• O`qli mashinalarda
  • 2.27. Gazlarni siqish jarayonining termodinamik asoslari
  • Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари




    Download 2,81 Mb.
    bet2/22
    Sana19.02.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #158609
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    2..Suyuqlik va gazlarni uzatish

    Porshenli mashinalarda gazlarni siqish hajmining kamayishi hisobiga amalga oshadi. Bunda porshenning ilgarilana-qaytma harakati tufayli gazning bosimi oshiriladi.

    Rotorli mashinalarda gazlarni siqish eksstentrik joylashgan rotorning aylanishi tufayli hajmning kamayishi oqibatida hosil bo`ladi.

    Markazdan qochma mashinalarda ishchi g`ildirakning aylanishida hosil bo`ladigan inerstiya kuchlari yordamida gaz siqiladi.

    O`qli mashinalarda ishchi g`ildirak va yo`naltiruvchi qurilma uzunligi bo`ylab, gaz harakatlanganda uning siqilishi sodir bo`ladi.

    Vakuum-nasos sifatida har qanday kompressordan foydalanish mumkin. Faqat vakuum-nasos bilan kompressor orasida farq shuki, vakuum-nasosda so`rish bosimning atmosfera bosimidan sezilarli kam bo`lsa, uzatish esa atmosfera bosimidan ko`proq bo`ladi. Porshenli kompressorlar kam miqdordagi gazlarni katta bosimlargacha (0,5 ... 20 MPa va undan yuqori) siqishda ishlatiladi. Turbokompressorlar esa, katta miqdordagi gazlarni nisbatan past bosimlarda (0,15...1,5 MPa) uzatib berishga mo`ljallangan.




    2.27. Gazlarni siqish jarayonining termodinamik asoslari

    Real gazlarni siqish jarayonida uning hajmi, bosimi va temperaturasi o`zgaradi. Gazlarni siqish jarayoni nazariyasi ideal gaz termodinamikasiga asoslanadi va ushbu tenglama bilan ifodalanadi:


    (2.100)

    Kompressordan chiqishdagi 10 MPa va undan yuqori bo`lgan gaz uchun real gazning holat tenglamasidan foydalansa bo`ladi:


    (2.101)

    bu erda z – siqilish koeffistienti, uning son qiymatlari maxsus adabiyotlarda keltirilgan.


    Lekin, amaliy hisoblashlar uchun temperatura-entropiya yoki T-S termodinamik diagrammadan foydalanish qulay va ishonchli. Odatda, T-S diagramma tajriba ma’lumotlari asosida quriladi.


    2.49-rasmda AKV chegaraviy egri chiziq tasvirlangan bo`lib, uning maksimumi kritik nuqta K ga to`g`ri keladi. Ushbu egri chiziq va absstissa o`qi oraligidagi sohada, bir vaktning uzida ham suyuq, ham bug` fazalar mavjuddir. KA kesmaning chap qismidagi soha bug`ning to`liq kondensastiyalanishiga to`g`ri keladi. Grafikning bu qismida quro`qlik darajasi x=1. KA kesmani ung qismi esa, suyuqlikning to`liq bug`lanishini ifodalaydi va unda quro`qlik darajasi x=0. Chegaraviy egri chiziqning chap tomonida suyuq, o`ng tomonida esa faqat bug` (gazsimon) fazalar bo`ladi.Kritik nuqta K ning koordinatalari gazning kritik parametrlarini xarakterlaydi.



    Nam bug` sohasida o`zgarmas namlik chiziqlari (x=const) o`tkaziladi. O`zgarmas temperatura chiziqlari (izotermalar) absstissa, entropiya chiziqlari (T=sonst va S=const) esa ordinata uklariga paralleldir. O`ta qizigan bug` sohasidagi izobara chiziqlari (r=const) tepaga yunalgan bo`lsa, nam bug` sohasida esa, izoterma chiziqlari bilan ustma-ust tushadi, chunki bu erda temperatura issiqlik o`zgarmagan holda suyuqlikni bug`lanishiga sarflanadi. Suyuq faza sohasidagi izobara chiziqlari chegaraviy egri chiziq bilan birlashib ketadi. Bunga sabab suyuqlikning siqilmasligi va bosimning fizik xossalarga sust ta’siridir.
    Undan tashqari, T-S diagrammada o`zgarmas entalpiya chiziqlari (i=const) ham o`tkazilgan. T-S diagrammadagi gazning hamma parametrlari 1 kg gazga nisbatan olingan.
    Termodinamikaning qonuniga binoan, qaytar jarayonlar uchun entropiyaning ortishi quyidagiga teng
    (2.102)

    Ushbu tenglama yordamida gaz holatining o`zgarish issiqligini hisoblab topish mumkin:


    (2.103)



    Download 2,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 2,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари

    Download 2,81 Mb.