|
Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари
|
bet | 4/22 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 2,81 Mb. | | #158609 |
Bog'liq 2..Suyuqlik va gazlarni uzatish2.28. Porshenli kompressorlar
Porshenli kompressorlar siqish bosqichi soniga qarab bir, ikki va ko`p bosqichli, ishlash prinstipi bo`yicha esa, oddiy (bir tomonlama) va ikki tomonlama harakatli kompressorlarga bo`linadi. Kompressor mashinasining tuzilishi xuddi porshenli nasosning tuzilishiga o`xshash. Kompressor mashinasining gazni biror oraliq yoki oxirgi bosimgacha siquvchi qismiga siqish bosqichi deyiladi.
Porshen stilindrda o`ngga va chapga krivoship-shatun mexanizmi yordamida ilgarilama - qaytar harakat qiladi. Kompressorlarda porshen stilindr devoriga zich qilib o`rnatiladi va uni ikki qismga bo`lib turadi. Porshen chapdan unga ilgarilama harakat qilganda, so`rish klapani ochiladi va stilindr gazga to`ladi. Porshen orqaga qaytganda esa, stilindrdagi gazning siqilishi natijasida bosim ortadi va haydash quvuriga uzatiladi. Ma’lumki, gaz siqilganda uning temperaturasi oshadi.
Oddiy porshenli kompressorlarda porshenning bir marta to`liq, borib-kelishida bir marta so`rish va o`zatish bo`ladi. Ikki tomonlama porshenli kompressorlarda ikkita so`rish va ikkita uzatish bo`ladi (2.52 - rasm).
Bir bosqichli kompressorlar gorizontal va vertikal holda tayyorlanadi. Gorizontal kompressorlar ikki tomonlama, vertikallari esa - bir tomonlama bo`ladi.
Bir bosqichli, bir tomonlamagorizontal kompressorda (2.51a-rasm) porshen 2 stilindr 1 da harakatlanadi. Stilindr bir tomonidan so`rish 3 va uzatish 4 klapanlari o`rnatilgan qopqoq bilan yopilgan. Porshen shatun 5 va krivoship 6 bilan bevosita ulangan.
O`qda esa, krivoshipdan tashqari maxovik 8 o`rnatilgan. Porshen chapdan o`ngga harakatlanganda, stilindr ichida, ya’ni qopqoq bilan porshen orasida, siyraklanish hosil bo`ladi. So`rish liniyasida bosimlar farqi hosil bo`lgandan so`ng, stilindrda klapan 3 ochiladi va stilindrga gaz kiradi.
Porshen o`ngga qarab harakat qilganda esa, so`rish klapani yopiladi, stilindr ichidagi gaz porshen yordamida, ma’lum bosim r2 gacha siqiladi va klapan 4 ochilgandan so`ng gaz uzatish quvuriga beriladi. Bundan so`ng stikl yana qaytariladi.
Bir bosqichli ikki tomonlamali kompressorda (2.51b-rasm) ikkita surish va ikkita uzatish klapanlari bor. Bu kompressorlarning tuzilishi murakkab, lekin unumdorligi oddiy kompressorga nisbatan ikki marta ko`p.
Siqilgan gazni sovitish uchun stilindr, ba’zida esa qopqoqda ham suv uchun g`ilof qilinadi.
Yuqorida ko`rib chiqilgan kompressorlarning unumdorligini oshirish uchun ular ko`p stilindrli qilib tayyorlanadi. 2.51v-rasmda ikki stilindrli kompressor ko`rsatilgan. Bir tomonlama, ikki stilindrli kompressor bir-biriga nisbatan 90° yoki 180° da joylashgan ikkita stilindr, bitta tirsakli o`q va krivoship uzatkichdan iborat.
B ir bosqichli vertikal kompressorlar, gorizontal mashinalarga nisbatan tez yurar va unumdorligi ko`proq bo`ladi. Undan tashqari, ular kam joy egallaydi, porshen va stilindrlari esa kam ediriladi(gorizontal kompressorlarda og`irlik kuchi ta’sirida porshen va stilindrning bir tomoni ko`prok ediriladi).
Ikki bosqichli gorizontal kompressorlar odatda bir stilindrli differenstial porshenli qilib tayyorlanadi (2,52v-rasm). Avval gaz porshen 2 ning chap tomonida stilindr 1 da siqiladi, so`ng sovutkich 9 orqali stilindrning boshqa tomonidan kiradi va kerakli r2 bosimgacha siqiladi.
Ko`p bosqichli kompressorlar «tandem» sistemasi (stilindrlar ketma-ket joylashgan, 2.52a-rasm) yoki «kompaund» sistemasi (stilindrlar parallel joylashgan 2.52b-rasm) bo`yicha tayyorlanadi. So`nggi paytda «oppozit» kompressorlar keng tarqalgan bo`lib, bunda porshen harakat yo`nalishi o`zaro kesishgan bo`ladi. Bu kompressorlarda stilindrlar tirsakli valni ikkala tomonida joylashgan bo`lib, oppozit kompresorlarda val aylanish tezligini 2-2,5 martagacha orttirish mumkin. Bu mashina unumdorligini oshiradi. Porshenli kompressorlarda gazni uzluksiz uzatish uchun, uni moy va namlikdan tozalash zarur, so`ng esa iste’molchiga uzatish resiver orqali amalga oshiriladi.
|
| |