• V = f  S
  • =l(1 - cos  )
  • Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари




    Download 2,81 Mb.
    bet18/22
    Sana19.02.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #158609
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    2..Suyuqlik va gazlarni uzatish

    2.23. Porshenli nasoslar

    Porshenli nasoslar plunjer yoki porshenni stilindrda ilgarilama-qaytma harakati yordamida suyuqlikni siqib chiqarish prinstipiga asoslangan (2.35-rasm). Porshenni o`ng tomonga qilgan harakatidan keyin, stilindrning chap qismida havoni siyraklanishi sodir bo`lib, so`rish klapani ochiladi va so`rish quvuri orqali suyuqlik stilindrga tortib olinadi. Porshen chapga surilganda so`rish klapani berkilib, uzatish klapani ochiladi va suyuqlik haydash quvuri orqali uzatila boshlaydi.



    Porshen krivoship-shatunli mexanizm yordamida harakatga keltiriladi. Porshen stilindrda zichlovchi halqalar yordamida siqib turiladi. Porshenli nasoslar uzatmasi turiga qarab, bevosita ulanuvchi va uzatmali bo`ladi.



    Bevosita ulangan nasoslar bug` nasoslar yordamida harakatlanadi, bunda nasos porshen bilan bitta shtokda joylashgan bo`ladi. Uzatmali nasoslar elektr yuritkich yordamida harakatga keltiriladi. Nasoslar krivoship aylanish chastotasiga qarab, sekin aylanadigan (n=45...60 min-1), o`rtacha (n=60...120 min-1) va tez aylanadigan (n=120...180 min-1)larga bo`linadi.
    Porshenli nasoslar vertikal va gorizontal bo`lishi mumkin.
    Yuqori bosimli nasoslar 100 MPa gacha bo`lgan bosimni ta’minlab bersa, yuqori mahsuldorlik nasos esa, soatiga 60 m3 suyuqlik haydab beradi.
    Porshenli nasoslar uchun so`rish va uzatish jarayoni davriy bo`lib, suyuqlikni uzatish bir tekis amalga oshmaydi.
    Notekis uzatishni bartaraf etish uchun ko`p tomonlama ta’sir etuvchi nasoslar qo`llaniladi.
    Ikki tomonlama ta’sir etuvchi nasosda 2 ta so`rish va 2 ta uzatish klapani bor (2.36-rasm). Krivoship to`liq aylanib chiqqanda stilindrning ham chap, ham o`ng tomonidan navbatma-navbat uzatish va so`rish jarayonlari sodir bo`ladi.
    Plunjerning o`ng tomonga qo`zg`alishida, chap tomonidagi so`rish klapani ochiladi va suyuqlik stilindrning bo`shlig`iga so`riladi. Shu vaqtda esa, o`ng tomondagi uzatish klapani ochilib, suyuqlik stilindrning o`ng qismidan quvurga uzatiladi. Plunjer orqaga qaytganda esa, o`ng tomonning so`rish klapani ochilib, chap tomonning uzatish klapani ochiladi.
    Plunjerda siqish halqalari bo`lmaydi va uzunligining diametriga nisbati katta bo`ladi.
    Suyuqlikni bir tekisda uzatishni ta’minlash uchun uch tomonlama harakatlanadigan nasoslar yordamida amalga oshirish mumkin. Oddiy xarakatli (bir tomonlama) nasoslarni ketma-ket joylashgan bo`lib, bunday krivoshiplar o`zaro 1200 burchak ostida ketma-ket joylashgan bo`ladi (2.37-rasm).
    Krivoshipning to`liq bitta aylanishida, 3 marta so`rish va 3 marta uzatish jarayoni sodir bo`ladi.
    Porshenli nasos porshenining bitta harakatidagi nazariy unumdorligi, porshenning vaqt birligida hosil qilgan hajmi bilan aniqlanadi.
    Agar porshen siqib chiqarayotgan suyuqlik hajmi (m3) V = f S bo`lsa, unda bir yo`lli nasosning o`rtacha nazariy unumdorligi (m3/soat):



    bu erda f – stilindrning ko`ndalang kesimi; S – porshen yo`li uzunligi, ya’ni boshlang`ich va oxirgi harakat nuqtalari orasidagi masofa; n – aylanishlar chastotasi.


    Ikki tomonlama harakatlanadigan nasosdagi krivoshipning 1 ta to`liq aylanganida 2 ta marta so`rish va 2 marta uzatish sodir bo`ladi. Porshenning o`rtacha qilgan harakatida stilindr ichiga f S ga teng bo`lgan miqdorda suyuqlik so`riladi, o`ng tomondan esa (f – fo`k)S miqdorida suyuqlik siqib chiqariladi (fo`k – shtokning qo`ndalang kesimi).


    Nasosning nazariy unumdorligi:



    O`qning ko`ndalang kesim yuzasini kichik deb olinsa fo`k  f , bir soatlik nazariy uzatish mikdori:


    (2.96)

    Nasosning haqiqiy unumdorligi quyidagicha:




    :

    bu erda Vklapan, salnik va quvur tirqishlaridan oqib chiqish paytida, yo`qotiladigan suyuqlikni hisobga oladigan foydali ish koeffistienti - V = 0,85...0,99.


    Ko`p bosqichli nasoslarning haqiqiy unumdorligi (m3/soat) da:




    (2.97)

    bu erda i - harakat karraligi.


    Bu formula nasosning o`rtacha unumdorligini ifodalaydi, lekin porshenni 1 marta borib kelishida suyuqlikning uzatilishi notekis amalga oshadi.


    Ixtiyoriy vaqtda porshenli nasos uzatgan suyuqlik miqdorini aniqlash uchun, porshen harakati qonuniyatini bilish kerak.
    Porshenni x miqdorda gaz so`rishi krivoshipning burilish burchagi ga nisbatan quyidagicha ifodalash mumkin (2.38-rasm).
    P orshenni chap tomonini oxirgi holatida polzun 0 nuqtada joylashadi. Porshenning o`ngga qilgan harakatida esa, polzun qandaydir E nuqtaga suriladi. Krivoshipning bosib o`tgan yo`li esa, krivoship buriladigan burchak yordamida aniqlanib, u A (nuqta) ga joylashadi.
    Quyidagi hisoblash ishini ko`rib chiqamiz: E nuqtadan l radiusli shatun uzunligida AD yoyini chizib, A nuqtadan gorizontal chiziqqa AS perpendikulyar tushiramiz.
    Porshen bosib o`tgan x masofa esa: x=BD=VS+CD bo`ladi. Lekin, BC=MB-MC=r - rcos=r(1 - cos), CD=ED - EC=l - lcos=l(1 - cos). Bu erda r krivoship uzunligi. Demak:

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 2,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари

    Download 2,81 Mb.