizligi ham huddi shunday, farqi kiberxavfsizlikda malu’otlar elektron shaklda Bo’lsa, axborot xavfsizligi qog’oz Va vizual shakllarni ham qamrab oladi Kiber jinoyatchilik tushunchasi Kiber jinoyatchilik axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma'lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o'g'irlash va boshqa turli huquqbuzarliklar. Kiber jinoyatchilik asosiy Maqsadlar
Pul, qimmatli qoğozlar, Kreditlar, tovar va xizmatlar, imtiyozlar
Jinoiy daromadlarni legallashtirish
Shaxsiy yoki siyosiy maqsadda mamlakat pul tizimini buzish
Mamlakatdagi strategik ahamiyatga ega obyektlar faoliyatini izdan chiqarish
Davlat siri yoki boshqa muhim axborotlarni oshkor etish hamda shantaj qilish
Terrorizm, ekstremizm va insonga psixologik ta’sir etish
Kiber jinoyatchilik turlari
Fishing asosan elektron pochta orqali tarqaladi.Fishing elektron pochta xabarlarida zararli dasturlardan taʼsirlangan boshqa veb-saytlarga havolalar boʻlishi mumkin. Yoki ular shaxsiy hisob maʼlumotlarini oʻgʻirlash uchun foydalaniladigan soxta onlayn-banking yoki boshqa veb-saytlarga havolalarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Kriptomayning Kriptovalyuta mayning qilishda viruslar orqali boshqa foydalanuvchilar kompyuteridan foydalanish. Bunda kompyuter juda ko’p miqdorda energiya sarf qiladi hamda ishlash faoliyatiga zarar yetadi.
Carding O’g’irlangan plastik karta ma’lumotlari orqali kartadan pul yechish yoki tovar va xizmatlarga xaridlarni amalga oshirish. Bunda online do’konlardan karta orqali tovar xarid qilinadi manziliga eaa boshqa joy belgilanadi.
|
| |