|
Rotorli plastinali va suv halqali vakuum-nasoslar
|
bet | 10/22 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 2,81 Mb. | | #158609 |
Bog'liq 2..Suyuqlik va gazlarni uzatishRotorli plastinali va suv halqali vakuum-nasoslar. Bu turdagi nasoslar mos ravishda kompressorlarning ayni o`zi. Rotorli va suv halqali nasoslarda bosimni rostlash uchun «zararli bo`shliq» bilan eng kichik bosimli kamerani bog`lab turuvchi maxsus kanal orqali gaz o`tkaziladi. Shu yo`l bilan vakuum-nasosning hajmiy koeffistientini oshirishga erishiladi. Ishchi suyuqlik parstial bosimi va temperaturasi qancha katta bo`lsa, suv halqali vakuum-nasos hosil qiladigan siyraklanishi shuncha kichik qiymatga ega bo`ladi. Shuning uchun, odatda suv halqali vakuum-nasosga imkoni boricha past temperaturali suyuqlik quyish kerak.
Oqimchali vakuum-nasoslar. Bu vakuum-nasoslar ishlash prinstipi bo`yicha suyuqlik nasoslariga o`xshashdir. Odatda, oqimchali vakuum-nasoslarda ishchi eltkich sifatida suv bug`idan foydalaniladi. Bug` oqimchali nasoslar, agressiv muhitlarga bardosh, legirlangan va maxsus materiallardan tayyorlanib, kislota va boshqa bug`larini so`rib olish uchun ishlatidi.
Bir bosqichli bug` oqimchali nasoslarda hosil qilinadigan siyraklanish absolyut bosimning 90% dan ortmaydi. Chuqurroq vakuum hosil qilish uchun ko`p bosqichli bug` oqimchali, ketma-ket ulangan vakuum-nasoslar qo`llaniladi. Bosqichlar orasida ishlatilgan bug`larni kondensastiyalash foydalanilgan bug`larni siqish kerakmasligini ta’minlaydi va umumiy energiya sarfini kamaytiradi.
2.33. Kompressorlarni taqqoslash va tanlash
Kimyo sanoatida porshenli va markazdan qochma kompressor mashinalari qo`llanilishi juda keng tarqalgan.
Turbokompressor va turbogazoduvkalar tuzilishining soddaligi, ixchamligi va gazni bir me’yorda uzatishi bilan ajralib turadi. Ularning asosiy afzalliklari: gaz toza, moy va changlarsiz uzatiladi. Inerstiya kuchlarining yo`qligi va katta tezlikda aylanishi, turbokompressorlarni kichik poydevorlarga mahkamlash imkonini beradi.
Turbokompressorlar f.i.k. qiymati porshenli mashinalarnikiga qaraganda kamroq bo`ladi. Ish unumdorligi 6000 m3/soat va undan yuqori bo`lgan turbokompressorlar iqtisodiy jihatdan foydali, chunki kapital va xizmat ko`rsatish harajatlari juda kam. Shuning uchun turbokompressorlarni katta miqdordagi unumdorlik (10000...200000 m3/soat) talab etilgan vaqtda va 30 atm gacha bosim kerak bo`lganda (o`rtacha 10...12 atm.) qo`llash maqsadga muvofiq. Hozirgi paytda ko`p bosqichli turbokompressorlar gaz bosimini 300 atm.gacha ko`tarib bera oladi. Undan tashqari, uzatiladigan gaz tozaligiga yuqori talablar qo`yilganda, bu turdagi kompressorlar juda qo`l keladi.
Gaz sarfi 10000 m3/soatgacha, ya’ni kichik miqdordagi sarflarda va 1000 atm bosim bo`lganda porshenli kompressorlar qo`llaniladi.
Rotorli va vintli kompressorlar markazdan qochma nasoslar kabi afzalliklarga ega bo`lib, turbokompressorlarga nisbatan f.i.k. yuqori, unumdorligi 6000 m3/soatdan past bo`lgan sarflarda va bosimi 15 atm dan yuqori bo`lmaganda ishlatiladi. Rotorli kompressorlarning kamchiliklari: ko`rsatiladigan xizmat va tayyorlash murakkab, rotor plastinalari tez ediriladi va ishchi kameralarini zichlash qiyin.
O`qli kompressorlar ixcham va foydali ish koeffistienti yuqori. Yuqori miqdordagi unumdorlik (80000 m3/soat) va kichik bosimlar (6 atm. gacha) talab etilganda ishlatiladi.
Vakuum-nasoslar hosil qiladigan siyraklanish qiymatiga qarab qo`llaniladi.
Porshenli suyuqlik vakuum-nasoslarning absolyut siyraklanishi 80...85%ni hosil qiladi. Bu mashinalarning takomillashtirilgan konstrukstiyalilari 93...97% gacha siyraklanish beradi. Quruq porshenli vakuum-nasoslar bosim rostlagichi bilan bo`lsa, siyraklanish qiymatini 99,9% ga etkazish mumkin. Rotor plastinali, bosim rostlagichli vakuum nasoslar 98...99% li siyraklanishni ta’minlab bersa, rostlagichsizligi esa – 95...96% ni tashqil etadi.
O`rtacha siyraklanishni (90...95%) hosil qilish, agressiv va portlovchi gazlarni aralashtirish uchun sanoat korxonalarida suv halqali vakuum-nasoslar keng qo`llaniladi. Markazdan qochma mashinalar porshenlilarga nisbatan ancha qulay va ko`p afzalliklarga ega, lekin foydali ish koeffistienti juda kichik. Suv halqali vakuum-nasos hosil qiladigan siyraklanish qiymati, ishchi eltkich bo`lgan suv bug`ining temperaturasiga bog`liq bo`lgan parstial bosim bilan chegaralanadi.
0,05...0,1 mm.sim.ust.dan katta bo`lmagan qoldiq bosim olish uchun maxsus konstrukstiyali rotor vakuum-nasoslardan foydalaniladi. Bunday ikki bosqichli mashinalarning qoldiq bosimi 0,005 mm.sim.ust.ni tashqil etadi. Uch bosqichli mashinalarda esa- 0,001 mm sim ust.
95...99,8% li siyraklanishni ko`p bosqichli, bug` oqimchali, vakuum-nasoslarda olish mumkin. Bunday qurilmalar oddiyligi va aylanuvchan qismlardan iborat bo`lgani bilan ajralib turadi va ular kimyoviy agressiv gazlarni so`rib olishda ko`p qo`llaniladi. Bug` oqimchali nasos qurilmalarini uzatmasiz, poydevorsiz, istalgan joyga o`rnatish mumkin.
B ug` oqimchali vakuum-nasoslarning kamchiliklari: suv bug`ining sarfi katta, so`rilayotgan gazning bug` bilan aralashma hosil qilishidir.
|
| |