• S uv halqali rotorli kompressorlar
  • Ikki parrakli rotor kompressorlar (gazoduvkalar).
  • Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари




    Download 2,81 Mb.
    bet6/22
    Sana19.02.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #158609
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    2..Suyuqlik va gazlarni uzatish

    2. 29. Rotorli kompressorlar

    2.55-rasmda plastina-shiber tipidagi rotorli kompressorlar ko`rsatilgan. Og`ir rotor 2 ning aylanishida, ko`ndalang ariqlarda joylashgan plastina 3 lar erkin harakat qilishadi. Rotor 2 ning ariqchalarida radial yo`nalishda oson sirpanadigan plastinalar bo`lib, ular rotor bilan qobiq orasidagi o`roqsimon bo`shliqni bir necha qismga, ya’ni yacheykaga bo`lib turadi. Plastinalar aylanishi natijasida ular orasidagi bo`shliqqa gaz patrubka 5 dan so`rib olinadi. Plastinalar orasidagi hajm kamayishi bilan gazning bosimi ortadi va u uzatish trubasi 6 orqali haydash quvuriga uzatiladi. Rotorli kompressor vali bevosita elektr yuritkich bilan ulanishi mumkin. Bunday hollarda kompressor ixcham va engil bo`ladi.




    S uv halqali rotorli kompressorlar (2.56-rasm). Stator 1 ga eksstentrik holatda uzunligi bir xil rotor 2 joylashtirilgan. Ishga tushirishdan avval kompressorning yarmi suv to`ldiriladi.
    Rotor aylanganda suv chetga sochilib, bir xil qalinlikdagi suvdan iborat bo`lgan halqa 4 hosil bo`ladi. Rotor parraklari va suv halqalari orasida yacheykalar hosil bo`ladi. Rotor aylanishining birinchi yarmida yacheyka kattalashsa, ikkinchi yarmida kamayadi. Bunda patrubok 5 orqali gaz so`rilsa, siqilgan gaz patrubok 6 orqali uzatiladi. Shunday qilib, suv halqalari kompressorda porshen vazifasini bajaradi, chunki ushbu halqa yordamida A,B,V,G,D ishchi kameralarning hajmi o`zgartiriladi. Demak, suv halqali kompressorda hosil qilinadigan bosim katta bo`lmagani uchun, undan gazoduvka yoki vakuum – nasos sifatida foydalanish mumkin.



    Ikki parrakli rotor kompressorlar (gazoduvkalar). Qobiq 1 da ikkita parallel vallarda ikkita rotor 2 aylanadi (2.57-rasm). Ularning biri elektr yuritkich yordamida aylantirilsa, ikkinchisi tishli uzatma yordamida aylanadi. Rotor 2 lar o`zaro, hamda qobiq devori bilan zich joylashgan bo`lib, kamerani ikki qismga ajratib turadi. Birinchi kameraga patrubok 3 orqali gaz so`rib olinsa, boshqasida esa patrubka 4 orqali siqilgan gaz haydash quvuriga uzatiladi.
    Rotorli kompressorlar bosimi 1,0 MPa va unumdorligi 5000...6000 m3/soatgacha bo`lganda qullanadi. Rotorli kompressorlarning kamchiligi: tayyorlash murakkab, tez ishdan chiqadi, rotor plastinalari juda tez ediriladi, ishlaganda ko`p shovqin tarqatadi va ekspluatastiyasi qimmat.



    Download 2,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 2,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари

    Download 2,81 Mb.