Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари




Download 2,81 Mb.
bet9/22
Sana19.02.2024
Hajmi2,81 Mb.
#158609
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
2..Suyuqlik va gazlarni uzatish

2.32. Vakuum-nasoslar

Vakuum-nasoslarni kompressorlardan konstruktiv farqini belgilovchi ko`rsatkichi, bu ulardagi siqish darajasining yuqoriligidir.


Masalan, vakuum-nasos gaz (havo)ni 0,05 atmosfera bosimida so`rib olsa (siyraklanish 95%) va uni nasosdan chiqishida 1,1 at gacha siqadi (ortiqcha bosim 0,1 at ga teng bo`lib, u turli qarshiliklarni engish uchun sarflanadi). Bu holda nasosning siqish darajasi:



ga teng bo`ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bir bosqichli porshenli kompressorlarda siqish darajasi 8 dan oshmaydi.


Bunday yuqori siqish darajasi bilan vakuum-nasosning hajmiy koeffistienti va unumdorligi birdan pasayib ketadi. Shuning uchun nasosning ishchi hajmidan to`liq foydalanish uchun ««zararli bo`shliq»» bo`shlig`ini minimumga tushirishga harakat qilinadi. Shu maqsadda vakuum-nasosning ko`pgina turlarida, misol uchun, porshenli va rotor plastinali nasoslarda bosimni tekislash usuli qo`llanadi va bunda vakuum-nasoslarning uzatish koeffistienti v < 0,8...0,9 ga teng bo`ladi.
Porshenli vakuum-nasoslar. Ushbu qurilma suyuqlik va quruq mashinalarga bo`linadi. Quruq vakuum-nasos gazni uzatish uchun, suyuqlik vakuum nasoslar esa, gaz va suyuqliklarni bir vaqtning o`zida uzatish uchun ishlatiladi.
Quruq vakuum-nasoslar porshenli kompressorlardan konstruktiv tuzilish bo`yicha farq qilmaydi. Ushbu mashinalarni hajmiy koeffistentini oshirish uchun maxsus taqsimlash mexanizmi (zolotnik) bilan ta’minlangan. Ushbu mexanizm yordamida zararli bo`shliq siqish jarayoni oxirida so`rish kamerasi bilan ulanadi, bu vaqtda bosim so`rish bosimi r1 ga teng bo`ladi. r2 bosimgacha siqilgan gaz «zararli bo`shliq»dan r1 bosimli kameraga o`tadi. Shuning uchun zararli bo`shliqda gaz bosimi pasayadi va vakuum-nasos porsheni qo`zg`alishi oldidan gaz so`riladi. Tabiiyki, bu hol unumdorlikning oshishiga olib keladi.
Suyuqlik vakuum-nasosda maxsus taqsimlash mexanizmi bo`lmaydi. Ortiqcha miqdordagi suyuqlikni chiqarib tashlash maqsadida uzatish va so`rish klapanlari biroz kattalashtirilgan bo`ladi (klapandan chiqayotgan suyuqlik tezligi, gazning harakat tezligidan kichik bo`lishi uchun). Shuning uchun suyuqlik vakuum-nasoslarda «zararli bo`shlig`i» ko`proq bo`lib, quruq vakuum-nasoslarga nisbatan siyraklanish qiymati ancha kichik bo`ladi.
Quruq porshenli vakuum-nasoslar uchun elektr yuritkichlar siqish darajasining maksimal qiymatiga qarab tanlanadi, ya’ni qoldiq bosim qiymati r1=0,33 atm. (uzatish bosimi r2=1 atm bo`lishi sharti bajarilsa).
Suyuqlik vakuum-nasoslarda gaz holatining o`zgarish jarayoni izotermik bo`ladi, chunki so`rish suyuqligi bilan gaz orasida intensiv issiqlik almashinadi. Bunga sabab, suyuqlik issiqlik sig`imi, gaznikiga nisbatan juda kattaligidir.

Download 2,81 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Download 2,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари

Download 2,81 Mb.