Nasosning universal xarakteristikasi




Download 2,81 Mb.
bet16/22
Sana19.02.2024
Hajmi2,81 Mb.
#158609
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
2..Suyuqlik va gazlarni uzatish

Nasosning universal xarakteristikasi nasos ishining chegaraviy qiymatlari haqida ma’lumotlar va bunda foydali ish koeffistientining maksimal qiymatini, uning optimal ish rejimini tanlashga imkoniyat beradi.
Nasos universal xarakteristikasi ishchi g`ildiragining turli aylanish chastotalari uchun olinadi. Bunda NV bog`liqlik bir necha marta olinadi. Har bir NV egri chiziqda o`zgarmas foydali ish koeffistientining ( ) qiymatlariga tegishli nuqtalar ajratiladi. m-m chizig`i foydali ish koeffistientlarining maksimum qiymatlariga teng bo’ladi (2.31-rasm).
Nasosning tarmoqdagi ishi. Tarmoq xarakteristikasi uzatilayotgan suyuqlik unumdorligi bilan bosim orasidagi bog`liqlikni ko`rsatadi. Bosim esa, geometrik uzatish balandligi bilan bosimni yo`qotilish yig`indisi orqali aniqlanadi.
D arsi-Veysbax tenglamasidan ekanligini aniqlash mumkin. Bundan xarakteristikaning parabola tenglamasini ko`rinishida yozish mumkin.
2.32-rasmda nasos va tarmoqning xarakteristikasi ko`rsatilgan. Bu xarakteristikalarning kesishgan joyi A ish nuqtasi deyiladi. Ushbu tarmoqda nasos ishlagada bu nuqta eng yuqori unumdorlik ekanligini bildiradi. Agar kattaroq miqdorda unumdorlik kerak bo`lsa, elektr yuritkichning aylanishlar chastotasini oshirish zarur yoki tarmoqda bosim yo`qotilishini, hamda geometrik uzatish balandligini kamaytirish kerak.
Tarmoqda bosim yo`qotilishi kamaytirilganda, ish nuqtasi (A1) o`ngga suriladi. Agar, yuqorida qayd etilgan, uchchala usulda ham unumdorlik oshmasa, u holda nasos yanada quvvatlisi bilan almashtiriladi.
Nasoslarni birgalikda ishlashi. Nasoslarning suyuqlikni uzatish miqdorini oshirishga, ularni parallel ulash yo`li bilan erishiladi.

Nasoslarning yig`ma xarakteristikasini har bir nasos xarakteristikasi absstissalari yig`indisi orqali olinadi.







2.33-rasmda 1 va 2 nasoslarning yig`ma xarakteristikalari ko`rsatilgan. Har bir nasos alohida V1 va V2


unumdorlikka ega. Parallel ulanganda yig`ma unumdorlik V3 ga teng bo`ladi (A ish nuqtasi), lekin u nasoslarni alohida unumdorliklaridan kam bo`ladi. Bunda unumdorlikdan yutish tarmoq xarakteristikasining shakliga bog`liq bo`ladi. Agar tarmoq xarakteristikasi qiya bo`lsa (egri chiziq), yig`ma unumdorlik o`sadi. Bosimning o`sishi bunday hollarda sezilarsiz bo`ladi.
Bosimning ortishi uchun nasoslar ketma-ket ulanishi kerak. Bu holda yig`ma xarakteristika alohida nasoslarning xarakteristika ordinatalarini qo`shish yo`li bilan olinadi. Bu xarakteristika bilan tarmoq xarakteristikasi kesishgan nuqtasi yig`ma bosim va unumdorlikni aniqlab beradi (2.34-rasm). Tarmoqning xarakteristikasi tikka (qiya) bo`lsa sezilarli o`sishga erishiladi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Download 2,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nasosning universal xarakteristikasi

Download 2,81 Mb.