• V intli kompressorlar
  • O`qli va vintli kompressorlar




    Download 2,81 Mb.
    bet8/22
    Sana19.02.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #158609
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
    Bog'liq
    2..Suyuqlik va gazlarni uzatish

    2.31. O`qli va vintli kompressorlar


    O`qli kompressorlarning qobig`i qisqa stilindrik patrubka 1 ko`rinishida tayyorlanadi (2.60-rasm) va uning ichida ishchi g`ildirak (kurakchali propeller ko`rinishida) 2 aylanadi.
    Ventilyator o`qi bo`ylab to`g`ridan-to`g`ri havo harakat qiladi.
    Shu sababli o`qli ventilyatorlar foydali ish koeffistienti markazdan qochma ventilyatornikidan ancha yuqori bo`ladi. Lekin, o`qli ventilyator hosil qilayotgan napor markazdan qochma ventilyator naporidan 34 marta past.
    O`qli kompressor tuzilishi bo`yicha ko`p pog`onali o`qli ventilyatorlarga uxshaydi (2.61-rasm). Odatda pog`onalar soni 1020 ta bo`lishi mumkin, lekin siqilayotgan gazning temperaturasi pasaytirilmaydi.
    Ishchi kurakchali 3 stilindrik rotor 2 qurilma qobig`i 1 da aylanadi. Ishchi kurakchalar qobig`da mahkamlangan qo`zg`almas kurakchalar 4 orasida aylanib harakatlanadi. Undan tashqari, qo`zg`almas kurakchalar siqilayotgan gazni bir pog`onadan ikkinchisiga yo`naltiruvchi moslama vazifasini ham bajaradi. Kurakchalar va qobiq orasidagi tirqish juda kichik (0,5 mm gacha) bo`ladi.
    O`qli kompressorlar ixcham, yuqori foydali ish koeffistientiga ega va katta ish unumdorlikni (5000080000 m3/soat) ta’minlab bera oladi. Lekin, hosil qiladigan bosimi 0,5...0,6 MPa dan oshmaydi. Turbogazoduvka va turbokompressorlar juda katta hajmda gazlar uzatilishi talab etilganda qo`llash maqsadga muvofiq. Ish unumdorligi 3000...6000 m3/soat, bosimi 1...1,2 MPa (lekin 3,0 MPa dan ortmaydi).

    V intli kompressorlar parallel o`qli ikkita 1 va 2 rotorlardan tarkib topgan bo`lib, qobiq 3 ichida aylanadi (2.62-rasm).
    Rotor 1 bir nechta tishli (odatda 3-4 ta) stilindr ko`rinishida bo`lib, ular vintsimon chiziq bo`ylab joylashgan. Rotor 2 da esa, vintsimon chiziq bo`ylab botiqlik (chuqurlik) yasalgan va shakli rotor 1 ning tishlariga mos keladi. Rotor 1 aylanganda, vintsimon tishlar rotor 2 botiqligiga ilinganda ikki rotor bo`shlig`idagi gaz siqib chiqariladi.
    Ikki pog`onali kompressorlar 0,8 MPa gacha bosim hosil qiladi; rotorning aylanish tezligi 10000 ayl/min. 0,2 MPa bosim beruvchi vintli kompressorlar foydali ish koeffistienti boshqa turdagi mashinalarnikidan katta bo`ladi.
    Vintli kompressorlar ihchamligi, tez yurarligi va uzatilayotgan gazlar tozaligi bilan ajralib turadilar.
    Kamchiliklari: vintli rotorlarni tayyorlash murakkab va kompressor ishlash paytida ortiqcha shovqin chiqaradi.

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




    Download 2,81 Mb.